Mahalla va oila


Oilada er va xotin munosabatlariga



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
Oilada er va xotin munosabatlariga: 

Erkak va ayolning vazifalari; 

Erning oiladagi burchlari; 

Xotinning oiladagi burchlari; 

Xotin har bir narsani eridan so‘rab qilishi; 


109

Erga yordam berish va unga rioya qilishi; 

Erining oila a’zolariga yaxshilik qilishi; 

Oilada er va xotinning teng huquqliligi; 

Er va xotinning familiyasi; 

Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal 
qilishi; 

Er va xotinning xususiy mulki; 

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishi; 

Er va xotinning shaxsiy va umumiy qarzlariga javobgarligi; 

Er va xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan 
deb e’lon qilishi oqibatida nikohning tugatilishi. 
“Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik 
bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa, 
ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, 
turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak-yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.
Alisher Navoiy 
 
Er-xotin o‘rtasida muhabbatni kuchaytirish uchun quyidagi 10 ta vosita: 
1. O‘zaro hadyalar ulashish. Masalan, uyquga yotish oldidan chiroyli 
atirgulni yoki chiroyli rangli qog‘oz (otkritka)ga go‘zal so‘zlar yozib, 
ayolingizning yostig‘i ustiga qo‘yib qo‘ysangiz, bu narsa juftingizga qanchalik 


110
ijobiy ta’sir etishini ko‘rasiz. Er ayoliga hadyani kulgu va tabassum hamda 
yoqimli so‘zlar bilan beradigan bo‘lsa, uning qalbida eriga nisbatan kuchli 
mehr uyg‘onadi. O‘z navbatida ayol ham eriga qo‘lidan kelganicha uning 
mehrini jo‘shtiradigan biror hadya berishga intilmog‘i kerak. Zero, xalqimizda 
“Qarsak ham ikki qo‘ldan chiqadi” degan maqol bor.
2. O‘zaro gaplashib o‘tirish uchun alohida vaqt ajratish. Suhbat chog‘ida 
ham bir-birlarining so‘zini betoqatlik, besabrlik va katta ehtirom bilan 
eshitishga urinishlari kerak. Albatta, bunda samimiylik yo‘qolmasligiga jiddiy 
e’tibor qaratish lozim.
3. Erning ayoliga va ayolning eriga o‘tli qarashi. Er-xotin o‘rtasidagi 
rasmiy munosabatlar, ya’ni erning o‘z vazifalarini bajarishi va ayolning o‘z 
vazifalarini bajarishi yoki bir-birlariga sevishlarini izhor qilishlarining o‘zi 
muhabbatni kuchaytirishga kifoya qilmaydi. Ba’zida gap-so‘zsiz, imo-
ishoralar, qarashlar, ovozdagi o‘ziga xos ohanglar, ko‘zning muhabbatga 
limmo-lim o‘tli nigohi ham ishni bitirishi mumkin. Bularning hammasi ko‘ngil, 
ruhiyat orqali amalga oshiriladigan ishlardir.
4. Ishga ketayotganda iliq xayrlashuv va ishdan qaytganda iliq 
ko‘rishuv.
5. Ayolni maqtab turish. Uni hamma narsadan qizg‘onishini odob bilan 
izhor qilish.
6. Ba’zi ishlarda ayolga ko‘maklashish. Masalan, uydagi shaxsiy 
kutubxona kitoblarini tartibga keltirish, ba’zi taomlarni pishirishda 
yordamlashish, bolalarga tegishli narsalarni birgalikda amalga oshirish va 
hokazo.
7. Shirin so‘z. Er ham, xotin ham bir-birlariga shunday so‘zlarni topib 
gapirsinlarki, natijada o‘rtalaridagi muhabbat yana ham kuchaysin. Masalan, 
bir-biriga sevishini aytsin, “Siz menga Allohning ne’matisiz” kabi so‘zlarni 
aytish ayni muddaodir.
8. Suhbat uchun hech kim xalaqit bermaydigan tinch joy tanlash.
Bunda xatto bolalarning ovozlari, shovqin-suroni ham eshitilmasin. Albatta, 


111
to‘la xotirjamlikni his qilib suhbatlashish er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va 
mehrni yanada jonlanishga hissa qo‘shadi.
9. O‘rtadagi muhabbat me’yorida bo‘lishiga e’tibor berish. Bu juda 
muhim masala. Bir-birini juda qattiq ham sevmasin, juda begonalashib ham 
ketmasin. Hamma ishda mo‘tadillik yaxshidir. Zero, muhabbatga mukkasidan 
ketishdan qaytarilgan. O‘rtadagi masofani saqlashda qanchalik chuqur 
ketilsa, muhabbatga shuncha putur yetadi. Ko‘pgina oilaviy muammolar ham 
aslida mana shu begonalashuvdan kelib chiqadi. Payg‘ambar alayhissalom 
“Do‘stingizni yengilroq sevingki, kuni kelib u dushman bo‘lib qolishi ham 
mumkin. Dushmaningizga ham yengilroq adovat qilingki, kuni kelib u do‘st 
bo‘lib qolishi mumkin” deganlar.
10. Er-xotin bir-biriga og‘ir damlarda dalda bo‘lishi. Masalan, ayol kasal 
bo‘lib qolishi yoki homiladorlik davrida unga moddiy va ma’naviy suyanch 
kerakligini er doim yodida tutishi kerak. Shuningdek, erining biror sabab bilan 
kayfiyati tushkunligini, ayolining mehriga, daldasiga muhtojligini farosatli ayol 
darhol sezib, qo‘lidan kelgan yordamini berishi, erining yonida turishi 
matlubdir. Sherigining dardiga hamdard bo‘lish, o‘rtadagi muhabbatni misli 
ko‘rilmagan darajada oshirib yuboradi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin