TAQRIZ
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari nisbatan kam o„rganilgan. Ayniqsa,
asarning 2-qismi, undagi hikoyatlar diniy –tasavvufiy ruhda bo„lgani
uchun
e‟tibordan bir oz chetda qolgan edi. Talaba G. Mahmudova mazkur bitiruv ishida
ana shu tomonni o„rganishga harakat qilgan.
Bitiruv ishining “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, o„rganilganlik
darajasi,
ilmiy yangiligi, metodologik asosi,
maqsad va vazifalari , nazariy va
amaliy ahamiyati kabilar yoritilgan. “Mavzuning o„rganilganlik darajasi”
qismini
yanada kengroq va aniqroq tavsiflash kerak edi.
Bitiruv ishining birinchi bobi “Mahbub ul-qulub” ning tuzilishi va undagi
masalalar” deb nomlangan. Bu bobda adabiyotshunoslikda Navoiy asarlari haqida
bildirilgan ma‟lumotlar umumlashtirilgan. Shoirning she‟riy, nasriy, ilmiy asarlari
ko„rsatib o„tilgan.
“Mahbub ul-qulub”, uning tuzilishi, asardagi uch qismdagi masalalar imkon qadar
yoritilgan.
Asarning birinchi qismida turli toifa
kishilari haqida gapirilgani, unda
uchraydigan she‟rlar, ularning janrlari to„g‟risida mulohaza yuritgan.Har bir
qismning (1,2,3-qismlar) tuzilishi va mohiyati qisqacha sharhlangan. Bitiruv
ishining ikkinchi bobida talabaning
asosiy mushohadalari, mustaqil fikrlari,
nazariy qarashlari o„z ifodasini topgan. Talaba “Mahbub ul-qulub”
dagi barcha
hikoyatlarni aniqlab chiqqan. Uning fikricha, asarda o„n uchta hikoyat mavjud. Bu
hikoyatlarning mavzulari ham rang-barang. Asosiy qismini diniy-tasavvufiy
mazmundagi hikoyatlar tashkil qiladi. Talaba bu hikoyatlarni
kuchi yetgancha
tahlil qilgan. Ayrimlarining tahlilida sayozlik seziladi.
Hikoyatlarning xulosasida keltirilgan she‟riy parchalarning badiiyati haqida
ham to„xtalib o„tgan. She‟riy san‟atlar yuzasidan tahlil qilgan.
57
Bitiruv
ishida ayrim uslubiy, imloviy xatolar mavjud. Adabiyotlarni berishda
ayrim kamchiliklar bor. Nazariy ma‟lumotlarni ko„proq kiritsa yaxshi bo„lardi.
G. Mahmudova bitiruv ishining mavzusini asosan yoritgan.
Ishning hajmi,
tayyorlanish darajasi talab darajasida. Bitiruv ishi Davlat attestatsiyasi talablariga
javob beradi deb baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar:
dots. T. Xo„jayev