Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

perseptiv-effektiv
 – suhbatdoshni ijtimoiy ob’ektlar sifatida idrok qilish, 
uning hissiy jihatlariga ta’sir qilish;
-
affektiv-ekspressiv
– odamning o‘zini-o‘zi hissiy (emotsional) 
namoyon qilish. 
Foydalanayotgan vositalariga bog‘liq ravishda muloqot bevosita va 
bilvosita, to‘g‘ri va chalg‘itilgan, verbal (so‘zlar vositasida) va noverbal 
(paraverbal) bo‘lishi mumkin. 
Muloqot jihatlari 
Juftlar o‘rtasida kechadigan og‘zaki, verbal muloqotning:
lingvistik
(tilni 
bilish); 
paralingvistik
(tovush xususiyatlari); 
ekstralingvistik
(ruxsat etilgan 
nutqiy tovushlar) jihatlari farqlanadi. 
Ma’lumotli-
kommunikativ
Boshqaruv-
kommunikativ
Perseptiv-effektiv
Affektiv-ekspressiv


93
Lingvistik jihatlarga
– 
leksik
– tilning lug‘at tarkibi; 
idio-matik
– nutq 
aylanishlari, ularning mazmuni (ahamiyati) unga kiradigan so‘zlar mazmuni 
(ahamiyatini) bildirmasligi mumkin (Masalan: “Bekor yurmoq”, “Yulduz 
sanamoq”, “Og‘zingga qarab gapir!”, “Ko‘zingga qarab yur!”); 
grammatik
– 
gapda so‘zlarning va ularning nisbatini o‘zgarish qoidalari bilan muvofiq 
ravishda tilning tuzilishi kabilar taalluqli. 
Paralingvistik jihatlarga
– nuqtning diapazoni, diksiyasi, intonatsiyasi, 
tebri, tempi kabilar taalluqli. 
Ekstralingvistik jihatlariga
– kulgi, yo‘tal, pishillash, xo‘rsinish, yig‘i, 
shivirlash, pauzalar, tovushlar taalluqli. 
Odamlar o‘rtasida o‘zaro muloqot jarayoni kechar ekan
suhbatdoshlarning har ikkalasi ham biri tomonidan foydalanilayotgan 
muloqotning yuqorida keltirib o‘tilgan kabi jihatlarini aynan idrok etmasligi 
mumkin. 
Oila a’zolari o‘rtasida bo‘ladigan kundalik muloqot jarayonida, nutqning 
bunday jihatlarini turlicha idrok etish, ya’ni bir tomon aytmoqchi bo‘lgan “fikr” 
ikkinchi tomonda ham shunday “fikr”ning yuzaga kelmasligi oqibatida ularning 
o‘zaro munosabatida o‘zaro tushunish amalga oshmay qoladi. Bir tomon 
ikkinchi tomondan kutgan javob munosabat boshqacha tarzda namoyon 
bo‘lishi mumkin. Oqibatda, har ikkala tomon ham istamagan holda, ularning 
o‘zaro munosabatlarida “qarama-qarshiliklar”, nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi 
ehtimoldan holi emas.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin