2.1.Ilmiy amaliyot (Stajirovka)ni o‘tash muddati: _______________________ (vaqti ko‘rsatiladi).
2.2.“Qabul qiluvchi tashkilot”dan belgilangan ilmiy amaliyot (stajirovka) rahbari __________________________________________________________________
(F.I.Sh, telefon raqamlari, elektron adresi, tashkilot faksi raqami)
2.3.“Jo‘natuvchi tomon” dan talabaga biriktirilgan rahbari ___________________
__________________________________________________________________
(F.I.Sh, telefon raqamlari, elektron adresi, tashkilot faksi raqami)
2.4.“Stajyor” mustaqil ravishda – stajirovkani, yashash va ovqatlanishni hamda transport xarajatlarini qoplaydi.
3.1. Qabul qiluvchi tashkilotning majburiyatlari: 3.1.1.Mehnat qonunchiligi talablariga binoan shartnomaning 1.3 bandiga muvofiq tashkilot negizida ilmiy amaliyot (stajirovka) dasturi asosida amaliyotni tashkil qiladi va o‘tkazadi.
3.1.2.Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq tushuntirish ishlarini olib boradi va stajirovkaning xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlaydi.
3.1.3.Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning birinchi kunidan amaliyot (stajirovka)ning kun tartibini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib ichki tartib qoidalarga asoslangan holda belgilaydi.
3.1.4.Ilmiy amaliyot (stajirovka) davrida Qabul qiluvchi tashkilotning olimlari tomonidan talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilishi va OTMning ilmiy faoliyati bilan tanishtirish ishlarining olib borilishini ta’minlaydi.
3.1.5.Ilmiy amaliyot (stajirovka) davrida magistratura talabalariga muassasada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar beradi.
3.1.6.Malakali va tajribali mutaxassislar orasidan amaliyot (stajirovka) stajirovka rahbarini tayinlaydi.
3.1.7.Magistratura talabasiga ilmiy amaliyot (stajirovka) stajirovka o‘tash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
3.1.8.OTMdagi ilmiy amaliyot (stajirovka) rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan ilmiy amaliyot (stajirovka) o‘tash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi.
3.1.9.Zarur bo‘lgan hollarda ilmiy amaliyot (stajirovka)ni qanday olib borilayotganligini nazorat qilishi uchun “Qabul qiluvchi tashkilot” “Jo‘natuvchi tomon”ga zarur sharoitlarni yaratib beradi.
3.1.10.Ilmiy amaliyot (stajirovka)ning oxirgi kuni «Qabul qiluvchi tashkilot» ilmiy amaliyot (stajirovka) natijalarini tavsifnoma shaklida rasmiylashtiradi va stajyorga taqdim qiladi.