Mahalla va oila


o’zgartiraman) – degan ma’noni bildiradi



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

o’zgartiraman) – degan ma’noni bildiradi.


82
“O‘zbekistonda tashqi migratsiya uchun asosiy sabab mamlakatda ish 
joylarining yetishmasligi emas, balki qoniqarli turmush darajasini ta’minlash 
uchun yetarli bo‘lmagan past darajadagi daromadlardir. 
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining aksariyati (87 foiz) Rossiyaga yo‘l 
olib, ularning asosiy qismi u yerda 9 oydan ko‘proq vaqt davomida qolishadi. 
Janubiy Koreya, Turkiya va Qozog‘iston ham O‘zbekistonlik
muhojirlar 
ish izlab yo‘l oladigan asosiy mamlakatlar sirasiga kiradi. 
Aksariyat O‘zbekistonlik migrantlar o‘zlari borgan xorij mamlakatida kam 
haq to‘lanadigan ishlarni bajarishga majbur. Ularning aksariyati oliy 
ma’lumotga ega emas. Muhojirlarning asosiy qismi (40 foiz) qurilishda,
20 foizi sanoatda, qolganlari (40 foiz) umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish 
korxonalarida mehnat qiladi. 
Ko‘plab muhojir oilalarning (45 foiz) kamida ikki nafar farzandi vasiylar 
qaramog‘ida qolishadi. Ushbu bolalarning deyarli 63 foizi onalari bilan 
yashaydi, chunki muhojir otalar ko‘proq ishlab, oilalariga ko‘proq pul 
yuborishadi. 
Aksariyat oilalar (84 foiz) dori-darmon, ta’lim olish, yaxshi ovqatlanish 
va turar-joy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan pul o‘tkazmalariga 
suyanib qolishgan. Tadqiqotda qatnashgan migrantlar oilalarning yarmida 


83
xarajatlar ko‘rsatkichi daromadlar hajmidan ancha yuqoridir. Ko‘pgina oilalar 
barqaror daromad olishning boshqa manbalariga ega bo‘lmay, ularning yarmi 
ish bilan mutlaqo ta’minlanmagan. 
Mehnat muhojirlarining oilalari qoniqarsiz sharoitlarda yashashga 
majbur. So‘rovda qatnashgan oilalarning faqat 19 foizi markaziy isitish 
tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning yarmi ichimlik suvi 
bilan ta’minlangan”, deyilgan hujjatda. 
O‘zbekistonda migrant ota-onaning farzandlari ko‘pincha vasiylar 
vazifasini bajaruvi qarindosh-urug‘lar, oila a’zolarining qaramog‘ida qoladilar. 
Bunday bolalar rivojlanish nuqsonlari, psixososyal va hissiy muammolarga 
duch kelishi mumkin bo‘lib, bunda ota-onalarning safardaligi bolaga 
g‘amxo‘rlik qilishda muammolar tug‘diradi. Ota-onalarning migratsiyasi, 
xususan, bolaning ta’limiga, sog‘lig‘iga va ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi kuzatilmoqda. Ota-onalarning safarda bo‘lishi bolaning 
ovqatlanishi, ta’lim olish darajasiga salbiy ta’sir qilishi hamda depressiya 
holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uy yumushlari va uning zimmasiga 
yuklatilgan mas’uliyat bolaning erta ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini baholashning natijalariga 
ko‘ra, mamlakatda bolalarni himoya qilish tizimining tarkibiy qismlari mavjud 
bo‘lishiga qaramay, ular xodimlar va mablag‘ yetishmasligi hamda idoralararo 
muvofiqlashtirish choralarining sustligi tufayli samarali ishlamayotganligi 
aniqlandi. Bolalarni himoya qilish xizmatlari asosan bolalarning bitta toifasiga 
- ya’ni asosan internat shaklidagi muassasalarga joylashtirilgan ota-ona 


84
g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga qaratilgan. Tazyiq, zo‘ravonlik, 
ekspluatatsiya va beparvolikning oldini olish bo‘yicha xizmatlar va choralarni 
bajarish past darajada qolmoqda. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kasb sifatida 
yetarlicha rivojlanmagan va bunday xizmatlar asosan faqat internat shaklidagi 
muassasalarda ko‘rsatiladi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy sug‘urta badallari va umumiy soliq tushumlari 
hisobidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining milliy sug‘urta 
tizimiga YaIMning 9,7 foizi yo‘naltirilmoqda. Iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham butun hayot sikli uchun 
mo‘ljallangan ijtimoiy himoya qilish milliy tizimi yaratilgan bo‘lib, u 
fuqarolarning umrlari davomida duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammolarni 
hal qilishga qaratilgan.
Umuman olganda, ko‘p sonli oilalarning fikriga ko‘ra, migratsiyaning 
ijobiy ta’siri salbiy ta’siridan ko‘ra salmoqlidir. Chet elda ishlaydigan oila 
a’zolari tomonidan yuborilgan pul jo‘natmalari oilalarning iqtisodiy zaifligini 
kamaytirishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘tkazilayotgan moliyaviy 
mablag‘lar evaziga oilalar o‘z turmush sharoitlarini yaxshilashlari, o‘quv 
materiallarini sotib olish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan va boshqa shu kabi 
imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Ammo, pul o‘tkazmalari oilalarning 
ehtiyojlarini, xususan bolalarning psixologik farovonligini to‘liq qondirish uchun 
yetarlimi yoki yo‘qmi hanuz tasdiqlanmagan. Ota-onalarning migratsiyasi 
sababli, nazoratsiz qolgan bolalar oilaning buzilishi oqibatlaridan jabr 
chekishlari, yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rmasliklari kabi salbiy holatlarga duch 
kelishlari mumkin. 


85
Bu, ayniqsa, bolalarning psixologik va hissiy salomatligiga ta’sir qilishi 
mumkin. Ba’zi hollarda, bolalar odatda aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik 
qilish, uy yumushlarini bajarish va qishloq xo‘jaligi ishlari kabi kattalar 
tomonidan bajariladigan ishlarga jalb qilinib, bu ularning ta’lim olishi va bo‘sh 
vaqtlarini o‘tkazishlariga xalaqit berishi mumkin. Xususan, tadqiqot davomida 
bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan uchta asosiy potensial salbiy ta’sir 
aniqlandi:
Bolaga g‘amxo‘rlik qilish. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘zbekistonlik 
mehnat muhojirlarining aksariyatining farzandlari bo‘lishiga qaramay, ular 
yolg‘iz o‘zlari migratsiya qilishni afzal ko‘radilar va ko‘p holarda bolalarni ota-
onaning biri yoki bironta qarindoshning nazorati ostida qoldiradilar yoki ba’zi 
hollarda ularni internat shaklidagi muassasalarga joylashtiradilar.
Otalar migratsiya qilganida, onalar odatda bolalarning asosiy homiysi 
hisoblanadi. Ota-ona migratsiya qilgan hollarda qarindoshlarning vasiy 
sifatida jalb qilinishi eng keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda, 
qarindoshlar tomonidan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik bolalar uchun eng xavfsiz 
va barqaror muhit sanaladi. Biroq, bunday vasiylik rasmiy ravishda 
rasmiylashtirilmaydi yoki tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va 
vasiylar iqtisodiy muammolarga duch kelgan holatlarda, bolalar beparvolik, 
ekspluatatsiya va tahqirlash xavfi ostida qoladilar. Bolalarning psixologik 
holatiga ta’siri. Oiladagi vaziyatdan qat’i nazar, bolalarning aksariyati 
migratsiya paytida ota-onalarini sog‘inadilar.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, vasiylar odatda bolalarni tarbiyalash va 
nazorat qilishning turli usullaridan foydalanadilar. Bolalarning 7 foizga yaqini 
jismoniy jazolardan, 3 foizi oiladagi zo‘ravonliklardan va 6 foizi maktabdagi 
tahqirlashlardan aziyat chekadi. Bolalarning uchdan bir qismi ota-onalarining 
migratsiyasidan so‘ng o‘z zimmalariga uy yumushlar, bolalarni parvarish qilish 
va aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
qo‘shimcha majburiyatlarni oladilar. Bolalarning o‘zlari qo‘shimcha 
yumushlarni o‘qish yoki hayotning boshqa sohalariga xalaqit beradigan 
omillar qatoriga qo‘shmaydilar. Shunga qaramay, tahlil shuni ko‘rsatadiki, uy 


86
yumushlari ko‘lamining kengayishi bolalarning kayfiyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
Migratsiyaning oshishi noto‘liq oilalarning paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘lmoqda va ular katta muammoli masalalarni keltirib chiqarmoqda. 
Dunyodagi barcha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning ijtimoiy-
istisodiy rivojlanishi, qishloq va shahar orasidagi tafovutning kamayib borishi, 
urbanizatsiya tufayli shahar hayot tarzining qishloqqa kirib kelishi, ayollarning 
iqtisodiy jihatdan mustaqilligining kuchayishi, shu bilan birga jamiyatda 
ma’lum imtiyozlarning ko‘payib borishi, migratsiyaning keskin oshishi oila 
instituti, nikohlar mustahkamligiga muqarrar ravishda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoda. 
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda xalq hayotida misli ko‘rilmagan ijobiy 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shu bilan birga so‘nggi o‘n yillikda bir qator 
muammolar yanada dolzarblashdi. Shulardan biri - oila institutining 
zaiflashishi, ajralishlar va ularning asorati sifatida noto‘liq oilalar sonining 
keskin o‘sishidir. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin