52
Shaxsning motivatsion jihatlari deyilganda, an’anaviy
ravishda
shaxsning yo‘nalganligini ifodalovchi va ma’lum bir ierarxiyaga ega, turg‘un
motivlari majmui tushuniladi.
Motiv nafaqat miqdoriy (kuchli – kuchsiz), balki
sifatiy jihatlardan ham
xarakterlanishi mumkin. Bu o‘rinda odatda ichki va tashqi motivlar farqlanadi.
Bunda gap motivning faoliyat mazmuniga munosabati haqida boradi. Agar,
shaxs uchun faoliyat o‘z holicha ahamiyatli bo‘lsa, unda bu ichki
motivatsiyaning muhimligini ko‘rsatadi. Agar boshqa motivlar ahamiyatli bo‘lsa
(ijtimoiy mavqe, maosh va sh.k.), unda tashqi motivlar
ustuvorlik qilayotgan
bo‘ladi. Motivlarning sifat xarakteristikasi juda muhim ahamiyatga ega.
Shaxs faolligi ko‘rinishlari
Inson ma’lum bir faoliyatni amalga oshirar ekan, uni faoliyatining asosini
turli motivlar tashkil qiladi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, ba’zan bir faoliyatni
amalga oshirishga ikki xil motiv asos bo‘lishi mumkin. Bunda, qaysi motiv
“kuchli” bo‘lsa shu motiv ustunlik qiladi va inson shu motiv turtki bo‘lgan
faoliyatni amalga oshiradi. Agar odamni faoliyatga undaydigan motivlar “kuchi
teng” bo‘lib qolgudek bo‘lsa, unda shaxsda
Dostları ilə paylaş: