MUAMMOLARINI YECHISHGA TAYYORMI? IQTISODIY, MOLIYAVIY, MA’NAVIY, AXLOQIY MUAMMOLAR. Reja :
1. O‘zbek oilasi muammolari tasnifi.
2. O‘zbek oilasi muammolarini yechishga tayyormi?
3. Iqtisodiy, moliyaviy, ma’naviy, axloqiy muammolar.
Tayanch iboralar: O‘zbek oilasi, psixodiagnostika, tasnifi, Iqtisodiy,
moliyaviy, ma’naviy, axloqiy muammolar.
O‘zbek oilasi muammolari tasnifi: 1. Psixologik-ruhiy; muammolarni diagnostika qilish usullari. 2. Xotin-qizlarning muammolarga munosabati markerlari : xotirjamlik; qabul qilmaslik; inkor etish; muammolar yechimiga tayyor emaslik; muammolar yechimini bilmaslik; infantillik; ijtimoiy faollik; muammolardan qo‘rqmaslik; davlat strukturalari faoliyatini bilish. 3. Iqtisodiy muammolar: pul yetishmovchiligi; qarz; ishsizlik; malakaning yo‘qligi; kasb-korning yo‘qligi. 4. Ma’naviy muammolar: muomala madaniyatining yetishmasligi; ma’naviy manqurtlik; ommaviy madaniyat; individualizm; egoizm; hudbinlik; mafkuraviy immunitetning yetishmasligi; o‘z xalqi tarixini bilmaslik. 5. Axloqiy muammolar: axloqsizlik; bevafolik; inson sha’nini hurmat qilmaslik; bilimsizlik; jaholat; hiyonat. Psixologik-ruhiy muammolarni diagnostika qilish usullari. Psixodiagnostika da turli psixodiagnostik vositalar (metodlar, testlar,
so‘rovnomalar) yordamida o‘rganilayotgan odamning psixologik xususiyatlari,
shaxsi, o‘rganilayotgan jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari,
undagi o‘zaro munosabatlar tizimi aniqlanadi. Bu obektning kim va qanday
56
ekanligi bilinadi. Psixodiagnostika yordamida aniqlangan xususiyatlar,
aksariyat hollarda ularning asosan salbiy xarakterga ega bo‘lgan jihatlari