ko‘rmasin. Uy ichi va hovlini nihoyatda ozoda va tartibli tut. 4. Eringning burniga hushyor bo‘l. Dimog‘iga sendan yomon hid kirmasin, faqat xushbo‘ylik sezsin. 5. Ovqatni vaqtida tayyorla, aslo kechiktirma. Ering uyga kelishi bilan, dasturxon sol. 6. Uning uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini bilib ol. Chunki ochlik va uyquning buzilishi erkaklarning g‘azabini qo‘zg‘aydi.
105
7. Xojangning moli va ashyosiga e’tiborli bo‘l, isrof qilma, avaylab asra! Chunki uning mol-dunyosi senikidir. 8. Eringning qarindoshi va yaqinlarini izzat-hurmat qil. Bu bilan xojangni hurmat qilgan bo‘lasan. 9. Eringning sirlarini boshqalarga aytuvchi bo‘lma, uning ishonchini yo‘qotasan. 10. Xojangning amriga osiy bo‘lma, uning dinga to‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil. Shuni yaxshi bilib olki, xojang xafa bo‘lganda xursand ko‘rinishdan, u quvongan paytda g‘amgin bo‘lishdan o‘zingni ehtiyot qil!. Bo‘lajak kuyov uchun nasihatlar: 1. U ham sen kabi tasarruf qilishi kerak deb o‘ylama. Chunki u sendan boshqacha yaratilgan. 2. Uni e’tiborsiz qoldirma. Unga muhabbat, mehr va omonlik hadya et. Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir. 3. Uning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirma. Ayol kishi har doim ma’naviy va mehrli qo‘llovni istaydi.
106
4. Unga sovg‘alar taqdim qilishda baxil bo‘lma, chunki ayol zoti baxil erni yoqtirmaydi. 5. Ahlini ziyorat qilishiga qarshi bo‘lma, agar bunga qarshi bo‘lsang, uning muhabbatini yo‘qotasan. Ayollar o‘z ahliga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.