Magistratura mutaxassisliklari


Ta’lim sohasida axborot tizimlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə39/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Ta’lim sohasida axborot tizimlari


Jamiyatni axborotlashtirishning maqsadi-insonyatning rivojlanishini ko’ra olish va boshqarish qobiliyatiga ega bo’lgan gibrid integral intellektni yaratish. Bunday jamiyatda ta’lim tizimi oldinda yuruvchi tizim bo’lishi lozim. Ta’lim sohasida konservativ ta’lim tizimidan oldinda yuruvchi tizimga o’tish axborot sohasini shakllantirishga va axborot texnologiyalarini keng qo’llashga asoslanadi.
Yagona jahon axborot sohasiga kirish ta’lim sohasi oldiga katta muammolar qo’yadi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab, jamiyatda bilim darajasi har ikki yilda ikki barobar ortmoqda. Bu bilan birga bilim tarkibi ham o’zgarmoqda: an’anaviy bilimlar ulushi 70% dan 40% gacha kamayadi, yangi bilimlar ulushi esa, 5% dan 15% gacha ortadi va shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan bilimlar 3% dan 25% gacha ortadi.
Axborot sohasining bunday rivojlanishi ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning kasbiy va psixologik tayyorgarligini ta’minlashni talab qiladi. Jamiyat yashash sharoitining radikal murakkablashuvida, uning texnik va sotsial infratarkibida jamiyatning asosiy strategik manba bo’lib borayotgan axborotga insonlarning bo’lgan munosabati muhim ahamiyatga ega. Axborotlashtirish jarayonining samaradorligi axborot manbalarni yaratish va foydalanish jarayonlarining samaradorligi bilan, ya’ni jamiyatning barcha axborot potensialiga (to’plami) bog’liq. Axborot manbai o’tmishda va hozirda insoniyat malakasining mosligi, yangi axborot ishlab chiqarish uchun asosdir.
Axborot jamiyatining yaratilishi bo’yicha O’zbekiston ko’pgina g’arb davlatlaridan ortda qolib ketdi. Buni axborot jamiyatning umumiy indeksida (Information Imperative Index) ko’rish mumkin. U uch sohadan aniq shakllantirilgan 20 ta ko’rsatkichdan tashkil topgan:


72
sotsial, axborot va kompyuter. Sotsial ko‘rsatkichlar siyosiy omillar va normalarni boshqaruvchi qonuniy asoslardan tashkil topgan. Axborot ko‘rsatkichi asosan axborot va axborot tijorati sektoridan tashkil topgan (dasturiy ta’minot, multimedia va h.k.). Kompyuter ko‘rsatkichi jixozlar bozorining hajmi va to’yinganligini (PC, Internet, periferiya qurilmalari va boshqalar) tasvirlaydi.
Ta’limni axborotlashtirish jarayonida metodologik, iqtisodiy, texnik, texnologik va uslubiy aspektlarni e’tiborga olish zarur.
Metodologik aspekt. Bu yerda asosiy muammo zamonaviy axborot texnologiyalari darajasiga mos keluvchi ta’lim jarayonining asosiy printsiplarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu bosqichda yangi texnologiyalar sun’iy ravishda an’anaviy ta’lim formalariga tayanadi. Shu sababli, ta’limning har bir darajasiga asosiy talablarni shakllantirish uchun yangi yondashuvlarni topish zarur. Masalan, to’g’ri yozishning an’anaviy talablari kompyuter imkoniyatlari bilan hisoblashmaydi va insonga xos bo’lgan erinchoqlik bunday ko’nikmalarning shakllanishiga to’sqinlik qiladi. Shunday misolni o’qish uchun ham keltirish mumkin. Bunday an’anani chizmachilik va boshqa fanlarda ko’rish mumkin. Texnik jarayonni to’xtatish mumkin emasligi sababli yangi ta’lim standartlarini tanlash juda muhim.
Iqtisodiy aspekt. Axborot jamiyatining iqtisodiy asosi axborot sanoatining yo’nalishlari hisoblanadi (kompyuter, telekommunikatsiya va boshqalar). Axborot, axborot-texnologik va telekommunikatsion bozorlarni globallashtirish, telekommunikatsiyalar bo’yicha «elektron savdo»ni tadbirkorlik vositasiga aylantirish, xalqaro axborot sanoatini yetakchilari yuzaga kelishiga asolangan xalqaro «axborot iqtisodiyoti» ning shakllanish jarayoni sodir bo’lmoqda.
Texnik aspekt. Hozirgi kunda alohida axborot texnologiyalarini amalga oshiruvchi ko’plab sonli dasturiy va texnik ishlanmalar yaratilgan va tadbiq qilingan. Ammo, bunda bir-biriga mos bo’lmagan texnik va dasturiy vositalar asosida turli uslubiy yondashuvlardan foydalaniladi. Bu esa uslubning ko’paytirilishiga va axborot manbalari, kompyuter texnikasi bilan muloqot qilishga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, maktab va oliy o’quv yurtlari darajasida axborotlashtirishga bo’lgan turlicha yondashuv bir o’quv darajasidan ikkinchi darajaga o’tishda o’quvchilarga katta qiyinchiliklar tug’dirmoqda. O’quv vaqtining bir qismi zamonaviy kompyuter texnologiyalari asoslarini o’zlashtirishga sarf qilinmoqda.
Shu sababli, regional va umumrespublika ta’limida konseptual, metodologik va texnologik negizda yagona axborot sohasini


73
shakllantirish doirasida o’quv jarayonining barcha ishtirokchilari harakatlarini birlashtirish zarur. Bu rejaning yangiliklaridan biri kompyuterlashtirish barcha tashkil etuvchilari va ta’minot turlari bilan axborotlashtirish modelini ishlab chiqish hisoblanadi. Ta’limda axborot tizimlarining ilmiy-texnik darajasi amaliy axborot tizimlariga qo’yiladigan talablarga mos keladi. Muammo metodologik savollarni qayta ishlashning yetarli darajada emasligidir.
Texnologik aspekt. Axborot jamiyatining texnologik asosi telekommunikatsiya va axborot tizimlari hisoblanadi. Ular iqtisodiy o’sishni yuzaga keltiradi, jamiyatda katta hajmli axborot va bilimlarga erkin murojaat qilish uchun sharoit yaratadi, sotsial-iqtisodiy almashinuvlarga va axborot jamiyatining shakllanishiga olib keladi.
Uslubiy aspekt. Zamonaviy axborot tizimlarining asosiy ustunliklari (ko’rgazmalilik, axborotlarni ifodalashning aralash formalari – ma’lumotlar, grafik tasvirlar, stereoovoz, animatsiya, katta hajmli axborotlarga ishlov berish va saqlash, xalqaro axborot manbalariga kirish) ta’lim jarayonini qo’llashning asosi bo’lishi lozim.
Ta’lim jarayonida axborot manbalarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin