Mahmudxoʻja Behbudiyning iymon-e’tiqodga oid masalalarda oʻzining qarashlari



Yüklə 15,17 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü15,17 Kb.
#114376
Sitora 20.1


Mahmudxoʻja Behbudiyning iymon-e’tiqodga oid masalalarda
oʻzining qarashlari
Saidusmonov Baxrom Abdug’aniyevich
CHDPU Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi
baxrom.said@mail.ru
Abdushukurova Sitora
CHDPU Tarix yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz Behbudiyning nafaqat jadid sifatida, balki adolatli Turkiston muftisi sifatida koʻrasiz. Maqolada uning muftilik faoliyatida duch kelgan kamchiliklarni qanday toʻgʻri yoʻl bilan haqqoniy tarzda hal qilganligini oʻqib bilishingiz mumkin.
Аннотация: Благодаря этой статье вы увидите Бехбуди не только как джадида, но и как справедливого муфтия Туркестана. В статье вы можете прочитать, как он правдиво устранил недостатки, с которыми столкнулся в своей работе муфтия.
Kalit soʻz: mufti, jadid, libos, diniy masala.
Ключевые слова: муфтий, джадид, одежда, религиозный вопрос.
Mahmudxoʻja Behbudiy asar va maqolalarini oʻrganish jarayonida oʻz davrida yoshlarning istiqbolini oʻylab ilm olish yoʻlida jonkuyarlik bilan jadid zamondoshlari birla harakat qilar ekan, bu orada nafaqat yosh avlodga katta e’tiborini qaratgan, balki xalqning ongini notoʻgʻri gʻoyalar ostida shakllanishida ogoh etish maqsadida diniy-ma’rifiy jabhalarda ham oʻzining yondashuvini tushunarli tarzda ommaga yetkaza olgan. Albatta, islom dini yuzasidan aniq va ishonchli dalil keltirmay turib butun xalq narida tursin, hatto bir musulmon kishini ham aytilgan soʻzlarga ishontirish bu - juda katta toʻgʻri targʻibot hamda koʻpgina diniy bilimni talab etadigan mas’uliyatli vazifadir. U 6-7 yoshlarida katta togʻasi Muhammad Siddiqdan xat-savod chiqargach, otasi Behbudxoʻja oʻgʻlini qorilikka tayyorlash maqsadida Qur’onni oz-ozdan yod oldiradi.“Behbudiy afandi, yolgʻiz qoriliq bilan bilan qanoatlanmay, oʻzining togʻasi mufti mulla Odil huzurida dars oʻqurga kirishdi. Arabiy sarf, nahfdan “Qofiya,, va “Sharhi mullo,, ni fiqhdan “Muxtasar ul-viqoya,, ning birinchi daftarini va biroz “Hoshiya,, ni mazkur zotning halqai tadrisida oʻqudi. Hisob ilmini ham masohatgacha shul kishidan oʻrgandi...,, Orada, Mahmudxoʻja ota-onasining judoligidan soʻng oʻqishni tark qilib, turmush qiyinchiliklarini zimmasiga olib, togʻasi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik vazifasini bajara boshlaydi. U ikki yillik xizmati davomida qozilik ishlari bilan tanishib, muftilik uchun zarur boʻlgan narsalarni oʻrganadi. Ikki yildan keyin togʻasi qozilikdan boʻshab ketgach, Behbudiy Kobud boʻlusining qozisi mulla Zabirning qozixonasiga mirzolikka kirib, 1-2 oy oʻtmay muftilikka oʻtadi. U muftilik faoliyatini 1895-1896 yillardan boshlab, 1916- yilgacha shu lavozimda faoliyat olib borgan. Samarqandlik jurnalist Nusrat Rahmat uzoq yillar davomida Buhbudiy hayotini, ayniqsa, uning muftilik faoliyatiga oid masalalarini oʻrganib kelish jarayonida “Mufti,, nomli maqolasi orqali Behbudiyning mufti sifatidagi faoliyatida sodir boʻlgan gʻaroyib bir voqeani keltiradi. Unda Jomboyda bir ot oʻgʻrisi boʻlib, Panjikent qishloqlaridan ot oʻgʻirlab, Samarqand bozoriga olib borib sotar ekan. Ammo koʻza kunda emas, kunida sinadi deganlaridek, oʻgʻrini jinoyati fosh boʻlib, qozi oʻgʻrining qoʻlini kesish haqida hukm chiqaribdi. Behbudiy Jomboyning muftisi sifatida qozining shunday dahshatli hukm chiqarganiga e’tiroz bildirib, yaqinda bu jazo bekor qilinganligini tushuntiribdi. Hukmning bekor qilinishi oʻz obroʻsiga soya tashlashi muqarrarligini sezgan qozi Qur’onning “Moida’’ surasi 38-oyatini ochib, oʻqib beradi. Bu oyatda “Oʻgʻri erkakning ham, oʻgʻri ayolning ham qilmishlariga yarasha jazo va Allohdan azob sifatida qoʻllarini kesinglar. Alloh qudrat va hikmat egasidir,, degan soʻzlar yozilgan ekan. Soʻng qozi buni bekor qilish mumkinmi? - deya soʻrabdi. Shunda Behbudiy oʻgʻrining qoʻllari kesilsa oqibati nimalarga olib kelishini tushuntiradi. Birinchidan uning mahalla-koʻydagi, qarindosh-urugʻlari orasidagi obroʻsi yoʻqolibgina qolmay, gʻazab vs nafratga duchor boʻladi. Ikkinchidan, mehnat bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻlmagani uchun hatto oʻziga xizmat qilolmaydi va oila a’zolariga tirik tovonga aylanadi. Mahmudxoʻja shunday deb Qur’onning “Niso’’ surasi 90- oyatini koʻrsatadi. Oyatda “Alloh afv etuvchi, maxfirat qiluvchi boʻlgan zotdir’’ Qozi Behbudiyning bu soʻzlaridan keyin hukmning bekor qilinishiga rozi boʻlgan ekan’’ Nusrat Rahmatning ushbu maqolasidan, Behbudiy muftilik faoliyati davomida bevabechoralargagina emas, balki sharoit taqozosi tufayli jinoyat yoʻliga kirib qolgan kishilarga ham rahm-shafqat , muruvvat koʻrsatadigan insonparvar mufti boʻlganini anglashimiz mumkin. Behbudiyning mufti sifatida xalq orasida adolatli sa’yharakatlariga guvohi boʻldik. Vaholanki, uning jadid sifatida iymon-e’tiqodga oid maqolalarida ham omma ichida ba’zi bir ikkilamchi boʻlgan masalalarga javoban misol va dalillar bilan oʻz qarashlarini bildirgan. Quyida uning “Kiyim va tashabbuh masalasi,, nomli maqolasida bir necha yildan beri ba’zi majlislarda ruscha forma kiyish va tashabbuh masalasi xususida uzun mubohasalar boʻlayotganligi yozilgan. Unda bir uzr sababli forma kiyganlar haqida akfor hukmlarni ba’zi payt ulamodan eshitilishi, hatto uyning tagini pol va ustuni tunuka qilganlarni yoki uy ichida stol-stul , surat kabi narsa qoʻyganlarni ham ’’qora’’ ga chiqarganlar. Bu masalada Behbudiy zamon va madaniyat talabi tufayli forma kiymoqqa majbur qilinishi tabiiyligi va bu sababli odamni kofirga chiqarilishi musulmonlarning holiga mushkul boʻlishini bayon qiladi. Behbudiy maqola davomida agar biz bu kun oʻgʻlimizni shahar maktabi va gimnaziyaga bermoqchi boʻlsak yoxud bir necha yildan soʻng Turkiston musulmonlaridan askar olinsa, u holda, albatta, ruscha forma, shapka kiymoq majburiy boʻladi deb aytadi. Va bunga qoʻshimcha tarzda zamonning oʻzgarishi bilan ba’zi rasm va odatlar doimo oʻzgarib turishi va bu oʻzgarish bobomiz hazrati Odam (a.s) zamonidan beri mavjud boʻlib kelganligi, hamda shu rasm va odatlar ichida foydali , yaxshisi boʻlganidek, yomon va zararligi ham borligi, ya’ni avvalgi zamonda isroflik toʻy, aza, bazmi javon kabi yomon odatlarimiz yoʻq ekanligi, keyinchalik paydo boʻlib, biz uni qabul qilganligimiz toʻgʻrisida mushohada qiladi. Shariat nuqtayinazaridan kiyim va tashabbuh masalasini aholiga yana-da tushunarliroq boʻlishi uchun bir necha misollar keltirib oʻtadi. "Ya’ni sobiq Misr muftisi ulamoyi shahir marhum Muhammad Abduh hazratlarining fatvosi zamirida “ishlapa,, va “shapka,, va boshqa Ovrupo kiyimlarini kiymoq shariati islomiycha hech bir zararli emasdir. Ya’ni shar’an mutlaqo durustdur. Behbudiy maqolasidagi oxirgi satrlar yuqorida sanab oʻtilgan misollarga aniq asos boʻla oladi. Maqolani oʻqish soʻnggida jadid bobomiz qanchalik teran aqlga, oʻtkir xotiraga ega ekanligini koʻramiz. Albatta, diniy masalalar yoritilgan toʻgʻri fikrlab, tushunti ra beraolish chuqur bilim va mehnat talab qilinishiga yana bir karra iqroq boʻldik. Behbudiyning diniy-ma’rifiy qarashlari bungi kunda ham kundalik hayotimizdagi ayrim masalalarda as qotadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Naim Karimovning Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti, faoliyati, taqdiri kitobi
2. Mahmudxoʻja Behbudiy tanlangan asarlar 2-jild
3. https://saviya.uz
4. www.ziyouz.com
5. www.ariv.uz
Yüklə 15,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin