Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
54-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 54-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM
UMUMIY QOIDALAR Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang. Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda) Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.
Oldingi tahrirga qarang. (“umumiy qoidalar” bo‘limining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) tomonidan aniqlanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )