I BOB. “MAHBUB UL-QULUB”NING TUZILISHI VA UNDAGI
MASALALAR
Ulug„ shoir, davlat arbobi, adabiyotshunos va tilshunos olim Alisher
Navoiyning ijodiy merosini o„rganish va tadqiq etish biz yoshlarning bugungi
kundagi muhim vazifalarimizdan biri bo„lib kelmoqda. Bu ulug„ zotning milliy
adabiyotimizga va ma‟naviyatimizga qo„shgan hissasi katta. Bu haqda
Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch” asarida
shunday deydi: “Alisher Navoiy xalqimizning adabiyoti, madaniyati va siyosiy
14
tarixida alohida o„ringa ega bo„lgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz
namoyandasi, millatimizning g„ururi, sha‟nu sharafini dunyoga tarannum etgan
o„lmas so„z san‟atkoridir”
2
.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ulug„ bobokalonimiz shaxsiyati va
ijodiga munosabat tubdan o„zgardi. Hazratning boy adabiy merosiga to„laqonli va
haqqoniy yondashish imkoniga ega bo„ldik. U zotning ijodini yanada chuqurroq
o„rganish bo„yicha ko„plab tadqiqotlar qilinyapti, ilmiy izlanishlar ko„lami yanada
kengaymoqda. Bu yil shoir tavalludining 573 yilligi yurtimiz bo„ylab keng
nishonlandi. Shoirning adabiy asarlari, takrori yo„q g„azallari, pand-nasihatga boy
dostonlari haqida adabiy kechalar, mushoiralar o„tkazilmoqda. Alisher Navoiy
asarlarining tub mohiyatini anglash, ularda da‟vat etilgan ezgulik, mehr-muruvvat,
tinchlik va do„stlik kabi g„oyalarni chuqurroq o„rganish biz yoshlarning bugungi
muhim masalalarimizdan biridir. Zero, Navoiyning adabiy merosi miqdor va
mazmun jihatdan beqiyos. Bobur Mirzo yozadi: ”... turkiy til bila to she‟r
aytibdurlar, hech kim oncha ko„p va xo„p aytqon emas”. Bu haqda shoirning o„zi
“Lison ut-tayr”dostonida:
Nazmu nasrim kotibi taxminshunos
Yozsa, yuz ming bayt etar erdi qiyos
1
.
deb yozgan edi.
Navoiyning nafaqat ijodi, balki sermazmun hayoti ham biz yoshlar uchun
namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi barchamizga o„rnak bo„lishi lozim.
Bahrdin qatrag„a ta‟zim ila tahsin ko„rdim,
Mehrdin zarrag„a e‟zoz ila ehson topdim.
Ya‟ni, dengizning tomchiga ta‟zim ila tahsin qilganini ko„rdim, quyoshning
zarraga e‟zoz va ehson ko„rsatganiga guvoh bo„ldim deb yozadi shoir asarlaridan
birida.
Prezidentimiz “Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch” kitobida alohida
ta‟kidlaganidek: “Inson qalbining quvonch-u qayg„usini, ezgulik va hayot
2
Karimov I. A. “Yuksak ma‟naviyat - yengilmas kuch “ . Toshkent: “Ma‟naviyat”, 2008. 47-bet.
1
Alisher Navoiy. Lison ut-tayr.Toshkent. 2005
15
mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-
kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash
tuyg„usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga, avvalo Navoiy asarlari bilan
kirib keladi
2
.
Alisher Navoiy tarjimai holi o„z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro,
Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
O„zbek olimlari O.Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya.G„ulomov,
I.Sulton, V.Zohidov, V.Abdullayev, A.Qayumov, S.G„aniyeva va boshqalar
Navoiyning hayot yo„li haqida asarlar yaratishgan.
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she‟rlarini yig„ib, “Ilk devon” (1464-1465)
tuzgan edilar. “Navoiy devonlari professor H.Sulaymon tomonidan yig„ilib, tasnif
etilgan. “Ilk devon‟ Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564)
saqlanadi”
3
.
Alisher Navoiyning o„zbek tilidagi dastlabki yirik asarlaridan “Hiloliya”
qasidasi Sulton Husayn Boyqaroga bag„ishlangan bo„lsa, forsiy tildagi birinchi
yirik asari “Tuhfat ul-afkor” qasidasi Jomiyga bag„ishlangan edi. 1470-yillarning
oxirida Alisher Navoiy o„zining o„zbek tilida yozgan she‟rlaridan iborat ilk
devoni-“Badoe‟ ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”) ni tuzdi. Mazkur devonda 777
g„azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit‟a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug„z, 3 mustahzod,
5 muxammas, 3 tarjeband, 2 musaddas bo„lib, bunday mukammal devonni tuzish
Navoiygacha kamdan kam o„zbek shoiriga nasib bo„lgan. Alisher Navoiy “Badoe
ul- bidoya” tuzilgandan keyingi davrda yozilgan o„zbekcha she‟rlari asosida 1480-
yillarning oxirida “Navodir un-nihoya” devonini tuzdi. “Mazkur devonning O„z.R
FA ShI (inv.1995)dagi nusxalari nihoyatda nodir bo„lib, ular Navoiy davrida
Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abduljamil kotib (1487-1488) tomonidan
ko„chirilgan”
1
. 1481-1482-yillarda “Chihl hadis” (“Qirq hadis” yoki “Arbain”)
asarini yozdi. Bunda Muhammad payg„ambarning qirq hadisi to„rtlik bilan she‟riy
ifodalab berilgan.
2
Karimov I. A. “Yuksak ma‟naviyat - yengilmas kuch “ . Toshkent: “Ma‟naviyat”, 2008. 47-bet.
3
Ziyo uz.com sayti. Alisher Navoiy asarlari tahlili sahifasi
1
Ziyo uz.com sayti. Alisher Navoiy asarlari tahlili sahifasi.
16
Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she‟riy janrlardan g„azal, qasida,
ayniqsa, muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devonida
373 muammo kiritgan. 1485-yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus
”Mufradot” asarini yaratdi.
Alisher Navoiyda “Xamsa” – besh doston yaratish maqsadi yoshligidan
bo„lgan. Bu maqsadini 1483-1485-yillarda amalga oshirdi. Asar o„zbek adabiyoti
shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.
“Xamsa”dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar yaratdi. 1485- yil o„zining
mashhur “Nazm ul-javohir” asarini yozdi, bunda birinchi xalifalardan bo„lmish
Hazrat Alining 266 ta hikmatli gapi ruboiy tarona shaklida bayon etilgan. O„sha
davr kitobxonlari, shu jumladan, tarixchi Xondamir bu asarni g„oyat yuksak
baholagan”
1
.
1490-yilda u o„ziga zamondosh shoirlar haqida Jomiyning “Bahoriston”,
Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarlari shaklida “Majolis un-
nafois” (“Nafis majlislar”) tazkirasini tuzishga kirishib, 1492-yilda tugalladi. Shu
vaqtning o„zida Alisher Navoiy o„zbek tilida she‟riyat nazariyasi, aniqrog„i, aruz
vazni qoidalari haqida “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o„lchovi”) ilmiy qo„llanmasini
yaratdi. 1494-yilda turkiy tildagi maktublarini to„plab “Munshaot” (“Maktublar”)
majmuasini tuzdi. 1495-yilda Jomiyning “Nafahot ul-uns” asarini “Nasoyim ul-
muhabbat” (“Muhabbat shabadalari”) nomi bilan tarjima qilib, uni qayta ishlab,
turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma‟lumotlar bilan boyitdi.
Alisher Navoiy 1491-1492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan hamma
she‟rlaridan yangi, yig„ma devon tuzishga kirishdi va bu ishni 1498-1499-yillarda
nihoyasiga yetdi. Devonning umumiy nomi “Xazoyin ul- maoniy” (“Ma‟nolar
xazinasi”) bo„lib, 4 qismdan iborat bo„lganligi uchun “Chor devon” deb ham
atalgan. Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan she‟rlarini qamrab
olgan, ularda Alisher Navoiyning barcha davrlaridagi dunyoqarashi, orzu-umidlari
ifodalab berilgan. U forsiy she‟rlaridan tashkil topgan”Devoni Foniy” ni, forsiy
1
O‟zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1-tom.Toshkent.”Davlat ilmiy nashriyoti ”,2000.219-bet.
17
tildagi 2 qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she‟riyat taraqqiyotiga ham o„zining
munosib hissasini qo„shdi. Navoiy she‟riyatining mavzular doirasi keng, janrlar
ko„lami xilma-xil. G„azallari “oshiqona, orifona, rindona”(Shayxzoda) sifatlar
bilan o„rganiladi. G„azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg„un holda
ulug„lanib, majoz-haqiqat ko„prigi aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy
she‟riyatidagi zohiriy ma‟no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham
o„rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.
“Navoiy she‟riyati Fitrat, Oybek, M.Shayxzoda, H.Sulaymon, N.Mallayev,
Yo.Ishoqov, B.Akramov, I.Haqqulov va boshqalar tomonidan o‟rganilgan”
1
.
“Shoirning 2 yil mobaynida ikkita yirik asari – “Lison ut-tayr” (“Qush tili”)
dostoni va “Muhokamat ul- lug„atayn” (“Ikki til muhokamasi”) nomli ilmiy
asarlari yaratildi. Uning so„nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma
yo„sinida yozilgan “Mahbub ul-qulub” (“Ko„ngillarning sevgani”) dir. U Sharq
adabiyoti tarixida Shayx Sa‟diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”,
Nizomiy Aruzi Samarqandiyning “Chor maqola” kabi asarlari qatorida turadi. Bu
asarida Alisher Navoiy o„zining hayot yo„lini, boshidan kechirgan turmush
mashaqqatlarini yorqin tasvirlab bergan”
2
.
“Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo„lish mumkin:
1.
Devonlari.
2.
Dostonlari.
3.
Forsiy tildagi she‟riy merosi.
4.
Ilmiy- filologik, nasriy va tarixiy asarlari”
3
.
Uning o„zbek tilida yaratgan she‟riy merosi asosan “Xazoyin ul-maoniy”
devoniga jamlangan.
“Xazoyin ul-maoniy”ga qadar “Ilk devon”, “Badoe‟ ul-bidoya”, “Navodir
un-nihoya” devonlarini yozgan.
1
Ziyo uz.com sayti. Alisher Navoiy asarlari tahlili sahifasi.
2
O‟zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1-tom. Toshkent: ”Davlat ilmiy nashriyoti ”, 2000. 219-220-betlar.
3
O‟zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 1-tom. Toshkent: ”Davlat ilmiy nashriyoti ”, 2000. 220-bet.
18
“Xazoyin ul-maoniy” dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g„azal,
umuman 4 devonda 210 ta qit‟a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10
muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje‟band, 4 mustazod, 1 musamman, 1
tarkibband, 1 qasida, 1masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo„lib, Sharq she‟riyatining
16 turi namoyondir.
Navoiyning nasriy asarlari quyidagi guruhlarga bo„lib o„rganilgan.
Dostları ilə paylaş: |