Mahalla va oila


-qoida: Tanqidning o‘z o‘rni bor!



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

1-qoida: Tanqidning o‘z o‘rni bor!
Kimnidir ommaning oldida izza qilish va tanqid toshlarini otish – 
beadablikning eng yuksak ko‘rinishi. Bugungi ayrim internet foydalanuvchilari 
esa bu qoidani unutib qo‘ydilar. 
2-qoida: Hadeb tanqid qilmang!
Agar siz odamlarni hadeb tanqid qilaversangiz, ular oxir-oqibat sizga 
e’tiborsiz bo‘ladilar yoki voz kechib qo‘ya qoladilar. 
Tanqid qilishdan avval yaxshi jihatlarini e’tirof eting. So‘ng zarur 
tavsiyalarni bildiring. 
3-qoida: Tilingizdagini avval miyada mushohada qiling.
His-hayajonga berilmang va tanqidga olinayotgan mavzudagi 
bilimlaringizni ishga solib, mushohada qiling. Tanqid qilishdan avval xotirjam 
va yetarli ma’lumotga ega ekaningizga ishonch hosil qiling. 
4-qoida: Odamlarni emas, vaziyatni nishonga oling!
Tanqidning tajovuzkorlikka aylanishi ko‘pincha qaysidir odamga 
nisbatan nafratimizning mevasi bo‘lishi mumkin. Tanqid qilishdan avval 


120
vaziyatni tushunishga urining. So‘zlashdan oldin tinglashni bilish odamga 
keraksiz so‘zlarni aytishdan tiyilishiga xizmat qiladi. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 
«ebola», “qora o‘lim”, “OITS” kabi xastaliklar jahonning eng xavfli kasalliklari 
hisoblanadi va har yili millionlab insonlarning yostig‘ini quritmoqda. Biroq, 
bugun sayyoramiz bo‘ylab bulardan ham xavfli virus tarqalmoqda – nafrat! 
Uning maqsadi urushlarni avj oldirish va yerdagi tirik jonlarni qirib tashlash. 
Har bir yaxshi va ijobiy fazilatli inson, u qayerda va qandayligidan 
qat’inazar, sayyoramizning farovonligi uchun xizmat qiladi. Insoniyat aslida bir 
butun, har birimiz bu yaxlitlikning bir bo‘lagimiz. Birimizga ta’sir qilayotgan 
xavf kun kelib boshqamizga ham dard keltiradi. Bizning hayotdagi burchimiz 
mehr-muhabbat va insoniylik rishtalari yordamida o‘zaro uyg‘unlashuv bilan 
hamohangdir.
Biz barchamiz turlichamiz: barmoq izimizdan tokim, fikrimiz va 
harakatimizgacha farqlanamiz. Va, bir-birimizga doim ham yoqavermaymiz. 
Biroq, imkon bor ekan, vaqtni tilni o‘qlab emas, idrokni boyitib yashashga 
chog‘lanaylik. Xato qilganlarga ko‘maklashib, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating va ularni 
qo‘llab yuboring. Yaxshi quvvatning ham, yomon quvvatning manbasi bir: siz 
urib turgan yurakdan muhabbatga joy bering, ishlab turgan miyada ezgulik 
yo‘lida mushohada qiling. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin