66
odatlantirishga, urf-odatlarimizdan, mentalitetimizdan yuz o‘girtirishga
chiranmoqda, ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq”
degan
narsalarini “qora” deb uqtirishga harakat qilmoqda.
Bu “ommaviy madaniyat” deganlarining lug‘atiga, ya’ni ushbu
“madaniyat” targ‘ib va talqin qilayotgan so‘zlarning mazmun-mohiyatiga bir
nazar tashlasak hammasini ayon bo‘ladi. Masalan:
Isrofgarchilik
- boylik, to‘kin-sochinlik, hashamat, dabdaba belgisi;
Yoshlik
- tez o‘tib ketadigan, lazzatlanib, rohatlanib, o‘ynab, kulib, kayf-
safo,
aysh-ishrat, maishat, har xil beboshliklar, bema’nigarchiliklar,
nomaqbulchiliklar qilib qoladigan va qilinishi kerak bo‘lgan vaqt;
Vafo, sadoqat
- feodallar tuzumidan qolgan, umuman qizig‘i, keragi,
foydasi yo‘q eskilik sarqitlari;
Fohisha
- hirsli, his-tuyg‘uga
limmo-lim, jozibali, latofatli,
juda kerakli,
bahosi yo‘q xodima;
Hayo, ibo
- madaniyatsizlik, ma’naviyatsizlik va keragi yo‘q bir mavhum
tushunchalar;
Insof qilish
– imkoniyatni, fursatni boy berish,
chuv tushib, g‘aflatda
qolish;
Saxovat
- mablag‘ni, ya’ni g‘amlab qo‘yilgan boylikni, sarmoyani hech
qanday maqsadsiz sovurish;
67
Yaxshi ota
- bola qo‘liga katta miqdordagi pulni berib qo‘yib, barcha
xohish - istaklarini ruyobga chiqaradigan, ulkan
imkoniyatlar yaratib bergan
yaxshi sherik;
Yomon ota
- bolasiga pul emas, aksincha, ta’lim-tarbiya, bilim, odob-
axloq,
malaka egallashga, ko‘nikma hosil qilishga ko‘maklashuvchi, tergab
turuvchi, kezi kelganda jazolovchi yomon sherik;
Oila
- shaxsga xohlagan ishini qilishga to‘sqinlik qiluvchi, bema’ni,
keraksiz majburiyatlarni yuklovchi, ko‘ngilxushliklarini, kayf-safosini erkinligini
bo‘g‘uvchi, besh kunlik dunyoda yayrab, o‘ynab qolish kerak, degan aqidaga
g‘ov bo‘luvchi iskanja, zanjir;
Dostları ilə paylaş: