CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
313
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH VA
SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Dilshod Rizvonqulovich Baxriev
Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti Davlat moliyasi va xalqaro moliya
mutaxassisligi magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada mahalliy byudjetlarning daromadlar
bazasini shakllantirish, mahalliy
byudjetlar daromadlari va xarajatlari samaradorligini ta’minlashning ilmiy-amaliy
jihatlari yoritilgan. Hududlarning iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish,
shuningdek, mahalliy budjet xarajatlaridan oqilona va samarali
foydalanish hisobiga
mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab
berilgan. Tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
: mahalliy byudjet; mahalliy byudjet daromadlari;
mahalliy byudjet
xarajatlari; mahalliy hokimiyat organlari; mahalliy soliqlar va yig'imlar; hududlar;
mintaqaviy iqtisodiyot.
Bugungi
kunda
mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
va
liberallashtirish, samarali soliq-byudjet siyosatidan foydalangan holda iqtisodiyotni
barqaror
rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat boshqaruvini markazsizlashtirish jarayonini davom ettirish joylarda davlat
siyosatini amalga oshirishda mahalliy va hududiy hokimiyat organlarining mas’uliyatini
oshirishga, respublika davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini mahalliy davlat
hokimiyati organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazishga, shuningdek, hududiy davlat
hokimiyati organlarining tuman, shahar hokimiyati organlariga vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Moliya sohasida soha va
hududlarni mutanosib rivojlantirish hisobidan mahalliy byudjetning daromad bazasini
kengaytirish zarur.
Eng muhimi, tuman va shaharlarda mahalliy byudjetlarning
kengaytirilishi aholining turmush darajasi va turmush sharoitini, umuman, barqarorlik
va osoyishtalikni yuksaltirishga xizmat qilishi kerak”.
Hududlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan hududlarning
moliyaviy
bazasini mustahkamlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini
kengaytirish bo‘yicha hududlarning zaxira va imkoniyatlarini ishga tushirish, bu
boradagi ishlar ustuvor vazifalardan biri, shuningdek
subventsiyali rayonlar va