Erkaklar,
odatda o‘zlarini va boshqalarni sifat mezonlarida
xarakterlaydi,
ayollar
esa – holatlar, hissiy mezonlarda xarakterlaydilar.
Ayollar o‘z xususiyatlarini vaziyatli omillar bilan tushuntirishga moyil bo‘ladilar.
Ayollar va erkaklar hatto mimik hissiy ifodalanishni ham turlicha izohlaydilar.
Ayollar xayratlanish, ajablanishni ko‘rayotgan joyda, erkaklar qat’iylikni
ko‘rishlari mumkin.
Individning shaxsiy tuzilishi qanchalik ko‘p o‘lchamli bo‘lsa, uning
voqelik bilan munosabati shunchalik egiluvchan, u qutubli baholashga
shunchalik ko‘p moyil, ular tomonidan olamni ko‘rish, aks etish shunchalik
differensiyalashgan bo‘ladi. Cheklangan individlar ijtimoiy ob’ektlarni
soddalashtirib yuboradi.
8
Ўша жойда,
-
B.348
-
349.
98
Muloqot sub’ektlarining turli mavqei
(holati) ham ularning o‘zaro
baholash xarakterini belgilaydi. Er xotinining bir sifati uchun qadrlaydi, shu
bilan birga erning tashqi alomatlari, belgilari batafsil baholanadi. Erning xotin
uchun ahamiyatli sifatlarini bildiruvchi belgilar alohida ajratib baholanadi.
Masalan, psixologik tadqiqotlarning birida, bitta fotosuratning o‘zi,
suratda aks ettirilgan odamning axloqiy-psixologik sifatlari haqida berilgan
ijtimoiy statusiga nisbatan dastlabki ko‘rsatmaga bog‘liq ravishda,
sinaluvchilarda mutlaqo qarama-qarshi tasavvurlarni yuzaga keltirgan. Bunda,
sinaluvchilarning bir guruhiga fotosuratdagi odam ashaddiy jinoyatchi sifatida
tanishtirilgan, boshqa guruh sinaluvchilariga esa xuddi shu surat egasi, atoqli
olim deb tanishtirilgan
9
.
Natijada, birgina suratning o‘zi turli guruh sinaluvchilari tomonidan
turlicha, qariyib qarama-qarshi sifatlar bilan baholangan. Ijtimoiy persepsiya
stereotipizatsiyaga moyil bo‘ladi. Shtamp (tamg‘alar) ning tafovutligi ko‘pincha
odamni odam tomonidan idrok etilishini buzadi, noadekvat izohlanishga olib
keladi.
Bu o‘rinda, er-xotin, qaynona-kelin va oilaning boshqa a’zolari haqida
berilgan ustanovka (odatda bunday ustanovkalarni kelinning yaqinlari beradi),
ularning xarakteri, shu omillar asosida sub’ektda shakllangan “obraz”, uning
bahosiga va shu asnoda ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari
xarakteriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zaro baholash asosida odamlarda tegishli ijtimoiy hissiyot - his
shakllanadi. Attraksiya (ingl. attrakt - jalb qilish, o‘ziga tortish) hodisasi,
shaxslararo munosabatlarning hissiy to‘yinganligi yuzaga keladi.
Ko‘pchilik odamlar, o‘zini, o‘zlarining xulqiy ustanovkalariga mos holda
tutadilar. Muloqotning ma’lum bir natijasini
oldindan rejalashtirib olar ekan,
ular o‘z xulqi bilan uni yuzaga keltiradilar ham. Arazchi odam, odatda o‘zini
xafa qilishgandek tutadi, tajovuzkor odam esa “javob qaytarishi” mumkin
bo‘lgan bironta ham bahonani o‘tkazib yubormaydi.
9
Бодалёв.А.А. Восприятие и понимание человека человеком.
-
М., 1982.
|