Biz endi matn qismlarini ajratish mumkinligini bilamiz
yarim qalin yoki og‘ma shrift bilan. Bundan tashqari, belgining fiksirlangan kenglikdagi matn qismlarini kiritish mumkin
(yozuv mashinasini ifodalash)
Yana bir qator logik (mantiqiy) stillar mavjud:
EM (emphasis) – aksent
168
STRONG (strong emphasis) – kuchli aksent
CODE – joriy matn qismlari uchun
SAMP (sample) – namuna
KBD (keyboard) – klaviatura
VAR (variable) – o‘zgaruvchi
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Hush kelibsiz!
«Axborot tizimlari» o‘quv kursi
175
tegida sahifa foni sifatida aniqlaymiz. So’ngra sahifa foni rangini beramiz. Natijada tegi taxminan quyidagicha ko’rinish oladi:
BASKGROUND="image.gif" BGCOLOR="#FF0000">
Bu yerda ikkita fon yaratildi – GIF va berilgan rang. Natijada fon rangi jadvalning barcha chegaralari va gorizontal chiziqlarda () ko’rinib turadi. Sizning foningiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar rangli chiziqlar va jadval chegaralari sezilarli ajralib turadi. Agar fon rangi juda murakkab bo’lmasa, sahifaning yuklanish vaqti ozginaga ortadi.
HTMLda ranglar
Ranglar qizil, yashil va ko’k (RGB) ranglarning o’noltilik yozuvi kombinatsiyasi yordamida aniqlanadi. Bir rangga manbadan berish mumkin bo’lgan eng kichik qiymat 0 ga (hex #00), maksimal qiymat esa
255 ga (hex #FF) teng. RED (qizil), GREEN (yashil) va BLUE (ko‘k) ranglarini aralashtirish natijasida boshqa ranglar chiqariladi.
Ranglar nomlarining ayrim mosliklari ko’plab brauzerlar tomonidan ta’minlanadi. HTML 4.0 uchun W3C standarti tomonidan 16 xildagi rang ta’minlanadi: aqua, black, blue, fuchsia, gray, green, lime, maroon, navy, olive, purple, red, silver, teal, white va yellow. Qolgan barcha ranglar uchun rangning HEX qiymatidan foydalanish zarur.
Bir necha yillar avval ko’plab kompyuterlar 256 ta rangni ta’minlar edi. Shu sababli, Web standarti sifatida 216 ta rang taklif qilingan. Buning sababi, Microsoft va Mac operatsion tizimlari 40 ta (har biri 20 ga yaqin) turli fiksirlangan «zahira» tizim ranglaridan foydalanar edi. Bu ranglar birinchi navbatda hamma kompyuterlar tomonidan 256 rangli palitradan foydalanilganda barcha ranglarni to’g’ri tasvirlashni ta’minlish uchun yaratilgan. Hozir bu qanchalik muhimligini aytish qiyin, chunki ko’plab kompyuterlar milionlab turli ranglarni chiqarish imkoniyatiga ega. Ammo, bunday standart mavjud va imkon qadar bunga rioya qilish lozim.
Qizil rang (R) parametrini to’liq o’chirib qo’ygan (0) holda yashil
(G) va ko’k (B) ranglar uchun turli kombinatsiyada 65536 ta rang hosil qilish mumkin bo’ladi (256 x 256).
Qizil rang (R) parametrini maksimal (255) qo’ygan holda ham yashil
176
(G) va ko’k (B) ranglar uchun turli kombinatsiyada 65536 ta rang hosil qilish mumkin (256 x 256).
Qizil, yashil va ko’k ranglarning 0 dan 255 gacha aralashmasi 16
milliondan ortiq rangni beradi (256 x 256 x 256).
Hozirgi kunda zamonaviy monitorlar 16384 dan kam bo’lmagan ranglarni chiqarishi mumkin.
Saytda foydalanilayotgan fon muhim rol o’ynaydi. Yaxshi fon Web- saytning tashqi ko’rinishini sezilarli darajada yaxshilaydi, rang sxemasi noto’g’ri tanlanganda esa, sahifani o’qish qiyinlashadi. Bularning hammasini misolda ko’rib chiqaylik.
Matn va fonnig yaxshi rangiga misol.