108
Ba’zan bu dunyoning hech narsaga arzimaydigan moddiy boyliklaridan
ko‘rayonimizdagi yaqinlarimizni asrashni o‘rganishimiz kerak. Hamma
inson
ham hato qiladi, kechira olish esa hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Mehr esa har qanday muammolarning oddiy yechimi hisoblanadi.
Shunday ekan, qaynonalar yosh kelinlaridan o‘tgan kamchilik va
xatolarni kechira bilishlari ham olijanoblik sanalib, yoshlarning to‘g‘ri yo‘lga
tushishiga yordam beradi. Oilada qaynonalar yoshi ulug‘, tajribali bo‘lganlari
uchun yoshlarga
imkon berishi, bilmaganlarini o‘rgatishi, bag‘rikenglik
qilishlari darkor. Ayni paytda kelinlar ham xatolarini tan olib, qaynonalardan
uzr so‘rashlari ularning hurmatlari ortishiga olib keladi. Oila hayoti
hechqachon bir tekis faqat shoduxurramlik, baxt-saodatdan iborat bo‘lmaydi.
Ba’zida qaynonalar farzandlarining baxtli bo‘lishi yo‘lida o‘zlarining ba’zi
hoyi-havaslaridan voz kechishlariga ham to‘g‘ri keladi. Qachonki, er-xotin
birgalashib oila totuvligi yo‘lida kurashsagina qiyinchiliklarni yengish oson
kechadi, oila xotirjamligiga erishadi.
Dostları ilə paylaş: