Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Psixolog-konsultant mijoz hikoyasining quyidagi jihatlariga e’tibor 
qaratishi lozim:
1) qiyinchilik sabablarini tushuntirish tarzi, xulq-atvori, emotsional 
holati;


65
2) mijozning boshqalar uni qanday qabul qilishlari, o‘zgalarning 
xulq-atvorlari, boshqalarning mijoz haqidagi tasavvuri yuzasidan 
fikrlari;
3) mijozning boshqa odamlarga bergan va qachondir bu haqda 
ularning o‘zlariga aytgan bahosi (har doim ham ochiqdan-ochiq ro‘y 
bermaydigan, lekin muomalada qo‘llaniladigan va tez-tez ko‘zga 
tashlanadigan, esda qoladigan “qaytar aloqa”).
Muomalaga kirishishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, shuningdek 
ularning sabablari ham turlichadir.
Ifodalashga oson bo‘lishi uchun muomalaga kirishishdagi 
muammolarni ijtimoiy psixologiyada ma’lum bo‘lgan uch xil darajadagi 
ustanovka (yo‘l-yo‘riq) bilan qiyoslagan holda quyidagi guruhlarga 
ajratamiz: 
1) Muomala jarayonini murakkablashtiruvchi xulq-atvor; 
2) Muomala jarayonini qiyinlashtiruvchi emotsional aks ta’sir; 
3) Muomala jarayoniga destruktiv ta’sir etuvchi holatlar. 
Bu kabi ajratish shartli xususiyat kasb etsada, ko‘pchilik hollarda
psixolog-konsultant turli vaziyatlar (qabul vaqtining cheklanganligi, mijozning 
maxsus tayyorlanmaganligi) taqozosi bilan muammoning bir muncha yorqin 
namoyon bo‘lgan jihatigagina e’tiborini qaratadi. 
Ma’naviy manqurtlik
– inson va jamiyat ongu tafakkurining 
bo‘ysundirilishi, qaram etilishi, ma’naviy tamoyillarning zaiflashuvi, mustaqil 
rivojlanish imkoniyatlarining cheklangani, taraqqiyotdan ortda qolish
o‘zgalarning g‘oyaviy-mafkuraviy tazyiqi oqibatida sodir bo‘ladigan salbiy 
holat va jarayonni ifodalovchi inson, shaxs, fuqaro, oila, millat, xalq va 
mamlakatga nisbatan qo‘llash mumkin.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin