Qamrabolishmuhitibo‘yichaaxborot tizimlarini yakka, guruhliva
korporativaxborot tizimlariga bo’lish mumkin.
Yakka axborot tizimlari avtonom shaxsiy kompyuterlarda amalga oshiriladi (tarmoqdan foydalanilmaydi). Bunday tizim umumiy axborot fondi bilan bog’langan bir nechta sodda ilovalarni olishi mumkin va bir foydalanuvchi yoki vaqt bo’yicha ajratilgan ishchi o’rni (foydalanuvchilar guruhi) uchun mo’ljallangan. Bunday ilovalar stolli yoki lokal berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT) yordamida yaratiladi. Lokal BBBTlar ichida Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, dBase
30
va Microsoft Access ko’proq taniqlilari hisoblanadi.
Guruhli axborot tizimlari ishchi guruhlar a’zolari tomonidan axborotlardan jamoaviy foydalanishga yo’naltirilgan va asosan lokal hisoblash tarmoqlari negizida quriladi. Bunday ilovalarni ishlab chiqishda ishchi guruhlar uchun berilganlar bazasi serverlaridan foydalaniladi (SQL-server deb nomlanadi). Ko’plab SQL-serverlar mavjud: tijorat va erkin tarqatiluvchi. Ularning ichida quyidagi berilganlar bazasi serverlari: Oracle, DB2, Microsoft SQL Server, InterBase, Sybase, Inforqix keng tarqalgan hisoblanadi.
Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun tizimlarning rivojlantirilgani bo’lib, katta kompaniyalarga yo’naltirilgan. Ular masofaviy taqsimlangan bo’g’inlar va tarmoqlarni ta’minlashi mumkin.
Ular asosan bir necha darajali iyerarxik tarkibga ega. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoli ko’p darajali arxitektura xarakterli. Bunday tizimlarni ishlab chiqishda guruhli axborot tizimlarini ishlab chiqishda foydalanilgan berilganlar bazasi serverlaridan foydalanish mumkin. Katta axborot tizimlarida Oracle, DB2 va Microsoft SQL Server keng tarqalgan.
Guruhli va korporativ tizimlar uchun ma’lumotlarning bajarilishi va himoyalanganligiga talablar ortadi. Bu xossalar berilganlar bazasi serverlarida ma’lumotlar, muloqotlar va jo’natmalarning yaxlitligini qo’llash orqali ta’minlanadi.
Axborot tizimlarini tadbiq qiish sohasi bo’yicha ham guruhlash mumkin. Shuni ta’kidlab o’tish lozim-ki, bunday guruhlash yetarlicha shartlidir. Ko’pincha katta axborot tizimlari yuqorida keltirib o’tilgan barcha tizimlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ axborot tizimlari odatda bir necha turli sohalarda tadbiq qilishga mo’ljallangan tizimostilaridan tashkil topadi.
Tadbiq qilish sohasi bo‘yicha axborot tizimlarini shartli ravishda to’rtta guruhga bo’lish mumkin:
tranzaksiyalarga ishlov berish tizimlari; qaror qabul qilish tizimlari;
axborot-ma’lumot tizimlari; ofis axborot tizimlari.
Tranzaksiyalargaishlovberishtizimlariberilganlarga ishlov berish
tezligi bo’yicha paketli va tezkor axborot tizimlariga bo’linadi. Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlarida ihtiyoriy vaqtda predmet sohasining dolzarb (aktual) holatini tasvirlash uchun tranzaksiyalarga tezkor ishlov berish rejimi – OLTP(OnLineTransactionProcessing) ustunlik qiladi,
31
paketli ishlov berish chegaralangan qismni egallaydi. OLTP tizimlari uchun buyurtmalar, to’lovlar, so’rovlar va boshqalarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan sodda tranzaksiyalar doimiy oqimi xarakterlidir.
Ular uchun muhim talablar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: tranzaksiyalarga ishlov berishdagi yuqori samaradorlik; telekommunikatsiya orqali berilganlar bazasiga masofaviy kirishda axborotni ishonchli yetkazib berish.
Qarorqabulqilishtizimlari– DSS(DecisionSupportSystem)
axborot tizimlarining boshqa turini ifodalaydi. Uning yordamida yetarlicha murakkab so’rovlar turli kesimlarda: vaqt, geografik va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha tanlab olinadi va tahlil qilinadi.
32
Axborot-ma’lumot tizimlari keng sinfi gipermatnli hujjatlar va mul’timediaga asoslangan. Bunday axborot tizimlari Internet tarmog’ida keng rivojlangan.
Ofis axborot tizimlari sinfi qog’ozli hujjatlarni elektron ko’rinishga o’tkazishga, ish yuritishni avtomatlashtirish va hujjat almashinuvini boshqarishga asoslangan.
Katta axborot tizimlari, ko’pincha, barcha guruhni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, korxona doirasidagi korporativ axborot tizimlari odatda turli sohalarda tadbiq qilinadigan bir qator sistema ostlaridan tashkil topadi.
Tizimni tashkillashtirish bo‘yicha guruhli va korporativ axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo’linadi:
fayl-server asosidagi tizimlar;
mijoz-server arxitekturasi asosidagi tizimlar; ko’p darajali arxitektura asosidagi tizimlar; Internet/intranet-texnologiya asosidagi tizimlar.
Har qanday axborot tizimida, turli arxitekturali axborot tizimlarida
mavjud bo’gan cheklanishlarini anglash imkonini beruvchi, uning funksional komponentlarini ajratish mumkin.