Mahalliy tabiiy tosh materiallar; reja



Yüklə 20,49 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü20,49 Kb.
#198227
MAHALLIY TABIIY TOSH MATERIALLAR;


MAHALLIY TABIIY TOSH MATERIALLAR;

REJA;

1.Tabiiy tosh materiallar turli


2.Pardevorlar uchun ishlatiladi;

Tabiiy tosh materiallar turli tog' jinslaridan mexanik yo'l bilan olinadi. Ulardan qurilish materiallari sifatida hamda beton, g'isht, qorishma va shu kabi sun'iy qurilish materiallari tayyorlanadigan xom ashyo tarzida keng foydalaniladi.Tosh materiallarning fizik, mexanik va ximiyaviy ko'rsat­kichlariga bog'liq bo'lgan, qurilish xossalaridan eng muhimlari materialning zichligi, pishiqlik chegarasi, sovuqbardoshligi, uzoqqa chidamliligi, ya'ni mustahkamligi va issiq o'tkazuvchan­ligidir. Mexanik pishiqlik marka bilan, boshqacha qilib aytganda, materialning siqilishga, egilishga va cho'zilishga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi.Tosh materiallar quyidagicha klassifikasiyalanadi:


zichligiga ko'ra – og'ir (zichligi 1800 kg/m3 dan ziyod) va yengil (zichligi 1800 kg/m3 dan kam) materiallar;
siqilishga chidamlilik chegarasiga ko'ra – 4-1000 markaga ajratiladi; shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi 200 gacha bo'ladi; og'ir tosh materiallarning markasi 100 dan boshlanadi va ancha yuqori bo'ladi;
sovuqqa chidamlilik darajasiga ko'ra – Mrz 10 markadan Mrz 300 markagacha ajratiladi. Shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi Mrz 10 dan Mrz 25 gacha bo'ladi.Qurilish obyektlarida mutlaqo ishlov berilmagan, dag'al ishlangan va sirti puxta silliqlangan tabiiy tosh materiallar qo'llaniladi.Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari:
Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi;
chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo;
shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;
arralangan devorbop tosh – kattaligi 390x190x188 mm, 490x240x188 mm, massasi 40 kg gacha bo'lib, ohaktosh va tufdan arralab olinadi, devorlar va pardevorlar uchun ishlatiladi;
ohaktosh, tuf va gips toshdan arralab olingan bloklar – hajmi kamida 0,1 m3; devorbop material hisoblanadi;
devorlarga qoplanadigan pardoz toshlar – sirti turlicha naqsh­langan koshinlar – ichki va tashqi devorlar sirtiga qoplanadi.
Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar:
noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi;
yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi;
arralangan devorbop toshlar va yirik bloklar – devorlar va poydevorlar qurish uchun foydalaniladi;
shu bilan birga, zichligi 2100 kg/m3 dan ortiq bo'lgan bloklar podvallar poydevori va devorlariga ishlatiladi.Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar:
yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi;
arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi;
marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalin­ligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qop­lanadi;
zich jinslardan tayyorlangan tosh taxtalar faqat hashamat­li binolar uchun mo'ljallangan bo'lib, deraza tokchalariga ishlatiladi.Tabiiy toshlardan tayyorlangan koshinlash buyumlari transport vositalariga mexanizmlar yordamida ortishga va tushirishga moslashtirilgan yashiklarda tashiladi. Sirti jilolangan detallar (koshinlar) yashiklarga juft-juft qilib, tik holatda joylanadi; bunda har bir juft koshinning jilolangan sirti bir-biriga qaratilgan va oralariga qog'oz qistirma qo'yilgan bo'lishi shart. Ular ponalar bilan mahkamlanishi lozim. Boshqa koshinlarni oralariga qistirmalar qo'yib va tikkasiga joylab, yashiksiz tashish va shu holatda saqlash mumkin; ohaktosh, marmartoshdan tayyorlangan plitalar yopiq omborlarda, nam ta'siridan himoyalangan holda saqlanishi lozim. Loydan quyilgan, quritilgan, so'ngra yuqori temperaturali pech (xumdon)larda pishirilgan sun'iy tosh materiallar sopol deb ataladi.Sopol materiallar ishlatilish sohasiga qarab, devorbop materiallar (sopol g'isht va sopol tosh) hamda koshinlash materiallariga (naqshindor sopol g'isht va toshlar, binoning oldingi tashqi devoriga qoplanadigan pardoz koshinlarga) ajratiladiXarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib h’arakatga keltiriladigan mexanizmlar yordamida h’osil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho’kindi tog’ jinslariga ishlov berib olinadi. Cho’kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo’shilmalari bo’lmasligi kerak. Xarsangtosh siqilishdagi mustah’kamlik chegarasi 10 MPa kam bo’lmasligi, suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo’lmasligi kerak. Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib beton uchun to’ldirgich sifatida ishlatiladi. Shag’al. Shag’al cho’kindi tog’ jinslarni elab fraktsiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi. Chaqiq tosh. Xarsangtoshlarni 5-70 mm (150 mm gacha) fraktsiyada maydalab chaqiq tosh olinadi. Mayda fraktsiyadagi chaqiq toshlarni olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.

О‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga


pardozlash qoplama materiallarini kо‘plab ishlatish, shuningdek temir yо‘l 
о‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol 
materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda
ajoyib materialtabiiy toshlar qо‘llanila boshlandi. 
Qurilish uchun zarur bо‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari 
О‘zbekistonda yaxshi yо‘lga qо‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar 
zahirasi qurilish talablarini bir necha о‘n yillargacha qondira oladi. 
Bekobod hududi yaqinidagi Mо‘g‘ultov tog‘lari qoyalarining va Farhod 
tog‘i qoyalarining hammasi qora va kul rang ohaktoshlardan iborat. Bu oxaktoshlar 
sement ishlab chiqaruvchi zavodlarni 100 yil ta’minlay oladi. 
Ohangarondan to Angrengacha bо‘lgan yо‘lning shimoli-g‘arb 
tomonida ohaktosh zahiralari qoplanganligini kо‘rish mumkin. Bu yerlarda 
ohaktosh qatlamining qalinligi 20 metrgacha yetadi. Bu hudud atrofidagi sopol 
materiallarga xos sog‘ tuproq qatlamining qalinligi 10 metrgacha yetadi. Bulardan 
tashqari, bu vodiylarda portlandsementga qо‘shiladigan tabiiy faol qо‘shilmalardan 
opokalar, vulqon tuflari va tabiiy pishgan tog‘ jinslari (gliyej) ham bor. 
Shuningdek, bunday qо‘shilmalar parkent, Qizilqiya, Angren hududida va
Ohangaron vodiysida kо‘plab uchraydi. 
Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda 
(qum) va yirik (shag‘al) tо‘ldirgichlar О‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq 
daryosining Chinoz yaqinidagi о‘zanida, Sirdaryo о‘zanida, Farg‘ona vodiysi va 
boshqa yerlarda shag‘al va qum zahiralarini kо‘plab uchratish mumkin. Beton 
uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini 
ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va 
Farg‘ona vodiysida kо‘p uchraydi. Ular 10-20 metr qalinlikdagi qatlam sifatida, 
Ohangaron vodiysida kichkina tepaliklar sifatida Jilg‘a tо‘xtash joyigacha, 
Chirchiq vodiysida esa Barraj tо‘xtash joyigacha bо‘lgan joylarda kо‘p tarqalgan. 
Mays va Darvoza qum konlaridan deyarli 15 yildan beri qum qazib olinmoqda. 
SHо‘rob va Sulyukta kо‘mir konlari atrofida 20-30 metr qalinlikka ega bо‘lgan oq 

17 
qum qatlamlari yer yuzasiga kо‘tarilib qolgan. Kon qidiruvchilarimiz juda katta 


kvars qum zahiralarini Qizilqum sahrolarida ham topdilar. 
Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonning ba’zi 
hududlarida, Farg‘ona vodiysida shunday yerlar borki, ular barxan qumlari bilan 
qoplangan. 
Bulardan tashqari loyli slanets toshlari Zarafshon vodiysining chap 
qirg‘og‘idagi 
Zirabuloq 
qishlog‘iga 
yondosh 
Ziyovuddin 
tog‘larida, 
Qoraqalpog‘istondagi Sulton- UizDog‘ tog‘larida va Farg‘ona vodiysining 
janubida ham kо‘p uchraydi. 
Yer yuzasiga kо‘tarilib chiqqan tabiiy tosh materiallaridan bazalt, 
andezit va diabaz kabi jinslar respublikaning Toshkent, Turkiston, Nurota kabi 
hududlarida atrofida kо‘p uchraydi. 
Bazalt chiqadigan Nevich koni Parkentdan 10-15 kilometr sharqi-
janubda, Toshkent yaqinida joylashgan. Qora rangdagi bazalt toshlari Nevich 
daryosining tog‘ oralig‘ida qatlam-qatlam bо‘lib yotibdi. 
Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi Qurama tog‘larida 100 metr 
qalinlikka ega bо‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari 
О‘zbekistonning janubida, G‘uzor tog‘larining g‘arbiy- janubidagi Qashqadaryo va 
Surxondaryo vodiylarida uchraydi. 
Chig‘anoq ohaktosh zahiralari О‘zbekistonning janubida, Surxondaryo 
viloyatida keng tarqalgan. Toshkent yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 5-
20 metrga yetadi. Bu ohaktoshlardan Ohangaronda portlandsement olish uchun 
foydalanilmoqda. Buxoro shahri yaqinidagi ohaktosh qatlamlarining qalinligi 150 
metrga yetadi. 
О‘zbekistonda 30 dan ortiq marmar konlari bor. Samarqand 
viloyatidagi 
«G‘ozg‘on» 
marmari 
о‘zining 
zahira 
kategoriyasiga, 
bloklashuvchanligiga va rangining turligiga kо‘ra sovet va chet el quruvchilariga 
keng tanilgan. Bu marmar bilan Parij va Nyu-Yorkda tashkil etilgan butun dunyo 
kо‘rgazmasi pavilyonlarining devorlari qoplangan. Moskvadagi kо‘plab 
saroylarning ichki qismini qoplashda va qisman Toshkentdagi Navoiy nomidagi 
opera va balet akademik teatri binosini bezatishda «G‘ozg‘on» marmari 
ishlatilgan. О‘zbekiston halqlariga marmar toshinipg gо‘zalligi, uning qurilish va 
me’morchilikda ishlatilishi qadim zamonlardan ma’lumdir. Samarqand shahridagi 
Gо‘ri Amir, Shoxi zinda, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim madrasasi, tarixiy 
me’moriy yodgorliklarda marmar toshlar qoplama plitalar, pol uchun bloklar, 
supachalar yasashda kо‘p qо‘llanilgan. 
О‘zbekistonning Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Toshkent 
viloyatlari tog‘larida juda kо‘p marmar konlari bor. Toshkent yaqinida ikkita 
marmar koni bо‘lib, bulardan biri – Mingbuloq konidir. Mingbuloq marmari yirik 
donali, och kul rang. Ikkinchisi Chotqol tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rida, Sо‘qoq 
va Zarkent qishloqlari о‘rtasida joylashgan. Bu marmar oq, sariq, och о‘t va kul 
rangdir. 
Tuproqning maxsus turi bо‘lgan sog‘ tuproq О‘zbekiston qurilishlarida 
kо‘p tarqalgan materialdir. U kimyoviy va mineralogik tarkibiga kо‘ra hamda kelib 

18 
chiqishi bо‘yicha oddiy tuproqni eslatadi. Ammo sog‘ tuproq tarkibida faol gil 


(AI
2
0
3
) miqdori kо‘p. Respublikamizda sog‘ tuproq juda kо‘p. Ayniqsa, Toshkent, 
Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand, Qо‘qon kabi hududlarda sog‘ tuproq 
zahiralari kо‘p tarqalgan. Sog‘ tuproqdan ishlangan xom g‘ishtning kam qavatli 
bino devorlarini qurishda ishlatilishi uning yuqori mexanik xususiyatga ega 
ekanligidan darak beradi. Sog‘ tuproq g‘isht ishlab chiqarishda, sopol buyumlar 
tayyorlashda asosiy xom ashyodir. Shuningdek, suvoqchilikda, sement ishlab 
chiqarishda va kо‘p g‘ovakli beton va qurilmalar tayyorlashda ham u kо‘plab 
ishlatiladi. 
Yüklə 20,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin