Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə36/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Ekspert tizimlar


So’nggi o’n yilliklar mobaynida sun’iy tafakkur (intellekt) doirasida olib borilgan izlanishlar natijasida yangi ekspert tizimlar yoki bilimlar injeneriyasi yo’nalishi shakllandi. Bu yo’nalish masalalariga inson- ekspertlar uchun murakkab bo’lgan masalalarni yechish uchun bilim va xulosa jarayonlaridan foydalanuvchi dastur (qurilma)larni ishlab chiqish va kuzatish kabilar kiradi. Ekspert tizimni umumiy holda sun’iy tafakkur tizimlari tarkibiga kiritish mumkin. Bu tizimlar nafaqat berilgan jarayonlarni bajaradi, balki qidirish metajarayonlari asosida yangi aniq masalalarni yechish jarayonlarini qo’llaydi. Hozirgi kunda ekspert tizimlar inson faoliyatining turli sohalarida qo’llanilmoqda. Ekspert tizimlar integral mikrosxemalarni loyihalash, nosozliklarni qidirish, dasturlashni avtomatlashtirishda keng qo’llanilmoqda.
Ekspert tizimni qo’llash quyidagi imkoniyatlarni beradi: integral mikrosxemalarni loyihalashda ishlab chiqarish samaradorligi 3 - 6 barobar ortadi, bunda ayrim amallarning bajarilish 10 - 5 marta tezlashadi (Nech firmasi ma’lumotlari);
qurilmalardagi nosozliklarni qidirishni 5 - 10 barobar tezlashtiradi; dasturchilarning ishlab chiqarish samaradorligini 5 barobargacha orttiradi (Toshiba firmasi ma’lumotlari);
malakali tayyorgarlikda o’rganuvchilar bilan ishlashda harajatlarni 8 - 12 barobarga kamaytirishga erishish mumkin (sifatini yo’qotmagan holda).
Ekspert tizimlarni tadqiq qilish va ishlab chiqish turli davlatlarning axborotlashtirish dasturi asosini tashkil qiladi. Masalan, Amerikada 10 yillik strategik kompyuter dasturi uchun 1,6 mlrd. $ miqdorida mablag’ ajratishni rejalashtirgan.
63
Oddiy ekspert tizim quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan tuzilgan: hal qiluvchi (masalani yechuvchi-interpretator), berilganlar bazasi deb nomlanuvchi ishchi xotira, tushuntirish va muloqot qilish, bilimlarni olish komponetlarini o’z ichiga olgan bilimlar ombori.
Ekspert tizimni ishlab chiqishda quyidagi mutaxassisliklar vakillari ishtirok etadilar:
ekspert tizim masalasini yechishi lozim bo’lgan muammoviy soha bo’yicha ekspert;
bilimlar injeneri – ekspert tizimni ishlab chiqish bo’yicha mutaxassis;
anjomiy vositalarni ishlab chiqish bo’yicha dasturchi-mutaxassis.
Ekspert tizim ikki rejimda ishlaydi: bilimlarni olish va masalalarni yechish (mos ravishda maslahat hamda ekspert tizimdan foydalanish rejimi deb ham nomlanadi).
Ekspert tizim masalani yechish rejimida an’anaviy dasturlardan farqli ravishda nafaqat yozilgan amallar ketma-ketligini bajaradi, balki qo’shimcha ravishda uni shakllantiradi ham. Agar ekspert tizimning javobi foydalanuvchiga tushunarsiz bo’lsa, qo’shimcha ravishda javob qanday olinganligi to’g’risida tushuntirishni talab qilishi mumkin.
Ekspert tizimi o’zining kichik doirasida mavjud bo’lgan bilimlardan foydalanib, masalani yechish yo’llarini qidirishni asta sekinlik bilan kamaytirib borishdan foydalanadi. Ekspert tizimlarda masalalarni yechish jarayonida quyidagilardan foydalaniladi:
isbotlash texnikasiga asoslangan va inkorni inkor qilishdan foydalanuvchi mantiqiy xulosa usuli;
kirishdagi ko’p sonli ma’lumotlardan obyektni aniqlash uchun qarorlar qabul qilish «daraxti»ni qurishga asoslangan tarkibiy induktsiya usuli;
ekspertlar malakasini qo’llashga asoslangan evristik qoidalar usuli.

    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin