Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə34/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Accessda so‘rovlar ma’lum talablarga javob beruvchi axborotlarni berilganlar bazasidan olish vositasi bo’lib xizmat qiladi. So’rovlar yordamida qidiriladigan yozuvlar shartlarini aniqlash mumkin. So’rovlar sodda bo’lishi mumkin, masalan, kitobning narxi $ 10 dan ortiq bo’lgan yozuvlarni chiqarish. Bir necha ketma-ket taqqoslashlarni o’z ichiga olgan murakkab holda ham bo’lishi mumkin.
Har qanday so’rovning asosida mos ravishda satr va ustunlarda ko’rilayotgan maydon va shartlar kiritiladigan so‘rov blanki yotadi.
Ma’lumotlar bilan jadval yoki forma rejimida ishlayotganda yozuvlar uchun so’rovlar yaratishda Записи / Фильтр / Расширенный фильтр (Filter / Advanced Filter / Sort) buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyruqni bajarish natijasida, quyidagicha muloqot oynasi ochiladi:
Расширенный фильтр buyrug’i haqiqiy so’rovga nisbatan ayrim chegaralanishlarga ega:
tanlash shartlarini berishda Расширенный фильтр buyrug’i bajarilganda faol bo’lgan jadval (so’rov) maydonlaridan foydalanish mumkin;
haqiqiy so’rov blanklarida ko’zda tutilgan imkoniyatlardan ayrimlariga kirish imkoniyati yo’q.
So’rovlar bir necha shartlardan tashkil topgan, yozuvlarni tasvirlash diapazonini kichraytirish imkonini beradi. Har bir shart uch elementdan tashkil togan:
taqqoslash uchun qo’llaniladigan maydon; bajariladigan taqqoslash turini izohlovchi operator; maydondagi qiymat taqqoslanadigan kattalik.
Shart yaratish uchun bu axborotni so’rov blankiga kiritish zarur.
Avvalom bor shartda qo’llaniladigan maydon nomi tanlanadi.
Условие отбора (Criteria) satrida sichqoncha tugmasi bosilib, qiymat bilan birga operator kiritiladi. Условие отбора satrida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda Построить (Build) buyrug’i bajariladi.
59
Hisobotlar yaratish. Hisobotlar berilganlar bazasidagi axborotlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Hisobotlarni monitor ekranida ko’rish odatda noqulay, chunki ular chop qilish uchun mo’ljallangan. Accessda hisobot tarkibiga boshqa obyektlar ham kiradi, masalan, Nakleyka Masteri tayyorlagan manzilli nakleykalar va Diagramma Masteri tayyorlagan diagrammalar. Ular axborotni berilganlar bazasi jadvali maydonlaridan oladi va foydalanuvchiga qulay ko’rinishda tasvirlaydi. Diagramma Masteri Office barcha dasturlari bilan hamkorlikda qo’llaniladi.
Standart hisobotlar ikki turga bo’linadi: ustunli va satrli (lentali).
Ustunli hisobot oddiy formani eslatadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin