(1.2.3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq;
Oldingi tahrirga qarang. 1.2.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
(1.2.3.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 1.2.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda).
Oldingi tahrirga qarang. 1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonunchilik bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash.
(1.2.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash:
Oldingi tahrirga qarang. 1.2.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
(1.2.5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 1.2.5.2. Majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq to‘lash;
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash.
1.2.6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang. 1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
(1.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1.3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlar
Ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlarga quyidagilar kiradi:
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son) Oldingi tahrirga qarang. 1.3.1. Qonunchilik bilan belgilangan stavkalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq.