Mahsulot (IShlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə13/15
tarix21.12.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#188492
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
54 05.02.1999 (1)

(2.3.15.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
2.3.15.14. To‘langan boshqa jarimalar.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;
(2.3-kichik bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori bilan 2.3.16 — 2.3.20-bandlari bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.21. Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq.
(2.3.21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.22. Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlari.
2.3.23. Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab ko‘rish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib ko‘rish.
2.3.24. Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar.
(2.3-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan 2.3.22 — 2.3.24-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.25. Foydalanishdagi to‘liq eskirgan uskuna uchun to‘lov.
(2.3-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan 2.3.25-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.3.26. Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni saqlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
2.3.27. Boshqa xarajatlar.
(2.3.26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qaroriga asosan 2.3.26 va 2.3.27-bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.4-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar.
3.4. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
3.5. O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar.
3.6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
4. Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
— korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
— bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
— boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda — iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi.

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin