(2.1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda ) 2.1.4. Yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.
2.2. Ma’muriy xarajatlar
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
2.2.1. 1.2-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
2.2.2. 1.3-bandda sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari.
2.2.4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari.
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang. 2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov; kanallarni ijaraga berish; ko‘chma yo‘ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to‘lash.
(2.2.6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda) Oldingi tahrirga qarang. 2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun haq to‘lash.
(2.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda ) 2.2.8. Ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash.
2.2.9. Ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari.
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.
Oldingi tahrirga qarang. 2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha xarajatlar.
2.2.13. Vakillik xarajatlari.
(2.2.11—2.2.13-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda ) 2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to‘lash xarajatlari.
Oldingi tahrirga qarang. 2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari.
(2.2.15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda ) Oldingi tahrirga qarang. 2.2.16. Xizmatlar qiymatini to‘lash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo‘yicha xarajatlar.
(2.2.16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son) Oldingi tahrirga qarang. 2.2.17. Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo‘jalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.