Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

To‘qqizinchidan
, mahalliy millatlar, jumladan, o‘zbeklardagi o‘ta 
muhim, qimmatli etnopsixologik xislatlardan biri bulgan ota-ona 
xurmati, oiladagi mavqei, ota-onalik va farzandlik burchlarining 
shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. 
O‘ninchidan
, avlodlar orasidagi xissiy emotsional yaqinlik, ota-ona 
va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning zaiflashishiga olib keladi. 
O‘n birinchidan
, ota modeli, namunasining yo‘qligi o‘g‘il bolalar 
shaxsining erkak, oila boshlig‘i, ota sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir 
qiladi, ularda ayolsifat xarakterning paydo bulishiga imkon yaratadi. 
Qizlarda ota yo‘qligi ota mavqei, xurmati, er-xotin munosabatlarini 
qurmasligi, voyaga yetib shaxsiy oilaviy xayot ko‘rganda er-xotin 
munosabatlarini talab darajasida olib borishiga salbiy ta’sir qiladi. 
Yuqoridagilarning barchasi yoshlarni zamon ruhida, umummilliy va milliy 
qadriyatlar asosida tarbiyalab voyaga yetkazishimizda qator murakkab 
muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. 
Bizning fikrimizcha, noto‘lik oilalar sonining kun sayin ortib borishi 
sabablarini quyidagilar tashkil qiladi. 
Buning eng asosiy sabablaridan biri - yoshlarimiz oilaviy hayot haqida 
to‘laqonli va psixologik pedagogik jixatdan to‘g‘ri savodli tasavvurga ega 
emasligi. Aksariyat yoshlar oilaviy xayotni «asal oyi» kabi tasavvur qiladilar, 
vaxolanki oilaviy xayot xar bir yosh uchun katta taqdir sinovidir. Xar bir oila 
«Oilaviy xayot chidaganga chiqarilgan» tamoyili bilan yoshlarni turli iqtisodiy, 
axloqiy, individual-psixologik, shu jumladan, sabr-chidamlilik sinovidan 


88
o‘tkazadi. Afsuski, yosh oilalarning ma’lum bir qismi bu sinovlarga bardosh 
berolmay, noto‘lik oilalar sonining keskin o‘sishiga olib keladi. 
Notulik oilalar ko‘payishiga olib keluvchi muxim sabablardan 
navbatdagisi oila masalalarida shaxs xulki ustidan ijtimoiy nazoratning 
susayishi, “Odamlar nima deydi?” mazmunidagi an’anaviy savol ta’sir 
kuchining keskin zaiflashib ketganligi. 
Albatta, demokratik jamiyat qurayotganda shaxs erkinligini 
ta’minlashimiz, fuqaroning shaxsiy xayotiga qo‘pol ravishda aralashmasligimiz 
darkor. Shu bilan birga, biz yoshlarning oilaviy xayotida uchrashi muqarrar 
bo‘lgan sinov va muammolarga oldindan tayyorlab, uni oila to‘liqligi, oila 
a’zolar salomatligiga salbiy ta’sir etmagan holda hal qilish, sinovlardan yosh 
oilani talofatsiz olib chiqishga yordam berishimiz lozim. 
Shunga qaramasdan, noto‘lik oilalarning ko‘payishi, poliginiya (ko‘p 
xotinlilik) hamda poliandriya (ko‘p erlilik) tendensiyasining kuchayish 
omillariga, bizning fikrimizcha, oilada erkak mavqeining pasayishi, erkaklarda 
impotensiyaning yosharishi, son jihatdan o‘sishi, ayollarda jinsiy xulkning 
erkinlashishi, yoshlarning hayotiy qiymatliklarida kuzatilayotgan uzgarishlar, 
urg‘u ma’naviy boylikdan iqtisodiy boylik tomon kuchishi, ya’ni ma’naviy 
boylikdan iqtisodiy, moliyaviy boylik keskin ustunlik qilishi, axolida 
kuzatilayotgan gipodinamiya, urbanizatsiya natijasida mamlakat axolisida 
shaxar xayot tarzining tarqalishi, turli ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra yerli 
xalq orasida migratsiyaning kuchayishi va boshqalar kiradi. 
Migratsiya natijasida noto‘liq oilalar paydo bo‘lgan.Yuqorida bayon 
etilgan fikrlardan noto‘lik oilaga qarshi kurashish, noto‘lik oilani faqat salbiy
muammoli oila turi sifatida ko‘rsatish, ularni yomon jixatdan idrok etish 
ma’nosi kelib chiqmaydi. Shunday noto‘lik oilalar borki, ular to‘lik oiladan o‘n 
chandon yaxshi yashaydi va o‘z oilaviy vazifalarini to‘laqonli, yuqori saviyada 
bajarib kelmoqda. 
👉👉

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin