Magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 47,14 Kb.
səhifə8/8
tarix07.02.2023
ölçüsü47,14 Kb.
#83219
1   2   3   4   5   6   7   8
Dissertatsiya mavzusi himoya Отабек

IBM Micromedex Drug ref dasturi hozirda ishlatiladigan dori vositalari haqida zarur barcha maʻlumotlar bilan taʻminlaydi. Har bir dorining turli kasallik uchun tavsiya etilgan dozalari, ehtiyot zarur holatlar (allergiya, kasalliklar, homiladorlik va emizish), dorilarning oʻzaro taʻsiri, nojoʻya taʻsirlari, dori nomlari, taʻsir mexanizmi, farmakokinetikasi, administratsiyasi, bemorni kuzatish, qanday qoʻllash, toksikologiyasi va bemorlarga klinik tushuntirish ishlari ilovada batafsil yoritilgan. Ilova ingliz tilida va yillik 2.99 AQSh dollari miqdorida aʻzo boʻlish puli toʻlanishi kerak. Huddi shu yerda keltirilgan tartibdagi dori vositalari haqidagi ma’lumotlar yuqoridagi Medscape va boshqa ilovalarimizda ham bor.
Human Anatomy Atlas – inson tanasining toʻliq 3D atlasi. Koʻplab talabalar tomonidan kitob atlaslardan koʻra ma’qul koʻrilgan. 10000 dan ortiq anatomik modellar taʼriflar bilan keltirilgan ilova 7 ta tilda (ingliz, ispan, fransuz, nemis, italian, yapon va soddalashtirilgan xitoy tili) mavjud. Har bir anatomik tuzilmaning ingliz va lotin tilidagi nomi, inglizcha talaffuzi, u haqida maʻlumot, tuzilmada boʻlishi mumkin boʻlgan kasalliklar haqida ham ma’lumotlar mavjud. 3D atlas odam tanasini maydonlar, organlar sistemasi, gross anatomiya, koʻndalang kesmalar va mikroanatomiya boʻlimlari boʻyicha oʻrgatadi. Ilovani hozirda Play Marketdan atigi 0.99$ (oldin narxi 25$ edi) ga sotib olishingiz mumkin.
Dorlandʻs illustrated medical dictionary – tibbiyot talabalariga juda qoʻl keladigan ilova. Tibbiy kitob yoki maqola oʻqiyotgan vaqtingizda notanish atamaga duch keldingizmi, unda mana shu ilova siz uchun. Ilovada tibbiyotga oid deyarli barcha atamalar, dorilar, kasalliklar va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot bor. Play Marketdan bepul yuklab olish mumkin boʻlsa-da, ilova ichida undan toʻliq foydalanish va reklamalardan qutilish uchun toʻlov qilish kerak.
Bu toʻrtta ilova qaysi tibbiyot mutaxassisi yoki talabasi boʻlmasin barchaga birdek yordam beradi. Undan tashqari aynan bir mavzu yoki sohani oʻrgatish uchun chiqarilgan ilovalar ham bor. Ularga misol qilib ECG guide, Radiology, Infectious diseases, antibiotics kabi ilovalarni misol qilib keltirish mumkin. Mobil gadjetlar va telefonning oʻzidagi hisoblagichlar bilan maʻlumot almashadigan salomatlik ilovalari har bir kishiga oʻz salomatligini kuzatib borish imkonini beradi.
Yuqorida keltirilgan ilovalar yoki ularning muqobili albatta har bir tibbiyot talabasi yoki shifokorda boʻlishi kerak. Chunki, bu kabi ilovalarning oʻrnini boshqa hech narsa bosa olmaydi. Tezkorligi, maʻlumotni tez topish mumkinligi, qulayligi, eng soʻnggi maʻlumotlar bilan boyitilganligi bu ilovalarning ustunligidir.
Xorijiy mutaxassislar tibbiyotda axborot texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy tendentsiyalarini ajratib ko’rsatadi:

  1. Tibbiyotda axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko’rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko’rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko’ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni etkazib berish vositasi mavjud bo’ladi. Axborot mahsuloti borgan sari yakka foydalanuvchiga taqdim etiladigan o’ziga xos xizmat va hisobot-tahlil ishlari natijalari o’rtasidagi gibridga aylanib bormoqda.



  1. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o’rtasida ideal tarzda almashuvini o’tkazish imkoniyati ilg’or texnologik muammo kasb etadi. Axborot mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ularning kelishi va tez harakatlanishi bo’yicha to’liq muvofiq bo’lishi lozim.



  1. Oraliq bo’g’inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so’ngra, axborot manbai yo’lidan iste’molchiga qarab (ya’ni, bu sohadagi etkazib beruvchi va iste’molchilar) oraliq bo’g’inlar tugatiladi. Masalan, muallif va o’quvchi, sotuvchi va haridor, qo’shiqchi va tinglovchi, o’qituvchi va o’quvchi yoki iqtisodiy ob’ektlarda mutahassislar o’rtasida videokonferentsiya, elektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqot qilish imkoniyati tug’iladi.



  1. Globallashtirish. Iqtisodiy ob’ekt yo’ldosh aloqa va Internet tarmog’idan foydalanib axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish 208 olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o’zaro muloqot qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo’ladi.



  1. Konvergentsiya. Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.

Tibbiy xizmat koʻrsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq boʻgʻinlari oʻrtasida bogʻliqlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy koʻriklar sifatli tashkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari kasallarni imkon qadar oʻzida davolab, ogʻir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yoʻnaltiradi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa oʻz ixtisosligi boʻyicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib, aholi salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Onalar va bolalar oʻlimiga sabab boʻlayotgan omillarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni profilaktika qilish ishlari talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslashtirilgan markazlarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi. Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari ham qoniqarli emas. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida gepatit, oʻpka sili bilan kasallanish soni respublika boʻyicha 20 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida salbiy koʻrsatkichlar saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi moddiy-texnik baza va davolash holatini oʻrganib, mavjud kamchiliklarni hal etish, OITSning oldini olish, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan shaxslarni majburiy test tekshiruvidan oʻtkazishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 
Xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Mamlakatimizda xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda "tibbiyot xab"larini barpo etish boʻyicha vazifalar topshirildi. Kasalliklarni oldini olishning eng kamxarj va samarali yoʻli sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishdir. Afsuski, kamharakatlilik va notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida Oʻzbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida meʼyoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori. Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. 
Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sugʻurta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilgan. 2021-yildan boshlab yurtimizda ham majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularga toʻliq moliyaviy mustaqillik berish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 


Yüklə 47,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin