Xotin-qizlarning muammolarga munosabati Biz mamlakatimizda yangi siyosiy munosabatlar hamda yangi siyosiy
madaniyat shakllanishi jarayonining ishtirokchilarimiz. Qurilayotgan Yangi
O‘zbekiston, ya’ni inson huquqlari kafolatlari ta’minlangan demokratik va
fuqarolik jamiyatida esa idrokli ayollarning davlat va jamiyat qurilishidagi
ishtiroki talab etiladi. Mazkur ishtirokni ko‘pchilik bo‘lib ta’minlash esa
hammamizning zimmamizdagi vazifalardan. Rivojlangan demokratik
jamiyatlar amaliyoti xotin-qizlarning turli huquqlarini qonunchilik orqali
ta’minlashning o‘zi yetarli emasligini, haqiqiy gender tenglik amaliyot orqali
tasdiqlangandagina hayotiy bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Shu bois, mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish
keng quloch yozib, rivojlanib borayotgan bir davrda ular huquqlarining
amaliyoti haqida mulohaza qilish dolzarblik kasb etadi. Biz zo‘ravonlikdan jabr
ko‘rgan ayollarga psixologik ko‘mak berishning metodlari, usul va vositalari
haqida fikr yuritamiz.
Ilk bor milliy qonunchiligimizda “
gender ” tushunchasiga ta’rif berildi,
uning mohiyati va milliy xususiyatlari belgilandi. Qonunda zo‘ravonlik
tushunchasi ta’rifi quyidagicha belgilandi:
“Zo‘ravonlik - xotin-qizlarga
61
nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)” ekanligi aniq
aytildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qariyb 20 ta