Ekspertlarning hisoblariga ko’ra, hozirgi kunda mavjud bo’lgan viruslar soni 800.000 dan ortib ketdi. Har kuni 8-10 ta yangi viruslar yaratilmoqda. Hozirgi kunda amalda harakatda bo’lgan viruslarning soni
150
300 ga yaqin deb hisoblanmoqda.
Taniqli virusologlardan biri Yevgeniy Kasperskiy viruslarni belgilari bo’yicha quyidagicha tasniflashni taklif qiladi:
Virusningyashashmuhitibo‘yicha:
Tarmoq – kompyuter tarmog’i bo’yicha tarqaladi.
Fayl – bajarilayotgan fayllarga tadbiq qilinadi.
Yuklanuvchi – diskning yuklash sektori (Boot-sektor)ga tadbiq qilinadi.
Yashashmuhitinizararlashusulibo‘yicha:
rezident – kompyuter xotirasida joylashadi va kompyuter o’chirilgunga qadar faol bo’ladi;
norezident – xotirani zararlamaydi, ma’lum bir vaqt oralig’ida faol bo’ladi.
Destruktivimkoniyatlaribo‘yicha:
zararsiz – ishga ta’sir qilmaydi; tarqalishi natijasida diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi;
xavfsiz – diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi, ovoz, grafik va boshqa effektlar yaratadi;
xavfli – ish jarayonida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin;
o‘ta xavfli – dasturlar yoki tizim ma’lumotlarining yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Virusalgoritminingo‘zgachaligibo‘yicha:
«Yo‘ldosh» viruslar – fayllarni o’zgartirmaydi, EXE-fayllar uchun yo’ldosh bo’lgan SOM-fayllar yaratadi.
«Chuvalchang» viruslar – tarmoq bo’yicha tarqaladi, tarmoq manzillarini hisoblagan holda o’z nusxalarini jo’natadi.
«Parazit» – disk sektorlari yoki fayllar tarkibini o’zgartiradi.
«Talaba» – ko’plab xatoliklarga ega bo’lgan viruslar.
«Stels» (ko’rinmas) viruslar –zararlangan fayl yoki sektorlarga DOS murojaatini tutib oladi va o’zining o’rniga zararlanmagan qismlarni qo’yadi.
«Sharpa» viruslar – hech qanday doimiy kodga ega emas, topish qiyin, virusning asosiy tanasi shifrlangan.
Makroviruslar – mashina kodlarida emas, Word Basic tilida yoziladi, Word hujjatlarida yashaydi, o’zini Normal.dotga yozadi).
Kompyuterga viruslar kirishining asosiy yo’li egiluvchan va lazerli disklar va kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. Virusga ega bo’lgan
151
dasturni diskdan yuklash orqali qattiq diskni virus bilan zararlash mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy bo’lishi mumkin. Bunda disk tizimli bo’lishi shart emas. Uni zararlangan kompyuter disk yurituvchisiga qo’yish bilan virus tushushi mumkin. Kompyuter virus bilan zararlanganda uni aniqlash muhim. Buning uchun virus mavjudligining asosiy belgilarini bilish zarur.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishning to’xtashi yoki normal ishlab turgan dasturlarning noto’g’ri ishlashi;
kompyuterning sekin ishlashi;
operatsion tizimni yuklash imkoniyatining yo’qligi;
fayl va kataloglarning yo’qolishi yoki ular mazmunining o’zgarishi;
fayllar vaqti va kunining o’zgarib qolishi; fayllar o’lchamining o’zgarishi;
diskda kutilmagan holda fayllar sonining sezilarli ortib ketishi; ekranga kutilmagan axborotlar yoki tasvirlarning chiqarilishi; ko’zda tutilmagan ovoz signallarining uzatilishi;
kompyuter ishida tez-tez uzilishlarning yuzaga kelishi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, yuqorida keltirilgan o’zgarishlar virus mavjudligi tufayli yuzaga kelishi shart emas, boshqa kamchiliklar tufayli ham sodir bo’lishi mumkin. Shu sababli, kompyuterga tashxis qo’yish doimo qiyinchilik tug’diradi.
Virus qanday bo’lishidan qat’iy nazar, foydalanuvchi kompyuter viruslaridan himoyalanishning asosiy usullarini bilishi lozim.
Viruslardan himoyalanish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
diskning fizik buzilishidan, foydalanuvchining noto’g’ri harakatlaridan yoki noto’g’ri ishlayotgan dasturlardan himoyalanish uchun foydali bo’lgan axborotni himoyalash umumiy vositalari;
virus bilan zararlanish ehtimolligini kamaytiruvchi profilaktik choralar;
virusdan himoyalanish uchun maxsuslashtirilgan dasturlar.
Axborotni himoyalash umumiy vositalari nafaqat viruslardan himoyalanish uchun foydali. Bu vositalarning ikkita asosiy turi mavjud:
Axborotni nusxalash – diskning tizim sohalarini va fayllar nusxalarini yaratish.
Axborotni ruxsatsiz foydalanishdan chegaralash, xususan,
152
dasturlar va ma’lumotlarning viruslar, noto’g’ri ishlayotgan dasturlar, foydalanuvchining noto’g’ri harakatlaridan himoyalash.