7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 7-mavzu
Mahalliy hokimliklar.
V–VII asrlarda mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi.
Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan bo‘lsada, ammo eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaganlar.
Sug‘d.
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi Sug‘d ixshidlari – voha hukmdorlari edi. O‘rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Sug‘d ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega edi.
Mazkur ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan edi.
Sug‘dda aholi gavjum yashardi. Sug‘diylar dehqonchilik va bog‘dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda nihoyatda sohibkor bo‘lgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari va otlari juda mashhur edi.
Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilik markazigaaylanadi.
718-yilda hadya tariqasida Samarqanddan yuborilgan dubulg‘adan nusxa olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min etganlar. Samarqanddan yuborilgan dubulg‘a
Toxariston.
Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog‘lari, janubda Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan.
Toxariston Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xuttal va boshqa 27 ta tog‘ va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan.
Toxariston poytaxti Balx shahri bo‘lgan.
Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan.
Toxariston hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi bilan atalgan. Balx xonligi
Farg‘ona.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog‘lari yonbag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan.
Choch va Eloq.
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq nomlari ostida tilga olinadi.
VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi.
Hukmdor va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan.
Choch o‘lkasi o‘z tanga pullari tizimiga ega bo‘lgan.
1. Sug‘d ixshidligi qaysi vohada joylashgan edi? Ushbu mahalliy hokimlik nechta mulklarni birlashtirgan edi?
2. Eslab ko‘ring-chi, Toxariston hududi avval O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan qaysi davlat hududiga o‘xshash bo‘lgan?
3. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda mavjud mahalliy hokimliklardan qay birida malika vazirlik darajasiga ega bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan?
4. O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan?