Tar ishlar I-IV boblar p65



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.09.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#149232
portal.guldu.uz-TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
R. A. Mavlonova, N. X. Rahmonqulova,
B. A. Normurodova, K. O. Matnazarova
TARBIYAVIY ISHLAR
METODIKASI
DARSLIK
TOSHKENT — 2014


2
Ushbu darslikda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy
ishlarni tashkil qilish mazmuni, milliy qadriyatlar, an’analar, milliy
tarbiyaning turlari, maqsad va vazifalari, allomalarimizning tarbiya
haqidagi o‘gitlari, sinf rahbarining ish faoliyati, sinf jamoasini o‘r-
ganish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish;
o‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ma’naviyat ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosarining vazifalari, maktab, oila va mahalla hamkorligi
ishlari kabi masalalar keng yoritib berilgan.
Mazkur darslik pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurti o‘quv-
chilari va magistrlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, umumta’lim
maktablari o‘qituvchilari hamda pedagogika kasb-hunar kolleji
o‘quvchilari, ota-onalar va barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
T a q r i z c h i l a r :
Sh. Mardonov
, p. f. d., professor
X. Sanaqulov
, p. f. n., dotsent


3
KIRISH
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo‘nalti-
rilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga
qo‘shilishini ta’minlaydigan, demokratik huquqiy davlat qurish,
kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezoni sifatida
muhim rol o‘ynaydi.
Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’kidlab
o‘tganlaridek: „Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy mu-
ammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masala-
lariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina
ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi.
Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kash-
fiyot — bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’na-
viyatning shakllanishida o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi“
1
.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish,
barkamol avlodni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab
beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar
tayyorlashning milliy modelini ro‘yobga chiqarish, har tomon-
lama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim-
tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila
oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tar-
biyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.
1
Karimov I. A.
„Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“. — T.: „Ma’-
naviyat“, 2008, — 40, 41- b.


4
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi aso-
siy tamoyillardan biri ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qituvchi va
murabbiylarni yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlash.
Buyuk islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston sharoitida
mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosidir. Res-
publikada olib borilayotgan siyosatning bosh omillaridan biri
ham teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli
shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdan iborat.
O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mus-
tahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o‘z
vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari mavjud. O‘quv tar-
biyaviy jarayonining uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng mu-
him pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham
sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv
jarayoni bilan bog‘langandir. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari,
intilishlari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qo-
niqtirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar
o‘qituvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i
lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijti-
moiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun
olib kiradi. Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish
orqali ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘-
lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning
milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptiradi.


5
I BOB.
TA’LIM VA TARBIYA TIZIMI
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani
esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi — bu
sharqona qarash, sharqona hayot
falsafasi.
Islom Karimov
1.1. I. A. Karimovning ta’lim tizimidagi islohotlari va
barkamol insonni ma’naviy tarbiyalash masalalari
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbe-
kistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini
oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologi-
yalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta
ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk,
zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iy-
moni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salo-
hiyatga ega bo‘lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mam-
lakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy
ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashti-
rishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tay-
yorlashga bevosita bog‘liq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat
siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbi-
yalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali
har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
Bu haqda Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov
shunday deydilar: „Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki,
hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan
islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining
tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’ana-
larimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji
bilan uzviy bog‘liqdir“.
1
Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har
1
Karimov I. A.
„O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda“. — T.: 2000- y.


6
qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqi-
yotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi.
O‘zbekiston Respublikasida jahonning rivojlangan mamla-
katlari kabi ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha soha-
larda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan
foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni
kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Endilikda mam-
lakatning iqtisodiyoti, insonlar hayoti va jahon hamjamiyatidagi
o‘rni axborot-texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib
qolmoqda. Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivoj-
lanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasav-
vurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-
texnika yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning
differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.
Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat
mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun
zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil
qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi. Va har
qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini
avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovon-
ligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday
jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at
va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas. Shunday
ekan, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish bosh
g‘oya, shu g‘oyaning yetakchi targ‘ibotchisi, tarbiyachisi o‘qi-
tuvchi hisoblanadi. Erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat
qurishda ta’lim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ma’naviyatni
shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy
omil — bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘l-
mish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat
ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’-
lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning
rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllan-


7
tiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Shuni unutmas-
ligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida ya-
ratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya oli-
shiga bog‘liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har
bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil in-
sonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy
maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu
esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Shunday ekan, yosh avlod tarbiyasida komil inson taqdiri turib-
di. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish —
O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir.
Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va
navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z
mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan
birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi,
ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati
shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib
jiðslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘-
zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchay-
tiradi. Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va
vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina
qudratli kuchga aylanadi.
1
Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa
uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan bosh-
lanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga
ayon haqiqatdir. Prezidentimiz I. Karimov „Tafakkur“ jurnali
bosh muharriri E. A’zam bilan suhbatda ulug‘ alloma Abdulla
Avloniyning „Tarbiya — biz uchun yo hayot, yo mamot, yo
najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasi, jamiyati-
1
Rahimjonov N.
„Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oila-
ning roli“. — T., 2005 (B.M.I.)


8
mizning ertangi taqdiri farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liq“
1
degan fikrini alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Chunki buyuk ma’ri-
fatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz
uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi
vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra mu-
him va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy barkamollik
„hayot qonuni ilmini idrok etish“ demakdir. Ilmning har qan-
day ko‘rinishi esa ta’lim-tarbiya orqali ustoz-muallimlar bosh-
chiligida beriladi. Ushbu ma’noda umumta’lim maktablari maz-
kur masalani hal qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Umumiy
ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim masala umuminsoniy va milliy
qadryatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida in-
sonparvarlik g‘oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning
uzviyligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarning
ma’naviy madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. Shu o‘rinda
mamlakatimiz Prezidenti „Tafakkur“ jurnali muxbiri bilan bo‘l-
gan suhbatda shunday degan edilar: „Ta’limning yangi modeli
jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib
keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat,
iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni
tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli
turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi.
Kelajakda O‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi
bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk far-
zandlari bilan ham jahonni qoyil qildirishi lozim. Donolarning
aytishicha, inson o‘z umri davomida uch yumushni bajarishi:
ko‘chat o‘tkazishi, uy qurishi, farzand tarbiyalashi kerak. Lekin
men oxirgi yumushni, albatta, birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lar
edim. Ko‘chat o‘tkazish mumkin, uy qurish mumkin, ammo
o‘zingdagi eng yaxshi xususiyatlarni farzandlaringga singdirsang
va ular sendan ko‘ra yaxshiroq va aqlliroq bo‘lishi uchun hamma
ishni qilsang, bu maqsadni har qancha hurmat qilsa arziydi, deb
hisoblayman“.
2
1
Avloniy A.
„Turkiy guliston yohud axloq“. — T.: „O‘qituvchi“.
1992. — 14 b.
2
Karimov I. A.
„O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: 2000- y.


9
Biz barkamol avlod yoki bilimli shaxs deganda ma’naviy
dunyosi boy, aql-zakovatli, savodli, hayot tajribalarini to‘g‘ri
o‘zlashtirgan shaxsni tushunamiz. Bugungi kunda yosh avlod-
ning bilimli bo‘lishining o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, ular
zimmasida insoniylik, mehribonlik, samimiylik kabi fazilatlar
bo‘lishi kerak. O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, ajdodlarimiz
ilmiy salohiyatiga, ular qoldirgan boy tarixiy, ma’naviy-mada-
niy merosga havas bilan emas, balki hayrat bilan qaraymiz.
Ajdodlarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l biz uchun ibrat va tarbiya
manbayidir. Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, ulug‘
bobolarimiz ruhini shod etish imkonini qaytarib berdi. Istiqlol
tufayli o‘tmish tariximizga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi.
Bobolarimiz merosini o‘rganib idrok etmoqdamiz. Ulug‘ bobo-
kalonlarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Ah-
mad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro
kabi allomalarimizning insoniy ma’naviy yetuklikka chorlovchi
diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay bosh-
ladi. Bugungi kunda avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi
mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. O‘tmishni o‘rganish va
undan foydalanish bilan insonlarning ongi shakllanadi. Xotirasiz
barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning
kelajagi ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda yurtboshimiz Islom Ka-
rimovning quyidagi so‘zlarini keltirish joizdir: „Tarix xotirasi,
xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz
bo‘lsa, milliy iftixorini tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat mu-
him o‘rin tutadi“.
1
Ajdodlar xotirasini pok tutish ularning tarixiy
an’analariga, vasiyat va o‘gitlariga, milliy qadriyatlariga, axlo-
qiy-ma’rifiy qarashlariga, avlodlarga qoldirgan madaniy merosiga
sodiqlik va shularga amal qilish demakdir. Mustaqillik — bu bizga
ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Ma’na-
viyat tushunchasi juda keng qamrovli. Ma’naviyat inson uchun
moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat ham emas. Ma’naviyat
1
Karimov I. A.
„Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga
ishonaman“. „Xalq so‘zi" gazetasi, 2000- yil, 10- iyun.


10
insonning o‘z mohiyati oldidagi mahsulligidir. Shu o‘rinda yurt-
boshimiz I. A. Karimov ma’naviyat tushunchasini quyidagicha
izohlaydilar. „Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ul-
g‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini ba-
quvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘ota-
digan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir“.
1
Milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini
keng targ‘ib qilish va ommalashtirish o‘sib kelayotgan avlodni,
zamonaviy yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo‘lmo-
g‘i lozim.
Zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, „Biz quradigan ja-
miyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini va erkinligini
kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta
tiklanishini, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’min-
lashi kerak“. Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va
milliy madaniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish umumiy
ta’lim maktabi o‘quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakl-
lantirishning muhim omilidir. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi
tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado
etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suya-
namiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning
ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar
beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Yuksak ma’-
naviy madaniyatli insonda vatanga muhabbat, samimiy do‘stlik,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, mustahkam e’tiqod, iymon, na-
fosat, axloqiy madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi.
Uning sifat darajasi kishilarning umuminsoniy va milliy qadri-
yatlarga, xalqning ma’naviy merosiga bo‘lgan munosabatlarida
namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha
xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma’rifatda, fan va tex-
nikada, madaniyat va san’atda nimaiki yangi va ilg‘or jihatlar
bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda
ko‘p marta bo‘lganidek, yana yangidan o‘zimizning betakror va
1
Karimov I. A.
„Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“. — T.: „Ma’-
naviyat“, 2008- y.


11
ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi, insonlarga kerakli qadriyatlarimiz
barpo etiladi. Ma’naviy madaniyatning negizi hisoblangan umum-
insoniy va milliy qadriyatlar shaxslar ijtimoiy tuzumiga muno-
sabati, turli ma’rifiy ma’naviy g‘oyalar, tushunchalar, qarash-
lar, tasavvurlar tizimining mahsulidir. Ma’naviy madaniyatning
mohiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanadi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, „In-
son o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin,
qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan
ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib
shakllanishida ulkan ahamiyatga ega. Muxtasar aytganda, mak-
tab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi
hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz
kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini
hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtayi na-
zardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini da-
vom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab
bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murab-
biylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz“.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib
qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadri-
yatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiq-
bolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib,
davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va
erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayotimizga yanada
kengroq joriy qilishda ko‘ramiz. Mana shu o‘rinda, aytish joizki,
yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi
uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va
umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik
paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Ayniqsa, boshlan-
g‘ich sinflardan boshlab murg‘ak qalblarda axloq-odobga oid
sodda tushunchalardan boshlab, sekin-astalik bilan milliy qad-
riyatlarimiz elementlarini singdirib borish katta ahamiyatga ega,
ular ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zbekona ibratomuz urf-odatla-
rimizdan xabardor bo‘lib boradilar. Insoniy fazilatlarni kichik
hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab, axloqan tarbi-


12
yalanadilar. Salbiy xislatlardan o‘zlarini saqlab, ota-bobolari-
mizdan meros qolgan udum va qadriyatlarni tiklashga, amal
qilishga hissa qo‘shishga intiladilar. Bu esa ularning milliy
mafkuramizning asl mohiyatini tushunishga olib keladi. Eng
asosiysi bizning davlat demokratik tamoyillarga asoslangan hol-
da, barcha mafkuralarning yashash huquqini ta’minlovchi ins-
titut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar. Shu sababli ma’-
naviy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritib, yoshlarni
axloqan pok va ruhan tetik, sog‘lom aqlli qilib tarbiyalash
bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu masalalarni hal etishda
ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish
asosiy vazifamiz hisoblanadi. Buning uchun tarbiyaviy ishlar
tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning shakllari va
mazmunini tubdan yangilash, o‘quvchilarning qiziqishlari va
ota-onalarning xohish-istaklari asosida to‘garaklar tashkil etish,
milliy hunarmandchilik, badiiy-estetik yo‘nalishlardagi to‘ga-
raklarni ko‘paytirish, yoshlarda sog‘lom turmush tarzi hamda
faol hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, ta’lim mazmuni bevosita shaxsga yo‘naltirish va
ta’lim oluvchilarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini boyitish, mav-
jud imkoniyatlarini rivojlantirishda ularning qiziqish va ishti-
yoqlarini hisobga olgan holda ta’limni ijtimoiylashtirish, indivi-
duallashtirish, insoniylik va insonparvarlik, bolalar va o‘smirlar-
ning jismoniy, intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, kommu-
nikativ qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’limni innovatsion texno-
logiyalar asosida tashkil etish va ta’lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish zarur.
1.2. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol
intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga
bog‘liq. O‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar
oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni
vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan.
Bugungi kunda ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida


13
yaratib kelingan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan muhim vazifa bo‘lib
qoldi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov o‘z ma’ruzalarida
quyidagicha fikr bildirganlar. „Xalqimiz tayanchi — ajdodlarimiz
qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir xazina. Bu xazinadan
oqilona foydalanishimiz lozim“. Zero ajdodlarimiz tomonidan
yaratilgan asarlarda xalqimizga xos bo‘lgan insonning axloqiy
ruhiy kamolot masalasi yetakchi o‘rin tutadi. Insoniyat yaratgan
ma’naviy boyliklar bisotida donishmandlarning pand-nasihatlari
va o‘gitlari, tarbiya haqidagi fikrlari alohida o‘rin egallaydi.
Donishmandlarning pand-nasihatlari umrboqiy ma’naviy boylik
hisoblanadi. Chunki ular hayotdan, hayot tajribalaridan kelib
chiqqan va ezgu orzu niyatni ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lo-
zimki, eng qadimgi tarbiya haqidagi fikrlar bizgacha bevosita
yetib kelmagan. Bu fikrlar insonning shakllanishida moddiy va
ma’naviy madaniyatning yillar davomida rivojlanishi natijasidan
dalolat beradi. Shuning uchun ham har bir davrda yashab ijod
etgan mutafakkir allomalarimiz „tarbiya“ so‘zini turlicha izoh-
laganlar. Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish
qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik
ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Bu o‘rinda
tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
bo‘lmish „Avesto“ katta ahamiyatga ega. „Avesto“da insonning
barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta
e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan bosh-
lab, undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘l-
gan, desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mana shunga asosan, „Aves-
to“ning eng asosiy manbasi bo‘lgan Zardushtiylik to‘g‘risida so‘z
borganda u to‘g‘rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslan-
ganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, „Avesto“da inson tarbiya-
siga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq
yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr
bildirilgan. „Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi)
bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash
zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rga-
nishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi ovqat-


14
lanadigan xalqdan yaxshi nasl — sog‘lom avlod qoladi“, deb
ta’kidlanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining
paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning
o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni
boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan
tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy mu-
nosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga
muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jara-
yon bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli
ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o‘sib kelayotgan av-
lodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot — dunyo-
qarashni, insoniy e’tiqod, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz
kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni
ifodalaydi. Tarbiya deb tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tar-
biyalanuvchilar ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga
ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya
bola tug‘ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.
Tarbiya — biror maqsadga qaratilgan jarayon, u doimo muay-
yan rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolati mavjud
bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda
ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vij-
doni, bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajri-
basi, davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uy-
g‘unlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar.
O‘z oldiga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin
bo‘lgan muayyan maqsadlarni qo‘ygan davlatlar ham ta’lim-
tarbiya ishlariga befarq qaramagan. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining
tarbiya haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular
yoshlar qalbida insoniylik urug‘larining unishiga, katta hayot
yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli
bo‘lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr
Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurah-
mon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvarqori, Abdulla Avlo-
niy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zunnunov va boshqa-
larning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan keng foy-


15
dalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tar-
biyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-
mulohazalari va pand-u nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U bar-
kamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kid-
lab, shunday degan edi: „Adab xulqni chiroyli qilish, so‘z va
fe’lni soz qilishdir... Adab saqlash — muhabbat samarasi, yana
muhabbat daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabdan ozgina nuq-
songa yo‘l qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi.
Odam o‘zini bir xil sifat va ko‘rinishda olib yurishi lozimki, toki
odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo‘lmasin“.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif
bergan olimdir. „Ta’lim so‘z va o‘rganish bilangina amalga
oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l
orqali amalga oshiriladi“, deydi u.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib
odam bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim
orqali nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan
muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o‘rga-
nadi. Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida
„qattiq“ yoki „yumshoq“ usullardan foydalanish kerak, deb
hisoblaydi:
1. Tarbiyalanuvchilar o‘qish-o‘rganishga moyil bo‘lsa,
ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi.
2. Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatsiz bo‘lsa, qattiq
usul qo‘llanilishi lozim, degan fikrni bildiradi.
Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tu-
shunadi. U tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i kerak. Ezguning
har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik aslo qarimaydi.
Tarbiya beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dil-
dan oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni
birga olib borishni ta’kidlaydi: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq
bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand be-
adab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling
bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga


16
muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingning ko‘nglida
gina qolmasin“.
Abu Rayxon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr
yuritar ekan, „Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib
turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, Shuning uchun har bir
inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim“, deydi.
Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan,
bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi.
„Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob
vazifasi, bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi ke-
rak“, deydi.
Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi
„sog‘lom fikr, ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘lgan insonni
shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak“. Faqat chuqur zehn-
gina barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning
yordami bilan yuksak aql-idrok, farog‘atni hosil qilish mum-
kin, lekin shuning o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega
bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim.
Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda
shug‘ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayo-
nida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga
alohida urg‘u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o‘qituvchi hamda
ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar
bilan munosabatda bo‘lish chog‘ida ular tomonidan yo‘l qo‘yil-
gan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan
saqlanish, aksincha, hushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xato-
larning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu
o‘rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher
Navoiy o‘qituvchining, ayniqsa, talabchan bo‘lishi bolalarning
puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida
muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan
asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o‘rganishga layo-
qatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish
jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga
urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o‘rinda quyida-
gilarni bayon etadi: „Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qo-


17
biliyatsizga tarbiya — xayf. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik bilan uni
nobud qilma“,
1
degan fikrni bildiradi.
Abdurahmon Jomiy, avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar
ekan, har bir narsani ham parvarish etsa, undan yaxshi natija
chiqishini, insonni ham yaxshi tarbiya etsa, u barkamol bo‘li-
shini alohida ta’kidlaydi.
Jaloliddin Devoniy „Bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli
bo‘lishi uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki hayotda har
kuni bola ko‘radigan, muloqotda bo‘ladigan narsalar uning xul-
qiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni
insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-
ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rost-
go‘ylikni o‘rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so‘zlashuv odo-
biga rioya qilish kundalik turmushda o‘rganiladi“, deydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot,
jahon miqyosida sodir bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq holda
olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar
alohida mavqega ega ekanini, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi
uzviy birlikda olib borilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Munavvarqori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas,
balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan
bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etadi. U yoshlarni bi-
limlarni puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qad-
riyatlarga sadoqatli bo‘lishga chorlaydi, ota-onalarni farzandlarida
ma’naviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘ularini rivojlantirishga da’vat
qiladi. Munavvarqorining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bi-
langina millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish, xalq ma’navi-
yatini yuksaltirish, turmushni farovonlashtirish mumkin. Adib
yoshligidan bolalarda mehnatga qiziqish, g‘ayrat, jasorat fazi-
latlarini tarbiyalashni tavsiya etadi.
Abdulla Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir.
Xulq esa, kishida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning shakl-
lanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak. Kishilar tug‘i-
lishida yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar, ularni muayyan sharoit yo-
1
Yuqorida nomi qayd etilgan asar, 17- bet.


18
mon qiladi. Avloniyning ta’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy
ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy
qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p
jihatdan bog‘liqdir.
Hamza Hakimzoda fikricha, maktab bolalarni ilmli, odobli
qilib tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, maktabda dunyoviy
fanlar o‘qitilishi lozim. Aqliy tarbiyada bolalar tabiat va jamiyat
qonun-qoidalarini, tabiat hodisalarini, ularning o‘zaro bog‘liq-
ligini bilishlari kerak. Shundagina bolalar jamiyat va xalq faro-
vonligi uchun xizmat qiladigan bo‘lib yetishadilar. Zero, inson-
parvar odamgina kishilarni, ota-onani qadrlaydi, insoniy hu-
quqlarni himoya qiladi, ularga hurmat-ehtiromda bo‘ladi. Uning
uqtirishicha, axloqiy tarbiyada bolalarda insonparvarlik tuyg‘usini
rivojlantirish, bolalarni barkamol inson, go‘zal axloqli bo‘lib
yetishishi uchun oilada sog‘lom muhit, tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘-
yilgan bo‘lishi kerak.
Asqar Zunnunovning fikricha, tarbiyada bilim va tajribaga
ega bo‘lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o‘qituvchi bolalarni
bilimli, go‘zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir. Ammo ular-
ning bolalarga beradigan tarbiyasi tarbiyaning asosiy zamini
bo‘lgan oila, tarbiya ilmidan xabardor ota-ona, ayniqsa, iffat,
sharm-hayo, or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan,
baxt-saodat mujassam bo‘lgan ona tarbiyasi darajasida bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlari-
dek, „Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi
lozim, deb qabul qilishimiz kerak“. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini
uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni
tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy
o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustu-
vor sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, avvalo, yuksak
ongli, mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat
bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kshilarni tushunamiz. Tarbiya —
vijdon ishi; ta’lim esa fanning vazifasi. Keyinchalik, inson voyaga
yetgach, bilimning bu ikki turi biri-birini to‘ldiradi.


19
Tarbiyaga jamiyat a’zolari o‘rtasida qaror topgan munosa-
batlarni saqlab turish uchun juda zarur bo‘lgan bilimlarni uz-
luksiz egallash, deb qarash mumkin. Tarbiya ishida har bir
kishining individual qobiliyatini rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik
qilish bilan, ayni chog‘da, ularda atrofdagilarga nisbatan mas’-
uliyat hissini tarbiyalashga ham e’tibor bermoq zarur. Davlat-
ning gullab-yashnashi, xalqning farog‘ati oliyjanob xulq-odobga
bog‘liq, oliyjanob xulq-odob esa tarbiya tufaylidir. Tarbiya, aso-
san, bizning dilimizga jamiyat uchun foydali bo‘lgan fazilat
urug‘larini sochmog‘i lozim. Tarbiya faqat inson zehnini o‘sti-
rish va unga ma’lum hajmdagi bilimni singdirishgina emas, balki
u insonda mehnatga tom ma’nodagi chanqoqlik hissini uyg‘ot-
mog‘i lozim, busiz odam hayotda na e’tiborli va na baxtiyor bo‘la
oladi. Tarbiya, bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z
ehtirosi, o‘z e’tiqodini yosh avlodga topshirishi demakdir. Tar-
biyaning bosh vazifasi odamni yaxshi qadam bosishga majbur
etishgina emas, balki bu yaxshi ishlardan huzurlanishga ham
o‘rgatishdir; faqat ishlabgina qolmay, ishni sevish ham kerak.
Tarbiya bizni yo‘ldan ozdirmay turishining o‘zi kifoya emas, u
tobora bizni yaxshilab bormog‘i lozim. Nazarimizda bolalarning
a’zoyi badani va ruhiyatini tabiat qanday yaratgan bo‘lsa, shun-
dayligicha qoldiraverishdan qoniqmaymiz, biz ularning tarbiyasi
va o‘qishi haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, toki yaxshi yanada yax-
shilanishi, yomon esa o‘zgarib, yaxshi bo‘lishi kerak. Tarbiya
odamda mehnatga ko‘nikma va mehrni kuchaytirmog‘i lozim, u
insonga hayotda o‘ziga loyiq ish topa bilish imkoniyatini bermog‘i
zarur. Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash
har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir. Zero,
o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra
muhimroq ish yo‘q. Har bir mamlakatda insonni voyaga yetka-
zish san’ati idora etish uslubi bilan shu qadar chambarchas
bog‘lanib ketganki, ijtimoiy tarbiyaga doir u yoki bu muhim
o‘zgarishni davlat tuzumining o‘ziga o‘zgartirish kiritmasdan tu-
rib amalga oshirish mumkin emas. Chinakam tarbiya yuksak ez-
gulikdir, aks holda, u hech nimaga yaramaydi. Barcha kashfi-
yotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir. Tarbiya


20
ikki negizga — axloq va oqillikka tayanmog‘i lozim; birinchisi
yaxshi fazilatni o‘stirsa, ikkinchisi o‘zgalar illatidan himoya
qiladi. Biz tarbiyalayotgan insonda axloqiy soflik, ma’naviy
boylik, jismoniy barkamollik uyg‘unlashib ketmog‘i lozim.
Xalq og‘zaki ijodida tarbiya haqidagi
hikmatli so‘zlar
Odamlar o‘z sirlarini jon-jahdlari bilan yashiradilar-u, bosh-
qalarnikini saxiylik bilan yoyadilar.
Nodon o‘tmishdan saboq olmaydi, kelajakni o‘ylamaydi, u
faqat bugungi kun bilan yashaydi.
Nodonning hatto haqiqati ham o‘z ziyoniga ishlaydi.
Yo‘qotish hamisha alamli.
Hayotda hammasi aks: istaganingga intilib yetolmaysan,
istamaganing oyog‘ingning ostidan chiqaveradi.
Xotirjam bo‘lmaguncha ishing unmaydi.
Ham baxt, ham davlat kamdan-kam hollarda birga bo‘ladi.
Kundalik tashvishlardan baland ko‘tarila olmagan ulug‘ bo‘-
lolmaydi.
Birovning boshiga ish tushsa, bir-biridan suyunchi oladigan
ko‘payadi.
Odamlar yaxshilikka bosh qo‘shishmasa ham, yomonlikda
bir jon-u bir tan.
Dushmanlik, ko‘pincha, biz sira kutmagan tomondan ke-
ladi. Bizni, ko‘pincha, shubhalanish xayolimizga ham kelmay-
digan kishilar chuv tushirib yurishadi 
(Xalq og‘zaki ijodidan)
.
Zimmangda farz bo‘lgan narsani qarz va burch o‘rnida ko‘r.
Bu hol qalbing-u dilingga rohat baxsh etib, sharafing va ob-
ro‘yingni saqlash uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir.
O‘z vaqtidan kechikib berilgan in’om-ehson mahkam tor-
tilgan zanjir misoli qattiq bo‘g‘uvchidir 
(Hadisdan).
O‘zi sazovor bo‘lmagan hamd-u sano-yu maqtovlarni talab
qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir 
(Hadisdan).
Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining
boshidir (ya’ni onadan tug‘ilgan kabi gunohsizdir), uning ish-
lari Alloh taolo nazdida aybli bo‘lmaydi 
(Hadisdan).


21
Kimning xulqi xush, fe’l-aftori to‘g‘ri bo‘lsa, u tilaklariga
yetadi, istiqboli porloq bo‘ladi 
(Yusuf Xos Hojib).
Inson faqat niyatnigina yo‘qotishdan qayg‘urish kerak,
chunki har qanday xayrli ish niyatsiz durust bo‘lmaydi 
(Hakim
at-Termiziy).
Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-
darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartib-
ga rioya qilmoq ham shart 
(Ibn Sino).
Do‘stlarning do‘stligi mashaqqat va mehnat chog‘ida bilinur
(Xoja Ahror Valiy).
Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi,
axloq tarbiyasi 
(Fitrat).
Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng
amal qilish, so‘ng uni tarqatishdir 
(Imom G‘azzoliy).
Qiyinchilik aqlning charxi-yu g‘ayratning qayrog‘i bo‘lar
ekan 
(Abdulla Qahhor).
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat 
(Mirzo Ulug‘bek).
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay 
(Imom al-
Buxoriy).
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar.
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar 
(Yusuf Xos Hojib).
Qobliyatli odamni tarbiya qilmaslik — zulmkorlik va noqobil
odamga tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayab, uni nobud qilma,
tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma 
(Az-Zamahshariy).
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur
(Alisher Navoiy).
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashq-
qa 
(Arastu).
Maktab — dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir.
Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari,
mollari bilan himmat va g‘ayratlarini sarf etib, millatning taraq-
qiy rivojiga ijtihod qilurlar 
(Behbudiy).
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir
qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas
vazifadir 
(A. Avloniy).


22
Hayot yo‘lida birinchi masala maktab masalasidir 
(Abdurauf
Fitrat).
To‘g‘ri bolalarga, hali ular bola ekan, ota-onalar vasiylik
qilishlari kerak, biroq ayni paytda ular bir umr bola bo‘lib
qolmaydigan tarzda tarbiyalanishlari lozim 
(X. Viland).
Izzat-hurmat ota va onani, shunungdek, bolalarni ham qo‘-
riqlab turuvchi posbondir: u ota-onani kulfat va g‘amdan, bo-
lalarni esa vijdon azobidan qutqaradi 
(O. Balzak).
Tarbiya — buyuk ish: tarbiya bilan inson qismati hal etiladi
(V. Belinskiy).
O‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbar-
gi, xolos 
(V. Suxomlinskiy).
O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir 
(J. Juber).
Inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir 
(K. Ushinskiy).
Inson uchun nondan so‘ng eng muhimi maktab 
(J. Danton).
O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish hissini uyg‘ota
bilgan muallim sharafga loyiq 
(E. Xabbard).
Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda, yoshlik-
ning eng aziz rahnamosidir 
(S. Smayls)
Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir 
(V. Gyugo).
Odamning qanday odamligini hamisha u o‘qiydigan kitob-
lardan bilish munlin 
(S. Smayls).
Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritil-
maydi 
(Goratsiy).
Mehnat chinakam oliyjanoblikning yagona unvoni hisob-
lanadi 
(R. Rollan).
Tinmasdan gapirib, birovga quloq solmaslik mag‘rurlik belgi-
sidir 
(Demokrit).
Ulug‘ ishlar uchun tolmas sabot kerak. Past odamlarning
g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar,
chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapir-
maslikdir 
(F. Volter).
Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor —
jaholat 
(Suqrot).
Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa — tarbiyadir 
(De-
mokrit).


23
Fan olg‘a siljigan sayin beto‘xtov yangilanib boradi 
(Viktor
Gyugo).
Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarurdir 
(Mon-
teskye).
1.3. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati
„Milliy tarbiya“ tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, uning
milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo‘naltirilgan
tarbiyaviy faoliyati, umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa
xos va mos betakror shakli, xalq va uning madaniyatini saqlab
qolish, tiklash va rivojlantirishdan iborat.
Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklani-
shi, biror-bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’na-
viy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkam-
lamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Mustaqilligi-
mizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p
asrlar mobaynida yaratilib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’-
naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Biz ma’naviy
qadriyatlarning tiklanishini, milliy o‘zlikni anglashni xalqning
ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlari bilan uzviy bog‘liq,
tabiiy jarayon deb hisoblaymiz. Jamiyatimizning, xalqimizning
ming yillik ma’naviy-axloqiy yuksalish tajribasini o‘zida jam-
lagan Islom madaniyatini tiklash o‘z taqdirini o‘zi belgilash,
tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo‘lish yo‘lidagi
g‘oyat muhim qadam bo‘ldi. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir
qudratli manbayi an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari
odobidan iboratdir. Kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordam-
lashish, kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish hamisha uning
asosiy qoidalari bo‘lib kelgan.
Axloqiy tarbiya
— shaxs dunyoqarashini shakllantirishning
muhim omili. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-
axloqiy tarbiya muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil
etish o‘quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam
beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan


24
va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularda axloqiy ong,
axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy
tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir.
Axloq
(lotincha „moralis“ — xulq-atvor ma’nosini bildiradi)
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga so-
luvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilini-
shi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Ax-
loqiy me’yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’lim
va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning
natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari
va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.
„Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular
o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Ax-
loq — kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari maj-
muyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq — ijtimoiy ong shaklla-
ridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatla-
rini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq me’-
yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid
xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham bor-
ki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiya
odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar
bo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillash-
tirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiya-
lanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va
vatanga, mehnatga, kishilarga, o‘z xulqiga munosabatlari quyi-
dagilarda o‘z aksini topgan:
a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash;
b) mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
d) atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomala
madaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish;
e) shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatni
tarbiyalash.


25
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Al-
pomish, To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Te-
mur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardala-
rimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olim-u fuzalolarimiz qarashlariga
tez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalash ishining asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda
tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoq
lozim. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni
ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvoffiq ravishda tarbiya-
lash — tarbiyalanuvchi shaxs axloqiy tarbiyaning pedagogik va
psixologik asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab
jarayondir. Axloqiy his-tuyg‘ular o‘quvchilarga atrofdagi kishi-
larning xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yo-
mon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushun-
chalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir.
Jumladan, axloqiy onglilik, axloqiy qadriyatlar, axloqiy his-
tuyg‘ular. Axloqiy tarbiyani rivojlantirishning bir necha usullari
mavjud (1- shaklga qarang).
Aqliy tarbiya.
Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushun-
cha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning
uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish,
tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi
jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni
to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng
muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda
aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-
o‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati,
xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘t-
kazish kabi malakalarni o‘stiradi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli in-
sonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donish-
mandlik — bu donolik. Donolik — bu insonning eng buyuk va
oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga
ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq dono-
ligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi.


26
Ekologik tarbiya.
Ekologiya so‘zi „tom“ yoki „uy“ degan
ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan bi-
rinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor muno-
sabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekolo-
giyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va
boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha ob-
yektning yashash sharoiti me’yorlarini o‘rganadi va yashashning
Axloqiy tarbiyada rag‘bat-
lantirish va jazolash usul-
laridan o‘rinli foydalanish.
O‘quvchilarning mustaqil
fikr yuritishlari, shaxsiy fikr-
larini ilgari surishlari uchun
qulay muhit yaratish.
Tarbiyaviy soatlar, „Odob-
noma“ darslarining saviya-
sini oshirish.
Dars jarayoni, darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda
sharq qadriyatlari va milliy
an’analar aks etgan, „Qur’-
oni Karim“, Hadis, „Xo-
tamnoma“, „Hikmatno-
ma“, „Odobnoma“, „Qo-
busnoma“, Yusuf Xos Ho-
jibning „Qutadg‘u bilig“ va
shunga o‘xshash tarbiyaviy
asarlardan o‘rinli foydala-
nish.
Axloqiy tarbiya o‘qitish jara-
yoni bilan birga olib boriladi.
Axloqiy tarbiyani shakllan-
tirishda jamoaning o‘rni.
Tarbiyaviy ishlarning rejali
bo‘lishi.
Ta’lim muassasasida ijobiy
emotsional sharoit yaratish.
Barcha tarbiyalanuvchilar-
ning yagona tartib-qoidaga amal
qilishlarini ta’minlash.
Mehnat ilg‘orlari, ilm-fan
xodimlari, ibratli shaxslar bi-
lan uchrashuvlar uyushtirish.
Ta’lim muassasasida turli
tadbirlar uyushtirish.
Axloqiy odatni shakllanti-
rishda mashq, bolalarning turli
faoliyatini uyushtirish.
Axloqiy tarbiya usullari













1- shakl.
Axloqiy tarbiyani rivojlantirishning usullari.


27
umumiy darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu yo‘nalishdagi
ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan inso-
niyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘-
nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa
ekologik tarbiya masalasidir.
Ekologik tarbiya, albatta, ekologik bilim asosida shakllanadi,
lekin u o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda
tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona munosabatni shakllantirish ma-
salasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga o‘quvchilarda ekologik
madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tar-
biyaning mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular
(tabiatga, insonlarga, hayotga nisbatan munosabatlar) kiradi.
Demak, ekologik tarbiya inson hayotida, jamiyatda, vatanda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik tarbiyaning shakllanishiga
ekologik bilimlarni egallash bilan bir qatorda ekologik munosa-
batlarni ham shakllantirib borish zarur. Ekologik munosabatlarga
quyidagi kabi komponentlarni kiritish mumkin:
1. Hayotga munosabat.
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash.
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash.
4. Tabiat go‘zalliklarini his etish.
Huquqiy tarbiya.
Huquqiy tarbiya — bu shaxsga nisbatan hu-
quqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulq-
atvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq
maqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik
yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlar-
ning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy
dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi
tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur.
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususi-
yatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asosla-
nadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muam-
molarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya
yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning
yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:


28
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari,
jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va
boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor
shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim,
huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari kiradi.
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, se-
minarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish,
rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio,
televideniya, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot
hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy
tarbiyaning bog‘liqligi yanada ortadi.
Mehnat tarbiyasi.
Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy va-
zifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish,
mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijti-
moiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki tur-
kumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan muno-
sabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini
tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini
tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, meh-
nat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘z-
lashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o‘rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushun-
cha bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, politexnik ta’lim — bu ishlab chiqarishning bar-
cha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va prinsiðlarni,
mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan
muomala qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi, bu — umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quv-
chilarni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etishni
taqozo qiladi.


29
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘p-
chilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, maku-
latura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, mak-
tab uchastkasida ishlash).
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turi-
ga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, ish joyini, kiyim-ke-
chagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga
kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida
yordam berishni taqozo qiladi.
Jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama
rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u
quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni
mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilar-
ning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmala-
rini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il
bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning
mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor
qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi
mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat
berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz to-
monidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda.
Estetik tarbiya.
Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U
estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini
rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan tashqari,
san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali
estetik tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U
quyidagi metodlardan foydalangan holda olib boriladi:
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish.
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash.
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, san’atning
har xil turlarini — ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarak-
terlovchi muayyan ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘lish zarur.
4. Badiiy faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar
o‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarni, mustaqil tasvirlash ko‘nikmalari
va malakalarini rivojlantiradi.


30
Nafosat tarbiyasi
(estetik tarbiya lotincha „estezio“ —go‘-
zallikni his qilaman) — o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va
mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok
etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘s-
tirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan
go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon. Nafosat tarbiyasi „badiiy tarbiya“ sifatida ham
qo‘llaniladi. Umuman, nafosat tarbiyasi keng ma’noga ega bo‘lib,
faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, ijtimoiy
munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go‘zallikni his qi-
lishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni o‘z ichiga oladi. Badiiy
tarbiya esa, san’at (adabiyot, musiqa, qo‘shiq, tasviriy va san’-
atning boshqa yo‘nalishlari) vositasida shaxsda estetik his-tuy-
g‘ularni shakllantirishni nazarda tutadi. Nafosat tarbiyasi insonda
go‘zallikni his qilish tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi,
uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qu-
rishga intiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, eko-
logik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va
boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivoj-
lanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani sama-
rali tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda
faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hur-
mat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o‘rin tutadi. Na-
fosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka
bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuy-
g‘uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib
bo‘lmaydi.
Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan go‘zallik butun tarixiy ta-
raqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining
o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyor-
langan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati insonning tabiiy
ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik
go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o‘zi,
tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlar-
ning mukammalligidir.


31
O‘smirlarda go‘zallik ijodkorligiga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
Bunday holat ilk yoshlik davrida ham saqlanib qoladi. Biroq bu
davrda badiiy qobiliyat aksariyat o‘quvchilarda o‘zgacha bo‘ladi.
Ular, ko‘pincha, musiqa va raqsga qiziqa boshlaydilar. Demak,
o‘quvchilarning nafosat bilan oshnoligi turli yosh davrlarida
o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.
Nafosat tarbiyasi — shaxsning estetik ongi, munosabatlari
hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan
iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jarayon yosh va
ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda da-
rajalarga ega. Nafosat tarbiyasi shaxsning nafosat madaniyatini
egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yorda-
mida amalga oshiriladi. Jamiyatda shaxsning nafosat madaniyati
tushunchalari mavjud. Jamiyatning nafosat madaniyati deganda
insoniyatning butun rivojlanish tarixi jarayonida to‘plagan mod-
diy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O‘quvchi
shaxsining nafosat madaniyati uning jamiyat madaniy merosini
faol, ijodiy o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi. Shaxs nafosat
madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari — bular nafosat ongi,
nafosatni his etishga bo‘lgan ehtiyoj, uni qondirish yo‘lida tash-
kil etilgan munosabatlardir.
Nafosat ongi — go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohi-
yatini anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushun-
chalarning ongda aks etishi. Nafosat madaniyati go‘zallikni his
etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyi-
tish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan na-
fosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichidir.
Nafosat ongi go‘zallikni qadrlash va uni boyitish, amaliy
harakatni keng ko‘lamda tashkil etish asosida takomillashib bo-
radi. Nafosatning asosiy xususiyatlari, ya’ni tarbiyaviy ishlarni
tashkil etishda nafosat idrokining psixologik qonuniyatlarini
hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos
hamda rivojlanish, nafosat tajribasi, tasavvurlarning shakllan-
ganlik darajasiga bog‘liq.
Demak, tarbiyachi, o‘qituvchining birinchi navbatdagi va-
zifalaridan biri o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga


32
olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go‘zallik shakllari,
nafosat muammolarini anglab yetishi lozim.
Bu tuyg‘u go‘zallik qonuniyatlari g‘oyasi bilan yashashga
undaydi. Olam va inson go‘zalligi, mardlik, jasorat, yuksak in-
soniy g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan san’at asarlari insonlarni
go‘zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan.
O‘quvchilarning go‘zallik bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari
ularga ko‘proq hissiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham o‘qi-
tuvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida
o‘quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan asarlar va tabiat
manzaralari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
o‘quvchilarda nafosat his-tuyg‘usi, fikr-mulohaza, didni tarbi-
yalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go‘zallikni sevishga bo‘lgan
hayotiy ehtiyojini o‘stirishdan iborat. Xullas, maktab o‘quvchi-
lari o‘rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl,
metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi.
1.4. Ma’naviy qadriyatlar — ta’lim-tarbiyaning omili
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda res-
publikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
o‘zgarishlar o‘zining ko‘lami va ahamiyati jihatidan tarixiy vo-
qeadir. Bu jarayonlar jamiyatimiz ma’naviy va ijtimoiy hayotida
tub burilishlarni boshlab berdi va ular o‘zbek xalqining bundan
keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o‘ynaydi. Mam-
lakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’-
naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy ma-
daniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga yetkazish ol-
dimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qan-
day jamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va
qay tarzda tarbiyalanishiga bog‘liq.
Yurtboshimiz I. Karimov „Yuksak ma’naviyat — yengilmas
kuch“ asarida ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
va ahamiyati, bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida
vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini


33
asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini
turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya
qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlaydilar. In-
son hayotida moddiy ehtiyojlar qanchalik muhim ahamiyat kasb
etsa, ma’naviy ehtiyojlarga talab undan ham kuchliroq ekanli-
gini ta’kidlamoq zarur. „Ma’naviyat“ tushunchasining ilmiy,
falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’rifla-
rini keltirish mumkin. Yurtboshimiz Islom Karimov o‘z ma’ru-
zalarida „Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, „Ma’-
naviyat“ tushunchasining mazmuni faqat „ma’ni“, „ma’no“
degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi, deb o‘ylayman.
Ma’naviyat odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iy-
mon-e’tiqodini butun qilishida yorqin namoyon bo‘ladi. Ma’na-
viyat insonning qon-qoni, suyak-suyagiga yillar davomida ona
suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayot-
ning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-
qatra bo‘lib singib boradi. Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama
yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar
ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va
unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil
qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab
olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi“.
Qadriyatlar
— inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat man-
faatlari yo‘lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, teng-
lik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik, halollik, burchga so-
diqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar
o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi,
ya’ni:

tabiiy qadriyatlar
(yashash uchun zarur bulgan tabiiy
shart-sharoitlar);

iqtisodiy qadriyatlar
(ishlab chiqarish kuchlari va vosi-
talari);

ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar
(erkinlik, tenglik, adolat,
tinchlik, hamkorlik);

ilmiy qadriyatlar
(bilimlar, tajribalar, yutuqlar);

falsafiy qadriyatlar
(g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar);


34

badiiy qadriyatlar
(san’at, adabiyot, madaniyat);

diniy qadriyatlar
(iymon, e’tiqod, vijdon, savob).
Shu bilan birga, fanda qadriyatlarning milliy va umumin-
soniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar
ma’lum bir millat, xalq va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyotida
yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari
yig‘indisidan iboratdir.
Qadriyatlar turli-tuman bo‘lib, bular ichida „eng oliy qad-
riyat — inson“ hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xiz-
mat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy
jihatlari o‘ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi.
Jamiyatda milliy qadriyatlarni o‘z qalbida mustahkam saqlash,
atrof-muhit, tabiat va hayotni go‘zal, farovon qilish, demokra-
tiya asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv g‘oyalar
buyuk qadriyat hisoblanadi. Inson qadriyati uning dastavval o‘z-
o‘ziga va shu jamiyatga bo‘lgan hurmati hamda munosabati,
xulq-atvori bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu insonga o‘z
xulq-atvorini tartibga solishi, o‘ziga nisbatan talabchanlik va
nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy qadr-
qimmati milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xusu-
siyatlardan bo‘lib, uni yuksaklikka olib boruvchi oliyjanob bir
kuchdir. Shu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy erkinligini
va ma’naviy pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir so‘z
bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyat-
larni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar va targ‘ib
qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy
omillarni yuksak baholadilar. Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh
avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaru-
riyati yuzaga keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti
davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan
me’yor va qoidalardan iborat bo‘lib, ular kishilarning jamiyatga
bo‘lgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartib-
qoidalar kishilardan jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqqa ega
bo‘lishlikni talab qiladi. Axloq insonning dunyoqarashi, xulqini
belgilovchi insoniy fazilatdir. Shu bois dunyoqarash o‘zgarma-
guncha inson ham o‘zgarmaydi.


35
O‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha
ta’rif beradi: „Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomon-
likdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini,
yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qila-
digan kitob axloq deyilur“.
Axloq
— inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini,
boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini, halol ish-
lab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini o‘rgatadi. Axloq — tari-
xiy hodisa. Axloqiy qonun-qoidalar barcha zamonlar uchun bir
xil, o‘zgarmas bo‘lishi mumkin emas. Muayyan jamiyat uchun
ayrim axloqiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lsa, boshqa davrga kelib no-
to‘g‘ri bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbekona, milliy axloqda ota-
bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o‘tgan sa-
boqlari va bizga doimo madad bo‘lib turgan ruhiy quvvatlari
jamuljamdir. Mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’na-
viyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham
yurtboshimiz „Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“ degan
hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardilarki, yuksak ma’na-
viyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish uchun mu-
him va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi. Barkamol insonni
axloqiy tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida mutafakkirlarimiz
bir qator asarlar yaratishgan. Chunonchi, Kaykovusning „Qo-
busnoma“, Sa’diyning „Guliston“, „Bo‘ston“, Amir Temur-
ning „Temur tuzuklari“, Abdurahmon Jomiyning „Bahoris-
ton“, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“, Husayn Voiz
Koshifiyning „Axloqi muhsiniy“ va boshqalarni ko‘rsatishimiz
mumkin. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ta’lim-
tarbiya sohasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ta’lim-tarbiyada
milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o‘rinni
egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor
kuchaydi. Bugungi kun yoshlari mustaqilligimizni mustahkam-
lashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni
tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadilar. Ular jamiyatda,
jamoada xalqlar va millatlar o‘rtasida do‘stlik, sog‘lom turmush
tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga inti-
ladilar.


36
Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sog‘lom
ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga
ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib
topadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p
intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Turon
zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega.
Axloq-odob insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining negi-
zini tashkil etadi. Shuning uchun ham o‘quvchida jamiyatga
bo‘lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkam-
lashga, axloqiy madaniyat egasi bo‘lishga, o‘zini-o‘zi anglab
yetishga, yaxshi insonlarga bo‘lgan e’tiqodni rivojlantirishga olib
keladi. Maktab o‘quvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda
do‘stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash,
birovning dardiga darmon bo‘lish kabi fazilatlar xalqimiz va
millatimiz kuch-qudratining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
taraqqiyotning negizi ekanligini o‘z o‘quvchilariga tushuntirish-
lari darkor. Ma’naviy-axloqiy tarbiya — ma’naviy ongni bir maq-
sadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish
hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan
iborat. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi: jamiyat talablariga
bog‘liq bo‘lib, bu talablar, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish
va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq
va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat
ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich
maktab muhim o‘rin egallaydi. Insonning jamiyatga bo‘lgan
munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat
uyg‘otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga
yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy
tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan
munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Iymon va insof, so‘z
va ish birligi, insonparvarlik yangi qurilayotgan jamiyatning
asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq
manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini
har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim.


37
Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob
normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat,
mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda
bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. O‘quvchining
jamiyatga bo‘lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va ham-
korlik tuyg‘ulari, turli xalqlarga bo‘lgan hurmat kabilar yaqqol
namoyon bo‘lishi zarur. O‘zbekiston mustaqilligi, yurtimiz rav-
naqi yoshlarni o‘qish, izlanish va mehnatdan qochmaydigan,
har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga
nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko‘ra
bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh kelgusida shu
o‘lkaning haqiqiy egasi bo‘lib yetishishi, uning gullab-yashna-
shi haqida qayg‘urishi, erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lo-
zim. Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya
tizimida tub o‘zgarishlar vujudga keldi. Milliy qadriyatlarni tik-
lash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-
axloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir.
O‘lkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik ishlari aql-idrok, sabr-
qanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga ol-
gan holda qadam-baqadam amalga oshirilmoqda.
An’ana
— bu o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning
ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga o‘tadigan,
takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki
ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat
(„urf-odat“) — kishilarning turmushiga singib ketgan,
ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan:
— kichiklarning kattalarga salom berishi;
— erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish;
— mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish;
— bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish;
— yordam lozim bo‘lganlarnikiga hasharga borish kabilar
o‘zbek xalqining yaxshi odatlari hisoblangan.
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma
sohalariga xos bo‘lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa,
odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni:


38
— kishilar turmushi;
— mehnati;
— xulq-atvori;
— muloqoti;
— oilaviy munosabatlarda ko‘proq mavjud bo‘ladi.
Marosim
— an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib,
inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan ras-
miy va ruhiy ko‘tarinkilik, tantanavor vaziyatda o‘tadigan o‘zi-
ning umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo‘lgan
hayotiy tadbir. Masalan:
— ism qo‘yish marosimi;
— nikohdan o‘tish marosimi;
— xotirlash marosimi;
— urug‘ qadash marosimi;
— o‘rimga kirish marosimi va boshqalar.
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin
bo‘lsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir
bo‘lganda vujudga keladi.
1.5. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning
ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanish
va taraqqiyot yo‘liga tushgan bugungi kunning istiqboli — ke-
lajagini belgilash va ta’minlash ko‘p jihatdan hozirgi yosh av-
lodni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashga bog‘liq. Bu haqda do-
nishmand Suqrot naql qiladi: „Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-
sharoitlarini yaxshilash har qanday kishining ham muqaddas
burchlaridan biridir, chunki o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’-
lumotli qilishdan ko‘ra muhimroq ish yo‘q“. Donolar topib ay-
tadi. Zero, har qanday jamiyat taraqqiyoti, inson kelajagining
istiqboli ayni ta’lim-tarbiya masalasiga borib taqalishi haqiqat.
Shu nuqtayi nazardan, bugun yurtimiz ta’lim tizimida amalga oshi-
rilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati kundek ravshan“.
Bunday muhim ishni, diyorimizdagi barcha xalqlar ma’-
naviy yuksalishining muhim omili bo‘lgan bolalarni boshlan-


39
g‘ich maktabdanoq (haftaning dushanba kuni Davlat bayrog‘ini
baland ko‘tarib, Davlat madhiyasini aytib dars o‘tishdan bosh-
laboq) ozodlik va mustaqillikni anglash hamda ularni qadrlash
ruhida tarbiyalash, tarixiy-milliy xususiyatlarimizga mos kela-
digan ta’lim tizimini yaratish orqali amalga oshirilmoqda. Bun-
da, ayniqsa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqimizning
an’analarini, madaniyati va ilm-fan bobidagi ko‘p asrlik tajriba-
larini o‘rgatish ijobiy pedagogik samaralarni beradi. Shuning
bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli kishi, mustaqil
va erkin fikrga ega bo‘lgan shaxs va fuqarolik jamiyati ma’na-
viyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish O‘zbekiston
Respublikasi taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli
ham o‘qituvchining serqirrali va murakkab kasbiy faoliyati za-
mirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni
ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida dunyoqarashini
kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi.
Ma’lumki, jamiyat ma’naviy hayotini rivojlantirish o‘sha
jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchi kishilarning intellektual salo-
hiyati: ma’naviyati va ma’rifati, madaniyati va san’ati, ilm-fani
va ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risidagi bilim (tushuncha)larning ne-
chog‘liq ilmiy asoslanganligi, to‘g‘ri nazariy va amaliy negizlar
asosida shakllanganligiga bog‘liq. Shu sababli ham bo‘lg‘usi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ilmiy dunyoqarashini jahon
ta’limi talablariga mos qilib shakllantirish o‘ta muhim muam-
modir. Bu muammo yechimini topishda biz, avvalo, shaxs, ya’-
ni bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan qu-
yidagi vazifalarga e’tiborni qaratdik:
— har bir bolada mavjud bo‘lgan layoqat, ishtiyoq va
qobiliyatlarni erkin va samarali rivojlantirishga erisha olishlik;
— ijobiy (axloqiy, mas’uliyat, qat’iyat, iroda, jasorat, mehr-
muruvvat va shu kabilar) sifatlarni, milliy va fuqarolik his-tuy-
g‘usini hamda milliy g‘ururni o‘stirishga erishish;
— ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy
zaruratlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini
anglash; ijtimoiy-siyosiy faollikni tarbiyalashga tayyor holda
bo‘lishga erishish va shu kabilar.


40
Demak, bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quv-
chilarining har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratishi, ya’ni
ularni o‘qishga, ta’lim olishga qiziqtirishi va ishtiyoq uyg‘otishi
bilan birga ularning idrok etish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyo-
qarashini kengaytirish kabi sifatlarini o‘stirishga o‘z kasbiy
faoliyatini to‘liq safarbar etmog‘i lozim. Bunda ular o‘z o‘quv-
chilarining ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi
(yoshi nuqtayi nazaridan), ma’naviy ehtiyoji, yashash muhiti
(oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa — mahalla-
dagi muhit umumsog‘ligi) kabi omillarni e’tiborga ola bilish
qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z kasbiy sohalarida
quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi: o‘z o‘quvchilarini
sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik faoliyatni sevish
va bu faoliyatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylantirish; ruhiy va
pedagogik jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov bo‘lish;
pedagogik taktik va tasavvurga hamda tashkilotchilik qobiliyatiga ega
bo‘lish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni uy-
g‘un holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda to‘g‘ri yo‘lni
tanlay olishlik; vazminlik, dilkashlik, o‘zini idora qilishlik, shu-
ningdek, kasbiy faoliyatga layoqatning yuksakligi va shu kabilar.
Shuning bilan birga bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
yoshlardagi burchga mas’uliyat (javobgarlik hissi)ni tarbiyalash
sir-asrorlarini mukammal egallamog‘i lozim. Ushbu sohada olib
borgan izlanishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, bo‘lg‘usi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ma’naviy qiyofasi shakllani-
shida, asosan, quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan:
— oila, mahalla va maktabni muqaddas deb bilish;
— bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan
ta’lim-tarbiya, bola ongi va tasavvuriga mos qilib, halol va
harom, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshi va yomon, mardlik va no-
mardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarning
mazmun-mohiyatini singdira olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
— bolaning erkin, mustaqil va to‘g‘ri, keng ko‘lamli fikrla-
shini shakllantirishning shakl, usul va vositalarining optimal
variantlarini tanlay olish;


41
— o‘tmish boy milliy-ma’naviy merosimizga hurmat uyg‘ota
bilish uslubiyatini yarata bilish;
— milliy g‘ururni uyg‘otish, davlat ramzlariga hurmat va
unga mos g‘ururni shakllantirish, fidoyilikni shakllantirishning
sir-asrorlarini o‘rgata bilish;
— o‘z o‘quvchilarini go‘zal, ziyrak, aqlli, ongli, milliy g‘u-
rurli, sezgir, sinchkov, farosatli, madaniyatli, ma’naviyatli va
shu kabi xislatlarni shakllantirishga innovatsion yondashuvlar
qila olishga erishish;
— o‘z o‘quvchilarini vatanparvar, baynalminalchi, fuqarolik
burchini chuqur his qiluvchi va shuningdek, milliy istiqlol g‘o-
yalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga yangi-
cha munosabatlarni shakllantirish va shu kabilar.
Yuqorida bayon qilingan bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chisining ma’naviy qiyofasi va kasbiy sohasi bo‘yicha ifodalangan
maqsad va vazifalarni amaliy faoliyatda keng joriy etishda, ular-
ning zamonaviy kasbiy faoliyatlarini mustahkam egallashida
umuminsoniy va milliy qadriyatlarning roli va o‘rni beqiyosdir.
Chunki ular tufayligina barkamol avlod tarbiyasini zamon talabi
asosida olib borish mumkin va ular kelajak avlodni ona-Vatanga
sadoqat ruhida tarbiyalashning asosiy negizlari hisoblanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar.
Odamzodning yashashi, umrgu-
zaronligi, farzandlari hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, hu-
quqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy sohalariga taalluqli bo‘lgan
umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butun insoniyat va jami-
yatga tegishli bo‘lganidan umuminsoniy qadriyatlar deb ataladi.
Tabiatni muhofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni
rivojlantirish, insoniyatning sihat-salomatligini saqlab qolish,
xavfli kasalliklarning o‘zaro hamkorlikda oldini olish, oziq-ov-
qatga, yoqilg‘i va energiyaga bo‘lgan tanqislikni tugatish, ma-
daniy boyliklarni, kishilik jamiyati taraqqiyotidagi rivojlanish-
ning muntazam davomini ta’minlashga erishish, tinchlikni saq-
lashga erishish va shu kabilar umuminsoniy qadriyatlar bo‘lib
hisoblanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati,
keng miqyosda amal qilinishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar (elat-


42
lar, millatlar)ning o‘tmishdagi, hozirdagi hamda istiqboldagi
(
kecha

bugun

ertaga
tizimi bo‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy
aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va
bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyat-
lardan tubdan farq qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlar-
ninggina emas, balki bashariyat (insoniyat)ning mulkidir.
Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat bo‘l-
mish odamning o‘zidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot
mazmuni, oilasi, jamoasidagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan butun
insoniyat va jamiyatga tegishli bo‘lgan jihatlar ekan.
Umuminsoniy qadriyat jamiki insoniyatga xos bo‘lgan,
ularning insoniy fazilatlari, xislatlarini ifodalaydigan an’analar,
urf-odatlar, rasm-rusumlar, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ta’li-
motlar va shu asosda yuritiladigan faoliyat bo‘lib, undan ta’lim-
tarbiya sohasida samarali foydalanish ko‘plab istiqbolli muam-
molarni hal qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning bilan birga
umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish bo‘lg‘usi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining dunyoqarashini kengayti-
rishga va hattoki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy
ta’sir qiladi.
„Sivilizatsiya — axborotni to‘plash, tahlil qilish va undan
foydalanish hamda atrof-muhit va o‘zi haqida axborot yaratish
uchun eng ko‘p ma’lumot olishga qodir bo‘lgan moddaning
yuqori turg‘un holatidir“.
Shu sababli ham hozirgi davrda har bir inson, har bir
fuqaro o‘zligini chuqur anglashi, boy milliy intellektual mulkni
egallashi, boyishini umuminsoniy qadriyat bilan uyg‘unlashuvi
negizida amalga oshirishi ta’lim va tarbiyada muhim ahamiyat
kasb etadi.
Intellekt
(lotincha 
intellectus
) — bilish, tushunish, idrok etish
demakdir. U insonning aqliy qobiliyati bo‘lib, inson miyasining
dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bo‘lgan munosa-
batlarini boshqarib turadigan faoliyati, hayotni, atrof-muhitni
ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish-o‘rga-


43
nish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribasini qabul qilish qobi-
liyati; turli muammolarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona
ish tutish, voqea-hodisalarni oldindan bilish.
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini tayyorlashda in-
novatsion yondashuvlar qilishning yana bir ko‘rinishi har qan-
day fan bo‘yicha ta’lim berishda ma’naviy tarbiya vositalaridan
foydalanish, ayniqsa, ma’naviy-qadriyatlardan foydalanish
o‘zining ijobiy pedagogik samaralarini beradi.
Ma’lumki, intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr
yuritish, so‘zlash va h. k. ruhiy jarayonlar kiradi.
Umuman olganda, qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot
mahsuli, obyekt-subyekt munosabati natijasida yuzaga chiqa-
digan hodisalar majmuasidan iborat bo‘lib, qadriyat tushun-
chasi kishilarning turli sohadagi turmush zarurati asosida, av-
valo, ishlab chiqarish, turli mehnat yo‘nalishlari sohalaridagi
faoliyat uchun foyda keltiradigan narsa, hodisalar majmuasi
bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. So‘ngra asta-sekin subyekt
faolligining orta borishi bilan nisbatan mustaqil soha sifatida amal
qila boshlaydi.
Demak, qadriyatlarning kishilarga, oilaga, jamoaga, jami-
yatga, qolaversa, davlatga foydasi tegar ekan, faqatgina ulardan
oqilona va odilona, maqsadga muvofiq ravishda foydalanish lo-
zim, aks holda reaksion qadriyatlarning ham paydo bo‘lish ehti-
moli bor. Biz o‘quvchilarimiz ongiga progressiv qadriyatlarimizni
singdirmog‘imiz lozim, chunki bizning vazifamiz yoshlarimizni
bunyodkor g‘oyalar bilan, ya’ni milliy istiqlol g‘oyalari bilan
qurollantirishimiz kerak. Ana shundagina jamiyatimiz va davla-
timizning faol ishtirokchisiga aylanamiz, barkamol shaxsni tar-
biyalashga erishamiz, aks holda yoshlarimiz vayronkor g‘oyalar,
ya’ni har xil ekstremistik oqimlar g‘oyalari ta’siriga tushib qo-
lishi mumkin.
Umuman olganda, atrof-tevarakka bir nazar tashlaylik,
qancha qiziq va ahamiyatli narsa-hodisalar bor. Odamlar yu-
ribdi, quyosh charaqlab turibdi, radiodan kuy taralyapti, tele-
vizorda qiziq eshittirish va ko‘rsatuvlar berilyapti, soat munta-


44
zam ravishda vaqtni ko‘rsatib turibdi, telefon jiringlayapti, no-
nushta uchun choy qaynayapti, nonushtagacha dasturxonda
turli-tuman noz-ne’matlar tayyor turibdi va hokazo, sizning
yuragingiz urib turibdi.
Bularning hammasini bilish uchun inson sezish, idrok qi-
lish va shu kabi xislatlarga ega bo‘lish kerak. Yuqorida qayd
etilgan narsa va hodisalar inson ongi faoliyati mahsuli bo‘lib,
ular dastlab ilmiy qadriyatlar ko‘rinishida vujudga kelgan, keyin
asta-sekin ulardan iste’molda keng foydalanish natijasida ular
moddiy, ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, progressiv va ba’-
zan reaksion qadriyatlarga aylangan (masalan, atom bombasi).
Demak, olim-u allomalarimizning bizga qoldirgan boy ta-
rixiy merosi qadriyat hisoblanib, u insoniyat uchun ahamiyatli
bo‘lgan intellektual mulkdan iborat bo‘ladi.
Bu tarixiy merosimizdan, avvalo, fan va ta’lim taraqqi-
yotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila kamoliga
erishishda, jamoa manfaatlarini yuksaklikka ko‘tarishda, jamiyat
taraqqiyoti saviyasini tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda
ma’naviy-ma’rifiy qudratini yuksaltirishda foydalanish maqsadga
muvofiq bo‘lib, bundan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi,
yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod
va obod Vatan qurishdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarni
ongli ravishda bilish uchun bo‘lajak mutaxassisdan sinchkovlik,
sezuvchanlik, idrok qilishlik va shu kabi xislatlarga ega bo‘lishlik
talab etiladi.
Demak, umuminsoniy va ilmiy qadriyatlar bo‘lajak muta-
xassislar ma’naviyatining shakllanishida, ularning kasbiy rivoj-
lanishida mustahkam asos bo‘lib, uning yordamida o‘quvchi-
larning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishning samarali yo‘llari-
dan biri kafolatlanadi. Bu esa „XXI asr — aql-zakovat asri —
axborotlashgan jamiyat sari asri“dagi uzluksiz ta’lim tizimining
faol ishtirokchisini tayyorlashga mustahkam asos bo‘ladi.
Bu bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ilmiy dun-
yoqarashini kengaytirish jarayonini texnologiyalashtirishni talab
etadi.


45
1.6. Intellektual salohiyàtli barkamol avlodni
shakllantirish
Mamlakatimizning istiqboli ko‘p jihatdan barkamol intel-
lektual salohiyatli avlodni shakllantirish va unga mos ta’lim-
tarbiya olib borishga bog‘liq va bunga mustaqil respublikamizdagi
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning tezkor sur’atlar bilan rivojlani-
shi, fan-texnika va texnologiyalar sohalarida qo‘lga kiritilayotgan
yutuqlarning ta’lim-tarbiya sohasiga keng joriy etilishi asos bo‘l-
moqda. Bu asoslar o‘z Vatanini va xalqini sevadigan, milliy
mafkuramizga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni
shakllantirishdek muammo yechimini hal etishni ta’lim sohasi-
dagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasi-
gacha ko‘tardi.
Bu boradagi ishlarning ahamiyatliligini Prezidentimiz quyi-
dagicha ta’kidlagan edilar: „Biz komil inson tarbiyasini davlat
siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson
deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,
xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli
kishilarni tushunamiz“.
1
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risi-
da“gi Qonuni, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va ta’limni
isloh qilish borasidagi boshqa me’yoriy hujjatlarida ta’lim ti-
zimini tubdan isloh qilish va shu asosda intellektual salohiyatli
ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish davlat ahamiyatiga
molik muhim masalalardan ekanligi ta’kidlangan.
Ayniqsa, bu borada „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da
„Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va tex-
nologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mu-
kammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining mu-
him sharti“ ekanligi asoslangan. Insoniyat paydo bo‘libdiki, unda
yashovchi ongli insonlar tinch va farovon, baxtli-saodatli, sihat-
1
Karimov I. A.
„Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejam-
korlik bilan foydalanish — bosh yo‘limiz“. — T.: „Ma’rifat“, 2002- yil
16- fevral. 1 — 2- b.


46
salomat umr kechirishni orzu qiladilar. Demak, baxtli, ma’nan
va jismonan sog‘lom hayot kechirish inson umrining mazmu-
nini belgilaydi. Mustaqillik xalqimizning o‘z turmush tarzini,
ya’ni umr mazmunini belgilash imkoniyatini berdi va ular mil-
liyligimizga xos turmush kechira boshladi. Bunday baxtni qo‘lga
kiritishimizda Yurtboshimizning milliy davlat siyosati asosiy
omil bo‘ldi. „Sog‘lom hayot“, „Sog‘lom turmush tarzi“, „Sog‘-
lom avlod“, „Sog‘lom millat“, „Sog‘lom e’tiqod“, „Sog‘lom
xalq“, „Sog‘lom ong“, „Sog‘lom muhit“, „Barkamol avlod“,
„Komil inson“ va shu kabi tushunchalar xalqimiz turmush
faoliyatining asosiga aylana boshladi. Bular Vatanimiz ijtimoiy-
ma’naviy qiyofasini yuksaltirishda davlat siyosati darajasiga ko‘-
tarildi. Erkin va mustaqil fikrlovchi, dunyoqarashi keng, ijod-
kor, milliy mafkuramizga sadoqatli bo‘lgan intellektual salohi-
yatli barkamol shaxsni shakllantirish fan-texnika va texnolo-
giyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan ta’lim-tarbiya sohasida
keng foydalanishni taqozo etadi va bu bilan jahon andazalari
talablariga to‘liq javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayyor-
lashga erishiladi.
Bunda „XXI asr — intellektual asr“ning, ya’ni axborotlash-
gan jamiyatning faol ishtirokchilarini tarbiyalash eng muhim
dolzarb muammolardan biri bo‘lib, unda aqliy mehnatning ri-
vojlanishini ta’minlovchi intellekt va bilimlar ro‘yobga chiqariladi
hamda iste’molda ulardan foydalaniladi. Ushbu muammo yechi-
mini hal etishda jamiyatni rivojlantirishning harakatlantiruvchi
kuchi bo‘lish, axborotlarni ishlab chiqish va undan rejalash-
tirilgan maqsadlarda samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb
etadi. Demak, shaxs tarbiyasi jarayoni ijtimoiy muammo bo‘lib,
uning yechimi esa har bir inson o‘sha jamiyatning to‘laqonli
faol a’zosi bo‘lishligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, har doim ham
inson ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini, ya’ni inson
dunyoqarashi darajasini to‘g‘ri belgilab olish imkonini beraver-
maydi. Quyidagi ketma-ketlik esa inson kamolotini jismoniy va
ma’rifiy darajalar asosidagi bosqichlarini belgilaydi: chaqaloq;
go‘dak; o‘quvchi; o‘quvchi-shaxs; mutaxassis; yuqori malakali
mutaxassis. Ammo bu ketma-ketlik orqali to‘la ma’nodagi shaxs


47
kamolotini uning dunyoqarashi kengligi nuqtayi nazaridan ba-
holab bo‘lmaydi.
Avvalo, dunyoqarash nima?
„Dunyoqarash — falsafa fanining eng muhim kategoriya-
laridan biri bo‘lib, falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va
odam haqida bir butun qarashlar, g‘oyalar tizimini yaratadi.
Eng muhimi, insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni,
mohiyati, hayotiy yo‘nalishi, o‘zligini anglash kabi savollarga
javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog‘lom aql tafakkuri
va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Bu-
ning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo‘lishi
lozim“.
„Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o‘rniga, ki-
shilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga munosabatiga
bo‘lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga
asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat
tamoyillari“.
„Dunyoqarash — shaxsning shaxsligini, ma’naviyatini, ijti-
moiylashuvi doirasini ko‘rsatuvchi kuchli motivlardandir“.
„Dunyoqarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga
aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmuyi bo‘lib, u
shaxsni ma’lum qoliðdan o‘z shaxsiy qiyofasiga ega, tabiatda
munosib o‘rin egallashga chorlaydi“.
„Dunyoqarash — odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisa-
lari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistema-
sidir“.
„Dunyoqarash — tabiat va jamiyatga, ularning hodisalariga
bo‘lgan ilmiy, mafkuraviy, ma’naviy, ilohiy qarashlar tizimi“.
Yuqorida keltirilgan, ya’ni dunyoqarashga berilgan qomusiy
va falsafiy lug‘atdagi ta’riflar hamda pedagogik va psixologik
ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, dunyoqarash tushunchasi odam-
ning onadan tug‘ilishi bilan dunyoni ko‘rishidan boshlanib, yuk-
sak intellektual salohiyatni egallagunga qadar rivojlanib boradi.
Ular „
aql

ong

fikr

ilm

bilim

qarash

g‘oya

ta’-
limot
“ tizimi orqali rivojlanib, takomillashib boradi. Demak,
yuqorida qayd etilganidek, ongning mavjudligidan fikr va ularni


48
ifodalovchi ma’lumotlar shakllanib, ong tafakkurning shaklla-
nishida mustahkam asos bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli ham
kishi ongida, uning qalbidagi e’tiqodi asosida dunyoqarash
shakllanadi, ya’ni dunyoqarash — odamning tevarak-atrofdagi
olamga va undagi o‘zining tutgan o‘rniga qarashlaridan kelib
chiqqan tizim, kishilarning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy
va estetik qarashlar yig‘indisi (2- shakl).
2- shakl.
Inson dunyoqarashi va uning tarkibiy qismlari.
Dunyoqarash kishilarning yoshi, hayot tajribasi, intellek-
tual salohiyati, mafkurasi va shu kabilar bilan bog‘liq ravishda
rivojlanib, takomillashib boradi.
Dunyoqarash insonning o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda
anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu borada hozirgi
yoshlarimiz ongini o‘stirish va tafakkurini kengaytirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bular orqali ularni intellektual salohiyatli,
siyosiy ongli qilib tarbiyalash imkoniyati yaratiladi. Bu esa erkin
va mustaqil fikrlaydigan, o‘zligini anglay oladigan, ya’ni har xil
zararli oqimlarga qo‘shilib ketavermaydigan bo‘lajak mutaxas-
sislarni tayyorlashda mustahkam asos bo‘la oladi. Shaxsning dun-
yoqarashi, ayniqsa, ilmiy dunyoqarashning kengligi ularning
Kishilarning
qarashlari
Kishilarning tevarak-
atrofdagi tutgan o‘rni
falsafiy
siyosiy
ilmiy
diniy
aqliy
estetik
huquqiy
Tevarak-atrofdagi
olam
Inson
dunyoqarashi
Kishilarning intel-
lektual salohiyati
tamoyillari
Olam va odam haqidagi fikrlar, g‘o-
yalar, qarashlar, ta’limotlar tizimi
Odamlarning e’tiqodlari
va ideallari
















49
asosiy tarkibiy qismlari: aql, ong, fikr, ilm, bilim, ilmiy bilim,
ilmiy qarash, e’tiqod, ilmiy tafakkur va shu kabilarga bog‘liq.
„Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish).
Bunda individ voqelikni bevosita hissiy in’ikos etish natijasida
anglaydi. Keyin voqelik haqida to‘plangan bilimlar asosida
individual dunyoqarash paydo bo‘ladi. Bu dunyoni anglash
deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning o‘zini
anglashi ham shakllanib boraveradi. Shu tariqa dunyo haqidagi
barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit
dunyoqarash hosil bo‘ladi“.
Demak, ayrim odamning aqli, ongi bilan bog‘liq holda
shakllangan dunyoqarash individual dunyoqarash bo‘ladi va
uning muayyan ijtimoiy jamoa (guruh, qatlam, sinf, millat,
elat, xalq va jamiyat miqyosi)dagi ijtimoiy ongi asosida shakl-
langan dunyoqarashni ijtimoiy dunyoqarash deyiladi. Bu jara-
yonda individual dunyoqarashning kengayib borishi ijtimoiy
dunyoqarashni yuksaltirishga asos bo‘ladi va ular doimo bir-biri
bilan muntazam aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini rivojlantiradi. Bu
jarayon shaxs kamoloti bosqichi ketma-ketligida yaqqol seziladi.
Bu borada olib borilgan olimlarning ilmiy izlanishlari shuni ko‘r-
satadiki, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda ularga
shaxs ijodiy kamoloti ijobiy pedagogik samara berar ekan. Bu
ketma-ketlik odam shaxs darajasiga erishgandan keyingi intel-
lektual salohiyatga ega bo‘lgandan boshlab baholansa, o‘quv-
chilar dunyoqarashini shakllantirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish im-
koniyati tug‘iladi va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida asosli ra-
vishda foydalanishga erishiladi (3- shaklga qarang).
Shu sababli ham o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish
va ularning ma’naviyatini yuksaltirishni samarali amalga oshirish
uchun shaxs intellektual kamolotini quyidagi ketma-ketlikda ifo-
dalashni lozim topdik (4- shaklga qarang).
Ma’lumki, tarbiya inson paydo bo‘lishi bilan birga boshlanib,
uning jismonan baquvvat, ma’nan yetuk bo‘lib shakllanishi doi-
mo ulug‘lanib kelingan va jismonan baquvvat insonlarni ðolvon,
ham jismonan, ham ma’naviy yetuk insonlarga pahlavon, deb
nom berilgan.


50
3- shakl.
Yaxlit dunyoqarash shakllanishining tashkiliy tuzilmasi.
4- shakl.
Shaxs intellektual kamolotining ketma-ketlikda ifodalanishi.
Insonning shaxsiy
e’tiqodi asosidagi
ideallari (timsollari)
Insonning aqliy
faoliyati tamoyillari
Yaxlit
dunyoqarash
Bilish tamiyillari
Aql
Ilm
Ong
Bilim
E’tiqod
Ilmiy tafakkur




Tafakkur

Ilmiy bilim
Ilmiy qarash







Fikr
G‘oya


Shaxs kamoloti bosqichlari
Hayotiy faoliyati


Shaxs intellektual salohiyati
Insonning
shakllangan
mafkurasi
Qarash
Ta’limot











INSONNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI


Aqlli
odam

Ongli
odam
Fikrli
kishi
Ilmli, bilimli
kishi
Ma’rifatli,
ma’naviyatli
shaxs



Madani-
yatli va
barkamol
inson
Olim

Allo-
ma
Muta-
fakkir
G‘oyali
inson




Donish-
mand va
komil
inson





51
Demak, dunyoqarash insoniyatning tarixiy taraqqiyoti da-
vomida rivojlanib borgan va ular taraqqiyot jarayoni davomida
turli ko‘rinishlarni olgan. Albatta, ularning ko‘rinishlari mazmun-
mohiyati jihatidan ham turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. Shu sababli
ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, ularning mos ko‘-
rinishlarini tanlash ham o‘ziga xos ijodiy jarayondir. Inson o‘z
hayoti davomida o‘zidan oldin o‘tgan kishilarning turmush taj-
ribasiga (tarziga), to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalariga,
ya’ni qadriyatlariga tayanadi. Shu sababli ham dunyoqarash, ay-
niqsa, ilmiy dunyoqarash kishilarning axloq me’yorlari, hayot-
ni yaxshilash borasidagi ongli intilishlari, qiziqishlari mehnat
faoliyatiga va turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ular hayo-
tida katta amaliy ma’no (mazmun) kasb etadi. Shundagina biz
ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchi-
larini tayyorlashda ma’naviy yetuk, erkin va mustaqil fikrlaydi-
gan, „XXI asr — intellektual asr“ning faol ishtirokchisi bo‘lgan
mutaxassis tayyorlashga erishiladi.
Ma’lumki, kishining kamoloti yuksak intellektual salohiya-
tini boyitishga bog‘liq bo‘ladi va shu asosda buyuk maqsadlar sari
intiladi, jamiyat hamda davlatga foydasi tegib yashaydi, natijada
uning hayot mazmuni shakllanadi. Shaxs kamoloti ma’naviy
yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog‘liq holda
amalga oshiriladi va bunday jarayon u yashab turgan ijtimoiy
muhit hamda unga mos tarbiya bilan belgilanadi. Bunda yoshla-
rimizning dunyoqarashini quyidagicha shakllantirish maqsadga
muvofiq bo‘ladi, ya’ni o‘tmishimiz buyuk ekan, ma’naviyatimiz
ildizlari nihoyatda chuqur bo‘lib, u 3000 yillik tarixga ega ekan,
bugun o‘z intellektual salohiyatingizni yuksaltirishga keng imko-
niyatlar yaratilgan ekan, endi biz ularga xos va mos avlod bo‘-
lishimiz uchun nima ishlar qilishmiz kerak?
Albatta, bu borada ota-bobolarimizning bizga qoldirgan bu-
yuk merosini avaylab, asrab, boyitib, kelajak avlodga yetkazishni
o‘ylashimiz kerak va bunda bugungi mavjud imkoniyatlardan
unumli foydalanmog‘imiz lozim. Ana shundagina o‘tmish ajdod-
larimizga munosib va bugungi imkoniyatni qadrlay oladigan
savodli farzand bo‘la olamiz. Bu esa o‘tmish ajdodlarimiz xoti-


52
rasiga chuqur hurmat bo‘lib, u „ertaga“ jamiyatimiz taraqqi-
yotiga ta’sir etuvchi mustahkam poydevor bo‘ladi. Unga ko‘ra
odam bolasi poklik va halollik mezonlariga asosan yashashi kerak.
„Poklik“ deganda yeyish, ichish, kiyinish va yurish-turishda
insoniylikni saqlash, „Halollik“ deganda esa oqilona umr kechi-
rish tushunilgan.
Demak, buyuk bobolarmizning o‘lmas merosi bugungi yosh-
larning ma’naviy tarbiyasida va ayniqsa, ularning milliy dunyo-
qarashi kengayishida bitmas-tuganmas xazinadir. Ularni ibrat-
namuna qilib ko‘rsatish orqali yoshlar ongida quyidagi insonpar-
varlik fazilatlari yanada yuksaladi:
— mardlik;
— botirlik;
— pahlavonlik;
— mehnatsevarlik;
— kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo‘lishlik;
— do‘stlik va muhabbat tuyg‘ulariga sadoqatli bo‘lishlik.
Shu sababli ham bugungi yoshlarimiz dunyoqarashini shakl-
lantirish va yuksaltirishda ular ongiga millat, ona tuproq, ona-
Vatan, xalq va uning tarixiy ildizlari asosidagi boy milliy-ma’-
naviy merosimiz haqidagi ma’lumotlarni ta’lim-tarbiyaning bar-
cha jabhalarida singdirib borishimiz lozim.
Shuning bilan birga yoshlar ongida millat, milliy axloq,
milliy g‘urur, milliy tarbiya, milliy salohiyat, Vatan tuyg‘usi,
Vatan qayg‘usi, Vatan sog‘inchi va shu kabi tushunchalarni
singdirib borish ham ularning milliy dunyoqarashini kengay-
tirishga asosiy omillardan biri bo‘lishligi, shubhasiz. Bunda inson
kamoloti uchun milliy tarbiyamizga xos bo‘lgan mehr-oqibat,
hurmat-izzat, muruvvat, or-nomus, bag‘rikenglik va shu kabi-
lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Demak, milliy xususiyatlarimizga mos tarbiyani olgan va
olayotgan yoshlarimiz muntazam ravishda kamol topib borave-
radi hamda ularning dunyoqarashi ham unga mos ravishda yuk-
salib boradi.
Umuman olganda, barkamol avlodni tarbiyalash o‘zining
ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari


53
bilan murakkab va mas’uliyatli dinamik jarayondir. Biz bu ja-
rayonni amalga oshirish ketma-ketligini quyidagicha ifodalashni
lozim topdik:
— taraqqiyotning o‘zbek modeli (O‘zbekiston ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlanishining beshta tamoyili, ya’ni jamiyatni isloh qi-
lishning beshta tamoyili);
— barkamol avlod orzusi va unga erishmoq yo‘li;
— orzuga erishishda barkamol avlod vazifalari va burchlari;
— orzuga erishishda uzluksiz ta’lim tizimi o‘rni va roli;
— orzuni ro‘yobga chiqarishda zaruriy uzluksiz ta’lim tarkibi
— kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bos-
qichlari.
Barkamol avlod tarbiyasining bu qayd etilgan ketma-ketli-
giga O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining beshta tamo-
yili asos qilib olingan bo‘lib, barkamol avlodning amaliy faoli-
yatgacha bo‘lgan jarayonini o‘z ichiga olgan va o‘z xususiyatiga
ko‘ra barkamol avlod tarbiyasiga kompleks yondashuvdir.
1.7. Ta’lim tizimida o‘quvchilarning intållåktual
imkoniyatlarini rivojlantirish
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uning globalla-
shuv jarayoni kåchmoqda. Bu esa, ta’lim mazmuni fan va ishlab
chiqarish talablariga mos kålishi zarurligini taqozo etadi. Ta’lim
mazmunining fan va ishlab chiqarish talablariga mos kålishi
måhnat bozori va jamiyat madaniy hayotining barqarorlashuvini
ta’minlaydi, uning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Bular-
ning barchasi pirovard natijada jamiyatning asosiy muammo-
larini yåchishga ko‘maklashadi. Fan va ishlab chqarish sohalari-
ning samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat båradi.
Yurtboshimiz I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda, „Biz ri-
vojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat
qurish yo‘liga qadam qo‘yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyati sari izchillik bilan o‘tishni ta’minlar ekanmiz, faqat
milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini tåran
anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intållåktual salohiyat va


54
ilg‘or tåxnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga
qo‘ygan stratågik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin
ekanini hamisha o‘zimizga yaxshi tasavvur etib kålmoqdamiz“.
1
Mustaqillikimiz sharofati bilan ta’lim tizimi tubdan yangi-
landi va bu o‘quvchilarning intållåktual faoliyat ko‘rsatish ko‘la-
mini kångaytirishni taqozo etmoqda. Chunki O‘zbåkiston jami-
yatida aqliy måhnatning mavqåyi kåskin oshmoqda. Shuning
uchun ham o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish va kasb-hunarga yo‘l-
lash jarayonida ularga nazariy, tåxnik va umummadaniy bilim-
larni o‘zaro mutanosiblikda taqdim etish zaruriyati vujudga kål-
moqda. O‘quv munozarasi o‘quvchilar bilish faoliyati dinami-
kasini tavsiflovchi jarayon sifatida muhim pådagogik ahamiyatga
ega. Ma’lumki, o‘quvchilarining fikrlari ko‘proq erkin va barqa-
ror bo‘ladi. Ular o‘zlarining ishchanlik qobiliyatlarini ta’minlay-
digan darajada axborotlarni qabul qilish imkoniyatlariga egadirlar.
Shuningdek, moddiy borliq manzarasini ifodalovchi ilmiy haqi-
qatlarni bilishga intiladilar. Atrofdagilar, sinfdoshlari, tångdosh-
lari bilan ko‘proq muloqotga kirishishga harakat qiladilar. Ularda
ma’naviyat, bilishga oid ehtiyojlar tarkib topa boshlaydi. Bu esa,
o‘quv munozarasiga kirishish uchun qulay imkoniyatlarni ta’-
minlaydi. Natijada o‘quvchilarning tafakkuri rivojlanadi. Ular o‘z
faoliyatlari va xulq-atvorlarini mustaqil boshqarishga harakat
qiladilar. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
o‘quv munozarasiga kirishishga tayyor bo‘ladilar. O‘qituvchi
o‘quvchilardagi bunday holatni aniq hisobga olgan holda o‘quv
munozarasi mavzularini tanlashi lozim.
O‘quv munozarasini tashkil etishda o‘quvchilarning ko‘ta-
rinki tarzdagi bilish-qiziqishlari munozara jarayonining asosi
sifatida xizmat qiladi. Bu davrda o‘quvchilar axloqiy jihatdan
mukammallashish bosqichiga kiradilar. Ular o‘zlari uchun mu-
him qarorlar qabul qilishga harakat qiladilar. O‘z faoliyat soha-
1
Pråzidånt I. A. Karimovning „Yuksak bilimli va intållåktual rivoj-
langan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va
modårnizatsiya qilishning eng muhim sharti“ mavzusidagi Xalqaro kon-
fårånsiyada so‘zlagan nutqidan. — Toshkånt, 2012- yil, 17- fåvral.


55
larini erkin tanlashga intiladilar, bu esa, 8 — 10 yoshli o‘quv-
chilarning muhim sifatlaridan biridir. Bu davrda o‘quvchilar ru-
hiy jihatdan barqaror, intånsiv tarzda rivojlanish pallasiga kira-
dilar. Ular o‘zlari kuzatgan hodisa va jarayonlarni, alohida maq-
sadga yo‘naltirilgan tahlillarni amalga oshiradilar va asosiy, yå-
takchi holatni ajrata oladilar. Bu yoshdagi o‘quvchilar obrazli-
ko‘rgazmali tafakkurdan aniq, ilmiy fikrlashga o‘tadilar. Shu bi-
lan bir qatorda, ularning tasavvurlari ham bosqichma-bosqich
kångayib boradi. Bu tasavvurlar sinfdan sinfga o‘tgan sari oydin-
lashadi va barqarorlashadi, o‘quvchilar asta-såkin o‘z harakat-
larini bohqarish ko‘nikmalarini egallay boshlaydilar. Ularga uzoq
davom etadigan, qiziquvchanlik, ko‘tarinkilik, quvonchlarga
boy kayfiyat xosdir. Ba’zi o‘quvchilarda esa, salbiy holatlar ham
kuzatiladi. Bunday salbiy holatlar ular bilan o‘tkaziladigan mu-
loqot jarayonlariga va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
o‘quvchilarda asta-såkin nåkbinlikdan uzoqlashish kayfiyati vu-
judga kåladi. Shu bilan bir qatorda, boshlang‘ich sinf o‘quv-
chilarida o‘zlarining ehtiyojlari bilan imkoniyatlari orasidagi
tafovutlarni anglab yåtmaslik holati kuzatiladi. Ular aksariyat
hollarda o‘zlari haqidagi fikrlarni to‘g‘ri qabul qila olmaydilar,
ularda o‘z faoliyatlarini tanqidiy baholash ko‘nikmasi yåtarlicha
shakllanmaganligi namoyon bo‘ladi. Natijada ularda „Ko‘pchilik
måni yomon ko‘radi“, „Ular många e’tiborsiz“ dågan tasavvur
hosil bo‘ladi. Bunday toifadagi o‘quvchilar asta-såkin o‘z sinf-
doshlari, tångdoshlari, hatto kattalarning fikrlari bilan ham hi-
soblashmay qo‘yadilar. Natijada ular o‘quv munozarasi jara-
yonida o‘z guruhdoshlariga nisbatan noxayrixohlik bilan yonda-
shadilar, ularning fikrlari bilan hisoblashmasdan, o‘z fikrlarini
ustun qo‘yishga harakat qiladilar. Bunda o‘qituvchi odil hakam
sifatida ish tutishi lozim. Bunday jarayon o‘quvchilarda, ko‘pin-
cha, muloqot vaqtida yuzaga keladi va buni muvaffaqiyatli tarzda
amalga oshirish natijasida quyidagilar ta’minlanadi:
— o‘quv munozarasini tashkil etishda psixologik-pådagogik
omillarga tayanish natijasida o‘quvchilarning ongi, tashqi olamga
munosabati, xulq-atvori tarkib topadi. O‘quvchining o‘ziga xos
shaxs sifatida shakllanish jarayoni va faoliyati jadallashadi, o‘zini


56
ijtimoiy-madaniy jihatdan subyåkt sifatida namoyon qilish im-
koniyati kångayadi;
— o‘quv munozarasi o‘quvchining ongi, dunyoqarashi va
faoliyatini rivojlantiruvchi muhim pådagogik omil sifatida
namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, o‘quv munozarasi eng
zarur o‘quv va ijtimoiy-madaniy ko‘nikmalarni jadal o‘zlash-
tirishga ko‘maklashadi.
Shuning uchun ham, birinchi navbatda, o‘quv munozara-
sining mavzulari, uning tavsifi, axborotlarning yo‘nalishi, ham-
korlikdagi o‘quv faoliyati tavsifi va o‘quvchilarni intållåktual,
ma’naviy, axloqiy rivojlantirish imkoniyatlarini aniq bålgilab
olish lozim. O‘quv munozarasi jarayonida bilimlar va g‘oyalarni
ayirboshlash imkoniyati kångayadi.
O‘quv munozarasi jarayonida o‘quvchilarni ijtimoiy jihat-
dan rivojlantirishga yo‘naltirilgan vaziyatlar, o‘z fikrlari, hara-
katlari, qarorlarining haqqoniyligini asoslashga sharoit yaratiladi.
O‘quv munozaralarini tizimli tarzda tashkil etish natijasida
o‘quvchilar o‘quv jarayoniga ongli ravishda yondasha boshlay-
dilar, bilimlarni mustahkamlab, ko‘proq axborotlarni egallashga
intiladilar. Jamiyatdagi turli muammolarni bilish va ular haqida
fikr-mulohaza yuritishga harakat qiladilar. Ularda bilish va mu-
loqot jarayonlarida mustaqil chiqishlar qilish, o‘z fikrlari bilan
o‘rtoqlashish, turli vaziyatlardan xulosalar chiqarish, o‘z bilim-
larini tasniflash, guruhlash, sinfdoshlari va tångdoshlariga tåz-
tåz savollar bilan murojaat qilish, turli axborotlarni va xohish-
istaklarni muhokama hilish istagi kuchayadi. Ma’lumki, muno-
zara jarayoni o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan kuchli
ehtiyoj va intilish hosil qilishi lozim.
Ular bilish jarayoniga nisbatan fikriy-qadriyatli munosa-
batda bo‘lishlari talab etiladi. Ularning fikrlari, dunyoqarashlari
asta-såkin qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Bu esa, o‘quvchilarda
ijobiy xulq-atvorni barqarorlashtiradi. Ular tizimli tarzda ijtimoiy
qadriyatlar, ularning mohiyatini anglashga erishadilar. Bu o‘quv-
chilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga ko‘maklashadi.
O‘quv munozarasi jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlari, qa-
rashlari, nuqtayi nazarlari, orzu-istaklari bilan o‘rtoqlashadilar.


57
Shu tariqa o‘quv munozarasi ko‘proq shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar bu jara-
yonning shunchaki ishtirokchilari emas, balki tång huquqli
subyåktlari sifatida o‘quv-biluv faoliyatiga kirishadilar. Ularda o‘z
tångdoshlari bilan izchil muloqot o‘rnatish ehtiyoji qaror topa-
di. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda ilmiy haqi-
qatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdåk,
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida hamkorlik qilish uchun qu-
lay sharoyt va pådagogik vaziyat vujudga kåladi. Bu esa o‘quv-
chilarga mavjud voqålikni o‘qituvchi rahbarligida to‘liq idrok
etish uchun sharoit yaratadi. O‘quv jarayonida o‘z-o‘zini na-
moyon qilish barqaror shaxsiy ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Bu
o‘quvchining tanlovi va xulq-atvori bilan bog‘liq tarzda vujudga
kåladi. O‘quv munozarasi davomida o‘quvchilarda faollik, hara-
katchanlik kabi sifatlar tarkib topadi. Bunday o‘quvchilar toli-
qishlariga qaramasdan, munozara jarayonida faol ishtirok etishga
ehtiyoj såzadilar. Shu bilan bir qatorda, o‘quv munozarasi
o‘quvchilarda o‘z xulq-atvorlarini nazorat qilish va asosiy mav-
zudan chalg‘imaslik sifatlarini ham tarkib toptiradi. Ularda o‘z
g‘oyalarini tatbiq qilish, nuqtayi nazarlarini bayon etish va
shåriklarini uning haqqoniyligiga ishontirish istagi kuchayadi.
Ular o‘z diqqat-e’tiborlarini muhokama qilinayotgan muammo-
ga ko‘proq jalb etishga harakat qiladilar. Shu bilan bir qatorda,
bu jarayonga o‘zlarining maqsadlari, mayllari, qiziqishlarini
mujassamlashtirishga intiladilar. Shu tariqa ularda xohishlar ti-
zimi vujudga kåladi. Ular barqaror maqsadlarga erishishga hara-
kat qiladilar.
O‘quvchilarda o‘quv munozarasiga kirisha olish ko‘nikmasi
yuqori darajasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Bunday o‘quv-
chilar guruh a’zolari bilan osongina til topisha oladilar. Ularning
yuqori darajada intållåktual rivojlanganligi tufayli, turli muam-
molarning muhokamasi yångil kåchadi. Ular nafaqat muhoka-
maning turli usul va vaziyatlarini yångil o‘zlashtira oladilar, balki
o‘zlari ham yangi usullarni ishlab chiqib, munozara jarayo-
nining samarali kåchishini ta’minlaydilar. Bunday o‘quvchilar
munozara natijalarini bashorat qila oladilar. Ular munozara


58
jarayoniga har tomonlama chuqur qiziqish bilan kirishadilar. Bu
jarayon ular uchun fikr almashinish, o‘zligini namoyon qilish
va g‘oyalarini ommalashtirish vositasidir. Munozara jarayonida
ular hissiy, ijodiy erkinlikka erishadilar. Faol axborot alma-
shinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu jarayonda shåriklarning
o‘zaro ta’siri, ularning xulq-atvorini ijobiy jihatdan o‘zgarti-
rishga ko‘maklashadi. O‘quv munozarasi jarayonida kuzatuv-
chanlik shåriklarining xayollari, kayfiyatlarini his etish imko-
nini båradi. Bu jarayonda o‘quvchilarning hayotiy prinsiðlari qa-
ror topadi. Munozara jarayonida vujudga kåltirilgan erkin tanlov
vaziyati o‘quvchilar xulq-atvorining erkin, ularning tanloviga
asoslangan holda tarkib topishiga imkon båradi. Jamoaviy tarzda
tashkil etilgan o‘quv munozarasi har bir o‘quvchiga o‘z fikrini
chuqur o‘ylagan holda bayon qilish, dalillar yordamida asos-
lash, isbotlash, o‘z guruhdoshlarini ishontirish imkonini båradi.
Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalarini oshiradi
va fikrlash doiralarini kångaytiradi.
Aksariyat o‘quvchilarda o‘z faoliyatini bir xilda baholash
ko‘nikmasi mavjud. O‘quvchilar o‘zlarining imkoniyatlari, qo-
biliyatlarini aniq hisobga ola biladilar. Bu esa ularda muvaffa-
qiyatlarini mustahkamlash, o‘z kuchlariga ishonish hamda hara-
katlarini barqarorlashtirish imkonini båradi. O‘quv munozarasi
jarayonida jamoa bo‘lib ishlash, guruhdoshlariga ko‘maklashish,
shaxsiy mas’ullik, nafaqat o‘zining shaxsiy, balki guruhdoshla-
rining muvaffaqiyatlari uchun ham kurashish tuygusi, hamkor-
lik istaklari vujudga kåladi. Ma’lumki, dunyoqarash odamlarni
ham birlashtirishi, ham bir-birlaridan ajratishi mumkin. Dun-
yoqarash asosida kishilar orasida bir-birlarini tushunish, hur-
mat, o‘zaro yordam kayfiyati vujudga kåladi. Shuning uchun
ham o‘quvchilarda o‘zaro hamjihatlikka asoslangan insonparvar
dunyoqarashni shakllantirish nihoyatda zarurdir. O‘quvchilar
orasida hamjihatlikni vujudga kåltirish uchun ta’lim jarayonida
o‘quv munozarasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun ham o‘quv munozarasi va suhbat turli ta’limiy
topshiriqlarni bajarishda o‘quv jarayonining tarkibiy qismi sifa-
tida xizmat qilishi kårak. O‘quv munozarasi davomida ta’lim-


59
tarbiya nafaqat o‘qituvchining, balki o‘quvchilarning ham birga-
likdagi umumiy faoliyatidir. O‘quvchilar hamda o‘qituvchi, gar-
chand ularning maqsadlari turli-tuman bo‘lsa-da, munozara ja-
rayonida birdåk ishtirok etadilar. O‘qituvchi uchun har bir o‘quv-
chi munozara jarayonining subyåkti bo‘lib, u ishtirokchilarni
ijodiy hamkorlikka undaydi. Agar o‘quvchilar hamkorlikda hara-
kat qilsalar, o‘quv jarayonining natijasi kafolatlanadi.
O‘quv munozarasi ta’limning guruhli, intårfaol jarayonidir.
Bu jarayonda munozara qilish, imitatsion o‘yinlar tashkil etish
va rollarni bajarish imkoniyati kångayadi. Bular orasida o‘quv
munozarasi eng sårmahsul måtod hisoblanadi. Bu jarayonda
muayyan muammoga oid ko‘plab savollarni bayon qilish va
ularni tahlil etish imkoniyati vujudga kåladi. Masalan: bahs,
polåmika, dåbat hamda disput kabilar.
Bahs
dåganda, ko‘pincha, shaxslararo qarama-qarshiliklar
va ularni yåchishga intilish jarayoni tushuniladi.
Polåmika
esa, qarama-qarshi tomonlar g‘oyalarining to‘q-
nashuvidir.
Dåbat
— muayyan yig‘ilishlarda qarorlar qabul qilish, fikr-
lar almashish jarayoni hisoblanadi.
Disput
— bahslashish, muammoni oydinlashtirish va hukm
chiqarishdan iborat jarayondir.
Disput ochiq munozara hamdir. O‘quv jarayonida munozara
måtodini qo‘llash muammoli ta’lim uchun kång imkoniyatlar
yaratadi. Bu jarayonda o‘quv dasturi matåriallarini o‘zlashtirish
samaradorligi ortadi. Agar o‘quvchilar an’anaviy ta’lim jarayo-
nida o‘qituvchilar hamda darsliklardan tayyor bilimlarni olsalar
va ulardan bilish vazifalarini yåchish talab etilsa, o‘quv muno-
zarasi davomida muayyan bilimlarni egallash uchun mustaqil
izlanadilar va fikrlaydilar. O‘quv munozarasi jarayonida o‘quv-
chilarda muayyan o‘quv prådmåtiga oid maxsus bilim va ko‘nik-
malar shakllanadi. Agar darsda o‘quv mavzusi bilan bog‘liq holda
muayyan muammoni yåchish zaruriyati vujudga kålsa, o‘quv mu-
nozarasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv munoza-
rasi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilar ijtimoiy
hamda ilmiy muammolarni yåchishga safarbar etilishlari lozim.


60
Munozara va disput darslarining maromi va tarkibini bålgi-
lash uchun pådagogik jarayonni chuqur tahlil etish lozim. Bu
o‘rinda o‘qituvchining chamalash mahorati muhim ahamiyatga
ega. Har bir o‘quv prådmåti doirasida munozara darslari haddan
tashqari tig‘iz bo‘lmasligi kårak. Chunki barcha o‘quv mavzulari
munozarali emas. Buning uchun muammoli, munozara qilish
uchun qulay bo‘lgan o‘quv mavzularini tanlab ola bilishi lozim.
Har bir o‘quv prådmåti tarkibida o‘quvchilarni munozaraga
undovchi mavzular mavjud. Yangi mavzu o‘tilgandan kåyin
ushbu yo‘nalishdagi bilimlar va ko‘nikmalarning shaxs va ja-
miyat hayotida qanday o‘rin egallashi haqida batafsil munozara
qilish maqsadga muvofiqdir. Agar shunday tarzdagi munozaralar
tashkil etilmasa, o‘quv jarayonining samaradorlik darajasi past
bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tay-
yorlash, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish im-
koniyatlari ham chåklanadi. Bunday muhokamalar suhbat va
erkin munozara tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunday sharoitda o‘qituvchi munozaraning quruq bahsdan
iborat bo‘lib qolmasligi uchun barcha pådagogik chora-tadbir-
larni qo‘llashi lozim. O‘qituvchi va o‘quvchilar ham munozara
jarayonining samarali kåchishi uchun tug‘ilgan savollarga aniq
javob qaytarish imkonini båradigan birinchi darajali manbalar
va adabiyotlar bilan tanishgan bo‘lishlari kårak. Munozaralarda
o‘quvchilar turli g‘oyalar va yondashuvlarning tarafdorlari sifa-
tida namoyon bo‘ladilar. O‘quv munozarasining dastlabki bosqi-
chidan boshlab o‘qituvchi jarayon samaradorligini ta’minlashga
intilishi kårak. O‘quv munozarasining samarali kåchishi uchun
o‘qituvchi quyidagi talablarga rioya etishi zarur:
— munozara holatini vujudga kåltiradigan savollar ijtimoiy
pådagogik jihatdan dolzarb, didaktik jihatdan o‘quvchilarga
qiziqarli bo‘lishi;
— ta’lim mazmuniga mos kålishi;
— kång ko‘lamli ilmiy-tåxnikaviy, jamoatchilik salohiyatiga
ega bo‘lishi;
— muntazam aqliy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘-
lishi;


61
— u nafaqat o‘z fanini, balki yondosh o‘quv fanlarini ham
bilishi;
— o‘quv fani mazmunini davrning dolzarb muammolari bi-
lan bog‘lay olishi;
— fan, tåxnika va tåxnologiyalar sohasida yaratilgan yangi
kashfiyotlardan xabardor bo‘lishi va h. k.
O‘quv munozarasining samarali kåchishida o‘qituvchining
nutqi, muloqot madaniyati alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra
o‘qituvchining nutqi badiiy, ilmiy, aniq hissiyotlarga to‘la, ta’-
sirchan, sinfda hissiy-axloqiy vaziyatni vujudga kåltirish imkoni-
yatiga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan bir katorda, o‘qituvchining
nutqi ma’lumotlarga boy, o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashti-
rishlari uchun foydali bo‘lishi talab etiladi. O‘quv munozarasi
davomida o‘quvchilarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro to‘g‘ri va
madaniy munosabatda bo‘lishlarini ta’minlash alohida ahami-
yatga ega. O‘quv munozarasi jarayonida vujudga kålgan qarama-
qarshiliklar esa, tarbiyaviy maqsadlarning takomillashuviga ko‘-
maklashadi. O‘quvchilar munozara jarayonida sinfdoshlari bilan
munosabatlarini qayta qurish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular
hamkorlikdagi o‘quv faoliyati jarayonida chidamli, e’tiborli bo‘-
lish, muloqotga kirishish, o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish, ularni
bartaraf etish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Shunga ko‘ra, o‘qituvchining munozara jarayonidagi faoli-
yatiga bir qator talablar qo‘yiladi. Bunday talablarga rioya qilish
natijasida munozara jarayonida o‘zaro hamkorlikka asoslangan
holda kutilgan natija qo‘lga kiritiladi.
O‘quv munozarasi jarayonida, birinchi navbatda, o‘quv-
chilarning intållåktual faolligi ta’minlanadi. Axborotlarni qabul
qilib olish va o‘zaro almashinish, farazlarning o‘zaro siljishi,
subyåktdan subyåktga qarab harakatlanishi, har bir o‘quvchida
shaxsiy nuqtayi nazarning shakllanishi, o‘rtaga tashlangan mu-
ammoning muhokama qilinishi, shuningdåk, o‘quvchilarning
xulq-atvorida ham faollik vujudga kåladi, shåriklar va ishtirok-
chilar bilan muloqot muammosi orasida aloqadorlik ta’minlanadi.
Buning natijasida tashabbuskorlik hamda aniq yo‘nalish olish
sohasidagi kamchiliklar bartaraf etiladi.


62
O‘quv munozarasi jarayonida nafaqat bilimlar va axborotlar
almashinuvi ta’minlanadi, balki o‘quv-biluv mayllari, o‘zaro
nazorat, o‘z-o‘zini namoyon qilish ehtiyoji hamda o‘zaro do‘s-
tona munosabatlar qaror topadi. O‘qituvchi esa bu jarayonda
shaxslararo munosabatlarni tarkib toptirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. O‘quvchilarni yangi guruhlarga biriktirish va bir guruh-
dan ikki yoki uchta kichik guruhlarni tashkil etishga erishiladi.
O‘quv munozarasi jarayonida o‘quvchilarda o‘qish, o‘rganishga
nisbatan kuchli mayllar hosil bo‘ladi, aqliy måhnatga nisbatan
ishtiyoq uyg‘onadi. O‘quvchilar munozara jarayonida o‘z nuqtayi
nazarlarini muvofiqlashtira olmagan taqdirdagina o‘qituvchiga
murojaat qiladilar.
Savol va topshiriqlar
1. Barkamol inson deganda nimani tushunasiz?
2. I. A. Karimov ma’naviyat tushunchasiga qanday izoh bergan?
3. Milliy tarbiyaning tarixi va bugungi kuni haqida fikringiz.
4. Tarbiya haqidagi hikmatli so‘zlardan misollar keltiring.
5. Milliy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
6. Qadriyat va ma’naviy qadriyat deganda nimani tushunasiz?
7. Intellekt deganda nimani tushunasiz?
8. Dunyoqarash nima?


63
II BOB.
JAMOA. JAMOANI TASHKIL
ETISH METODIKASI
2.1. Jamoada shaxsni tarbiyalash
Jamoa (lotincha „komandus“ so‘zining tarjimasi bo‘lib, 
yi-
g‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh
ma’nolarini
beradi) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy aha-
miyatga ega, umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
demakdir. Zamonaviy talqinda „jamoa“ tushunchasi ikki xil
ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha
kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tash-
kiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish jamoasi,
zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh
tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada
uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. O‘quvchilar jamoasi o‘ziga
xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Quyida jamoa va uning
xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda
ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari
o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosa-
batlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat
maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga
keladi. Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qa-
ratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning ye-
takchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan
uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir
a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z
jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarining inti-
lishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini
chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni
va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va
xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘r-
tasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishiga
yo‘l qo‘ymaydi.


64
Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy
jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning
birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa
bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘nal-
tirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xusu-
siyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham
jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahami-
yatga ega. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining ya-
gona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani
tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Birgalikdagi faoliyat
umumjamiyat ishi uchun mas’uliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa
a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik
hissining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosa-
batda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro
hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu
munosabat, ko‘pincha, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Jamoa a’zola-
ri o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan
ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning
rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan
farqlash lozim.
Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli
ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy
jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zo-
lari o‘rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini
ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi
shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va inti-
lishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv
faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Norasmiy tuzilma
jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-ru-
hiy munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil
qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari maz-
munini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosa-
batlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoa-
dagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga eri-
shishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va
norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning


65
rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘-
ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi.
Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa
ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina
jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in — bu muayyan
sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi
tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy fao-
liyat o‘qish hisoblanadi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa
va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari
negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki
muhim bo‘g‘in — o‘qituvchilar jamoasi hamda o‘quvchilar ja-
moasi asosida tarkib topadi. O‘quv yurtlari jamoasi tarkibida
o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
O‘quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahvoli, shuningdek, say-
lov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning
huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quv-
chilar guruhidir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol
o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish
davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi mu-
nosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa
bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday gu-
ruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator bel-
gilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli
darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi. Jamoani
tashkil etish metodikasi oxirgi kunda ancha to‘liq va mukammal
ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika
kursida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash na-
zariyasiga tayanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda
o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘-
ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘l-
maydi. Jamoada shaxsni yakka tartibda tarbiyalashdan maqsad
maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni
tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga bo‘yni yor bermaydigan tarbiyasi
qiyin bolalar — bu, albatta, yomon o‘zlashtiruvchilar emas.


66
Zamonaviy sinf rahbari o‘quvchilarning yomon xulq-at-
vori, past o‘zlashtirishlarining sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda
o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlari, bu munosabat-
larning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan biridir. Jamoa
munosabatlari, dastavval, muayyan tamoyillarga asoslangan va
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga yo‘naltirib turadigan
o‘ta mas’uliyatli munosabatlardir. Jamoada shaxsni tarbiyalashda
yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o‘quvchini ja-
moa faoliyatiga jalb etishdan, jamoani esa mazkur o‘quvchi bilan
qiziqtirib qo‘yishdan ham iborat.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo
real mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga
erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘r-
tasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Jami-
yatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning
kamolotida ko‘rish mumkin. Yoki shaxsning barkamolligi, oila-
ning to‘la-to‘kisligiga qarab, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’-
naviy-axloqiy ahvolini bilish mumkin. Chunki 
shaxs

oila
— 
ja-
miyat
munosabatlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. Shuning
uchun shaxs oila, jamiyat muhitida shakllanadi, kamol topadi.
Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilar-
dan biri — o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi chi-
qindi qog‘oz (makulatura) yoki metallom (temir-tersak) to‘plash,
kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam
uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Sinf rahbari jamoa-
ning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning
hozirgi va bo‘lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsad-
lari mavjudligini bilishi muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoli-
yati istiqbollarini barcha yoki yarim o‘quvchilar qabul qilishini
va bu istiqbollarning xususiyati qandayligini bilib olishi zarur.
Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq
bo‘lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘l-
gan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy
hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori
qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning ikkinchi bosqichida
bo‘lsa, nomigagina emas, balki harakatlarini qo‘llab-quvvatlay-


67
digan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quv-
chilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishini kuzatish
mumkin.
2.2. Jamoaning rivojlanishida tarbiya usullari
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lga-
nidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qo-
nun-qoidalari bor, ularga amal qilish tarbiyaviy ishlarning sa-
marali bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni:
— tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
— tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O‘zbekistonimizning
mustaqilligi, gullab-yashnashi yo‘lida qilinayotgan ishlar bilan
bog‘lanishi;
— o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
— tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
— tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi va birligi;
— tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyat-
larini hisobga olish.
Tarbiya jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsa-
dini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususi-
yatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi — har tomonlama
kamol topgan, mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir.
O‘qituvchilar jamoasi ana shu maqsadlardan kelib chiqib,
tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini
aniqlaydi hamda maktabda ish sharoitlarini hisobga olgan holda
o‘quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.
2. Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi qoidasi tarbiyaviy
ishlarning mazmun va mohiyatini, tashkil etilishini doimo
yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini
hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni
tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tash-
kil qilinganda yoshlar jamiyat hayotida faol ishtirok etadilar, bu
esa o‘quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchi-
lar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina ularga jamoatchilik ruhini


68
singdirib borish lozim. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini
shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni
tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyillari hisoblanadi. Uning
umumiy asoslari quyidagilardan iborat:
1. Talablar qo‘yish;
2. Faollarni tarbiyalash;
3. O‘quv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy
faoliyatdagi istiqbollarini tashkil etish;
4. Sog‘lom jamoatchilik fikrini shakllantirish;
5. Ijobiy an’analarni yaratish va ko‘paytirish.
Yuqorida ta’riflangan barcha qoidalar har qanday jamoani
shakllantirish va rivojlantirish uchun qo‘llanma hisoblanadi. Tar-
biya usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga
mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning
uchun har bir o‘qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa muno-
sabatlarining rivojlanish darajasini aniqlashdan boshlaydi. Tar-
biya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tgandagina yuk-
sak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman, jamoa o‘z
faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va umumiy jamoani tashkil
etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi hamda o‘z-o‘zini na-
zorat qiladi.
Sinf rahbari o‘quvchilar jamoasining rivojlanish darajasini
aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida
namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina chek-
lanib qolmasligi kerak. Sinf rahbarining o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quv-
chilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi
o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari, avvalo, bolalar-
ning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda
qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki
bajarmasliklarini aniqlaydi. Jamoaning rivojlanish darajasini aniq-
lashning eng ishonchli usuli — o‘quvchilarni ular bilan darsda,
darsdan tashqarida, maktabdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik
qilish darajasida kuzatishdan iboratdir. O‘qituvchi jamoaning
kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun pedagogik vaziyatlar
vujudga keltirishni qo‘llaydi. Lekin bunda shuni esda tutish ke-


69
rakki, o‘quvchi kamchiliklarini hamma o‘rtasida yorqin namo-
yish etish uning qalbini jarohatlashi mumkin. Shunday vaziyat-
larni vujudga keltirish kerakki, ularning salbiy tomonlarini emas,
balki har bir bolada odatdagi sharoitda boshqalardan yashiringan
ijobiy tomonlarini ham ochib berish maqsadga muvoffiqdir.
Sinf rahbari jamoaning rivojlanishi darajasiga qarab tarbiya
usullarini tanlaydi. Ta’lim jarayonida jamoa munosabatlarini ri-
vojlantirish istiqbollari sinf rahbaridan katta e’tibor berishni
talab etadi. Jamoa faoliyatida ko‘proq muomala qilishga bo‘lgan
ehtiyoj yotadi. Darslarda bu ehtiyoj kam foydalaniladidi. Agar
darsdagi muomalaga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘ri tushunilsa, uning
negizida o‘quvchilarning o‘zaro yordami, darslarga birgalikda
foydali tayyorgarlik ko‘rishi, qiziqishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar
tashkil etiladi. Jamoa rivojlanishining har qanday darajasida sinf
rahbari muayyan usullardan foydalanib, jamoatchilik fikrini
shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Sinf rahbari jamoa va
har bir alohida o‘quvchining tarbiyasi uchun ma’suldir. Shu-
ning uchun uning jamoa tarzidagi va yakka tartibdagi shakllarini
qo‘shib olib borishi tarbiyaviy ishdagi o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri hisoblanadi. Bunda jamoaning shaxsga nisbatan yuksak
talabchanligi kuzatiladi.
Maktablarda olib boriladigan ish faoliyati, odatda, omma-
viy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladi. Fao-
liyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya’ni ularda
o‘quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o‘z mohiya-
tiga ko‘ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadiga (ma-
salan, ma’ruza, konsert va hokazo) erishish uchun qatnash-
chilarning o‘zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan
oldingi holda bo‘lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar
bilan birgalikda qatnashish ba’zi hollarda ularning faoliyatidagi
ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo‘ladi. Bu
ko‘p jihatdan o‘quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosaba-
tiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog‘liq bo‘ladi.
Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga eri-
shish uchun o‘quvchilarning o‘zaro muomalaga kirishishlarini
nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi. Bu


70
muomala jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida jamoa aloqalari vujudga
keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o‘zida muomala uchun
muayyan shart-sharoitlarga ega bo‘ladi. Ular o‘quvchilarga ishni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o‘zaro taqsim-
lab chiqish imkonini beradi, qatnashchilar o‘rtasida aloqa ta’si-
rining paydo bo‘lishiga olib keladi. Misol tariqasida o‘quvchi-
larning bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa shakllaridan
biri — bilimlarning ijtimoiy ko‘rigini qarab chiqamiz. U biror
fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan
ikkita jamoa ishtirok etishi mumkin. Ko‘rikning dasturi ishlarning
har xil turlaridan (yozma, og‘zaki, grafik masalalar yechish,
topshiriqlarni bajarish va shu kabilar) tashkil topadi, ularni ba-
jarish umuman olganda 40 — 60 daqiqadan oshmaydi. Ko‘rik
oxirida hay’at a’zolari har bir qatnashchiga va umuman jamoa-
dagi o‘rtacha bahoni e’lon qiladi. Bu o‘rinda bilish faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan muomala ko‘rikka hozirlik ko‘rish vaqtidayoq
boshlanadi va uni o‘tkazish jarayonida juda samarali davom etadi.
Bunga sabab shuki, ko‘rikka doir dastlabki topshiriqlar jamoa-
dan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsim-
lash yoki guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi. Ko‘rik jarayonida
muomala uning hamma qatnashchilari o‘rtasida sodir bo‘ladi,
chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega bo‘lib, o‘z hara-
katlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina va-
zifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Jamoatchi va bilimli sinf rahbari har qanday vaziyatdan juda
ustalik bilan chiqib ketadi va har tomonlama rivojlangan sinf
jamoasini tashkil qiladi. Jamoani tashkil etishning samarali shakl-
laridan biri guruhiy ishdir. Bunda mazkur ish bolalarning tarkib
jihatidan uncha katta bo‘lmagan (eng ko‘pi bilan kishi 5 ta
bo‘lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik
guruhlarda barcha a’zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada
bo‘ladilar va bir-birlariga bevosita biror ta’sir ko‘rsatadilar. Ja-
moada muomalani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud
bo‘lgan haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan
qaraydigan va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.
Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini, ularning yo‘nalishi,


71
qiziqishlari, malakasi va hokazolarni bilishi, hisobga olishi va
ulardan foydalanishi kerak.
Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni
taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishning
samaradorligini oshiradi. Bu hol guruhdagi muomalani jamoa-
ning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi
muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yetarli darajada
obro‘ qozongan, jamoatchilik yo‘nalishiga ega bo‘lgan guruhga
muayyan bir tadbirni tayyorlash va o‘tkazishga boshchilik qilish-
ni topshirsa bo‘ladi. Qandaydir o‘ziga xos qiziqishlari bor guruh-
ga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning
tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lish taklif etiladi va hokazo.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo
real, ya’ni aniq mavjud bo‘lgan aloqalarini hisobga olish ikki xil
maqsadga: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular
o‘rtasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish, bundan tashqari, o‘z
oldilariga qo‘ygan har bir maqsadiga erishish imkonini beradi.
2.3. Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda
pedagogik texnologiyalarning o‘rni
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy
jarayon bo‘lib, o‘qituvchidan chuqur bilim, malaka va xohish
talab qilgani kabi o‘quvchilardan ham ularning intilishlari va
ehtiyojlarini talab etadi. O‘quvchilarning qiziqishlarini rivojlan-
tirish tarbiyaning mualliflik tizimini shakllantirishning yagona
yo‘lidir. Bu holda tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni,
uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar
yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam
olishni tashkil etish) esa shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqo-
riga ko‘tarish (birinchi navbatda, o‘qituvchining), uning ijtimo-
iy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tasavvur etilishi
mumkin.
Hordiq kishilarning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy
va ma’naviy kuchini ko‘paytirish, shaxsini boyitish, ijodiy faol-
ligini chuqurlashtirish va amalga oshirish uchun ular tomoni-


72
dan rejalashtirilgan va mo‘ljallangan shaxsiy vaqtining bir qis-
midir. Shaxs o‘z faoliyati asosida shakllanib boradi. Jamiyatda
yashash, boshqa kishilar bilan hamkorlik qilish, o‘zaro faoliyat
yuritish kishining faqat jamoa ishlaridagi ishtiroki orqali shakl-
lantiriladi.
Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasi nihoyatda samarali me-
todika sifatida tarbiyani individuallashtirish tamoyillarini, ish-
ning jamoaviy shakllarida ham tashkil etish imkoniyatini beradi.
Jamoaviy ijodiy faoliyat o‘quvchilarni ijodga yo‘naltiradi,
harakat qilishning zarur shakllari va metodlarini topish vazifa-
larini belgilaydi, maqsadni aniqlashga o‘rgatadi, ishni tashkil
etishga yordam beradi, jamoa va alohida o‘quvchilarning tashab-
busini qo‘llab-quvvatlaydi va kuchaytiradi, o‘z qobiliyatidan ya-
nada yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari haqida maslahat bera-
di, o‘quvchilar va jamoaning axloqiy jihatdan rivojlanishini ku-
zatadi, tartibga soladi.
Uning vazifasi: hamkorlik sharoitini vujudga keltirish, do‘s-
tona o‘zaro yordam, ma’naviy-ruhiy sharoitni yuzaga keltirish-
dan iborat. Biz jamoaviy ijodiy faoliyatni ham metodika, ham
ishtirokchilarining o‘zaro faoliyati loyihalashtiriladigan, pedago-
gik jarayonni tashkil etuvchi texnologiya sifatida qaraymiz. Ja-
moaviy ijodiy faoliyat metodikasini amalga oshirish quyidagi
bosqichlar bilan uzviy bog‘langan:
1. Pedagogik maqsad:
— o‘qituvchi o‘quvchilar guruhining ishi bilan bog‘liq maq-
sad va vazifalarda o‘z mavqeyini belgilab oladi;
— ularni amalga oshirish mumkin bo‘lgan yo‘llar, shakllar
va metodlarni belgilaydi;
— dastlabki suhbatni (guruh yig‘ilishi, umumiy yig‘ilish)
o‘tkazish rejasi va metodikasini ishlab chiqadi, suhbat yo‘nali-
shini belgilaydi;
— u yoki bu ish haqida ko‘zlangan maqsad (uning o‘tka-
zilishi umumiy fikrga ko‘ra ko‘zlangan maqsadni amalga oshi-
rishga yordam beradi).
Jamoaviy ijodiy faoliyat bo‘yicha aniq ishni tanlashda mak-
tabda an’anaga aylangan shakllarni ham hisobga olish mumkin.


73
2. Hamorlikda loyihalash.
Muvaffaqiyat tashabbus (ijodiy) guruhini tashkil etish. Bunda
izchillik va rivojlantirishni ta’minlash lozim:
Jamoaviy ijodiy faoliyat loyihasini tayyorlash quyidagilar-
dan iborat:
a) ishning mazmuni;
b) tayyorlashning turli bosqichlarida hal etilishi lozim bo‘l-
gan vazifalar;
d) ishni tayyorlash va o‘tkazish dasturi.
Dasturda jamoaviy ijodiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish cho-
g‘ida bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator ishlar borki, shular
asosida ijodiy guruhlar uchun vazifalar shakllantiriladi.
3. Ishni tayyorlash.
Pedagogik jarayondagi eng mas’uliyatli bo‘lgan bu bosqichda
quyidagilar zarurdir:
— har bir o‘quvchini sezish, uning jamoadagi o‘rnini bel-
gilash, kayfiyatini his qilish;
— o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga harakat qilish;
— vaziyatdan kelib chiqib, boshlang‘ich loyihani qayta loyi-
halash bahonasida tashabbuskor guruhni o‘zi bilan almashti-
rilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4. Ishni o‘tkazish.
Keyingi tahlil uchun asos bo‘lgan bu bosqichda ishni loyi-
halash jarayonida barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lganlar va
mehmonlar uchun „tomoshabinsiz“ ish qoidalarini amalga
oshirish nihoyatda muhimdir.
5. Refleksiya
(o‘tkazilgan ish tahlili).
Maqsadi — tajriba orttirish, hamkorlik va individual faoliyat
tahlili, tahlil amaliyoti va mahoratini egallash.
Vazifasi — faoliyat natijalarini baholash, topshiriq ishtirok-
chilarining hayotiy tajribalarini o‘stirish.
6. Natijalar
(istiqbolni aniqlash).
Bu bosqich jamoa bo‘lib hamda uni tashkil etuvchi shaxslar
shakllanishining zarur sharti hisoblanadi. Uning maqsadi ham-
korlik an’analarini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashdan
iborat.


74
Jamoaviy ijodiy faoliyat metodikasini amalga oshirish
bosqichlari:
Bos-
qich
Ishlar
mazmuni
O‘qituvchi
faoliyati
O‘qituvchi
mavqeyi
Faoliyatning me-
tod va shakllari
1
2
3
4
5
I
Pedagogik
maqsad
(O‘qituv-
chining
dastlabki
ishi).
Pedagogik maq-
sadni aniqlaydi
(
M
1
) >Model-
lashtiradi: 
M
1
ga
erishish yo‘llari
(mumkin bo‘l-
gan ish),
dalillar (
D
).
Buyurmaydi,
majbur qil-
maydi, o‘quv-
chilar bilan
birga fikrlaydi,
xayrixohlik va
qiziqish bilan
so‘zlashadi.
„Yo‘naltiruvchi
tadbirlar“, „Do‘s-
-tona suhbat“,
„Hikoya — mu-
lohaza“, „Shax-
siy tajriba“.
II
Ishni ham-
korlikda
loyihalash
(JIF loyi-
hasi tad-
qiqi).
Ijodiy yoki ta-
shabbus guruh-
larining yig‘i-
lishini tashkil
qiladi.
Umumiy ish-
larda teng
asoslarda ish-
tirok etadi.
Yig‘ilishning
boshlanishi: tak-
liflarni asoslash,
o‘ylash uchun be-
rilgan vazifa tahlili.
Ijodiy izlanish.
Ochiq munozara.
Amaliy o‘yin.
Mayl-rag‘bat uy-
g‘otish (ma’qul-
lash yoki maqtash
bilan, maslahat
yoki ishonch bi-
lan) Aqliy hujum.
III
Ishni tay-
yorlash
(bosh pe-
dagogik
vazifani
bajarish).
Individual mu-
nosabatni amal-
ga oshiradi,
o‘quvchi shax-
siyatining rivoj-
lanishini ta’-
minlaydi (ular-
ning faol izla-
nishga kirishi-
shi, o‘quvchi-
Rag‘batlanti-
ruvchi va mu-
vofiqlashti-
ruvchi vazifa
bajaradi.
Guruhlarga yor-
dam. Ishonch.
Do‘stona talab.
Do‘stona nazorat,
taqdirlash, mu-
hokama. Ish, iz-
lanish, roman-
tika, qahramonlik
o‘yinlari bilan
mashg‘ullik. JIF


75
larning ijobiy
sifatlarini qo‘l-
lash va salbiy
sifatlarini bar-
taraf etish,
ularga qiyinchi-
liklarni yengib
o‘tishda shaxsiy
tajribalar to‘p-
lashlari uchun
imkoniyat ya-
ratish va b.).
loyihasini aniq-
lash, bloklarni
tayyorlash, qayta
loyihalash.
1
2
3
4
5
IV
Ishni o‘tka-
zish (tah-
lil uchun
material-
larni tan-
lab olish).
„Tomoshabin-
siz ishlaymiz“,
„Xushxabar
tayyorlaymiz“
qoidasini amal-
ga oshirish.
O‘quvchilarda
ko‘tarinki ruh,
tetiklik, o‘z ku-
chiga ishonch
va qiyinchilik-
larni yengishga
intilish hosil
qiladi. Muhi-
mi: xotirjam-
lik, sabr-to-
qat, yumor.
Ssenariyni blok-
modul tizimida
tayyorlash: tay-
yorlangan alohida
blok va fragment-
larni yagona bu-
tunlikka keltirish.
Ishda JIFning
turli ko‘rinishla-
ridan foydalanish.
V
Tahlil. Na-
tijalarni
e’lon qilish.
Bajarilgan ishni
tushunib yetish
va tahlil qilish
ehtiyojini, ja-
moa va indivi-
dual tahlil qi-
lish ko‘nikma-
larini tarbiya-
laydi.
Bolalarga o‘z-
larining fao-
liyati natijala-
rini ko‘rishga,
yutuq yoki
muvaffaqiyat-
sizliklarini
aniqlashga,
ularni yuzaga
keltirgan sa-
bablarni aniq-
lashga yordam
beradi, „o‘zi
bilan“ nima
Tahlil hisoboti,
kichik yozma ish.
Do‘stona tahlil.
Jiddiy bahs. Maq-
tov. Mayl-xohish.
Ishchan bahs.
Tahlil mahoratini
vujudga keltirish.
Mukofot. Nazorat.
Talab. Muhokama.
Tanqid.


76
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar va
tadbirlarda ham hozirgi kun talabi asosida yangi shakllar, uslub-
lar va usullarni qo‘llash talab etilmoqda. Tarbiyaviy ishlarga yangi-
cha yondoshuv qo‘shimcha ma’lumotlarni, tavsiyalarni, texno-
logik usullarni foydalanishni talab qiladi. Bu tavsiyalardan har
bir o‘qituvchi o‘quv-tarbiya jarayonida o‘z imkoniyati, sharoiti,
o‘quvchilarning saviyasidan kelib chiqqan holda foydalanishi
mumkin. Jamoaviy ijodiy faoliyat texnologiyasi bo‘yicha darslar
ham, bayramlar ham, tanlovlar ham, shanbaliklar ham tashkil
etilishi va o‘tkazilishi mumkin.
Savol va topshiriqlar
1. Tarbiyaga ta’rif bering.
2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani izohlang.
3. Tarbiyaning tarixiy ildizlari haqida fikringiz.
4. Milliy qadriyatlar deb nimaga aytiladi? Ularning mazmun-
mohiyatiga ko‘ra turlarini ayting.
5. I. A. Karimovning „Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“
asarini tahlil qiling.
6. O‘quvchini jamoada va jamoa orqali tarbiyalash deganda nima-
ni tushunasiz?
7. Jamoaning rivojlanish darajasini tarbiyaga bog‘liqligi.
8. Jamoa faoliyatini tashkil etish shakllari.
olish mum-
kinligiga e’ti-
bor qaratadi.
1
2
3
4
5
VI
Yaqin ora-
dagi nati-
jalar (is-
tiqbolni
aniqlash).
Ishlardagi iz-
chillikni, ja-
moani rivoj-
lantirish sha-
roitlarini ta’-
minlaydi.
Istiqbolni ko‘-
rishga yordam
beradi.
Hamkorlikni mu-
vofiqlashtirish,
hal etish uchun
maqsad va vazi-
falarni aniqlash.


77
III BOB.
TARBIYAVIY ISHLARNI
TASHKIL ETISH
3.1. Tarbiyaviy ishlarning maqsadi,
vaziflari va yo‘nalishlari
Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi Prezi-
dentimiz tomonidan ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjami-
yati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan „o‘zbek
modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning
diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. O‘zligini anglash, bi-
rinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash
va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa,
ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash
va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki
sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil
inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujas-
samlashtirsa, ular, asosan, 3 ta:
1. Ezgu niyat, fikr;
2. Ezgu so‘z, xushmuomila;
3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maq-
sadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yosh-
larda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy
bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxas-
sislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat
bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini
ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning
zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurol-
lantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari,
maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs
kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim soha-
sida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy
huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imko-
niyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon
etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan


78
kasbini tanlash, o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi
uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yara-
tishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon
talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining
o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va
nazariy muloqotidir.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda
beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga
undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib
borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va
mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa
moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-
sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning
uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan
mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning
uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi,
jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol
o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular
avval kattalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan
ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda
ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham
muhim ahamiyatga ega. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning
samaradorligi tarbiyachining qanday usuldan foydalanishiga
bog‘liq. Usul yunoncha atama bo‘lib, aynan qandaydir yo‘l or-
qali maqsadga erishishni bildiradi. Usul axborotni uzatish va
qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi usullarga bo‘linadi:
1) so‘z orqali ifodalash usuli;
2) ko‘rgazmalilik usuli;
3) amaliy namuna usuli;
4) rag‘batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi usullar, o‘z navbatida, quyidagi guruhchalarga
bo‘linadi:
a) so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshi-
tish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va hokazolar;


79
b) kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqalarni
ko‘rish orqali tarbiyalash;
d) tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali
berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarning amaliy mehnatini mi-
sol qilib ko‘rsatish;
e) o‘quvchilarning yaxshi bajargan ishlarini o‘rtoqlari oldida
yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish,
iqtisodiy yordam, maqtov yorliqlari topshirish, suratlarini hur-
mat taxtasiga osish va boshqa og‘zaki „rahmat“, „barakalla“ kabi
rag‘batlantirish usullarini kiritish mumkin.
3.2. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va
rejalashtirish
Tarbiya jarayonining mazmunini bolalarga beriladigan ma’-
naviy-axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-
atvorning bir butun holati tashkil etadi. Mustaqil O‘zbekiston-
ning istiqlol va istiqboli uchun fidoyilik ko‘rsatuvchi avlodni tar-
biyalash mazmuni tamoman o‘zgacha xarakter kasb etmoqda:
— fuqarolik demokratik jamiyatini barpo etish mohiyatini
anglab oluvchi;
— vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
— diniy bag‘rikenglik va mehr-muravvatli bo‘lish;
— davlat siyosatini tushunish, unga fidoyi bo‘lish;
— o‘zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
— yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalash;
— maqsadning aniqligi, uni to‘g‘ri yo‘naltirish madaniyati;
— tarbiyachi-o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining hamkorlik
faoliyati;
— o‘zini anglash, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodlilik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tarbiyachilik faoliyati va
uni amalga oshirish metodikasini „Uchinchi ming yillikning
bolasi“ qo‘llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Tarbiyaviy
ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maq-
sad — „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari
dasturi“dagi g‘oyalarni bolalarning ongida o‘ziga xos va mos ra-
vishda singdiradi:


80
— xalqimizning boy an’ana, udum, urf-odatlari va ajdodla-
rimiz merosidan foydalanish.
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yil-
gan adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
— yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini
izohlash.
— mehr-muruvvatlilik va bag‘rikenglik.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tarbiya-
viy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega:
a) sinf jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish.
b) o‘quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tar-
biyalashdagi burchi va vazifasini o‘rganish.
d) kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchilarning munosabati.
e) o‘quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar ha-
qidagi bilim darajasi.
f) qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi za-
mon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foy-
dalanish o‘rinlidir. Shundagina har bir o‘qituvchi-tarbiyachi-
larning betakror, bir-biriga o‘xshamagan tarbiyaviy tadbir reja-
lari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lib,
ko‘zlangan maqsadga erishtira oladi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:

Vatanga muhabbat va insonparvarlik.

Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.

Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun).

Ota-onalar bilan ishlash.

Ma’naviy tarbiya (odob-axloq).

Go‘zallik tarbiyasi.

Iqtisodiy tarbiya.

Ekologik tarbiya.
Bu ishlarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi
talablarga javob berishi kerak:

Tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga
javob berishi.


81

Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar
qamrovida bo‘lishi.

Tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilingan bo‘-
lishi.

Mavzular o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos
bo‘lishi.
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichida o‘qituvchi-
ning mas’uliyatli lahzalari talaygina. Birinchidan, dasturda ko‘zda
tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida uning borishiga
tuzatishlar kiritib, vazifasini amalga oshiradi va kuzatib boradi.
Ikkinchidan, o‘qituvchi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchi-
larni kuzatib boradi, chunki u biladiki, tarbiyaviy ishlar tarbi-
yalanuvchilarda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilat-
larning shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Uchin-
chidan, o‘qituvchi tashkiliy masalalarning aniq hal etilishini
kuzatib boradi. Umuman, bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati
darsdagi ayni shunday faoliyatdan kam farqlanadi, ammo u
murakkabroq, chunki hisobga olish, nazorat qilish va ko‘plab
omillarga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi:
— tarbiyalanuvchilarni o‘zining ishtiroki bilan chegaralab
qo‘ymaslik kerak.
— tarbiyalanuvchilarga o‘z fikrlari va hissiyotlarini erkin
ifodalashlari uchun xalaqit bermaslik lozim.
— hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning
nazoratdan chekkaga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
— nomaqbul harakatlarni oqilona va o‘z vaqtida tuzatish.
— bo‘lib o‘tayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib bo-
rish lozim.
— natijalarni e’lon qilish.
— jamoaviy muhokama yoki individual pedagogik tahlil ham-
da yutuq va kamchiliklarning sabablarini ochish maqsadi qo‘-
yiladi.
Tarbiyaviy ishlarning tahlili
1) Rejada tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o‘tkazishning bar-
cha ko‘rinishlari o‘z aksini topganmi?


82
2) Dastur mazmuni ko‘zlangan maqsadga javob beradimi?
3) Ko‘zlangan maqsad, vazifalar va talablarga tashkil etish
darajasi javob beradimi?
4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar yetarli darajada manba-
lar bilan mustahkamlandimi?
5) Ishning qaysi bo‘limi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun?
6) Tarbiyaviy ish vaqt nuqtayi nazaridan o‘zgarmadimi?
7) Kim va nima uchun o‘z muddatida ulgurmadi?
8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etadimi yoki nomiga-
gina bog‘langan to‘plamdan iborat bo‘ldimi?
9) Yangilik samarasi sezildimi?
10) Tarbiyaviy ishning emotsionalligi uning g‘oyasiga javob
berdimi?
11) Ishning sifati, o‘quvchilarning unga munosabati qoniq-
tiradimi, ularni qaysi savollar o‘ylashga majbur etdi?
12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi
qanday bahoga loyiq?
13) O‘quvchilarning xulqi qanday edi?
14) Nima uchun ayrim o‘quvchilarda u yoki bu pedagogik
harakatga nisbatan qarshilik ko‘rsatish alomatlari paydo bo‘ladi?
15) Nimadan voz kechish kerak?
Tarbiyaviy ishlarda pedagogik texnologiyaning
umumiy belgilari:

tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning kompleksi sifatida
o‘ziga o‘yinlar, tarbiyaviy suhbatlar va individual jihatlarning
elementlarini qamrab oladi;

har bir ish har bir tarbiyalanuvchining axloqiy, ijtimoiy
va boshqa fazilatlari shakllanganligi darajasini kompyuter orqali
tashxislash bilan boshlanadi.

tarbiyaviy ta’sir tashxislash natijalarining faol tahlili va
ideal shaxs bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllan-
ganlik darajasiga yetganligini anglash bilan yuzaga keladi.

tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur
bo‘lgan fazilatlarni o‘zlashtiradilar, o‘zlarini anglashni o‘rgana-
dilar, o‘z-o‘zini kamolga yetkazish yo‘llarini tasavvur qiladilar;


83

shaxsiy kamolotga yetish dasturi (tashxislash natijalaridan
qat’iy nazar) individual maslahatlar, tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish natijasida mustahkamlanadi.
3.3. Zamonaviy maktab direktorining vazifasi
Yurtimizda ta’lim tizimiga mamlakatni barqaror taraqqiy
ettirishning muhim omili sifatida e’tibor qaratilayotgani qisqa
fursatdayoq o‘z sararasini ko‘rsata boshladi. Bu xalqaro jamoat-
chilik tomonidan ham ehtirof etilmoqda. Albatta, istiqlol yillarida
kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida keng ko‘lamli islohot-
lar amalga oshirildi. Fan-texnika va texnologiyaning zamonavy
yutuqlari asosida ta’lim dasturlari takomillashtirilib borilmoqda.
Tabiiyki, bunday sharoitda ta’limni boshqarish tizimida pedago-
gik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, faoliyatda vujudga ke-
layotgan muammolarni ijobiy hal etish borasida izlanishlar olib
borish kabi dolzarb vazifalar yuzaga keldi. Jumladan, Preziden-
timiz tomonidan bildirilgan quyidagi mulohazalar har bir yurt-
doshimiz, ayniqsa, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan
mas’ul rahbarlarni yanada mas’uliyatliroq bo‘lishga, hushyor-
likka undaydi. Biz XXI asr — intellektual taraqqiyot asri, deb
ko‘p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda
rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo, o‘zining
faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘li-
shi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan,
doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashay-
digan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim.
Darhaqiqat, maktab direktori ham ta’lim muassasasi bosh-
qaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa ilg‘or
tajriblarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib, o‘z
faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondo-
shuvni talab qiladi. Agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rah-
barida boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim, tajriba, pe-
dagogik mahorat, ko‘nikma va malakalar yetarli bo‘lmasa, ta’lim
jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning
o‘z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qo-


84
ladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini
takomillashtirish va natijada o‘quv jarayonini rivojlantirishning
eng asosiy shartlaridan biri boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda
tashkil etilishidir. Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos
xususiyatlarga sharqona yondoshuvning boy tarixiy-madaniy
an’analari mavjud. Buning isboti sifatida Abu Nasr Forobiy
tomonidan bildirilgan rahbarning fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlarni
keltirish mumkin. Unda rahbarning tabiatan nozik, farosatli
bo‘lib, umumiy ahvol qandayligini aniq ravshan tasavvur qila
olishi; voqea-hodisalarni xotirasida to‘la-to‘kis saqlab qoladigan;
zehni o‘tkir, zukko, o‘z fikrini chiroyli so‘zlar bilan ifodalay-
digan, ravshan tushuntira oladigan; ta’lim olishga, bilim va ma’-
rifatga havasli bo‘lib, uning mashaqqatlaridan qo‘rqmay, haqi-
qatni gapiradigan, odil va haqiqiy odamlarni sevadigan, yolg‘on
va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan; o‘z qadrini biluvchi, ori-
yatli; tabiatan adolatparvar va o‘zi zarur deb hisoblaganda cho-
ra-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur
bo‘lishi kabi insoniy hislatlar ta’kidlab o‘tilgan. Shunga asoslanib
aytish mumkinki, bugungi kunda ham maktabni boshqarish
ishlari samaradorligida rahbarning shaxsiy fazilatlari muhim
o‘ringa ega.
Darhaqiqat, direktor shaxsi va uning ma’naviy sifatlarining
qandayligi jamoa a’zolarining hamkorlikdagi innovatsion faoliyati
hamda sog‘lom ijodiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishga tajribada
ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Jumladan, ularning muloqotga oson ki-
rishuvchanligi, ochiqligi, o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda faol-
ligi, intellektual rivojlanganligi, qo‘pollikni yoqtirmasligi, ko‘-
ngilchanligini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy mak-
tab faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ta’lim muassasasidagi
barcha xodimlarning o‘z mehnat faoliyati natijalaridan birdek
qoniqish hosil qilishlari, jamoadagi to‘g‘ri mehnat taqsimoti, xo-
dimlarning o‘z vazifalariga nisbatan mas’uliyat hissining shakl-
lanishi, o‘quv jarayonining hozirgi zamon talablari darajasida
ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim mu-
assasasi rahbarlari funksional vazifalarini qay darajada tushunib
yetishlari va amalga oshirishlariga bog‘liq bo‘ladi (5- shakl):


85
Axborot-tahlil funksiyasi
boshqaruvda alohida ahamiyatga ega
bo‘lib, axborotlarni olish va tahlil qilish boshqaruv tizimining
poydevori hisoblanadi. Bundan ko‘zlangan birinchi maqsad —
pedagogik tizimlar to‘g‘risida muntazam ravishda axborotlar
to‘plab borish, ularni chuqur o‘rganish hamda obyektiv baho-
lashdan iborat. Olingan xulosalar asosida boshqaruv faoliya-
tining, rivojlanish omillarini, aniq chora-tadbirlarini belgilash,
ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni yo‘lga
qo‘yish lozim. Shuningdek, axborotlar ishonchli, yangi va foy-
dali bo‘lishi zarur.
Maqsadli-motivlashtirish
funksiyasini
amalga oshirishda, av-
valo, ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsad umumiy ekan-
ligini, mavjud shart-sharoitlar va vaziyatlarni hisobga olish za-
rur. Shuningdek, vazifalarni taqsimlashda maqsadlarning birligini
saqlash, topshiriqlarning bajaruvchilar tomonidan o‘z vaqtida va
samarali bajarilishi uchun maqsadni belgilash jarayoniga ularni
ham jalb etish, kutilayotgan natija yuzasidan oldindan tushun-
5- shakl. 
Ta’lim muassasasi rahbarlarining
funksional vazifalari.
Axborot-tahlil
funksiyasi
Tartibga solish — muvo-
fiqlashtirish funksiyasi
Oldindan ko‘ra-bilish —
rejalashtirish funksiyasi
Nazorat-tashxis
funksiyasi
Maqsadli-motivlashtirish
funksiyasi
Tashkiliy-ijrochilik
funksiyasi


86
chaga ega bo‘lish, topshiriqlar tahlil qilinib, ularning bajarilish
muddatini aniq belgilash zarur. Bunda motivlarning xususiyat-
larini hisobga olish, ya’ni ularning qaysi biri boshqaruv faoliya-
tini to‘g‘ri yo‘naltirishga, qaysilari samarali harakatlar rejasini
tuzishga imkoniyat yaratishini bilish o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Oldindan ko‘ra bilish — rejalashtirish funksiyasi
tashkiliy
shakllar, usullar, ta’sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazorat-
ning me’yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi. Shuning-
dek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini muvofiq-
lashtirish, tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Demak, rahbar
tomonidan ta’lim muassasasining holatini, erishgan natijalarini,
rivojlanish imkoniyatlari va dinamikasini aniqlash, jamoadagi
ruhiy muhit, o‘zaro munosabat va ehtiyojlarni o‘rganish hamda
barcha uchun qulay bo‘lgan o‘zaro ta’sir jarayonini vujudga kel-
tirish strategiyasini belgilash oldindan ko‘rish — rejalashtirish
funksiyasining asosini tashkil etadi.
Tashkiliy-ijrochilik funksiyasi
boshqaruv faoliyatining bar-
cha yo‘nalishlarida o‘z ifodasini topadi. Ya’ni u kadrlar tanlash
va ijrochilarning o‘zaro ta’sir etish tizimini shakllantirish, ax-
borotlar to‘plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Buning natijasida ma’lum bir pedagogik boshqaruvga xos
tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali amalga oshirish o‘zaro
ishonch va yordam, har kimga tanlash huquqini berish, faqat
maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini ham belgilash,
xodimlarning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini to‘la namo-
yon etish uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni rag‘bat-
lantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash
bilan bog‘liq bo‘lib, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik mu-
hitning vujudga kelishida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Nazorat-tashxis funksiyasi
nazorat boshqaruv jarayonida
amalga oshiriladigan barcha funksiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko‘zlangan yo‘nalish-
dan ma’lum bir ma’noda og‘ishlar ham vujudga kelishi mumkin.
Aynan shunday vaziyatlarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarning sa-
babini o‘z vaqtida aniqlash va tuzatish usullarini belgilashda na-
zoratning o‘rni muhim.


87
Tartibga solish — muvofiqlashtirish funksiyasi
ðedagogik ti-
zimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish,
uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l
qo‘yilayotgan xatolarni tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-
harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funk-
siya yordamida pedagogik tizim subyektlarning faoliyati o‘zaro
muvofiqlashtiriladi. O‘z navbatida, muvofiqlashtirish pedagogik
tizimning harakat yo‘nalishi bilan birga barcha bo‘g‘inlarning
o‘zaro uyg‘unlashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi.
3.4. Pedagoglarning kasbiy faolligini oshirishda
rahbarning vazifalari
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab
o‘qituvchi kasbining ahamiyati va nufuzini ko‘tarish bo‘yicha
aniq maqsadga qaratilgan ishlar izchillik bilan ro‘yobga chiqaril-
moqda. Pedagoglarning moddiy turmush sharoitini yaxshilashga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz
tomonidan ko‘rsatilayotgan bu e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha
o‘qituvchilarning bilim, tajriba va mahoratini muntazam oshirib
borish yo‘lida o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanishi hamda o‘quv
jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etishga mas’ulligini
yanada chuqur anglashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, sohaga
yetuk yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga keng imkoni-
yatlar yaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, maktab rahbarlari
oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi.
Ma’lumki inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shun-
day ekan, kadrlar salohiyatini yuksaltirishga ta’sir etuvchi
omillarning ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik jamoa
rahbarlari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har qanday jamoa jami-
yatning bir bo‘lagi sifatida unga xos bo‘lgan barcha xususi-
yatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi lozim. G‘oyaviy-siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-ma’naviy va boshqa jabhalar shular
jumlasidandir. Maktab rahbari boshqaruv faoliyatida qator
funksiyalarni bajaradi: pedagogik jamoaning ilmiy-pedagogik
faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, rejalashtiradi,


88
rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, Shu jarayon-
larni nazorat qilib boradi. Jumladan, yosh pedagogning o‘zi
tanlagan kasbga mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini
mukammal o‘rganishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch
tuyg‘ulari rivojlanishida ham maktab direktori katta ta’sir kuchi-
ga ega shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, rahbar jamoada o‘z
o‘rniga ega bo‘lib, u bilimi, muomalasi, ilmiy dunyoqarashi,
pedagogik xodimlar bilan o‘zaro munosabati, maqsadga intilish,
ijtimoiy xulq va boshqalarda namuna bo‘lishi zarur. Bundan
jamoaning a’zosi o‘ziga xos ta’sirlanadi. Rahbar boshqaruv fao-
liyatida o‘zaro ta’sirning ikki yo‘nalishi — pedagogik jamoaga ja-
moaning pedagogik ta’sirini va bu o‘zaro ta’sir har qanday ho-
latda ijobiy bo‘lishini ta’minlashi zarur. Pedagogning jamoaga
ta’siri uning orttirgan obro‘si, bilimi, dunyoqarashi, o‘zi tanla-
gan kasbga qiziqishi va qobilyati, o‘z fanini puxta bilishi, jamoa
bilan munosabati, o‘z ustida ishlashi tashkilotchilik qobiliyati va
tashabbuskorligi singari ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masa-
lan, obro‘ga ega bo‘lgan mutaxassis shaxslararo munosabatlarda
yuqori mavqega ega bo‘ladi, jamoada uning fikr-mulohazalari
qadrlanadi, undan fikr, mulohaza so‘raladi. Ammo obro‘ ort-
tirishda shaxsiy sifatlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay, u yoki bu
mutaxassis haqidagi jamoatchilik fikri ham rol o‘ynaydi. Bu esa
jamoaning pedagogga bo‘lgan ta’siridir. Ya’ni jamoa pedagogning
ayrim sa’y-harakatlarini rad etishi, qabul qilmasligi yoki aksin-
cha, unga intilishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jamoa bilan mutaxassisning
ta’siri ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Bunda
rahbarning roli yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijobiy ta’sirni vujudga
keltirishda rahbar pedagogik jamoa va ta’lim muassasasining
manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, xodimlarining
muvaffaqiyat va kayfiyatlari bilan qiziqish, tabassum bilan mu-
omala qilish, xodimlarga hurmat bilan murojaat qilish, har qan-
day vaziyatda ham ularning shaxsiyatiga tegmaslik, ularning
kamchiliklarini aytganda, albatta, ularning muvaffaqqiyatini ham
e’tirof etish kabi eng maqbul uslublarni o‘z faoliyatiga tatbiq
etishi zarur.


89
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, zamonaviy maktabni bosh-
qarish murakkab, ko‘p komponentli tashkiliy tuzilishlarga ega
bo‘lib, bunda asosiy maqsadga, ya’ni o‘quvchilarni hayotga
tayyorlash, ularni mehnatga va murakkab ijtimoiy shart-sha-
roitlarga mustaqil ravishda tezroq moslashishlarini ta’minlashga
erishishda ta’lim muassasasidagi barcha subyektlarning sa’y-
harakatlarini shu maqsad yo‘lida birlashtirish, o‘zaro hamkorlik
muhitini yaratish muhimdir.
3.5. Maktabda to‘garak ishlarini tashkil etish
„Barkamol avlod“ bolalar markazlari xalq ta’limi tizimining
tarkibiy qismi bo‘lib, asosiy vazifasi o‘quvchi-yoshlarning
maktabdan va sinfdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish,
ajdodlarimizning necha ming yillik madaniy merosini bugungi
kun yutuqlari bilan boyitib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga yet-
kazishdan iborat. Maktabdan tashqari ta’limni milliy urf-odat-
larimiz, qadriyatlarimiz, hududiy o‘ziga xoslik asosida tashkil
etib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh qilish davr talabiga
aylandi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun ishlab
chiqilgan davlat talablari ilmiy va hayotiy jihatdan asoslangan
bo‘lib, „Barkamol avlod“ bolalar markazlarining ta’lim-tar-
biyaviy mazmuni va uni o‘zlashtirish darajasining zaruriy quyi
chegarasini belgilaydi hamda baholash mezonlarini aniqlab be-
radi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida „Madaniy-estetik, il-
miy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tash-
qari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish“ za-
rurligi ta’kidlangan. Ta’lim sifatini yaxshilash, tuzilmasi va maz-
mun-mundarijasini takomillashtirish maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari faoliyatini belgilaydi. Bola sog‘lom va har tomonlama
bapkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun uning qalbida o‘qishga
intilish hissini o‘stirish, ongida kasb-hunar va mehnat ko‘nik-
malarini hosil qilish, umummadaniy bilimlarni, yuksak ma’na-
viy-axloqiy fazilatlarni, Vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni
shakllantirish, atrof-muhitga mehr-muhabbatni tarbiyalash lo-


90
zim. Bola o‘zi o‘rganayotgan hunarning jamiyatdagi o‘rnini chu-
qur anglashi lozim. Ustozlar an’anasini davom ettirish, meh-
natsevarlik fazilatlari, aqlli va tadbirkor bo‘lish, halol mehnat
qilish hissi bolada ilk mashg‘ulotdan boshlaboq shakllana borishi
kerak. To‘garakka olti yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quv-
chilar jalb qilinadi. O‘quv dasturi bir yilga mo‘ljallanadi. O‘quv-
chi musavvirlik san’ati tarixi, namoyandalari va ularning ish us-
lublarini, ishlatiladigan xomashyolar, asbob-uskunalarni, naqsh-
ning boshlang‘ich elementlarini, badiiy bezatiladigan buyumlar
sifatini, miniaturalar uslubini, bir-biridan farqlanadigan rang-
larni bilishi lozim. To‘garak a’zolari musavvirlar ish uslubidagi
farqlarni fahmlash, xomashyo va asbob uskunalardan foydalana
olish, amaliy bezak turlarini bir-biridan ajrata bilish, badiiy
bezalgan buyumlarga ishlov berish va ularni sifatlarga ajrata
olish, odam, gul, daraxt, tog‘, hayvon va binoni qalamda chi-
zish, ranglarda bo‘yash, ko‘p kishidan iborat miniatura kompo-
zitsiyasini tuzib, unga rang berish, pannoga miniatura ishlash,
qutichaning ustki qismini bezash kabi ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga, davlat talablarida har bir
bolaning o‘quv yili davomida o‘zi tayyorlagan buyumlardan,
chizgan ijod namunalaridan ko‘rgazma tashkil etishi ham ko‘r-
satilgan.
Davlat talablarining bajarilishini baholash jarayoni, to‘garak
a’zolarining o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini belgilash
katta ahamiyatga ega. Ularning davlat talablarini o‘zlashtirish
samaradorligi ichki nazorat shaklida aniqlanadi. Ichki nazorat
to‘garak rahbari tomonidan o‘tkazilib, har chorakda va o‘quv
yili yakuni asosida bola egallagan ko‘nikma va malakalar og‘zaki,
yozma, test sinovlari hamda amaliy ish natijalari asosida aniq-
lanadi. To‘garak a’zolarining bilim sifatini nazorat qilishda mak-
tabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq,
tegishli ko‘nikma va malakalar shakllanib borgani namoyon bo‘-
ladi. O‘quvchilarning doimiy ravishda to‘garak mashg‘ulotlariga
tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash zarur. Shundagina ularda
o‘z-o‘zini muntazam ravishda tahlil qilish, yakka tartibdagi qizi-


91
qish va xohishlariga mutanosib ravishda to‘garak yo‘nalishlarini
tanlash imkoniyati vujudga keladi. To‘garak a’zolarining to‘la-
qonli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqning oldini olish, vaqtida aniq-
lash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini nazorat qilib bo-
rish kerak. Bolalar uchun eng maqbul pedagogik, didaktik va
psixologik shart-sharoitlarni yaratish, doimiy qo‘llab-quvvat-
lash, ruhlantirish va ilhomlantirish muhim ahamiyatga ega. To‘-
garak mashg‘ulotlari birinchi, ikkinchi va undan keyingi o‘quv
yili uchun (bitta guruhda) haftasiga ikki marta uch soatdan yoki
haftasiga uch marotaba ikki soatdan, jami olti akademik soatdan
o‘tiladi. Har bir to‘garak a’zosi o‘quv yili mobaynida ixtiyoriy
tarzda bir to‘garakdan boshqa to‘garakka a’zo bo‘lib o‘tishi, bir
vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakka qatnashishi mumkin.
Mashg‘ulotlarda ma’muriyatning ruxsati va to‘garak rahbarining
roziligi bilan ota-onalar ham ishtirok etishga haqli. To‘garaklarga
o‘quvchilarni qabul qilish may oyidan boshlanib, 10 — 15-
sentabrgacha davom etadi. Yozgi ta’tilda to‘garak rahbari bolaning
qobiliyati va iqtidorini aniqlab, tegishli yo‘nalishga tavsiya qiladi.
To‘garak yo‘nalishlari xilma-xil bo‘lgani bois, murabbiylar me-
todik ta’minotda uncha-muncha qiyinchiliklarga duch kelishlari
tabiiy. Badiiy ijodiyot yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan to‘-
garak rahbarlari o‘z hamkasblariga har tomonlama amaliy yor-
dam ko‘rsatadilar.
To‘garak mashg‘ulotlarining maqsadi va tamoyillari
Umumiy yo‘nalishni inkor etmagan holda, shuni ta’kid-
lash lozimki, to‘garak mashg‘ulotlaridan quyidagi maqsadlar
ko‘zda tutiladi:
1. O‘quvchilarning milliy qadriyatlarimiz ruhida, milliy maf-
kura asosida tayyorlash.
2. O‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish.
3. O‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish.
4. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, ularni ma’-
naviy barkamol qilib tarbiyalash.


92
5. O‘quvchilarni mustaqil fikrlash, izlash, ijodga o‘rgatish,
tashabbuskorlik, tashkilotchilik kabi xislatlarga tarbiyalash.
6. Ifodali o‘qish, to‘g‘ri va ta’sirchan so‘zlashga o‘rgatish,
o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish.
7. Darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash va kengay-
tirish.
8. O‘z qadriyatlarimizni unutmagan holda umumbashariy
qadriyatlarni hurmat qilishga o‘rgatish.
Inson tanasi oziqa talab qilganidek, uning ko‘ngli ham ruhiy
oziqaga muhtoj. Inson hamisha hayotdan ma’no qidirib yasha-
gan, ma’naviyat deyishimizning boisi ham shu bo‘lsa kerak.
Umr bo‘yi ma’naviy barkamollikka intilib yashagan inson to
tirik ekan, ma’naviy tashnalik so‘nmaydi. Ma’naviy ehtiyoj bir
kun, albatta, yuzaga chiqadi — buloq ko‘z ochadi. O‘qituvchini
ana shu buloqning ko‘zini ochuvchilar desak, mubolag‘a bo‘l-
maydi. Ma’naviyat tarbiyasida ota-bobolarimizning ma’naviy va
ilmiy merosi, o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz na-
munasi katta ro‘l o‘ynaydi. Demak, ma’naviy barkamol bo‘lish
uchun faqat til va adabiyotdan olingan bilimlar yetarli emas
ekan. Haqiqiy ma’naviy boylik xalq tarixi, madaniyati, urf-odat-
larini, ajdodlarimiz ilmiy merosini ham o‘z ichiga oladi. Sinfdan
tashqari ishlarni olib borishda quyidagi tamoyillarga amal qilish
lozim:

Ilmiylik.

Ko‘rgazmalilik.

Tushunarlilik.

Qiziqarlilik.

Muntazamlik va izchillik.

Ixtiyoriylik.

Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash.
To‘garak ishlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlagan holda,
yana shuni aytish kerakki, ularning farqli tomonlari ham bor.
Dars o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy shakli bo‘lib, u ma’lum
dastur, reja asosida, dars jadvalida ko‘rsatilgan vaqtda o‘tiladi.


93
To‘garak mashg‘ulotlari, garchi rejalashtirilsa ham, dars jadvaliga
kiritilmaydi. Sinfda, asosan, bir xil yoshdagi o‘quvchilarga dars
o‘tiladi. Aqlan va jismonan sog‘lom o‘quvchi shu sinf uchun
belgilangan dasturni o‘zlashtirishi shart. Sinfdan tashqari ishlarda
bir paytning o‘zida har xil yoshdagi o‘quvchilar ishtirok etishi
mumkin. Dars jadvaliga qo‘yilgan darslarga kirish o‘quvchi
uchun shart, o‘qish majburiydir. To‘garak mashg‘ulotlarida ish-
tirok etish ixtiyoriylikka asoslangan. To‘garak mashg‘ulotlarini
mazmun-mohiyati jihatidan olib qaralganda bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi, biroq ularning bir narsa emasligi ayon bo‘lib turibdi.
Savol va topshiriqlar
1. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlarini izohlab bering.
2. Tarbiyaviy ishlarning manbalariga nimalar kiradi?
3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish usullarini gapirib bering.
4. Zamonaviy maktab direktorining vazifalari nimalardan iborat?
5. Kasbiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?
6. To‘garak ishlarini qanday tashkil etish mumkin?
7. To‘garaklarni tashkil etishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi?
8. Qatnashgan to‘garagingiz haqida hisobot tayyorlab keling.


94
IV BOB.
TARBIYAVIY ISHLAR TIZIMIDA
TEXNOLOGIYALAR
4.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar Konsepsiyasi
„Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsep-
siyasi“ Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993- yili tasdiqlangan
edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun va „Kadrlar tay-
yorlash milliy dasturi“ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat
va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga
to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi
O‘zPFITI olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi mutaxas-
sislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chi-
qildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan
ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng
jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsep-
siyasining zaruriyati.
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga eri-
shuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega
bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta’li-
mi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari
asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va
uslublarini izlash nihoyatda zarur. Ayniqsa, o‘smirlar orasida
axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish
muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs
bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning
har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya-
chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va
boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq


95
qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa
turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik
fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalar-
ning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniq-
lanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qish-
dagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga
ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda
kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish
zarur. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbayi
bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay
bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bi-
lish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari
yordam berishlari lozim.
4.2. Tarbiya texnologiyasi asoslari
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli,
murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Gar-
chi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayo-
nidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida
tarbiyalanuvchi asosiy mavqeyini egallay olmaydi. Chunki unda
xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu
borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya
texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta’lim texnologi-
yasidan farq qiladi.
Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi.
O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomoni-
dan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usul-
lari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va mo-
dellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxs-
ning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi.
Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z
ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tar-
biyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba
o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan da-


96
rajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana ol-
maydilar.
Tarbiya jarayoni:
— maqsadga yo‘nalganlik;
— ko‘p omillik;
— jo‘shqinlik;
— davomiylik;
— uzluksizlik;
— komplekslilik;
— variantlilik;
— ikki tomonli xarakter;
— natijalarning olisligi.
Tarbiya vazifalari:
1.
O‘z vatanining fuqarosini tarbiyalash.
Tarbiyaning bu
vazifalarini amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi:
— milliy vatanparvarlik, o‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga
iftixor tuyg‘usi;
— millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat.
2.
Shaxsning ma’naviyatini shakllantirish.
Ma’naviyat — ki-
shining ichki dunyosi bo‘lib, uning jamiyat va tabiatdagi „Men“i,
obrazi, taqdiri va rolini ifoda etadi. Ma’naviyat darajasi — bu,
ma’lum ma’noda, insoniylik mezonidir. Ma’naviyatni shakllan-
tirish — bu uning shaxsiy harakatlari, intilishlari, refleksiyasi
bilan kishining ichki dunyosini vujudga keltirishdir.
3.
Mehnatkash insonning iqtisodiy tafakkurini tarbiyalash.
Mehnatga, kasbga hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan
yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik, yuqori kasbiy
tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur.
4.
Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash.
Bu axloqiy-ha-
yotiy muvozanat va psixologik qulaylik holatini ushlab turish
hamda jismoniy rivojlanish me’yoridan uzoqlashib ketishga yo‘l
qo‘ymaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
5.
Kishining tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtirish. 
Eko-
logik fojia muammosi davrimizning eng dolzarb muammolaridan
biridir. Kishining tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtirish


97
aniq hududiy o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda o‘lkashunoslik
va tabiatshunoslik bo‘yicha amaliy faoliyatni kuchaytirish va
kengaytirishni talab etadi.
Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyalanuvchilarga nafaqat ekologik
xavfsizlik qoidalarini anglab yetish, balki tabiatni qo‘riqlash
ishida shaxsan qatnashish zarurligiga ishonch hosil qilish
imkonini ham beradi.
6.
Shaxsda individuallik va jamoaviylikni tarbiyalash.
Sobiq
Ittifoq davrida pedagogika shaxsni jamoaga va jamoa orqali tar-
biyalashga yo‘naltirilgan edi. Hozirgi paytda ayrim pedagogik doi-
ralarda individual tarbiya haddan tashqari maqtalmoqda. Aslida
individual va jamoaviy tarbiya bir-biriga zid emas. Individuallik
tabiat tuhfasi bo‘lib, uni rivojlantirish zarur. Modomiki, inson
jamiyatda yashar ekan, u jamiyatdagi axloq va huquq me’zon-
larini, ijtimoiy fikrlarni hurmat qilishi lozim. Mehnatning aksa-
riyat ko‘rinishlari uchun jamoa harakati zarur bo‘ladi. Shu tu-
fayli jamoaviylik ruhida tarbiyalash dolzarb masala bo‘lib hisob-
lanadi. Ayni chog‘da individual tarbiya nihoyatda muhimdir,
chunki bunga dastlab yetarlicha e’tibor berilmagan edi, hozir esa
buni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar talab etmoqda.
Tarbiya tizimining milliy xususiyatlari:
— milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga
olish;
— tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an’analar, urf-odat-
lar, diniy marosimlardan foydalanish;
— milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekan-
ligi tushunchasini shakllantirish.
Tarbiya tamoyillari:
Tarbiya tamoyillari — bu umumiy qoida bo‘lib, unda tarbiya-
viy jarayonni tashkil qilish mazmuni, metodlari shakllariga bo‘l-
gan asosiy talablar aks etgan. Ta’lim tamoyillaridan farqli ra-
vishda ular o‘qituvchilar tomonidan tarbiyaviy vazifalarni hal
etishda qo‘llaniladi. Bu tamoyillarning asosiy jihatlari: majburiylik
(uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik hisoblanadi. Tarbiya tamoyillari
tarbiyachilar uchun tayyor, har narsaga yaraydigan qoida emas,


98
chunki uni qo‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi.
Bu tarbiyachining na tajribasini, na mahoratini almashtira oladi,
ularning amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.
Tarbiya tamoyillari tizimi (sistemasi):
Tarbiyaviy jarayonga tayanuvchi tamoyillar tizimida quyida-
gilarni ajratish mumkin:
— tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi;
— tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi;
— tarbiyada ijobiy jihatlarga tayanish;
— tarbiyani insonparvarlashtirish;
— shaxsiy yondoshish;
— tarbiyaviy ta’sirning umumiyligi.
Tarbiyaning ijtimoiy yo‘nalganligi.
Ilg‘or o‘qituvchilar tarbi-
yani ijtimoiy institut sifatida tushunganlar. Turli davlarda yo ij-
timoiy, yo davlat, yoki shaxsiy yo‘nalish kasb etib, uning maz-
mun tamoyillari o‘zgargan. Mazkur tamoyil o‘qituvchining bar-
cha faoliyati tarbiyaning davlat strategiyasiga mos holda o‘sib
kelayotgan avlodni tarbiya vazifalariga bo‘ysundirishni talab qila-
di va tarbiyachilar faoliyatini shaxsni ijtimoiylashtirishga yo‘nal-
tiradi. Bu tamoyillarni amalga oshirishning asosiy qoidalari tarbi-
yaviy (mehnat, ijtimoiy, o‘yin va b.) faoliyat jarayonida o‘quv-
chilarda faoliyatning ijtimoiy qimmat va muhim sababga molik,
ijtimoiylashtirish suratini tezlashtirishni tashkillashtirish zaru-
riyati bilan bog‘langan.
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi.
Mazkur ta-
moyil o‘qituvchilar faoliyatining ikki asosiy yo‘nalishini ko‘zda
tutadi:
a) tarbiyalanuvchilarni kishilarning ijtimoiy va mehnat fao-
liyati, unda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan atroflicha va dar-
hol tanishtirish;
b) tarbiyalanuvchilarni haqiqiy hayotiy munosabatlar, ijti-
moiy foydali faoliyatning turli ko‘rinishlariga jalb qilish.
Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi tamoyilini amalga oshi-
rish o‘qituvchidan quyidagilarni ta’minlash mahoratini talab etadi:
— tarbiyalanuvchilar tomonidan mehnatning jamiyat va alo-
hida shaxs hayotidagi rolini tushunish;


99
— fuqarolarning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun
iqtisodiy bazaning ahamiyati;
— moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi mehnat kishi-
lariga hurmat;
— ijodiy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish;
— zamonaviy ishlab chiqarishning umumiy asoslarini tu-
shunish;
— iqtisodiy bilimlarni egallash;
— umumiy madaniyat, mehnatni ilmiy tashkil etish;
— mehnat faoliyatiga shaxsiy va ijtimoiy qarashlarni qo‘shib
olib borish;
— jamiyat mulki va tabiat boyliklariga ehtiyotkorona muno-
sabatda bo‘lish;
— xo‘jasizlik, mas’uliyatsizlik, boqimandalik, tekinxo‘rlik
ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘lish.
Tarbiyaning hayot, mehnat bilan aloqasi tamoyili quyidagi
shartlarga rioya qilib amalga oshiriladi:
— ijtimoiy, iqtisodiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va
aqidaparastlilikni bartaraf etish;
— tarbiyalanuvchilarning faoliyatini turli ko‘rinishlarida (shu
jumladan, ta’til davridagi ishlarni qo‘shgan holda) ishtirok etish
xohishlarini qo‘llab-quvvatlash;
— tarbiyaviy ishlarda mahalliy o‘lkashunoslik materiallaridan
foydalanish;
— qabul qilinayotgan qarorlarga mas’ullik hissini o‘rgatish;
— ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga
muvofiq tarbiyaning mazmuni, metodi, vosita va shakllarini
yangilash.
Tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish kerakki, tarbi-
yalanuvchilar o‘z mehnatlarining kishilar jamiyati uchun za-
rurligini, ularga manfaat keltirishini sezsinlar.
Tarbiyada ijobiy jihatlarga tayanish.
Tarbiyada foydali ishga
tayanish kishidagi ijobiy hislatlarni va shu asosda yetarlicha
shakllanmagan yoki salbiy shakllangan sifatlarni zarur daraja va
uyg‘unlikda aniqlashni ko‘zda tutadi.


100
Tamoyilni amalga oshirish quyidagi qoidalarga asoslanadi:
— tarbiya tizimida adovat, tarbiyalanuvchining kurashi, kuch
va jarayonlarini qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas;
— ijobiy natijalar tarbiyalanuvchi taqdirida tarbiyalovchining
hamkorlik, toqat va manfaat ko‘ruvchi sifatida ishtirok etish
imkoniyatini beradi;
— tarbiyalanuvchining axloqida yuzaga kelgan kamchiliklarga
diqqatni qaratmaslik, ijobiylarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash
zarur;
— o‘quv yurtida ijobiy tarbiyaviy muhit, ruhiy-psixologik
iqlimni yuzaga keltirish, saranjom-sarishtalik, tozalikni saqlash
zarur;
— tarbiyalanuvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoni-
yati mavjudligiga ishonch hosil qilish.
Tarbiyani insonparvarlashtirish. 
Bu tamoyilga qo‘yiladigan
asosiy talablar:
— tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;
— uning huquqi va erkinligini hurmat qilish;
— tarbiyalanuvchiga kuchi yetadigan va oqilona shakllan-
tirilgan talablarni qo‘yish;
— tarbiyalanuvchining holatini, hatto u taqdim etilgan ta-
lablarni bajarishidan bosh tortgan paytda ham tushunish;
— kishining o‘zi bilan o‘zi bo‘lish huquqini hurmat qilish;
— tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifa-
larini yetkazish;
— talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik;
— shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi ja-
zoga yo‘l qo‘ymaslik;
— ma’lum sabablar bilan shaxsning haqligiga zid keluvchi
sifatlarning shakllanishini uning tomonidan to‘liq rad etilish
huquqini tan olish.
Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning demo-
kratlashtirilishi bilan bevosita bog‘langan. Demokratlashtirish,
dastavval, tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarining usul va
metodlarida ko‘rinadi. Shu ma’noda demokratlash avtoritarizm-
ning aksidir.


101
Shaxsiy yondoshish.
Bunday yondoshish tarbiyalanuvchi-
larning shaxsiy sifatlariga tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan
quyidagilarni talab etadi:
— shaxsning individual xususiyatlarini (xarakteri, mijozi
temperamenti, qarashlari, odatlari va b.) muntazam o‘rganish
va yaxshi bilish;
— mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real shakllan-
ganlik darajasini bilish;
— tarbiyalanuvchini shaxsning rivojlanishini ta’minlovchi
murakkablashib boradigan faoliyatga tortish;
— shaxsning faolligiga tayanish;
— shaxsni tarbiyalashdan o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish, maq-
sadi, mazmuni, metodlarini, o‘z-o‘zini tarbiyalashning shaklla-
rini belgilash mahoratini hosil qilish;
— faoliyatning muvaffaqiyatga olib keluvchi mustaqillik, ta-
shabbus, tarbiyalanuvchilarning tashabbuskorligini, mohirona
tashkil etish va yo‘naltirishni rivojlantirish.
Tarbiyaviy ta’sirning umumiyligi.
Bu tamoyil tarbiyaga daxl-
dor bo‘lgan barcha shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar,
pedagogik ta’sirni o‘zaro to‘ldirgan holda, birlashib harakat qi-
lishlari, tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yish-
lari, bir-birlariga yordam berishlari talab etiladi.
Tamoyilni amalga oshirishning asosiy qoidalari:
— tarbiyachilar tomonidan tarbiyaviy ta’sir etishning bosh-
qa sohalarini hisobga olib borish;
— o‘quvchilarning oilasi bilan aloqada bo‘lish, tarbiyaviy va-
zifalarni hal etishda unga tayanish, tarbiyaviy harakatlarni keli-
shib olish;
— tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi (o‘z tarbiyala-
nuvchilariga singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lish);
— tarbiyachining tarbiyaviy jarayondagi boshqa subyektlar
bilan hamkorligida birlashtiruvchi (ayiruvchi emas) omilga taya-
nish;
— o‘z hamkasblari, jamoasi, ijtimoiy tashkilotlar va bosh-
qalarning ma’qul talablarining tarbiyachi tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi;


102
— tarbiyaviy ta’sir etishda an’anaviylik, tarbiyaviy jarayonda
muntazamlik;
— tarbiyaviy jarayonning barcha subyektlari orasida aloqalar-
ni o‘rnatish.
Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiya jarayonining maz-
muni — bu bilimlar, e’tiqodlar, ko‘nikmalar, sifatlar, shaxs qi-
yofasi, axloqning barqaror odatlari sistemasi bo‘lib, tarbiyala-
nuvchilar qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq ularni egallab
olishlari zarur.
Tarbiyaning asosiy g‘oyalari:
1. Tarbiya maqsadlari realizmi.
2. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati.
3. O‘z yo‘lini belgilab olish.
4. Tarbiyachining shaxsiy yo‘nalganligi.
5. Ixtiyoriylik.
6. Jamoaviylikka yo‘nalganlik.
Uyushgan tarbiya insonni hayotdagi uchta asosiy rolga —
fuqarolikka, xodimlikka va oilaparvarlikka tayyorlashi lozim.
Fuqarolikni shakllantirish chog‘ida aniq mo‘ljalga asoslanish:
— fuqarolik majburiyatlari — Vatan, jamiyat, ota-ona oldi-
dagi majburiyat hissi, milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usi;
— davlat konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mam-
lakat Prezidenti, davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga
hurmat;
— mamlakat taqdiriga javobgarlik;
— jamoat tartibi va yashash madaniyati;
— mamlakatning milliy boyligi, tili, madaniyati, an’anala-
rini asrab-avaylash;
— ijtimoiy faollik;
— demokratik tamoyillarga rioya etish;
— tabiatni asrab-avaylash;
— o‘zgalarning huquq va erkini hurmat qilish;
— faol hayotiy jarayon;
— o‘z huquqini anglash va fuqarolik mas’uliyati;
— halollik, rostgo‘ylik, sezgirlik, mehr-shavqat;


103
— o‘z ishi va qilmishlariga javobgarlik;
— xalqaro hamkorlik, boshqa mamlakatlar xalqiga hurmat va
hokazo.
Xodimni farqlovchi belgilar:
— intizomlilik va mas’uliyat;
— ishchanlik va tashkilotchilik;
— umumiy, maxsus va iqtisodiy bilimlar;
— siyosiy bilimlar;
— mehnatga ijodiy yondoshish;
— qat’iyat, topshirilgan vazifani tez va sifatli bajarishga intilish;
— kasbiy g‘urur, mahoratga hurmat ko‘rsatish;
— onglilik, xushmuomalalik, tartiblilik;
— mehnat faoliyati tajribasi;
— mehnatga, hayotga, faoliyatga estetik munosabat;
— jamoaviy, birlashib mehnat qilish layoqati;
— tashabbuskorlik, mustaqillik, Vatan, jamiyat ravnaqi
uchun ko‘p va samarali mehnat qilishga tayyorlik;
— ishchanlik va uddaburonlik;
— mehnat kishilariga, ishlab chiqarish ustalariga hurmat va
boshqalar.
Oilaparvarlikni farqlovchi belgilar:
— mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik;
— xushmuomalalilik, muloyimlik, aloqa madaniyati;
— o‘zini jamoada tuta bilish;
— pokizalik, ozodalik, gigiyenik ko‘nikmalar;
— salomatlik, faol turmush tarziga ko‘nikish;
— dam olishni tashkil etish, o‘tkazish omilkorligi;
— har tomonlama bilimdonlik;
— huquqiy normalar va qonunlarni bilish;
— bolalarni tarbiyalash layoqati;
— nikohdan o‘tishga tayyorgarlik va oilaviy vazifalarni bajarish;
— o‘z ota-onalari, yoshi ulug‘ kishilarga hurmat va boshqalar.
Dunyoqarashni shakllantirish.
Dunyoqarash
— bu kishi ongining bilimlar, qarashlar, mas-
lak va oliy maqsadlarni qamragan, tabiat va jamiyatning rivoj-


104
lanishiga uning munosabatini ko‘rsatadigan, uning ijtimoiy-si-
yosiy va axloqiy-estetik mavqeyi va xulqini hayotning turli soha-
larida belgilaydigan o‘ziga xos sohadir.
Bilimlar
— dunyoqarashning obyektiv komponenti sifati,
shaxsning tavsifiy, tasdiqlanuvchi mulohazasi shakliga ega bo‘-
lib, ilmiy haqiqat tarzida tasavvur etiladi.
Qarashlar
— bu hikmatning tabiat va jamiyatda uchrovchi u
yoki bu hodisalarini tushuntirish, bu hodisalarga o‘zining mu-
nosabatini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan hukmlar, subyektiv
xulosalardir.
Ishonch
— bu chuqur anglangan va hayajon bilan boshdan
kechirgan g‘oyalar majmuyi bo‘lib, ular mafkura, siyosat, ax-
loq va san’atga daxldor bo‘lgan shaxsning hayotiy mavqeyi ham-
da faoliyati va axloqi xarakterining barqaror ekanligini bildiradi.
Oliy maqsad
— anglab yetilgan va ta’sirchan idrok etishning
oliy kamoloti bo‘lib, shaxsning faoliyat maqsadi va hayotiy mas-
lagidir.
Dunyoqarash vazifalari:
— axborot in’ikosi;
— boshqaruvchi;
— baholovchi;
Dunyoqarashning asosiy ko‘rinishlari:
— ilmiy;
— diniy;
— kundalik (hayotiy).
Ilmiy bilimlarning maslakka aylanishiga yordam beruvchi
ruhiy-pedagogik mexanizmlar va pedagogik shart-sharoitlar:
— bilimlarni chuqur va mustahkam o‘zlashtirish;
— dunyoqarash xarakteridagi barcha dalil va asoslarning
mantiqan isbot etiluvchi va o‘zaro zid emasligini chuqur ilmiy
asoslash;
— ta’lim va tarbiyaning fuqarolik yo‘nalishi;
— tarixiylik tamoyilini amalga oshirish;
— bilish aktivligi va mustaqilligini rivojlantirish;


105
— o‘rganayotganlarning o‘rganilayotgan materialga nisbatan
hissiy munosabatini uyg‘otish;
— o‘qituvchi shaxsining ijobiy ta’siri.
Fuqaro
— bu muayyan davlatda doimo yashaydigan, uning
himoyasidan foydalanadigan, huquq va burchlar majmuyiga ega
bo‘lgan shaxsdir.
Fuqaroni tarbiyalash o‘qiyotganlarda vatanparvarlik, xalq-
aro munosabatlar madaniyati, siyosiy madaniyatni tarbiyalash-
ni ko‘zda tutadi.
Vatanparvarlik
— o‘z vataniga, xalqiga sadoqat va mehr-
muhabbatdir. Kishining tug‘ilib o‘sgan joyiga bog‘liqlik, ona tiliga
bo‘lgan hurmat, vatan manfaatlariga sodiqlik va g‘amxo‘rlik,
uning erkin va mustaqilligini himoyalash; ijtimoiy va madaniy
yutuqlaridan faxrlanish; tarixiy o‘tmish va axloqiy an’analarga hur-
mat munosabati; o‘zining mehnati, kuchi va qobiliyatini vatan
ravnaqiga bag‘ishlash hissi vatanparvarlikda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro munosabatlar madaniyati turli xalqlarning xalqaro
iqtisodiy, ma’naviy axloqlari, turli millat vakillarining o‘zaro
hurmat qilishlari, muayyan axloqiy xushmuomalalikni saqlash-
ning, boshqa xalqlarning tili, odatlari va an’analarini mensimas-
likka yo‘l qo‘ymaslikda ko‘rinadi, bu munosabatlarning yuqori
darajadagi takomili va rivojlanishini ko‘zda tutadi.
Xalqaro munosabatlar madaniyati quyidagilarni aks ettiradi:
— boshqa millat kishilariga, ularning tili, milliy urf-odatlari
va an’analariga hurmat;
— boshqa mamlakatlar va xalqlarning hayoti va madaniyati
yutuqlariga qiziqish bilan qarash;
— umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga intilish.
Tarbiyalanuvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini lo-
yihalash.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi o‘qitishning nazariy va
amaliy tizimini to‘ldiradi. Uning asosiy vazifasi o‘qitishdan tash-
qari vaqtini o‘zini-o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy faoliyatini mehnat
bilan shug‘ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.
Ta’lim olayotganlarning darsdan tashqari faoliyatini loyiha-
lash vazifalari:


106
— ijtimoiy moslashuv zonasini tashkil etish va o‘qiyotgan-
larning ijtimoiy harakatchanligini ko‘rsatish;
— bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun
ularga shart-sharoitlar yaratish;
— o‘qiyotganlarni mustaqil o‘qish yo‘li bilan ta’limni da-
vom ettirishga yo‘llash;
— har bir ta’lim oluvchining qobiliyati, qiziqishi va ishti-
yoqini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
— o‘quvchilarni erkin vaqtdan unumli foydalanish, dam
olish mahoratini egallashga o‘rgatish.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari va o‘ziga xos
jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, peda-
gogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy
qismlarini quyidagicha belgilaydi:
1. Tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
2. Tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat);
3. Tarbiya maqsadi.
4. Tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5. O‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;
6. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi faoliyati);
7. Tarbiya samarasi (natija).
Tarbiya nazariyasi — pedagogikaning bir qismi bo‘lib, tarbi-
yaviy jarayon mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini
o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtayi nazardan
yondoshish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq
jarayonni ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tar-
biyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbi-
yachilar va tarbiyalanuvchilarni aniq bir maqsadga qaratilgan,
bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro
ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bugungi kunda
shunchaki bilim egasi bo‘lgan insonni emas, balki ijodkor, o‘z
iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash
zamon taqozosidir.
O‘quv yurtlarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga
ilg‘or milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq


107
pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar
qo‘yilishi kerak. Shu bilan birga, tarbiya jarayonida kishining
turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik
xislatlari shakllanadi, jismoniy kuch-quvvati mustahkamlanadi.
4.3. Tarbiya texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qu-
rish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi
jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan avlod va
mutaxassislarning ma’naviy shakllanishiga alohida e’tibor qara-
tilgan.
„Hozirgi davrda jamiyat rivojining asosiy maqsadi, — deb
ta’kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Ka-
rimov, — mustaqillikning milliy g‘oya va mafkurasini mamlaka-
timizda yashayotgan har bir kishining dunyoqarashi, ma’naviy
asosiga aylantirish kerak“. Milliy mafkura vazifalari maxsus
tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida amalga oshi-
riladi. Tarbiyaviy jarayon umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-
hunar, oliy ta’lim muassasalarida o‘ziga xos mohiyat kasb etadi.
Pedagog xodimlar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar milliy istiqlol
g‘oyasi bilan qurollangan bo‘lib, uni har bir fuqaro ongiga
yetkazish malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
asosiga ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar,
xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va bosh-
qalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil qilish, o‘tkazishda tarbiya
texnologiyalaridan yoki interfaol metodlardan foydalanish o‘quv-
chilarda o‘z yurtiga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, oilapar-
varlik, kasbiy fidoyilikning shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiyalanuvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini
loyihalash ularning darsdan tashqari faoliyat tizimida o‘qitish-
ning nazariy va amaliy qismini to‘ldiradi. Uning asosiy vazifasi
darsdan tashqari vaqtini o‘zini-o‘zi tarbiyalash bilan shug‘ulla-
nish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishidir. O‘quvchi-
larning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash (6- shakl).


108
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bo‘lib,
unga quyidagilar kiradi:

O‘quv guruhi tarkibi;

Individual (yakka tartib);

Ijtimoiy birlashmalar va tashkilotlar;

Mehnat jamoalari;

Klublar, to‘garaklar, muzeylar.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatining o‘ziga xos-
ligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalash-
tiriladi va har doim ham pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab
olinmaydi.
4.4. Tarbiya maqsadini ishlab chiqish
Tarbiya — bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha
shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari
bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga xos jihatlarini,
6- shakl.
O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash.
Darsdan tashqari
faoliyatni loyihalash
O‘quvchilarni mustaqil
ishlash yo‘li bilan ta’lim-
ni davom ettirishga yo‘llash
O‘quvchilarda ijtimoiy
moslashuvni tashkil
etish
O‘quvchilarni bo‘sh vaq-
tidan unumli foydalanish,
dam olish mahoratini egal-
lashga o‘rgatish
Ta’lim oluvchining qobi-
liyati, qiziqishi va ishti-
yoqlarini rivojlantirishga
shart-sharoit yaratish


109
imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hi-
soblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbayi shaxslar bo‘lib
qoladi — bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan
shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individuallik va ijtimoiylik
nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo
hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi?
Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzotdir,
jamiyat esa, o‘z navbatida, shaxslardan tashkil topadi. U shaxs-
lar o‘zaro munosabatlari jarayoni natijasi va jarayonning o‘zidan
iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va, demak, jamiyat ularga bog‘liq
bo‘ladi. Ba’zida shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makro-
sotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijti-
moiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayot-
ganligini ta’kidlaydilar.
Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomon-
lardan qaralishi mumkin. Biroq shaxs va jamiyat bir narsa va bir
xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi
hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs, katta jamiyat qabilida)
yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob
berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi mu-
him. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi
nimalardan iborat?
Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga
oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati
rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki, o‘n yillar, ba’zida
hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-
ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda,
ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda
mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘l-
gan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan
asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga
qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kiri-
shishi mumkin.


110
Jamiyat — bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas. Jamiyat —
bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyekt-
ni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjud-
ligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zi-
ni harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda,
jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga
yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti
sifatida ishtirok etadi. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham
(eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydi va
ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir-
biriga qarama-qarshi turishi mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan av-
lodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish
faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qara-
ma-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam
bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab
chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yara-
tuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar
ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda
etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab
chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va ha-
yotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan
kelib chiqqan. Natijada bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va
mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’min-
laydilar.
2. Tarbiya — doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U inso-
niyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jami-
yatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning
mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tay-
yorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vosita-
si hisoblanganligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro
bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan


111
o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi
sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya — ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqi-
chida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq ta-
rixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tash-
kil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy
qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar,
qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy tenden-
siyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash — ularning ijtimoiy
tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta
avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijti-
moiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida
amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabat-
lari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki
kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbi-
yalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro muno-
sabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va oziqalanishlarini ta’minlash-
ga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniq-
lashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy
munosabatlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifat-
larini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar,
ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maq-
sadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini
anglab yetishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari
yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvo-
fiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash
munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon
bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rganishga, ular-
dan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ra-
vishda murojaat etadi.
Mana shu asosda pedagogika — tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi
va bolalar hayoti, faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga mu-
vofiq boshqarish maqsadlarida, ulardan foydalanish to‘g‘risida-
gi fan yuzaga keladi.


112
Shunday qilib, tarbiya — ijtimoiy hodisa — jamiyat va indi-
vidning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir. U ma’lum
tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi
natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga
oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari
hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy
hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. Shu-
ning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng
umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasidir. Tarbiya aks ettira-
digan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qol-
gan ishlab chiqarish munosabatlarining, ishlab chiqarish kuch-
larining rivojlanishni ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi qa-
rama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbi-
yada o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yonda-
shishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘-
ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy hayot
va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida
tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi.
Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faol-
ligi va tashabbuskorligiga, ko‘pincha, to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’li-
mi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir
rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi.
Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va
shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyor-
garligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab
yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil
etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlani-
shidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib
borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga
xalaqit qiluvchi „qalpoq“ va konservativ holatlarni o‘z vaqtida
aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va
tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim
va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qi-
lishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari
va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari
o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi.


113
Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik — insondagi mavjud
tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan
imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish
cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida
yuzaga keladi.
Erkinlikni cheklovchi avtoritar jamiyat iste’dodlarni so‘ndi-
radi, odamlarni buzadi, iltifotli mansabdorlarga va befarq ras-
miyatchilarga, ishlab chiqarish jarayonining bir ortiqcha qismi-
ga, ijtimoiy hayotda to‘siqqa aylantiradi. Demokratik jamiyat esa
moddiy-texnik bazasini rivojlantira borib, turli ijtimoiy munosa-
batlarni takomillashtirib, har bir inson shaxsining ijtimoiy ha-
yot talablariga mos va o‘zida mavjud tabiiy kuch, iste’dod va
qobiliyatlarga nisbatan rivojlanishiga haqiqiy sharoit yaratadi.
Tarbiyaning to‘rtinchi qarama-qarshiligi — bolaning faol ta-
biati, uning ijtimoiy hayotda, turli munosabatlarda, muomala-
larda ishtirok etishga intilishi bilan hayot jarayonida amaliy,
haqiqiy ishtirok etish uchun tajriba, bilim, malaka va ko‘nikma-
lari yetishmasligi va uning tabiiy hamda ijtimoiy yetuk emasligi
o‘rtasida kuzatiladi. Ushbu qarama-qarshilik bolalar uchun idrok
etishga, tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga haqiqiy harakat-
lantiruvchi kuch, rag‘bat hisoblanadi. U bolani faqat tarbiyaviy
o‘zaro munosabatlar obyekti sifatida emas, balki subyekti sifa-
tida ham ijtimoiy hayotda ishtirok etishga ta’lim-tarbiyaviy tay-
yorlashga sabab bo‘ladi.
4.5. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish
Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojla-
nishida aks ettiriladi: ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va kas-
biy ta’sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uch asosiy subyektlar shax-
si bilan shakllanuvchi — jamiyat, individning o‘zi va pedagog-
ning bir obyekt bilan o‘zaro munosabatlari davomida amalga
oshiriladi.
Jamiyat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. „Ijtimoiylashtirish“ tu-
shunchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqi-
qotchilar uni qadriyatli ko‘rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga


114
qarab tushuntiradilar. Hatto bu borada ma’lum an’analar yuzaga
kelgan, katta ilmiy material ham to‘plangan. Sotsiologik va
psixologik adabiyotlarda ijtimoiylashtirish juda faol tahlil qilinadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin
qilish, albatta, qarama-qarshi bo‘lgan ijtimoiylashtirish kon-
sepsiyasining shakllanishiga olib keladi. Qattiq ijtimoiylashtirish
deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional maktab vakil-
lari bu jarayonni shaxsni ijtimoiy tizimga to‘la jalb etish sifatida
belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda „mos-
lashish“, „qulaylik“, „tenglik“ kabi muvozanat tushunchalariga
tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa — individlarni
ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu konsepsiyaga „yangi insonparvarlashtirish“ tarafdorlari
qarshi chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o‘z qobiliyatlari va la-
yoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga
oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan ele-
mentlarni tanqidiy yengishni ko‘radilar.
Biroq, birinchi holatda, ma’lum tarzda ishlab chiqilgan mu-
hitga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo‘lsa, ik-
kinchi holatda, „ijtimoiylashtirish va shaxs“ tushunchalarini
to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda. Ta’lim tizimidagi ijtimoiy-
lashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini tarbiyalash
bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan
shaxsning mustaqilligini ta’minlash vazifasini yuklatishga hara-
kat qilinmoqda. Birinchi nuqtayi nazar ijtimoiy hayot taraqqiy
etgan asoslarni qayta ishlab chiqish muammosiga e’tiborni ku-
chaytiradi, ikkinchisi esa, madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy qobi-
liyatlariga erkinlik berishga qaratilgan.
Ma’lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarlardan bi-
rortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillash-
tirishga olib kelmaydi. To‘g‘ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy
manfaatlar bilan to‘la bog‘lab qo‘yishga yo‘l qo‘yish mumkin
emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta’sir ko‘rsatadi va ta’sir
ko‘rsatishni hisobga olmay bo‘lmaydi. Ijtimoiylashtirish — mu-
hit, jamiyatning shaxsga ta’siri demakdir. Shu bilan birga, ta’sir
ko‘rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi.


115
Jamiyat, umuman, alohida kuch — o‘ziga xos insoniy mu-
nosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar bo‘lmasa, odam ham
baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi.
Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari
mana shu jamiyat demakdir.
Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam
ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga
ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo‘lmasa
ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yi-
cha, mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta’sir ko‘rsa-
tib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta’sir
ko‘rsatish nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki
bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbat-
larda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘lmaydi.
Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq
muhit shaxs uchun shakllanib bo‘lgan dunyoqarashiga yot
bo‘lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda qu-
vonchni his etish qiyin bo‘ladi. Agarda dunyoqarashi shakllan-
magan bo‘lsa, unda ham odamdan noqulay muhit ta’siridan
qoniqishni talab qilib bo‘lmaydi. Odam o‘zi o‘z hayotini tashkil
etadi, u nima qilishi kerakligini o‘zi tanlaydi: dunyoga qarab
agarda unda o‘z hayotini ko‘rsa, xursand bo‘ladi. Biroq taqdir
shaxsan tanlash imkoniyatini chegaralaydi. U boshqalar tomo-
nidan amalga oshirilgan, avvalgi avlod tanlagan mavjud vaziyatni
odam oldiga qo‘yadi, u bilan bahslashib bo‘lmaydi. Uni meros
kabi, shaxsiy turmushning bir qismi yoki asosi sifatida qabul
qilish va mana shu tajribaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
kerak. Muhit o‘zida insonga monand axborotlarni yetkazadi,
shaxs yuzaga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, shu bilan
birga, bu axborotlarni insonga majburlamaydi. Xohlovchilar uni
o‘zlashtirishi mumkin. Shunda uning hayoti taqdirga qarshi bo‘-
lib qolmaydi, taqdiri rivojlanishiga to‘siq bo‘lmaydi. Uning dun-
yoga munosabati, quvonchli yoki alamli ko‘rinishda bo‘lishidan
qat’i nazar, mazmuni bo‘yicha ancha chuqur bo‘ladi.
Shuning uchun jamiyat go‘yoki tabiiy ravishda bolaga
o‘zining yaxshi tomonini namoyon etishga, unga „kulib boqish-


116
ga“ harakat qiladi. Mana shu hayotga kirib kelayotgan insonga
o‘ziga xos munosabat faqat beg‘araz emas, balki jamiyatning
g‘amxo‘rligi hamdir. U eng to‘g‘ri, asrlar davomida shakllangan
tamoyillashtirish yo‘lidir. Faqatgina mana shu narsa shaxsning
tabassum qilishiga olib kelishi mumkin. Individni muhitga jalb
etib, insonning keng jamoa va hodisalar bilan munosabatlarda
bo‘lishi imkoniyatini taqdim etishda, ularning javoblari shaxs
uchun baholash shaxsiy mezonini ishlab chiqishda asosiy
me’yor bo‘lib qoladi — mana shunga ijtimoiylashtirish deyiladi.
U kasbiy tarbiyaviy faoliyatdan ham iborat emas, balki nisbatan
mustaqil jarayon hisoblanadi, shaxsga rol o‘yinini „qiyinlash-
tirish“ alohida vazifasini bajaradi. Mana shusiz u anglab yetil-
magan bo‘lib, jamiyatda yakkalanib qoladi. Insonparvar bo‘lma-
gan yangi shaxsning faolligi sababsiz bostirilishi, individning
layoqati, intilishlari hisobga olinmay ijtimoiy vazifalarni majbur-
lash sodir bo‘ladigan insonga muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan
ijtimoiylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ijtimoiylashtirish — bu
shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo‘lgan
shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir.
„Insonparvarlashtirish“ tushunchasi, ko‘pincha, ma’naviylash-
tirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi.
Hozirgi kunda bu keng qo‘llaniladigan tushuncha, umumiy
yo‘nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa
sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot
to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Insonparvarlik — bu inson
qanday bo‘lishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida o‘ylash va
g‘amxo‘rlikdir. Bu o‘zini anglashdir va shu bilan bir vaqtda,
mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash,
shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlar-
ning muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng insonparvarlik
shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy
hayotda subyektning barqarorligini ta’minlash mexanizmini
shakllantirish — bu g‘oya demak. Har qanday ijtimoiy guruh,
kattami yo kichikmi, hamda shaxs va jamiyat ozmi-ko‘pmi
shakllangan o‘z g‘oyasini paydo qiladi. G‘oya obyektiv bo‘lma-
gan dunyo ko‘rinishini emas, balki g‘oya yetkazuvchi saqlanib


117
qolishi ta’minlanadigan doirada dunyoga qarash tizimini ishlab
chiqishga yo‘naltirilgan. Albatta, g‘oya chuqur rivojlantirilgan
bo‘lsa, agar subyektning boshqa subyektlar bilan aloqasi hisobga
olingan bo‘lsa, unda bunday obyektiv ong ijtimoiy rivojlanish
umumiy tendensiyasiga ham qarama-qarshilik qiladi, hatto de-
yarli mos kelishi mumkin. Lekin u bilan hech qachon batamom
birday bo‘la olmaydi, chunki jamiyat va uning alohida subyekti
o‘xshash bo‘la olmaydi.
G‘oyasiz, markazga intilgan yo‘nalish subyektning mana
shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud bo‘lmay-
di, ular markazga intilgan kuchlarni — entropiya kuchlarini,
subyektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G‘oyalar
doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim yuzaga
keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma’naviy madaniyat shakl-
lanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g‘oya doirasida
mavjud qadriyatlar uchun xos bo‘lgan egoistik aksent yo‘qotila-
di, insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi.
4.6. Tarbiya tizimiga pedagogik yondashuv
Ijtimoiylashtirish ta’siri va o‘zini tarbiyalash, odatda, yana
bir jarayonga — shaxsni tarbiyalash deb atalgan, ya’ni peda-
gogning kasbiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Ushbu faoliyatning mo-
hiyati — ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash jarayonlarini bosh-
qarishdan iborat. Haqiqatan ham, siyosiy va pedagogik jarayon-
larda o‘xshashliklar ko‘p. Ularning ikkisi ham ko‘plab omillarga
juda bog‘liq. Siyosatning „imkoniyatlar san’ati“ kabi tushuncha-
si pedagogikaga ham mos keladi. Ko‘pincha, bunday imkoniyat
hajmi bilib turib oshirib yuboriladi, ba’zan, aksincha, kamayti-
riladi. Ba’zan insoniyat hamjamiyati ma’naviy hayotining yuksak
obro‘li odamlari go‘yo „tarbiya to‘g‘risidagi masalani bekor
qiladilar“. Masalan, L. N. Tolstoy shunday yozadi: „Tarbiya,
biz o‘qitish, tarbiyalashni xohlamas ekanmiz, murakkab va qi-
yinligicha qoladi. Agarda boshqalarni biz faqat o‘zimiz orqali tar-
biyalashimiz mumkinligini tushunib olsak, unda tarbiya masalasi
yo‘qoladi va hayot to‘g‘risidagi masala qoladi: O‘zim qanday


118
yashashim kerak!“ Bunday tarbiya to‘g‘risidagi masala shunga
qaramay yechilmay qoladi. Hatto „O‘zimiz qanday yashashimiz
kerak!“ degan savolni his etishga e’tiborni jalb etib ham biz
boshqa savollardan xoli bo‘lmaymiz: „Odamlar orasida qanday
yashash kerak?“, „O‘z hayot talablarini o‘zganing hayot talab-
lari bilan mos kelishi qobiliyatiga qanday qilib ega bo‘lish mum-
kin?“ Oxirgi savolni hal etishda, odam (birinchi navbatda, bo-
la, lekin ba’zida kattalar ham) ichki va tashqi ta’sirni tizimlash-
tirishga, ularga mos ravishda javob qaytarib, shaxs shakllanishini
tushunishga yordam beruvchi pedagog, o‘qituvchi ko‘magiga
muhtoj bo‘ladi.
O‘qituvchiga zamonaviy talablar, asosan, uch oliy vazifani
qamrab oladi. Ular: 1) fan bo‘yicha; 2) pedagogik; 3) oldindan
berilgan samara bilan mos ravishda o‘qish jarayonini loyihalash-
tira bilish malakalariga ega bo‘lish shartidan iborat.
Ushbu vaziyatda o‘qituvchi haqida gap boradi. Agarda
tarbiyachi o‘qitish bo‘yicha uy vazifalarini bajara olmaydi deb,
hisoblasak, unga kamroq talablar qo‘yish kerak. Lekin shu yerda
bir gapni aytib o‘tish lozim. „Bolaning aqliy rivojlanishi asosi
bo‘lib xizmat qiluvchi, uning jismoniy rivojlanishi shartlari bi-
lan tanish bo‘lmagan ayol aniq va to‘g‘ri harakat qila olmaydi, —
deb yozadi K. Setkin. — O‘qitish texnik metodlarini bilmagan
ayol bolaning o‘n marta o‘z onasi bo‘lsa ham (hatto shunday
mumkin bo‘lmagan holatda ham) haqiqiy insonni tarbiyalay
olmaydi, bola tarbiyasini unga ishonib bo‘lmaydi“.
Shunday qilib, Klara Setkin nuqtayi nazaridan ona qanchalik
mehribon, bolasini sevadigan va sevimli odam bo‘lmasin, „o‘qi-
tish texnik metodlari“ni bilmas ekan, bola tarbiyasi jarayonidan
chetlashtirilishi kerak. Bu nuqtayi nazarda tarbiya masalasiga
kasbiy tayyorgarlikni talab etuvchi juda muhim ish sifatida qaral-
moqda. Tarbiyachi bu yerda yaqqol o‘qitish vazifasini ham baja-
radi. Kasbiy tarbiyachi zarurmi? Albatta, chunki murakkab
tizim — tarbiyalash tizimi faoliyati to‘g‘risida gap bormoqda, u
tizim turli subyektlari harakatlariga rahbarlik qilishi va boshqa-
rishi kerak. Tarbiyachi inson hayotida baxtli bolalik rolini
tushunib, individni shakllantirish jarayonini madaniyatga, ijti-


119
moiy hayot qarama-qarshiliklariga va bilimga yo‘naltirishi zarur.
Natijada bola va hayot ittifoqi yanada keng va chuqur bo‘lishiga
yordam berib, bu ittifoqning buzilmasligi maqsadini ko‘zlash
kerak. Inson rivojlanishi jarayonini maksimal evolutsion, mini-
mal inqirozli qilish — pedagogning san’ati mana shundan iborat.
Kasbiy tarbiyachi shakllanayotgan shaxs oldida ma’lum
majburiyatlarga ega bo‘lgani holda, jamiyat oldida ham shunday
mas’uliyatga ega bo‘ladi. Jamiyat, asosan, yangi insonning o‘sishi
jarayonini ta’minlaydi, Shuning uchun u yangi a’zosi ijtimoiy
munosabatlarga qodir, yuzaga kelgan munosabatlar tuzilishida
yashay olishga va keraklicha rivojlana olishga tayyor bo‘lishiga
ishonishga haqlidir.
Turli milliy madaniyatlar doirasida pedagogika an’anaviy
ravishda faqat jamiyat oldida va aksincha, faqat shaxs oldida ancha
mas’uliyatliroq sifatida tushunilishi mumkin. Haqiqatda esa,
kasbiy, ya’ni pedagogik ta’sir ko‘rsatishni takomillashtirishni
faqatgina ikkala manfaatdor taraflar talab va ehtiyojlariga yo‘nal-
tirishda amalga oshiriladi. Munosabatlar maqsadlari qanchalik
ta’sirchan bo‘lmasin, pedagog ular bilan o‘z ishida tarbiyala-
nuvchi qiziqishlari, huquq-erkinligini poymol qilishini oqlab
bo‘lmaydi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqsadi — jamiyat
manfaatlarini maksimal hisobga olib, shaxsning maksimal mum-
kin bo‘lgan rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Jamiyat tomoni-
dan ijodiy individuallikka ehtiyoj sezilsa, unda pedagogning vazi-
fasi osonlashadi, chunki ushbu holatda ijtimoiylashtirish va pe-
dagogik ta’sir ko‘rsatish jarayoni bir yo‘nalishda boradi. Jamiyat
shaxs qobiliyatlarini cheklamaydigan, uning o‘sishiga to‘siq
bo‘lmaydigan bunday vaziyatni qurish zarur bo‘ladi. Bunday
vaziyat muvofiqli pedagogik jarayonning majburiy sharti hisob-
lanadi. Shaxs rivojlanishining eng erta bosqichlarida uning jami-
yat ehtiyojlariga munosabati shakllana boshlaydi. Bu munosabat
tarbiyalanuvchining birinchi pedagoglari — ota-onalarining or-
tiqcha e’tiborliliklari sababli egoistik ko‘rinish olishi mumkin.
Ko‘pchilik ota-onalar o‘z bolalarining barcha talablarini ba-
jarishga harakat qiladilar va to‘laqonli hayotga tayyorlashning
asosiy yo‘li mana shundan iborat deb hisoblaydilar. Bunday tar-


120
biyachilar jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatlari to‘g‘risidagi tasav-
vurlarini yo‘qotadilar. Ba’zan bu holatni hattoki anglab yetish-
gan bo‘lsa ham, bolaga mehr qo‘ygan tarbiyachilarni xavotirga
solmaydi, ular faqat o‘z vazifalarini faqat bir yoqlama tushuna-
dilar — ovqat, yana ovqat berish va yana berish. Biroq tarbiyachi-
ning jamiyatga nisbatan mas’uliyatsizligi oxir-oqibat tarbiyala-
nuvchining halokatiga olib keladi, chunki o‘zini amalga oshirish-
ga kam moslashgan iste’molchini yaratadi, shunday qilib u to‘la
hayotga tayyor bo‘lmaydi.
Shunday qilib, kasbiy tarbiyachi shaxs oldida ham, jamiyat
oldida ham javobgar hisoblanadi. Bu majburiyatlarni buzganda
tarbiyachi ijtimoiy hayot buzilishi va shaxsning inqiroziga sabab
bo‘ladi.
Inson ruhiyati asosi deb haqli ravishda hisoblanuvchi odam-
ning mustaqil va oqilona harakatlarni amalga oshirishga qobiliyati
ijtimoiy muhitda juda ko‘p sonli omillar bilan shakllantiriladi.
Shuning uchun u hech qachon faqat kasbiy tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish natijasi sifatida qaralishi mumkin emas. Pedagoglik
kasbi o‘zi ustida mustaqil ishlashida tarbiyalanuvchining ehtiyoj-
larini e’tiborsiz qoldirmay, bolani yuzaki ta’sirlardan himoya
qilib va zehnini rivojlantira borib, tarbiyalanuvchilar bilan mu-
nosabatlarda me’yorni topishida ifodalanadi.
Pestolotsi insoniylik mohiyati ichki yo‘nalganlik va faqat
harakat qilish emas, balki harakat qilmaslik erkinligi bo‘lma-
ganda normal amalga oshirilishi mumkin emas, deb aytadi. Fal-
safiy nuqtayi nazardan bu tushunarli: harakat o‘z qarama-qar-
shiligidagi holatda o‘z o‘lchamini topadi. Sotsiologiyada esa ma-
daniyat tushunchasi orqali ijtimoiy harakat o‘lchamini aks etti-
radi. Shaxs munosabati va tahlil bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan
bosqichlar orqali rivojlanadi. Bola atrofidagilardan uzoqlashishga
ehtiyoj his etadigan davr o‘z tarbiyalanuvchisini chindan yaxshi
ko‘radigan tarbiyachilar tomonidan ba’zan tushunib yetilmaydi.
Bunday holatda ko‘pchilik tarbiyaning takomillashishiga yordam
bermaydi. Ba’zida esa mehribon pedagog o‘z tarbiyalanuvchilari
bilan munosabatlarga doimiy tayyorgarligi bilan, odatda, faqat
jismoniy emas, balki anglab yetilmagan intellektual, emotsional


121
tinchlikka ehtiyoji qoniqtirilmaganligi sababli yuzaga keluvchi
ulardagi norozilik hissini keltirib chiqaradi. O‘qituvchini ham,
o‘quvchini ham o‘z ishidan ko‘ngli qolishidan saqlash uchun
tarbiya butun hayoti davomida faqat kasbiy vazifaga qaratilmasligi
kerak. Tarbiyalanuvchiga pedagog bilan munosabatlardan tinch-
lik, dam olish zarur bo‘lsa, o‘qituvchi shaxsining normal rivoj-
lanishi uchun unga ham xuddi shu kerak.
Pedagogik mehnat mazmunini aniqlashda biz pedagog — bu
munosabat jarayonida shakllanayotgan shaxs va jamiyat ijtimoiy-
lashishi va o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘rtasida nizolarga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadini qo‘yuvchi odamdir, degan fikrdan kelib
chiqamiz. Pedagogik faoliyat rivojlana borgan sari mana Shu maq-
sadga erishishning ko‘plab vositalari ishlab chiqilgan. Asta-sekin-
lik bilan ular jamlanib, yagona kasbiy faoliyat ichida ikkita fao-
liyat turini tashkil qiladi:
1) rivojlantiruvchi faoliyat;
2) muvofiqlashtiruvchi, tartibga keltiruvchi, bir tizimga so-
luvchi faoliyat.
Rivojlantiruvchi faoliyat kasbiy-tarbiyaviy faoliyatning yu-
qorida aytilgan maqsadini bajarishga bevosita yo‘naltirilmagan. Bu
tarbiya muammosini o‘rganuvchi ko‘plab tadqiqotchilar tarbiya-
lash so‘zining „asl mazmuni“da o‘qitishga kiritmasliklariga olib
keladi. Biroq bundan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud. Bu
nuqtayi nazar o‘qitishni rivojlantiruvchi faoliyatni tarbiyalash
faoliyatining bir qismi va hatto rivojlantiruvchi faoliyatning atri-
buti sifatida qaraydi. Bola tug‘ilgandan boshlab qisman potensial,
qisman aktuallashtirilgan shaxs hisoblanadi. Tug‘ilgan bolaga nis-
batan jamiyat ma’lum xususiyatdagi talab ishlab chiqadi. Lekin
jamiyat bola bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi, jamiyatda
ushbu individga u katta bo‘lganida qo‘yiladigan talablar, ehtiyoj-
larning murakkab zanjirini shaxs va jamiyat munosabatlari „dis-
petcheri“ bo‘lmish pedagog esdan chiqarmasligi kerak. To‘g‘ri,
o‘zaro munosabatlarga shaxsni tayyorlar ekan, pedagog uni
rivojlantirmasligi mumkin emas va to‘playotgan bilimlarini
tizimlashtirishga yordam bermasligi ham mumkin emas. Faqat
rivojlantirish, o‘qitish yoki uyg‘unlashtirish, insonparvarlikka


122
mos, ijtimoiy qoidalarga yo‘naltirilgan kasbiy tarbiya ortda qolishi
va butun kasbiy faoliyat muvafaqqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
Tarbiyani o‘qitishdan alohida qarab, biz bu jarayonni faqat
mustaqillikdan emas, balki mavjud subyektdan ham mahrum
etamiz. Qaysi pedagog tarbiyalanuvchini rivojlantirmay, bilim-
larini boyitmay, ya’ni uni o‘qitmay dars berishi, qoida, me’-
yor, sifat haqida tasavvur berishi mumkin?!
Hozirgi kunda ta’limsiz o‘zini jamiyatda teng huquqli da’-
vogar deb his etish qiyin. Shu bilan bir vaqtda ilmlilik — bu
anglab yetiladigan „yashirin (patent)“ bilimlarga asoslangan
shaxsning holati. Biroq o‘qitishsiz jamiyatda shaxs o‘zaro muno-
sabatlarini samarali yo‘lga qo‘yish mumkin emas, degan fikrni
to‘g‘ri deb hisoblab, biz uni aniqlab olishimiz kerak: „Kasbiy
pedagog faoliyatining tabiiy bir qismi, elementi sifatida o‘qitish
qanday bo‘lishi kerak?“ Ta’lim, bilimlar yetkazish jarayoni
sifatida o‘qitish jamiyat bilan aloqalar o‘rnatish jarayoniga,
ijtimoiy qoidalarni o‘zlashtirish va ijtimoiy-ma’naviy ishonch-
larini shakllantirish jarayoniga nisbatan qarama-qarshi bo‘lmas-
ligi kerak.
O‘qitish — bu tarbiyaning muhim bir qismi. Bundan ikki
ming yil avvalroq Platon tarbiyalovchi ta’limi to‘g‘risida fikr
yuritgan. O‘qitishning chegaradan chiqib ketgan „tarbiyaviyligi“,
ko‘pincha, uning axborotlar yetkazish imkoniyatlarining pasa-
yishiga, ortiqcha nasihatgo‘ylik, g‘oyaviylikka olib keladi. Ta’lim
tarbiyadan ajralishdir, lekin tarbiya doirasida rivojlantirish, bi-
limlar, tasavvurlar, ko‘nikmalar berish vazifasini bajarishi ke-
rak. Mana shu yo‘nalishda muammolar ko‘p.
4.7. Tarbiya tizimida innovatsiyalar
Maktabda innovatsiyalar masalasini muhokama etganda tar-
biya tizimlarida innovatsiyalar tashkil topishi to‘g‘risidagi masa-
lalarni gapirib o‘tmay bo‘lmaydi. Lekin buning uchun, avvalo,
tarbiyaviy tizimning ichki tushunchasini kiritamiz. Shundan
keyin tarbiyaviy tizimni falsafiy va texnologik jihatlarda ko‘rib
chiqishda innovatsiyalar yuzaga kelishini o‘rganamiz.


123
Shunday qilib, pedagogikada „tarbiya“ kategoriyasining bir
vaqtda bir necha tushunchalari mavjud tarbiyani o‘rganayotgan
avlodga tarbiyani eng muhim ijtimoiy tajribalarni yetkazish
bo‘yicha maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish eng
keng tarqalgan tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib
chiqib, har qanday tarbiya jarayonining asosi, haqiqatda, o‘qi-
tish hisoblanadi, degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu
holatda tarbiya jarayoni didaktik vositalar bilan ko‘rina boshlaydi.
Tarbiya tizimi tushunchasining o‘zi esa, o‘zining avtonomliligi
va ko‘rib chiqish o‘ziga xosligini yo‘qotadi va didaktika ichiga
„tortib kiritilgan“ bo‘lib qoladi.
Tarbiya jarayoni o‘zining o‘ziga xosligini „saqlab qolish“
uchun „Tarbiya, tarbiya... tarbiya!“ monografiya hammualliflari
V. A. Karakovskiy, Novikova, Selivanovalar mashhur estoni-
yalik pedagog va psixolog O. Y. Laymete taklif etgan uning bosh-
qa tushunchasidan foydalanadilar. Agarda tarbiya jarayonini
„Laymete bo‘yicha“ qaraydigan bo‘lsak, unda tarbiya tizimi di-
daktikadan iborat bo‘lmaydi, balki bir tomondan psixologo-
pedagogik, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-pedagogik tizimdan
iborat bo‘ladi.
Bu, o‘z navbatida, tarbiya tizimi o‘quvchilarga faqat didaktik
sifatida emas (o‘qituvchilar, darslar, darsliklar, uy vazifalari or-
qali), balki ijtimoiy omil sifatida ham, bolalarning atrof-muhitga
jalb etilganligi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi; ota-onalar, o‘qituv-
chilar va bolalar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali,
har bir ta’lim muassasalarida tashkil topadigan ma’lum psixolo-
gik muhit orqali ta’sir ko‘rsatadi.
„Didaktik tizim“ tushunchasi pedagogikada ancha qadimdan
shakllangan. Maktabning didaktik tizimi ta’lim maqsadlari,
o‘qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari orqali
ifodalanadi. Albatta, tarbiyaviy maqsadlar o‘rganilayotgan mate-
rial mazmuni, uni yetkazish shakli va metodlari kabilarni bel-
gilash orqali o‘qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Lekin
tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantig‘ida didaktik tizimning
o‘zi tarbiyaviy tizimning didaktik tizimida ishtirok etadi, ya’ni
uning tizimi hisoblanadi.


124
Ta’lim muassasining tarbiyaviy vazifasi, birinchi navbatda,
o‘quvchilarda, o‘zini shu dunyoda anglab yetish, boshqalar
orasida o‘z o‘rnini topish bilan dunyoga, madaniyatga, atrof-
muhitga qadriyatlarni shakllantirishdan iborat. Lekin mana shu
vazifani faqat o‘qitish jarayonida amalga oshirib bo‘lmaydi: u
individual manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq dam olish doi-
rasidagi o‘yin, mehnat, ijodiy faoliyat bilan ham bog‘liq. Shun-
day qilib, xususan, tarbiya tizimi innovatsiyalarini o‘rganish
imkoniyati paydo bo‘ladi. Uni yaratish va rivojlantirish jarayo-
nida har gal qator aniq masalalarni hal etish kerak bo‘ladi.
Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar ularning beshtasini
alohida urg‘u bilan ko‘rsatadilar:
1. Bolalarda dunyoning yaxlit va ilmiy asoslangan ko‘rini-
shini shakllantirish.
2. Fuqarolik o‘zini anglashni, vatani taqdiri uchun javob-
garlikni shakllantirish.
3. Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish, ular
orasida mana shu qadriyatlarga mos bo‘lgan xulqni shakllantirish.
4. O‘sib kelayotgan kelajak avlodda, shaxs xususiyatlari si-
fatida „ijodkorlik“ni shakllantirish.
5. O‘z-o‘zini anglashni shakllantirish, o‘zini amalga oshi-
rishda bolaga yordam ko‘rsatish.
Albatta, bu masalalar ro‘yxatini davom ettirish mumkin.
Lekin har qanday holatda ham, mana shu vazifalarning o‘zi
yuqorida sanab o‘tilgan tarbiyalash vazifalarining „alohidaligini“
ko‘rsatadi.
Yuqorida bayon etilgan didaktik qarashlarning turli jihatlarida
innovatsiyalar yuzaga kelishi va shakllanishi imkoniyatlarini
chuqur muhokama qilish kabi, ushbu masalada tarbiya tizimini
falsafiy va texnologik jihatlarda ko‘rib chiqishda tarbiyaviy inno-
vatsiyalarni qo‘llab o‘rganamiz.
Tarbiya tizimini ko‘rib chiqishning falsafiy jihati tarbiyaning
mazmun-maqsadlarini asoslashni, uni konkretlashtirish va tar-
biyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni ko‘zda
tutadi. Biz avval aytganimizdek, bugungi kun qarashlari ostida,
tarbiya tizimida ikki turlicha bo‘lgan konseptual (ko‘p jihatdan


125
qarama-qarshi) yondashishlar mavjud. Birinchi yondashish tar-
biya — bu bola shaxsiga o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan (falsa-
fiy-pedagogik, g‘oyaviy, psixologik-pedagogik, ma’naviy va b.),
ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishga
asoslanadi. Bunday tarbiya ma’lum shakllarda (frontal, guruhli,
individual) va ma’lum metodlar bilan amalga oshiriladi.
„Tarbiya ta’sir ko‘rsatish sifatida“ paradigmasida pedagog
barcha choralar bilan samarali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga eri-
shishi kerak. U (pedagog) o‘zi beixtiyor, bolalar va ota-onalar-
ning teng qimmatli ishtirokisiz, mana shu tizimda asosiy subyekt
bo‘lib qoladi, chunki bolalar „olib boruvchilar“ rolida ishtirok
etadilar. Va, albatta, tarbiyada teng huquqli sherik hisoblanmay-
dilar. Bu yerda bola „tarbiya predmeti“ sifatida ishtirok etadi va
bolaning faolligi sifatida subyektivlik to‘g‘risidagi murojaat har
gal „kerakligini faol o‘zlashtirish“ yoki adaptiv faollik deb ata-
luvchi xususiyatga ega bo‘ladi.
Bu yondashish biz ilgari keltirib chiqargan ijtimoiylash-
tirish kategoriyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda biz
tarixiy ishlab chiqilgan ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlar, muno-
sabatlar, ma’naviy va moddiy madaniyat bilan munosabat usul-
larining inson tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonini tushunamiz.
Umumiy qabul qilingan tið asosida aytadigan bo‘lsak, bolani
tarbiyalash (mana shu tushuntirilishda) — uni kattalar dunyo-
siga olib kirish, umumiy qonunlar bo‘yicha „birga kabi“ ya-
shashga o‘rgatish demakdir.
Shunday qilib, ijtimoiylashtirish insonning „adaptik faollik“
qobiliyatiga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi va maqsadga muvofiq ja-
rayonlar (o‘qitish va tarbiyalash) maktabgacha, maktab, max-
sus kasb-hunar muassasalarida hamda tasodifiy omillar (oila,
ommaviy axborot vositalari, san’at bilan muloqot qilish) ta’siri
ostida amalga oshiriladi.
Bu ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi (yoki ijtimoiylashtirish)
insonparvarlikka zid kabi baholanishi mumkin emas. Unda o‘qi-
tuvchi va bolalar o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari mavjud
bo‘lishi, gumanitar qadriyatlar targ‘ib qilinishi, guruhli va in-
dividual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin.


126
Bundan tashqari, ta’sir ko‘rsatishning tarbiya tizimi tarbiya
jarayoniga demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak (at-
rof-hayotdagi o‘zgarishlar ortidan): hayotni tashkil etish demo-
kratik usullarini o‘zlashtirish (bolalar hamjamiyatidan bosh-
lab), boshqalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini o‘zlash-
tirishga amal qilish. Lekin tarbiya bilan bog‘liq bu yondashish
muhit bilan bog‘liq bo‘lib chiqmoqda. Chunki bolaning xulqi va
hayoti bu holatda to‘laligicha tashqi kuchlar bilan belgilanadi. Va
unda tanlovni amalga oshirish imkoniyati qolmaydi. Yetkazish
kerak bo‘lgan qandaydir tarbiyaviy mazmun, mana shu tarbiya-
viy standartdan kelib chiquvchi ijtimoiy-pedagogik-nazariy tar-
biya, bularning barchasi bolaning ichki „xohlayman“ istagiga
emas, balki tashqi „kerak“ talabiga yo‘naltirilgan metodlarni
talab etadi. Shuning uchun ushbu tarbiyaviy tizim qandaydir
jazo va majburlashlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Tar-
biyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini
yaratish bilan bog‘liq. Bu yondashish, birinchi navbatda, biz
ilgarigi bo‘limda batafsil ko‘rib chiqqan individuallashtirish ja-
rayoni bilan mos keladi (lekin uni bola ijtimoiylashtirish masa-
lalarini iloji boricha yaxshi o‘zlashtirib olishi maqsadi bilan bog‘-
liq yondashish bilan adashtirish kerak emas). Yana bir bor
eslatib o‘tamiz, individuallashtirish — bizning tushunishimiz-
cha — bu bolada mavjud yoki o‘zining individual tajribasida egal-
lagan yagona, alohida va o‘ziga xosligini ta’minlab turish va rivoj-
lantirish bo‘yicha kattalarning hamda bolaning o‘zining faoliyati.
Individuallashtirish, birinchidan, birlamchi asosiy ehtiyoj-
larini individual yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Busiz tabiiy „o‘zligini“ his etish mumkin emas. Ikkinchidan,
aynan mana shu individ uchun xos bo‘lgan tarbiya bergan (me-
ros bo‘lib o‘tgan) jismoniy, intellektual, emotsional qobiliyat-
lar imkoniyatlarni maksimal, erkin amalga oshirish uchun sha-
roitlar yaratishini ko‘zda tutadi. Va nihoyat, individuallashti-
rishning uchinchi belgisi, asosiy xislati — avtonom ma’naviy
o‘zini qurishda, o‘zini ijodiy gavdalantirishda, „moslashuvchan
bo‘lmagan faollik“, hayotiy o‘z yo‘lini tanlashdagi qobiliyatini
rivojlantirishda insonga yordam ko‘rsatishdir.


127
Shaxsni individuallashtirish uning „o‘zligini“ rivojlantirish-
dir, shunday qilib, keng ma’noda insonparvarlik tarbiyaviy
tizimini tashkil etadi. Tarbiyada bunday yondashishning maqsa-
di, bolalarga ularning „subyektiv mavjudliklarini“ tashkil etishda
yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy
tizimda, insonga o‘zini anglash va o‘zini amalga oshirishda
yordam beruvchi maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Endi faqat
pedagog emas, balki bolalarning o‘zlari ham insonparvarlik tar-
biyaviy tizimining subyekti hisoblanadi (bola, asosan, tarbiya
obyekti hisoblangan ta’sir ko‘rsatish tarbiyaviy tizimidan uning
asosiy farqi ham mana shundan iborat).
Ushbu paradigmada pedagoglar ham, bolalar ham maktab
oldida turgan maqsadlarini birgalikda aniqlashtiradilar, ularni
amaliy vazifalar darajasiga ko‘taradilar va hamkorlikdagi faoli-
yatda amalga oshiradilar. Maktab insonparvarlik tarbiyaviy tizimi
samaraliligining muhim sharti bolalar va kattalarni umumiy ja-
moaga birlashtirish hisoblanadi (lekin o‘z vazifalari bo‘yicha tur-
licha bo‘lsa ham: bolalar, pedagoglar, ota-onalar). Bolalar va
kattalarning o‘zaro munosabatlari ma’lum munosabatlarni yu-
zaga keltiradi, ular, birinchi navbatda, tizimning tarbiyaviy im-
koniyatlarini belgilaydi.
Munosabatlar pedagoglar alohida g‘amxo‘rligi bo‘lib qoladi.
Har qanday insonparvarlik tarbiyaviy tizimi aniq tizim hisob-
lanadi. Uning tashkil topishi, faoliyati va rivojlanishida muhit,
faqat tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida emas, balki ushbu
tizimning o‘zining tarkibiy qismida katta rol o‘ynaydi.
Tarbiyaviy tizimlar ikki turini taqqoslash, tahlil qilish ya-
kunida ta’sir ko‘rsatish ta’lim tizimi va insonparvarlik tarbiya
tizimi o‘zining predmeti mazmunida ham farq qilishini alohida
aytib o‘tamiz.
Birinchi tizim, avvalo, dunyoning ijtimoiy ko‘rinishini o‘r-
ganadi. Ikkinchi tizim o‘zini-o‘zi o‘rganish usulini o‘rganadi.
Ma’lum ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlarni, munosabatlarni yet-
kazib ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi bolalarda o‘zini anglashga
qobiliyatni rivojlantirish masalasini o‘z oldiga qo‘ymaydi — bu
uning predmeti hisoblanmaydi.


128
Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi — bu boshqa gap. Inson tan-
lab olish subyekti sifatida ishtirok etar ekan, u bu tanlovni
o‘ziga nisbatan amalga oshirishi ko‘zda tutiladi, demak, o‘zini
anglash jarayonisiz bu tizimni amalga oshirish mumkin emas.
Shuning uchun turli insonparvarlik tarbiyaviy tizimlari hozirgi
kunda aynan mana shu yo‘nalishda rivojlanmoqda. Innovatsiya
(anglagan holda, umuman, yangilikni kiritish sifatida) ishchi
(amaliy) tushunchasini eslab, aniq misolda tarbiya tizimini fal-
safiy jihatdan qarashda innovatsiya qanday shakllanishini ko‘r-
satamiz.
Taqdim etilgan yondashishlarning har birida, innovatsiya
yondashishlardan birini aniqlashtirish hisoblansa ham, har gal
qandaydir yangi g‘oya bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tarbiya
insonparvarlik paradigmasini muhokama qilib O. S. Gazman,
birinchi navbatda, tarbiya maqsadini o‘zini rivojlantirish va pe-
dagogik yordam ko‘rsatish g‘oyasi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik ho-
zirgi zamon mualliflari insonparvarlik paradigmasini o‘rganish-
larida shaxs rivojlanishiga amal qilib o‘zini rivojlantirishga (yoki
o‘zining „o‘zligini“ rivojlantirishga) turli tomonlardan yonda-
shadilar. Ba’zi mualliflar ushbu so‘zning keng ma’nosidan kelib
chiqadilar: o‘zini umumiylikka yetkazish, barcha odamlar
uchun xosliklar, hammaga mos kelish, ya’ni u yoki bu sotsial
ideologik talablarning kontekstidan chetga chiqadilar, umumin-
soniylikning o‘zini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydilar.
Mualliflarning ikkinchi guruhi esa, o‘z diqqatini boshqacha qa-
ratadilar: inson o‘zining individualliligini, alohidaliligini, o‘zi-
ning „o‘zligini“ rivojlantiradi (bu, ko‘pincha, umuminsoniylik-
ni namoyon etish individual ifodalangan usullarini o‘z ichiga
oladi).
Shunday qilib, pedagogik yordam ishi, erkinlik, ijodkorlik,
kattalar va bola o‘rtasida haqiqiy demokratiya va insonparvarlikda
yuzaga keladigan tarbiya boshqa madaniyatga kiradi. Tarbiya
maqsadini pedagogik yordam sifatida, mana shu umuman yangi-
cha tushunish, mazmuni bo‘yicha tarbiya tizimi falsafiy jihatdan
qaralganda, innovatsiya hisoblanadi. U mana shu maqsadga mos
yangi tarbiya texnologiyasini ishlab chiqishga olib keladi.


129
Tarbiya texnologiyasi deganda biz tarbiyaning ma’lum maq-
sadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimini
tushunamiz. Har qanday tarbiya metodikasi tarbiya texnologiya-
laridan tashkil topadi. Masalan, jamoani rejalashtirish, o‘smir-
lar bilan aloqa o‘rnatish, pedagogik diagnostika texnologiyasi va
boshqalar. Agar texnologiya — bu tarbiya metodikasining yakun-
langan qismi bo‘lsa (uning birligi), uslub esa, o‘z navbatida, bu
umumiy yoki shaxsiy pedagogik madaniyatda qayd etilgan tarbiya
texnologiyasiga nisbatan yakunlangan elementdir. Agarda uslub
biror-bir tarbiya masalasi bilan barqaror bog‘liq bo‘lsa, u oddiy
tarbiyaviy texnologiya bo‘lib qoladi. Masalan, sinfni mikrogu-
ruhlarga bo‘lish (qiziqishi bo‘yicha, qur’a tashlash bo‘yicha,
yetakchilari bo‘yicha), hamkorlikdagi faoliyatda o‘yin rollarini
yaratish usullari, guruhning muhokamada so‘zga chiqish tartibi
va boshqalar — bularning barchasi tarbiyaning aniq uslublariga
misollar. Lekin ulardan hech biri qandaydir aniq tarbiyaviy
masala bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq emas. Shuning uchun mana
shu uslublarni turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin.
Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo‘lib maqsadni
belgilashda ham, hamkorlikda rejalashtirish va umumiy ishlarni
bajarish texnologiyasida ham qo‘llash mumkin, Shuningdek,
guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham, muloqot rey-
tingida mashqlar o‘tkazish uslubi sifatida ham qo‘llash mumkin.
Shunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam
texnologiyalari ham ilgari ma’lum bo‘lgan uslublar yo‘nali-
shidan iborat bo‘lishi mumkin, lekin ularning ma’lum tartibda
tuzilgan ketma-ketliklari yangi tarbiya vazifalariga javob bera
boshlashi mumkin. Pedagogik yordam texnologiyasi — bu o‘sib
borayotgan odamning boshqalardan o‘zining farqini anglab yeti-
shiga yordam beruvchi o‘z kuchi — jismoniy, intellektual, ma’-
naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir.
Bu ta’lim olishda mustaqil va muvafaqqiyatli ilgari borishi,
shaxsiy hayot yo‘li va hayot mazmunini tanlashi uchun zarurdir.
Ushbu texnologiyani amalga oshirish o‘quvchining savoli-
dan boshlanadi: „Men kim bo‘laman?“, „Qanday bo‘lishim
kerak?“ Pedagog bilan birgalikda mana shu savollarni muhokama


130
qilish yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi:
„Qanday yashash kerak?“ Maxsus tashkil etilgan maslahatlar
orqali aynan mana shu o‘quvchiga xos bo‘lgan individual hayot
tarzi asta-sekin tuziladi, intellektual, emotsional, jismoniy yuk-
lamalar qulay rejimi tanlanadi.
O‘quvchi pedagog yordamida muvafaqqiyat va baxtsizliklarga
bardosh berishning o‘zi uchun mos usullarini topadi, mehnat
faoliyatining mos turini aniqlaydi, bo‘sh vaqtini, uzluksiz ish
shakllari, odamlar bilan munosabatlar xususiyatlarini belgilaydi.
„Pedagogik yordam“ tushunchasining semantik ma’nosi,
birinchi navbatda, faqatgina biror narsaga kamroq ega bo‘lgan
odamgagina yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash mumkinli-
gidan iborat. Shuning uchun bolaning o‘zida biror narsani bilish
istagi paydo bo‘lsa va bu yo‘lda uning oldida qiyinchiliklar paydo
bo‘lsa, pedagogik yordam harakatga keladi.
Shunday qilib pedagogik yordam texnologiyasi, birinchi
navbatda, vaziyatga javob qaytarishdan iborat bo‘ladi. O‘z nav-
batida, bu texnologiya turli uslublardan iborat. Ulardan biri —
baholash algoritmik uslub hisoblanadi.
Bola faoliyatini tuzatish va baholash munosabati: „yaxshi-
yomon“, „to‘g‘ri-noto‘g‘ri“, „mumkin-mumkin emas“ kabilar
ma’lum yosh bosqichida belgilar xulqi doirasini belgilaydi. Bu
uslub o‘qituvchi obro‘si hali juda kuchli bo‘lmagan kichik mak-
tab yoshidagi o‘quvchilar uchun ancha samarali bo‘ladi.
Pedagogik yordam texnologiyasini amalga oshirish uchun
yangi bir uslub — ijtimoiy ko‘nikmalar kursini kiritish maq-
sadga muvofiq. Ushbu kurs yetuk madaniyat, ijtimoiy munosa-
batlar, shaharlararo munosabatlar, qaror qabul qilish, o‘zini
anglash kabi fanlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ushbu ikki
fan — akademik emas, balki laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlar
yoki o‘zini namoyon etish va o‘zaro aloqalar hamda hamkorlik
tajribasi uchun jamoani ijodkorlik bo‘yicha mashg‘ulotlar ko‘-
rinishida qurilishi juda muhim.
Pedagogik yordamni amalga oshirishdan keyingi uslub — bo-
lalar jamoasini yaratish va o‘zini boshqarishda pedagogning
yordami hisoblanadi.


131
Shu yerda bizga ma’lum bo‘lgan eski oppozitsiyaga qaytamiz:
jamoa va shaxs. Lekin ushbu holatda biz bolalar jamoasini tashkil
etishni o‘z maqsadimiz sifatida emas, balki har bir o‘quvchi-
ning ijtimoiy, ijodiy o‘zini amalga oshirishi sharti sifatida qaray-
miz. O‘zini boshqarish buyruq bo‘yicha yuzaga kelmaydi, balki
bolalar va o‘smirlar qiziqishlari hamda maktab fuqarosi huquq-
lari, o‘z manfaatlarini o‘zaro himoya qilishlari ehtiyojlaridan
kelib chiqadi. Ushbu o‘zini boshqarish (aynan mana shu yerda
pedagogning yordami kerak) maktab doirasida bolalar qiziqish-
larini birlashtiruvchi bo‘lganida va maktabning o‘zi fuqarolik ja-
miyati sifatida qurilganda paydo bo‘ladi.
Agarda diskoteka o‘tkazish, sayohatga borish yoki qandaydir
tanlovlar o‘tkazish uchun o‘smirlar birlashishni xohlasalar,
mana shu vaziyatda o‘zini boshqarish lokal tajribasi paydo bo‘-
ladi. Kattalar esa bu vaziyatda yordamchi bo‘lib qolishlari mum-
kin. O‘zini boshqarishda qoidalar ishlab chiqarish majburiy ele-
ment hisoblanadi. Bolalarning o‘zlari yaratadigan qoidalar, qo-
nunlar, huquq qoidalarining muhim ahamiyatga egaligi peda-
gogikada ancha avval payqalgan. Bolalarning o‘zlari yaratgan
qoidalar ularni birlashtiradi. Maktab hayoti muammolarini ya-
nada demokratik hal etishga imkon beradi. Lekin asosiysi, bunday
qoidalar erkinlik va mas’uliyatlilik doirasini belgilab beradi.
Ushbu holatni intizomlilikni rivojlantirishning kuchli vositasi
sifatida tushunib, ko‘pchilik maktablar o‘zlarining qonunlarini,
o‘rtoqlik nizomlarini, vijdon kodekslarini yaratmoqdalar. Ammo
ushbu uslubning ham ma’lum xavfli tomonlari mavjud. Pedagog
ba’zi bolalar boshqalar ustidan nazoratchi bo‘lib qolmasliklarini
kuzatib borishi zarur. Bunday holatda bolalar jamoasida adovat
ham yuzaga kelishi va bolalar qonunni bajaruvchilar va ularga
qarshi kuzatuvchilarga ajralib qolishlari mumkin. Shunday qilib,
yuqorida tasvirlangan uslublar to‘plami (ularning ro‘yxati, al-
batta, davom ettirilishi mumkin) yangi maqsad — pedagogik
yordam uchun texnologiyani belgilab beradi. Va mana shu maz-
munda innovatsion texnologiyadan iborat bo‘ladi.
Umuman olganda, har qanday tarbiya tizimining yangila-
nishi innovatsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa ikki —


132
revolutsion va evolutsion yo‘l bilan sodir bo‘lishi mumkin. Inqi-
lobiy yo‘l, odatda, maktab hayotida, jamiyat hayotidagi favqu-
lodda vaziyatlar bilan kelib chiqadi. Ikkinchi yo‘l — tarbiya ti-
zimini samarali pedagogik boshqarish bilan mumkin bo‘ladi,
chunki yangilanish mexanizmlari tizimning o‘zida mavjuddir.
Tizimning holati va faoliyati to‘g‘risida yaxshi yetkazilib turi-
ladigan obyektiv axborotlar, pedagoglar va o‘quvchilar jamoa-
sining doimiy ijodiy izlanishiga yo‘nalgan ishlari ta’lim tizimi
yangilanishini rejali va boshqariladigan qiladi. Innovatsion mak-
tab tashkil topishining didaktik jihatini tahlil qilish quyidagi
xulosalarga kelishga imkon beradi:
Innovatsion maktab tashkil topishi jarayonini didaktik ko‘rib
chiqish uchta turlicha jihatlar orqali amalga oshiriladi:
a) falsafiy-metodologik (o‘qitish maqsadlari);
b) nazariy (o‘qitish mazmuni, o‘qitish jarayoni tuzilishi va
qonuniyatlari);
d) texnologiya (o‘qitish jarayoni qoidalar tamoyili).
Didaktik qarashning falsafiy-metodologik jihati quyidagidan
iborat: u yoki bu ijtimoiy buyurtmaning mazmunidan qat’i na-
zar, maqsadlarni aniqlashtirish jarayoni har doim ma’lum pe-
dagogik strategiyani tanlash bilan berilishi kerak. Ijtimoiy bu-
yurtmadan o‘qitish jarayonini tashkil etishning aniq maqsad-
lariga o‘tish jarayonida haqiqatda ishtirok etuvchilar barchalari:
olim-didaktiklar, maktab ma’muriyati, birinchi navbatda esa,
yangi ta’lim modellarini ishlab chiquvchi innovatsion maktablar
o‘qituvchilari shunday tanlovni amalga oshirishga majburlar.
Turli pedagogik strategiyalardan tanlab olishning to‘rtta
yo‘nalishi mavjud:
1. Bugungi ta’lim sohasining yaxlit eng yuksak vazifalari;
2. O‘qitish va rivojlantirish jarayonlari nisbati;
3. Ta’lim mazmuni konsepsiyasi ma’lum turiga yo‘nal-
ganligi;
4. Inson madaniyati tuzilishi to‘g‘risida tasavvur.
Ushbu ma’lum pedagogik strategiyani tanlash ilmiy obyek-
tiv vazifalar bilan umuman hal etilishi mumkin emas. U har
bir aniq innovatsion guruhning umumiy dunyoqarashi bilan,


133
metodologik, falsafiy, antropologik qarashlari bilan bog‘liq. Di-
daktik qarash falsafiy-metodologik jihatida maktabning inno-
vatsionligi g‘oyaning o‘zi umuman yangiligidan tashqari, mak-
tabda maqsadni shakllantirish jarayoni mavjudligi qayd etilgan-
ligidan ham iborat bo‘lishi mumkin. Maqsadni shakllantirish
innovatsion maktabning mavjudligiga sabab bo‘ladi va o‘z navba-
tida, o‘qitishning o‘zi u sababli bo‘ladi.
Innovatsion maktabning tashkil topishi didaktik qarash
(o‘qitish mazmuni, o‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuniyatlari)
nazorat jihatlari quyidagilardan iborat: zamonaviy ta’lim vazi-
yatlari sharoitlarida deyarli har bir maktabda variantiv qismini
aniqlash hisobiga boshlash, keyin esa, invariant asosini aniq-
lashtirib, shaxsiy pedagogik strategiyasini ishlab chiqish imkoni-
yatiga ega. Ya’ni zamonaviy asosiy o‘quv rejasi faqatgina turli
innovatsiyalar yuzaga kelishiga yordam beruvchi omil sifatida
emas, balki haqiqiy rag‘batlantirish sifatida ham amal qila bosh-
laydi.
O‘qitish nazariyasi (o‘qitish jarayoni tuzilishi va qonuni-
yatlari), o‘qitish mazmunidan farqli ravishda, innovatsiyalar
yuzaga kelishi uchun imkoniyat hisoblanmaydi. Lekin inno-
vatsion maktab tashkil topishini didaktik qarashda texnologik
jihatida yuzaga keladigan innovatsiyalar uchun cheklovchi rolida
ishtirok etishi mumkin.
Innovatsion maktab tashkil topishini didaktik qarashdagi
texnologik jihati quyidagilardan iborat:
O‘qitish mazmuni va texnologiyasida o‘zaro bog‘liqlik mav-
jud. O‘qitish mazmunidagi o‘zgarish (misol uchun o‘quvchi
fikrlarini tashkil etuvchi sxemalar kiritish) darhol mana shu
mazmunni yetkazib berishga qodir yangi pedagogik texnolo-
giyani ishlab chiqishni talab qiladi. Va aksincha, ma’lum texno-
logiyalar o‘qitish mazmuni hajmining o‘ziga xos chegaralov-
chilarini ilgari suradi, masalan, davomiyligi va qamrab olish
kengligi. Aniq pedagogik texnologiyalar ko‘rinishida berilgan har
qanday innovatsiyalar didaktik qarash texnologik jihatida, bir
tomondan, o‘qitish nazariyasi va mavjud maqsadlar bilan chek-
langan, ikkinchi tomondan esa, ushbu innovatsion texnologiya


134
„mos“ keladigan yondashish xususiyati (texnoizlanish) bilan
cheklangan. Innovatsion maktab tashkil topishini didaktik qarash
turli jihatlariga o‘xshash tarbiyaviy tizim tashkil topishini fal-
safiy va texnologik jihatlarida qaraladigan innovatsiyalarni o‘rga-
nish ham mavjud.
Ommaviy sinfdan tashqari ish formalari pedagogik jamoa
orqali har bir bolaga ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Ular bo-
lalarda boshqalarni tushunish, jamoada bir-biriga ta’sir ko‘rsa-
tish, tengloshlari va kattalar bilan hamkorlik qilish malakala-
rining rivojlanishiga yordam beradi.
Sinfdan tashqari ishning ana shu ommaviy shakllarini ikkita
katta guruhga ajratish mumkin. Bu guruhlar bolalar faoliyati-
ning xarakteri bilan farq qiladi.
Birinchi guruh — frontal shakllar. Bolalarning faoliyati „yo-
nimda“, „yonida“ prinsiði bo‘yicha tashkil etiladi, ya’ni ular
bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lmaydilar, har bir bola aynan
bir xil ishni mustaqil ravishda bajaradi. Pedagog har bir bolaga
bir yo‘la ta’sir ko‘rsatadi. Cheklangan bolalar bilangina teskari
aloqa o‘rnatiladi. Sinfning hammasi bilan o‘tkaziladigan tarbi-
yaviy mashg‘ulotlarning ko‘pchiligi „yonida“ prinsiði bo‘yicha
tashkil etilgan.
Bolalarning sinfdan tashqari faoliyatini tashkil etish shakl-
larining ikkinchi guruhi „birga“, „birgalikda“ prinsiði bilan xa-
rakterlanadi. Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishti-
rokchi o‘z rolini bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘-
shadi. Hammaning xatti-harakatlari muvaffaqiyati har bir ishti-
rokchining harakatiga bog‘liq. Ishning bunday tashkil etilishi ja-
rayonida bolalar bir-birlari bilan yaqin hamkorlikda ish ko‘rishga
majbur bo‘ladilar. Bunday faoliyat jamoaviy faoliyat nomini
olgan, tarbiyaviy ish esa, jamoaviy tarbiyaviy ishlar deb nom-
lanadi. Pedagog har bir bolaga alohida ta’sir ko‘rsatmaydi, balki
bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga ta’sir etadi, bu esa pedagog
bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi teskari aloqaning yaxshilanishiga
yordam beradi. Bolalarning juft-juft, kichik guruhlarda, sinfdagi
faoliyati „birgalikda“ prinsiði bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Har bir yo‘nalishning o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor.


135
Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishda oddiyligi
bilan farq qiladi, lekin jamoa o‘zaro ta’sir malakalarini kamroq
shakllantiradi. Ikkinchi guruh bolalarda hamkorlik, bir-biriga
yordam berish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish malakalarini
rivojlantirish uchun tengi yo‘q. Biroq kichik yoshdagi o‘quvchi-
larning yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqa kishida teng
huquqli insonni ko‘rolmaydilar, kelishib olishni, birga bo‘lishni
bilmaydilar) jamoa shakllarini tashkil etish pedagogdan ko‘p
vaqt va muayyan tashkilotchilik malakalarini talab etadi. Uning
pedagog uchun murakkabligi ham mana shunda.
Ikkala yo‘nalish o‘zaro bog‘langan va bir-birini to‘ldiradi,
shu sababli quyida biz har bir yondashuv imkoniyatlarini aniq
bir shakl misolida qarab chiqamiz.
Umumsinf tarbiyaviy mashg‘ulotni tayyorlash.
Faraz qilaylik,
algoritmik muvofiq bolalar jamoasini o‘rganish bosqichi tugal-
langan va pedagog mashg‘ulotning mana shu shaklini tanlagan.
Birinchi navbatda, mashg‘ulotning mazmuni belgilanadi, unga
muvofiq mazkur sinf uchun dolzarb bo‘lgan mashg‘ulot mav-
zusi tanlanadi va mashg‘ulot g‘oyasi ifodalanadi. Pedagog o‘zidan
fikran shunday deb so‘rashi kerak: „Mazkur mavzuni ochib
borish orqali bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijasida ni-
maga ega bo‘lishni istayman?“ Umumsinf tarbiyaviy mashg‘u-
lotining mazmuni rivojlantirish, to‘g‘rilash, shakllantirish vazi-
falarini aks ettirishi kerak. Ta’lim berish vazifasi umumiy vazi-
falardan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Boshqacha so‘z
bilan aytganda „... haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish“ tarbi-
yaviy mashg‘ulotning maqsadi bo‘lishi mumkin emas (vazifa-
lardan biri bo‘lishi mumkin). Pedagog sinfdan tashqari mashg‘u-
lotning maqsadi va vazifalarini qanchalik aniq ifodalasa, uning
istalgan natijalar haqidagi tasavvuri ham aniq bo‘ladi. Faqat
shundan keyingina mashg‘ulotning mazmunini, metodlarni,
vositalarni tanlashga kirishish mumkin. Mashg‘ulotning mavzu-
si, mazmuniga alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifoda-
lashga normal yondashadigan yoki uni e’tibordan chetda qoldira-
digan pedagoglar noto‘g‘ri ish yuritadilar. Bunday holda tarbiya-
viy ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va tizimliligi yo‘qoladi.


136
Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari umumsinf tarbi-
yaviy mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagi tuzilishda
bo‘ladi:
1) mashg‘ulotning nomi;
2) maqsadi va vazifalari;
3) jihozlanishi;
4) o‘tkazish shakli;
5) mashg‘ulotning borishi.
Mashg‘ulotning nomida sinfdan tashqari mashg‘ulotning
mavzusi aks ettiriladi. U faqat aks etib qolmay, shakl bo‘yicha
lo‘nda qilib ifodalangan, jozibali bo‘lishi lozim.
Vazifalar juda aniq bo‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi
kerak. Ular universal xarakterda bo‘lmasligi lozim. Masalan,
„Jonajon shahriga muhabbat uyg‘otish“ vazifasi o‘rniga „Shahar
tarixiga qiziqishni oshirish“, „Bolalarda shahar yubileyiga tay-
yorgarlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shish istagini uyg‘otish“,
„Bolalarda shaharning o‘tmishdagi mashhur kishilariga nisbatan
hurmat hissi shakllanishiga yordam berish“ kabi vazifalarni qo‘-
yish yaxshi natija beradi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotning jihozlanishiga turli vosita-
lar: qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, videofilmlar, diapozitivlar, ada-
biyotlar va boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas,
balki uning muallifi, nashr etilgan joyi va yili ko‘rsatilishi kerak.
Sinf mashg‘ulotlari ekskursiya, viktorina, konkrus, spek-
takl va hokazo shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday holda mash-
g‘ulot rejasida uni o‘tkazish shakli „Matematik viktorina“, „Fan-
taziyachilar konkursi“, „Hayvonot bog‘iga ekskursiya“ kabi
nomlar bilan birlashtiriladi. Agar sinf mashg‘uloti o‘zida birorta
o‘tkazish shakllarini birlashtirsa, unda bolalarni joylashtirish
usuli ko‘rsatiladi: aylana, jamoalar va hokazo.
Mashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari
tavsif etiladi va pedagogning mashg‘ulotni birinchi shaxs nomi-
dan batafsil, izchillik bilan bayon qilishidan iborat bo‘lishi
mumkin yoki (pedagogning shaxsiga qarab) asosiy mazmuni
kartochkalarda ifodalangan tezisli plandan tashkil topishi mum-
kin. Mashg‘ulotning borishini modellashtirishda uning davomiy-


137
ligi va strukturasini hisobga olish zarur. Sinf tarbiyaviy mashg‘u-
loti olti yoshlilar uchun 15 — 20 daqiqadan o‘n-o‘n bir yosh-
lilar uchun 1 — 2 soatgacha davom etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan sinf mash-
g‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida uning asosiy to‘rt bos-
qichdan iborat bo‘lishiga amal qilish ma’qul:
1.
Tashkiliy qism
(0,5 — 3 daqiqa).
Pedagogik maqsad:
bolalarni o‘quv faoliyatidan faoliyatning
boshqa turiga ko‘chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqtirish, ijobiy
his-tuyg‘ular uyg‘otish.
Tiðik xatolar:
darsning boshlanishini aynan takrorlash, uning
vaqt jihatidan uzoq davom etishi.
Tavsiyalar:
tashkiliy qismda kutilmagan holatni yuzaga
keltirish, ya’ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o‘yin mo-
menti, tovush yozuvlari va hokazolardan foydalanish; bolalarni
uyushtirish shakllarini o‘zgartirish; bolalarni boshqa xonaga,
binoga (biologiya, fizika, musiqa sinflariga, kutubxonaga,
maktab muzeyiga) o‘tkazish yoki ularni sinfda gilamcha, aylana
shaklda joylashtirish bolalarning darsdan tashqari faoliyati
samarali ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak mashg‘ulotga
qiziqish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
2.
Kirish qismi
(butun mashg‘ulot vaqtining 1/5 qismidan
1/3 qismigacha).
Pedagogik maqsad:
bolalarni faollashtirish, ularni tarbiyaviy
ta’sirga moyil qilish. Pedagog o‘zining pedagogik prognozi haqi-
qatda bolalarning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, mazkur mav-
zu yuzasidan xabardorlik darajasi, emotsional kayfiyati, faollik,
qiziqish darajasi bilan qanchalik mos tushishini aniqlaydi. Bu
bosqichda pedagogdan bolalarni qiziqtirishgina emas, balki
mashg‘ulotning borishi davomida unga qanday tuzatishlar kiri-
tishi kerakligi va tuzatishlar qanday xarakterda bo‘lishini aniq-
lash talab etiladi. Masalan, pedagog o‘zi ma’lum qiladigan nar-
salarning yangiligiga umid bog‘lab, hikoyani rejalashtirgan edi,
ammo kirish suhbati bolalarning bu muammoni bilishini ko‘r-
satdi. Bunday holda pedagog hikoyani suhbat yoki o‘yin vaziyati
bilan almashtirishi zarur. Shunday qilib, kirish qismining maq-


138
sadi bolaning shaxsiy tajribasidan mashg‘ulot mavzusiga „ko‘prik
tashlash“dan iborat.
Tiðik xato:
pedagogning kutilmaganda bolalarning ta’sir-
lanishidan (bolalar pedagog kutayotgan narsani aytmasligi yoki
qilmasligi mumkin) qo‘rqqani tufayli bu bosqichni inkor etishi.
Pedagog mashg‘ulotning kirish qismini bolalarning faolligiga
emas, balki shaxsiy faollik asosiga quradi, teskari aloqani men-
simay, bolalarga passiv tinglovchilar rolini beradi. U bolalarning
emotsional kayfiyatini e’tiborga olmaydi.
Tavsiyalar:
kirish qismi mashg‘ulotning mazmuniga qarab
bilish xarakteridagi kirish suhbatidan, estetik va axloqiy mash-
g‘ulotlar yoki aqlni „charxlab olish“ topshiriqlaridan (vikto-
rina, konkurs va h. k.) iborat bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatda savollar, ikkinchisida esa, topshiriqlar bola-
lar uchun qiziqarli bo‘lib qolmay, pedagogga o‘quvchilarning
tayyorlangan materialni idrok qilishga tayyorligi haqida axborot
berishi kerak. Kirish qismida pedagog bolalarning bo‘lg‘usi
mashg‘ulot haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantiradi, ular-
ning faoliyatini tashkil etadi, ya’ni baholash tizimi bilan tanish-
tiradi, mashg‘ulot rejasini ma’lum qiladi, ularni jamoalarga bo‘-
ladi. Baholashning an’anaviy tizimida pedagog aniq mezonlarni
berishi, zarur qoidalarni tushuntirishi kerak.
Bolalar jamoalarga bo‘linganda ularning xatti-harakatlarini
raqobat asosiga emas, balki hamkorlik asosiga qurish lozim. Bu-
ning uchun quyidagi usul samaralidir: jamoalarga to‘g‘ri javob-
lar uchun ochkolar o‘rniga qirqib ajratilgan rasmning bo‘lak-
chalari tarqatiladi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida bu bo‘laklar-
dan umumiy rasm yig‘iladi hamda ballar miqdori emas, balki
umumiy natija muhimligi ayon bo‘lib qoladi.
Mashg‘ulotning kirish qismida bolalarni faollashtirishning
turli-tuman metodlari hamda vositalaridan: muammoli suhbat,
rebus, krassvord, topqirlik va chaqqonlikka doir topshiriqlar va
hokazolardan foydalanish mumkin.
3.
Mashg‘ulotning asosiy qismi — vaqt jihatidan eng da-
vomli bo‘lishi kerak
(mashg‘ulotning 2/4, 1/3 dan sal ko‘proq
qismi).


139
Pedagogik maqsad:
mashg‘ulotning asosiy g‘oyasini amalga
oshirish.
Tiðik xatolar:
bolalarning qisman yoki butunlay passivligida
pedagogning faolligi. Metodlarning bir xilligi — faqat hikoya yoki
suhbat. Ko‘rgazmalilikning yo‘qligi, foydalaniladigan tarbiya vo-
sitalarining juda ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining
xulq-atvorni shakllantirish metodlaridan ustunligi. Darsning
o‘quv muhiti yaratilishi. Ibratlilik, o‘rgatish, nasihatgo‘ylik qilish.
Metodik tavsiyalar:
agar bolalar maksimal ravishda faol
bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakl-
lantiruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga
oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari
mashg‘ulotda bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan
alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga
ega. Masalan, bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rnilaridan turish
talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar
joriy qilinadi. Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z
fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida „to‘g‘ri“,
„balli“, „ofarin“ deb baholaydigan fikrlarning bo‘lmasligi, ba-
holar o‘rniga xayrixohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuy-
g‘ularini ifodalovchi, qoyil qolish bilan aytilgan „Ha“, „Juda
qiziqarli“, „Yangi xabaring uchun rahmat“, „Shundaymi?“,
„Buni qarang-a!“ kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik
muhitining yaratilishiga yordam beradi.
Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil
metodlaridan iloji boricha ko‘p foydalansa, vaziyatni, o‘yinni
tarbiyalovchi mashqlar, o‘rgatish, topshiriqlar berish, mash-
g‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat, ijodiy ishlar, sport
elementlari va hokazolarni kiritsa, samaradorligi shuncha oshib
boradi. Pedagog turli faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni
jamoalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muo-
malada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir
ishtirokchi o‘zi uchun alohida emas, balki o‘zini jamoaning bir
qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni ba-
jarish uchun vaqt berishda jamoaga uni bajarishni muhokama
qilishiga bir necha daqiqa vaqt ajratish va jamoa vakilidan tay-


140
yorligini so‘rash lozim. Shunday qilingan taqdirdagina bolalarda
faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik
uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi.
Ongni shakllantarish metodlari bolalarda e’tiqodning, ama-
liy-axloqiy tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi ke-
rak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti,
ma’ruzasi tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish
yaxshi samara beradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida
bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim:
a) shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlay-
dilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy
mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlash-
tirish va bunga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak;
b) munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini
aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir;
d) haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas,
balki dalillar yordamida qidirish zarur;
e) so‘zlovchini avval hurmat bilan tinglash, keyin esa o‘z
nuqtayi nazarini bildirish lozim.
4.
Mashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad:
bolalarning egallagan tajribalarini o‘zla-
rining maktabdan tashqi hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qi-
lish (xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot qanchalik muvaffaq bo‘l-
ganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning
bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishiga imkon
beradi.
Tiðik xatolar:
bu qism umuman inkor qilinadi yoki „Yoq-
dimi?“, „Yangidan nimalarni bilib oldingiz?“ qabilidagi ikki
savoldan iborat bo‘lib qoladi.
Tavsiyalar:
dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord,
kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qay-
tarish, o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarak-
teridagi nazorat topshiriqlari, bolalarning egallash tajriba-larini
shaxsiy hayotlarida qo‘llashga doir turlicha tavsiyalar berish. Bu
mazkur muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning


141
mashg‘ulotda egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi
mumkin bo‘lgan vaziyatlarni muho-kama qilish bo‘lishi mum-
kin. Hosil qilingan tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar:
ular o‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu
yuzasidan nimalar haqida so‘rashi mumkin; qayerga borish, u
yerda nimalarga e’tibor berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mus-
taqil ravishda nimalar qilish va hokazo. Yakunlovchi qismda
mashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib borish zarurati
bormi, bor bo‘lsa, buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish
mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning
yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi sinf mashg‘u-
lotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini rivojlantirish uchun
ham foydalanishi mumkin.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy
shakllari, agar ularni tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar
bevosita ishtirok etsalar, bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda
ancha samarali bo‘ladi.
4.8. Iste’dodli bolalarni aniqlash va
ularni tarbiyalash
Iste’dodning o‘z vaqtida namoyon bo‘lishi tarbiyaga va qo‘l-
lab-quvvatlashga bog‘liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli
shaxslar zarur. Shu nuqtayi nazardan iste’dodli bolalarni aniq-
lash, tarbiyalash va o‘qitish respublikaning bo‘lajak aql-zakovatli
va ijodiy fikrlovchi kuchlarini tayyorlashning yagona manbayidir.
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun
o‘quvchilar iste’dodini aniq tahlil etish, bolalarning o‘ziga xos
psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur.
Turli yoshdagi iste’dodli o‘quvchilarni namoyon etishda ho-
zirgi kunda, avvalo, maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diag-
nostika tajribalaridan unumli foydalanishlari zarur. Bunda „Res-
publika Iste’dod Markazi“ xodimlari bilan hamkorlik qilish mu-
him ahamiyatga ega. Iste’dod markazi xodimlarining faoliyati
tajribasidan foydalanish, ularning iste’dodni aniqlashga mo‘ljal-
langan psixologik tadbirlarini pedagogik tajribalar bilan ham-


142
ohang ishlab chiqish lozim. Yoshlar iste’dodining namoyon
bo‘lishida qobiliyatlarni aniq tahlil etish, bolaning o‘ziga xos
fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali
amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish daraja
va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyat ma’lum bir darajada istalgan o‘quvchida shakllan-
gan bo‘lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o‘quv
jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
O‘quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’-
dod va iqtidorni ongli rag‘batlatirish, mukammallik uchun sha-
roit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshi-
rish, turli ko‘rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar,
tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida shu-
g‘ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari
bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhit-
ning ahamiyati yuksak. Ayniqsa, respublikaning qishloq joylarida
iqtidorli bolalarni izlash, topish va ularning ta’lim-tarbiyasini
muntazam ravishda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimdir.
Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hi-
sobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar,
o‘quv rejalari va o‘quv-uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan
ta’minlash lozim.
Shuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, topish va tarbiyalash
uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to‘liq
ta’minot zarur.
Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ular-
ni ruhiy zarbalardan asrash yo‘llarini aniqlash, ruhan yordam
ko‘rsatish, ruhiy hayajonlanish holatlarini o‘rganish — ular-
ning ijodiy qobiliyatlari rivoji uchun sharoit yaratish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Xalq ta’limi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va
mutaxasislar, ijodkorlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, to‘garak
rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzilishi lozim.


143
Turli yoshdagi guruhlarda iste’dodlarni qidirishning umu-
miy dasturi zarur. Ommaviy o‘quv yurtlarida bo‘lganidek, mak-
tabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada o‘quv das-
turi rejalarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitishni
ta’minlash quyidagi omillarga bog‘liq:
— ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyati respublikaning
zakovati, ijodkorligi, kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bi-
lan bog‘liqligini tushunishga;
— ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo‘lgani
holda turli yoshdagi guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari
yaratilishiga;
— iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar
va ilmiy asoslangan uslubiyat va hokazo bo‘yicha) bilan ishlash
uchun ixtisoslashgan muassasalarning yagona tarmog‘ini targ‘ib
etishga;
— ommaviy o‘quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash
uchun zarur o‘quv-dasturiy qo‘llanmalarini ishlab chiqishga;
— joylarda maxsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq
ta’limi, davlat va jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomo-
nidan tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda iste’dodli bolalar
bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o‘z hududida bunday
faoliyat va ko‘pgina boshqa tadbirlar uchun mablag‘ ajratish,
ularni ta’minlashga);
— qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqa-
tini jalb qilishga, respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu
kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir-
liklari, xalq ta’limi boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi
olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o‘qi-
tuvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to‘garak rahbar-
lari kiradilar);
— ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy hujjatlar,
sinf ishlanmalari majmuyiga, iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’-
lumotlar manbayini yaratishga, ularni o‘qitish va tarbiyalash-
ning (tabaqalashtirish, individuallashtirish, insonparvarlashti-
rish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog‘liq.


144
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o‘qituvchi hamda tarbiya-
chilari alohida iste’dodlar uchun turlicha o‘quv reja va dasturla-
riga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq. Iqtidorli bolalar va iste’dodli
yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va
tashkiliy sharoitlarini yaratish, maxsus o‘quv dasturlari va ti-
zimli pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi
pedagog va olimlarning faol ishtirokini ta’minlash lozim.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy
va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit-
qadam faoliyatni amalga oshirish kerak. Akademik litseylarning
o‘quvchilariga, birinchi navbatda, iqtidorli, yuksak iste’dod so-
hiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalish-
lari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlan-
tirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun
keng imkoniyatlar yaratish lozim.
Savol va topshiriqlar
1. Tarbiya texnologiyasini izohlang.
2. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Tarbiya tamoyillarini izohlang.
4. Innovatsiya tushunchasiga ta’rif bering.
5. Pedagogik yordam deganda nimani tushunasiz?
7. Iste’dodli bolalarni aniqlash yo‘llari nimalardan iborat?
8. Ijodiy qobiliyat deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin