Magistrlik dissertatsiya ishi Toshkent shahri ko’cha yo’llarini seysmik zaifligi hamda zilziladan ko’radigan iqtisodiy zararini baholashga bag’ishlangan



Yüklə 19,47 Kb.
səhifə2/3
tarix14.06.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#130362
1   2   3
Kirish

Tadqiqotning dolzarbligi. Transport tarmoqlari odamlarning, tovarlarning va xizmatlarning yil bo‘yi qulay va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash uchun mo‘ljallangan. Ular zamonaviy jamiyatlar va iqtisodiyotlarning barqaror ishlashi uchun zarurdir. Favqulodda vaziyatlarda va falokatdan keyingi tiklanishda ularning roli ortib borayotganini hisobga olgan holda, transport tarmoqlarining ishonchli ishlashi tabiiy ofatga moyil hududlarda alohida ahamiyatga ega. Kuchli vayron qiluvchi zilzilalar va zilzila natijasida kelib chiqadigan oqibatlar kabi noqulay tabiat hodisalari avtomobil-yo‘llarini ishlashini buzishi olib kelishi mumkin. Zilzilalarning ehtimoliy salbiy oqibatlari transport tarmog’i konstruksiyalari zaifligiga va transport tarmog’i qurilishi va eksplutatsiya sifatiga, xamda transport tarmog’ining zichligiga bog’liq.
Zilzilalarga moyil hududlarda transport tarmoqlari samaradorligini tahlil qilish va tegishli xavflarni boshqarish dasturlarini ishlab chiqishda xavf darajasini oshirishga yordam beradigan barcha tegishli omillarni hisobga olish kerak. Oʻzbekiston xududi seysmik faol xududda joylashgan. Shu sababli, O‘zbekistonda zilzilaning avtomobil yo‘llariga ayniqsa shahar yo‘llari va ko‘chalariga taʼsirini o‘rganish dolzarb masala xisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahri ko‘cha-yo‘llarini zilziladan ko‘radigan iqsodiy zararini baholash
Tadqiqotning vazifalari:
➢ Seysmik riskni rivojlanish bosqichlari va o’rganganlik holati
➢ Toshkent shahar hududining seysmik xavfi
➢ Shahar ko’cha-yo’llarining seysmik riskini baholash
Tadqiqotning obyekti va tadqiqot predmeti: Toshkent shahri ko’cha-yo’llari
Tadqiqot metodlari: dissertatsiya ishida nazariy statistik tadqiqot, tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash uslublaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
➢ Shahar yo’llari va ko’chalarining seysmik zaifligi aniqlandi va ular bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
➢ Shahar yo’llari va ko’chalarini seysmik riski( zilziladan ko’radigan iqtisodiy zarar)i baholandi va ular bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin