64
Ma’naviy muammolar.
Muomala madaniyatining yetishmasligi.
Kishilar
bilan muomala
o‘rnatishdagi muammolar – psixolog yordamiga
murojaat qiluvchilarning
asosiy keng tarqalgan shikoyat sabablaridan biridir.
Bu singari shikoyatlar asosan quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
1) “Boshqalar bilan muomalaga kirishishim uchun menda nimadir
yetishmaydi” yoki “Boshqalar bilan muomalaga kirishishimda uyatchan-
ligim, o‘zimga nisbatan ishonch hissining yetishmasligi menga hamisha
halaqit, pand beradi”;
2) “Men omadsizman, gaplashadigan odamim yo‘q, atrofimdagilar
meni mutlaqo qiziqtirmaydi”;
3) “Men boshqa jins vakili bilan muomalaga kirisha olmayman, ular
bilan munosabatga kirishishiga urinishim negadir samarasiz tugaydi”.
Xullas, tahlil qilib ko‘rilganda, shikoyatlarning sabablari a) insonning o‘zi;
b) boshqa insonlar; d) insonlardagi ma’lum bir sifatlar bo‘lishi mumkin.
Psixologik konsultatsiya samarali bo‘lishining
asosiy shartlaridan biri
mijozning o‘z muammolari uchun javobgarlikni
zimmasiga olishga tayyor
ekanligidir.
Shuning uchun, konsultatsiyaga kelgan inson o‘zidagi
kamchiliklarni ko‘rmay, nuqul atrofdagilardan shikoyat qilsa, bunday vaziyatda
psixolog-konsultantning vazifasi mijozni muammo sababini o‘zidan qidirishga
o‘rgatishdir. Buning uchun psixolog suhbatdoshiga quyidagicha savollar bilan
murojaat etishi mumkin: “Siz o‘z hayotingizda o‘zingizning darajangizdagi
insonlar bilan uchrashganmisiz?”, “Kimnidir, qachondir yoqtirib qolganmisiz?”,
“Hayotingizning muayyan davrida kim bilandir bo‘lgan
muloqot Sizning
yodingizda qolganmi?” va h.k.
Dostları ilə paylaş: