oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq- atvorni bartaraf etishga doir dasturlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
116
•
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning xabardor etilishini ta’minlash; •
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari uchun nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan amaliyotlar, seminar va treninglar o‘tkazish. Huquqiy himoyani kuchaytirish “Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, unda quyidagi masalalar nazarda tutildi: •
maishiy zo‘rlik ishlatish tushunchasini ta’riflash, zo‘rlik ishlatiladigan holat turlarini ajratib ko‘rsatish; •
vakolatli organlarning vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilash; •
maishiy zo‘rlik ishlatishning erta oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni farqlash;