Mahalla va oila


“Yaxshi qiz mahalladan oshmaydi”



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

“Yaxshi qiz mahalladan oshmaydi”
- degan naql bor. 
Buning boyisi, qiz shu mahallada o‘sar ekan, esini taniganidan buyon bo‘lajak 
qaynonasi, qaynsinglisini biladi, taniydi, ular haqidagi tasavvurlari adekvat 
(ob’ektiv), ya’ni real hayotda ular bilan muloqotda bo‘lgan. O‘z navbatida 
uning refleksiyasida noadekvat “obrazlar” bo‘lmaydi, u oila qurganidan keyingi 
yangi sharoitga, “muhit”ga moslashishi oson kechadi. Bu yerda 
nomutanosibliklar deyarli kuzatilmaydi.
Odamlarning bir-biriga munosabatining turg‘un ustanovkasi - attityudlar 
mavjud. Idrok qilinayotgan ijtimoiy ob’ekt mazkur odamdagi mavjud aloqalar 
mazmuniy tizimiga kiradi. Muloqotga kirishayotgan odamlarning ayrim sifatlari 
o‘xshash bo‘lsa yoki bir-birini to‘ldirsa ijobiy ustanovkalar yuzaga keladi; 
sifatlar mos kelmasa, psixologik nomoslik holatlarida - salbiy ustanovkalar 
7
Psixologik atamalar ruscha 

o‘zbekcha izohli lug‘ati /Psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov 
tahriri ostida. 
– 
Toshkent., 2019. 

B. 293.


97
yuzaga keladi. Ustanovka
8
– bu odamning bo‘lajak faoliyatga psixologik 
tayyorlik holatidir. 
Muloqotdoshni idrok etish (baholash) 
Birlamchi idrok yoki odamning tashqi ko‘rinishi - uning milliy va ijtimoiy 
mansubligi, psixik sifatlari, madaniyat darajasi va sh.k.lar haqidagi ko‘plab 
ma’lumotlar beruvchi signallar majmui sifatida izohlanadi. Odamlar bir - birini 
idrok qilar ekanlar sheriklarining xarakteri va psixik holati, uning kommunikativ 
va ishchan sifatlari haqida xulosa qiladilar.
Agar odam haqidagi birinchi taassurot muvaffaqiyatli, ijobiy bo‘lsa, 
uning keyingi xatti-harakatlarini ham ijobiy baholash an’anasi (“ijobiy oreol 
effekti”) yuzaga keladi. 
Agar birinchi taassurot salbiy, shaxs xulqidagi noxush ko‘rinishlar bilan 
bog‘liq bo‘lsa, unda uning kelgusi xatti-harakatlarini salbiy baholashning 
ustivorlik qilish an’anasi (“salbiy oreol effekti”) kuzatiladi. 
Oilaviy hayotda, turmush o‘rtog‘i yoki oilaning boshqa a’zolari xulqini 
baholash ko‘pincha nafaqat shoshilinch, balki nomantiqiy ham bo‘lishi 
mumkin. Xulqning u yoki bu sababi xaddan tashqari orttirib yoki kamsitib 
yuboriladi. Ayollar va erkaklarning o‘zini-o‘zi yoki boshqalarni baholashlari 
ham bir hil emas. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin