Mahalla va oila


 - o‘rinda  2. Oilada er - xotinning teng huquqliligiga nima deb ataladi?



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
47 - o‘rinda 
2. Oilada er - xotinning teng huquqliligiga nima deb ataladi?
 
 
A)
 
kelishuvli oila 
B)
 
boshqaruvli oila
 
D)
gender tenglik 
 
E)
 
zamonaviy oila 
 


113
8-MAVZU: OILAVIY NIZOLAR. AGRESSIYA. GAZLAYTING. AB’YUS. 
ZO‘ROVONLIK VA UNING OILA TINCHLIGIGA SALBIY TA’SIRI. 
“HIMOYA DAFTARI”. 
Reja

1. Oilaviy nizolar. 
2. Agressiya. Gazlayting. Ab’yus. Zo‘rovonlik va uning oila 
tinchligiga salbiy ta’siri. 
3. “Himoya daftari nima?” 
Tayanch iboralar:
Oila, agressiya, gazlayting, ab’yus, zo‘rovonlik, 
himoya daftari, huquqiy himoya. 
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini 
aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi 
navbatda ularning kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish 
maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etishiga ko‘ra, ularni quyidagicha 
asosiy turlarga ajratish mumkin:
• 
er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
• ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
• ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.


114
Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin hozircha 
shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish 
ehtimoli nisbatan yuqori bo‘lgan nizolarning eng muhimi bo‘lmish er-xotin 
o‘rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin 
o‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila 
qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida 
nizo-janjallar ro‘y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman, er-xotinlik 
hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi 
savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin nizosiz uy 
bo‘lmaydi. Faqat nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib 
o‘tamiz. Haqiqatdan ham, ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib, keyinchalik 
o‘zlari ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak 
oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul.
Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-
qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlariga nisbatan 
bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak 
oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi hamda ular ham oila 
qurishganlaridan so‘ng o‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z 
onalaridek “ota”, ”ona”, “er”, “xotin” bo‘lishni orzu qilishadi. Chunki ular o‘z 
ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo‘luvchi, bir-
birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko‘rmaganlar. Mabodo bunday 
vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo‘lsa ham, ularning ota-onalari 
bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari 
ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib 
boriladigan ko‘rsatuvlarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini 
bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning 
hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning 
shakllanishiga asos bo‘ladi.


115

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin