118
Albatta, bu sindrom birinchi galda o‘zining sohibini nishonga oladi.
Buzg‘unchi tanqidga odatlangan odamdan
salbiy quvvat ajralib chiqa
boshlaydi.
Salbiy quvvat:
Kimdandir ajralib chiqqan salbiy quvvat o‘zi yo‘nalgan ob’ektga
qanchalik ta’sir qilishini aytish qiyin. Biroq, salbiy quvvat o‘z egasining olamini
payhon qilishi – bor gap.
Agar siz kimningdir xatosiga guvoh bo‘lsangiz, muloyimlik bilan shaxsiy
qarashingizni ifodalang. Xatolar – donolik va yuksalish vositasi. Kimdir xato
qilyaptimi, demak u o‘smoqda! Bu vaziyatda uni
tajovuzkorlik bilan qarshi
olish – chirmoviqning rolini o‘ynash bilan barobar!
Shunday ekan, xatoni ko‘rsangiz, ularga zararli quvvatni yo‘naltirmang.
Ilmiy izlanishlarning natijalariga ko‘ra, kuchli odamlar o‘zlariga qaratilgan
buzg‘unchi tanqidni ham o‘sishlari uchun
zarur quvvatga aylantirish
qobiliyatiga ega ekanlar.
Dostları ilə paylaş: