97
yuzaga keladi.
Ustanovka
8
– bu odamning bo‘lajak faoliyatga psixologik
tayyorlik holatidir.
Muloqotdoshni idrok etish (baholash)
Birlamchi idrok yoki odamning tashqi ko‘rinishi - uning milliy va ijtimoiy
mansubligi,
psixik sifatlari, madaniyat darajasi va sh.k.lar haqidagi ko‘plab
ma’lumotlar beruvchi signallar majmui sifatida izohlanadi. Odamlar bir - birini
idrok qilar ekanlar sheriklarining xarakteri va psixik holati, uning kommunikativ
va ishchan sifatlari haqida xulosa qiladilar.
Agar odam haqidagi birinchi taassurot muvaffaqiyatli, ijobiy bo‘lsa,
uning keyingi xatti-harakatlarini ham ijobiy baholash an’anasi (“ijobiy oreol
effekti”) yuzaga keladi.
Agar birinchi taassurot salbiy, shaxs xulqidagi noxush ko‘rinishlar bilan
bog‘liq bo‘lsa, unda uning kelgusi xatti-harakatlarini
salbiy baholashning
ustivorlik qilish an’anasi (“salbiy oreol effekti”) kuzatiladi.
Oilaviy hayotda, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zolari xulqini
baholash ko‘pincha
nafaqat shoshilinch, balki nomantiqiy ham bo‘lishi
mumkin. Xulqning u yoki bu sababi xaddan tashqari orttirib yoki kamsitib
yuboriladi. Ayollar va erkaklarning o‘zini-o‘zi yoki
boshqalarni baholashlari
ham bir hil emas.
Dostları ilə paylaş: