“Magistraturaga kirish imtihoni uchun mutaxassislik fanlaridan sinov
dasturi va
abiturientlarning bilimlarini baholash mezoni” (5А141001-Tuproqshunoslik (tadqiqot
turi bo„yicha) Guliston davlat universiteti “Tuproqshunoslik” kafedrasining 2021 yil
28 iyundagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Dastur (5А141001-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo„yicha) magistratura
mutaxasisligiga kiruvchilar uchun mo„ljallangan va 5141000 Tuproqshunoslik ta‟lim
yo„nalishining 2017/2018 –o„quv yilida tasdiqlangan o„quv
rejasidagi аsosiy fanlarga
muvofiq tuzilgan.
Tuzuvchilar: I.U.O„razbayev – GulDU “Tuproqshunoslik” kafedrasi professori.
Sh.M.Turdimetov – GulDU “Tuproqshunoslik” kafedrasi mudiri,
dotsent.
A.A.Musurminov – GulDU “Tuproqshunoslikt” kafedrasi dotsenti.
Taqrizchi:
O.Xaqberdiyev – TIQXMII “Dehqonchilik va tuproqshunoslik”
kafedrasi mudiri, dotsent.
© Tuproqshunoslik kafedrasi
Kirish
Tuproqshunoslik fani qishloq xo„jaligida asosiy
nazariy va amaliy fanlar
jumlasiga kiradi. Tuproqshunoslik mutaxassisligi bo„yicha magistratura bosqichi
qishloq xo„jaligi ta‟limi va ishlab chiqarish sohasida asosiy
mutaxassisliklardan biri
hisoblanadi.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifati birinchi navbatda bakalavriat
ta‟lim yo„nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o„quv rejasiga kiritilgan fanlar
mazmuni va ularni o„qitish sifatiga bog„liq. Shu nuqtai
nazardan yondashganda
magistratura mutaxassisliklari bo„yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning
negizini eng avvalo ularning bakalavriat ta‟lim bosqichida o„qigan fanlaridan egallagan
bilim va ko„nikmalari tashkil etadi.
Magistratura ta‟lim bosqichining 5А141001-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi
bo„yicha) mutaxassisligiga kirish bo„yicha “Mutaxassislik”
fanidan tayyorlangan
maxsus sinov dasturi bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitilgan “Tuproqshunoslik”,
“Tuproq kimyosi”, “Tuproq fizikasi”, “O„simliklar oziqlanishi va o„g„itlar”, “Tuproq
melioratsiyasi va gidrologiyasi” kabi ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan. Shuningdek,
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ko„tarilgan dolzarb vazifalar
va ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar,
shuningdek
2017-2021
yillarda
O„zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasida
belgilangan asosiy ustuvor yo„nalishlar ham kiritilgan.