psixologik tuzatish ishlari orqali bartaraf etilishi lozim.
Unda o‘rganilayotgan shaxsning ma’lum bir faoliyatlarni maqsadga
muvofiq amalga oshirishiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan ayrim sifatlari
ko‘rsatiladi, ularni bartaraf etish yuzasidan
psixologik maslahatlar beriladi.
Psixologik maslahatlar berishda boshqa bir qancha ilmiy manbalardan
olingan ma’lumotlardan, psixologning, mutasaddi xodimning hayotiy tajribasi,
kasbiy mahorati va boshqa shu kabi manbalardan foydalanish ham mumkin,
lekin bu o‘rinda hal qiluvchi manba bo‘lib, shu maslahat berilayotgan odam,
er, xotin, qaynona, kelin, farzand, yosh xodim va boshqalarning o‘zidan,
psixodiagnostika yordamida olingan ma’lumotlar asos bo‘lishi (xizmat qilishi)
kerak. Ya’ni shu
odamning o‘zidan olib -
o‘ziga qaytarish maqsadga
muvofiq.
Psixoprofilaktikada psixodiagnostika orqali aniqlangan ma’lumotlarga
asoslangan holda shaxsda mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy xislatlar qanday
natijalarga, oqibatlarga olib borishi mumkinligi haqida mulohaza yuritiladi.
Ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan salbiy holatlar, vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha
tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ogohlantirishlar beriladi, yo‘nalishlar
belgilab olinadi.
Nihoyat psixologik xizmatning so‘nggi yo‘nalishi bu
psixologik oqartuv (ma’rifat)
ishlarini olib borishdir . Ma’lumki, hamma odamlar ham
psixologiyaga qiziqavermasligi yoki o‘zining kasb faoliyati xarakteridan kelib
chiqqan holda psixologiya fani yutuqlari, psixologik ta’limotlar, amaliy
psixologiya imkoniyatlaridan bexabar, bular haqidagi ma’lumotlarga duch
kelmagan bo‘lishi, yoki ularning bu haqdagi tasavvurlari noadekvat bo‘lishi
mumkin. Psixologik oqartuv ishlarini olib borish esa odamlarni shu
ma’lumotlardan xabardor qilish, aholi o‘rtasida psixologik bilmlarni targ‘ib
qilish, ularning psixologik savodxonligini oshirish, psixologik ma’rifiy ishlarni
yo‘lga qo‘yilishini taqozo qiladi. Uning samaradorligi, shubhasiz, psixologik
57
xizmatning yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlari natijalariga qanchalik
asoslanishga bog‘liq.