Ta'rif muallifi
|
Sifat tushunchasini ta'riflanishi
|
Aristotel
(eramizdan oldingi uchinchi asr)
|
Narsalarni oʻzaro farqlanishi. “yaxshi-yomon” alomatlari boʻyicha solishtirish (nisbati)
.
|
Gegel
(eramizning boshi 19 asr)
|
Sifat bor, birinchi navbatda turmush tarzi bilan bir-birga oʻxshashligi aniqlangan, hech narsa toʻxtab qolmaydi, unda nimadir bor, u oʻzining sifatini yoʻqotadi.
..
|
Xitoycha talqini
|
Sifatni belgilovchi ikki elementdan tarkib topgan - “tenglik” va “pul” (sifat=tenglik+pul) ieroglif, shunday ekan sifat “yuqori klassli”, “qimmat” tushunchalari bilan bir-biriga oʻxshash.
|
Shuxart
(1931 yil)
|
Sifatning ikkita jihati mavjud:
- xolisona fizikaviy tavsifi,
- sub'ektiv tomoni: qanchalik “yaxshi” narsa
|
Isikova K.
(1950 yil)
|
Sifat iste'molchini haqiqatdan qanoatlantiradi
|
Djuran Dj.M.
(1974 yil)
|
Foydalanish uchun (qoʻllanilishiga muvofiq) yaroqli. Sifat – mavjud iste'mochilarni qanoatlangalik darajasidir. Sifatni amalga oshirish uchun ishlab chiqaruvchi iste'molchilar talablarini bilish lozim va oʻzining mahsulotini shunday qilishi kerakki, ular bu talablaridan qanoatlanishlansin.
|
GOST 15467-79
|
Mahsulot sifati – mahsulotning uni qoʻllanishga muvofiq aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantirishga xizmat qiluvchi xossalarining qanoatlanish xususiyatlarini beruvchi mahsulot yoki xizmatning tavsiflari va xossalarining yigʻindisidir.
|
ISO 8402-86 xalqaro standarti
|
Sifat – kutilayotgan ehtiyojlar yoki shartli qanoatlanish xususiyatlarini beruvchi mahsulot yoki xizmatning tavsiflari va xossalarining yigʻindisidir.
|
Sifat tushunchasini bir nechta ta'rifi mavjud:
Sifat – bu iste'molchi ehtiyojlarini qondirilishi.
Sifat – bu yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik qurilmalar yordamida erishiladigan unumdorlik.
Sifat – bu ishlab chiqarish va mehnatni samaradorligi. Bu ishlarni tez va aniq bajarilishi.
Sifat – bu faoliyatni optimallashtirilishi. Bu harakatlar dasturiga rioya qilinishi, qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi.
Sifat – bu rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni.
Sifat – bu mablagʻ joylashtirilishi. Uzoq muddatli rejada ixtiyoriy ishni boshidanoq toʻgʻri bajarilishi keyinchalik nomuvofiqliklarni bartaraf qilishdan arzon turadi.
Sifat menedjmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bogʻliq vazifalarni xal qiladigan usuldir. Keng ma'noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste'molchilar talablarini qanoatlantirish uchun qoʻllaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi.
Sifat menedjmenti tizimi – u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga oshirilishi, vazifalarni hal qilish usullari va erishilgan natijalarni qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab oladi.
“Mahsulot” deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega boʻladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qoniqtirish uchun moʻljallanadi.
Mahsulotlarning sifatiga e'tibor berish eramizdan avvalgi 2150 yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari ma'lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miq'yosda rivojlana boshlagan edi.
Oʻtroqchilik paydo boʻlishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, misol uchun Hindistonda “Xammurapi” kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (milodan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari. Uning 229-moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador boʻlsa yoki buyumlarga zarar etkazilsa, quruvchi jarimalarga tortilishi, biron odam oʻlganida esa qatl qilinishi belgilangan.
Bunga oʻxshash qoidalar Finikiyaliklarda ham qoʻllanilgan: auditor (nazoratchi)ning sifat nazoratida yoʻl qoʻygan xatosi uchun qoʻli kesilgan.
Qadimgi Turkiyada podshoh Boyaziddin II Ixtisabining «Bursa» qonunlarida sifatsiz tovarlar boʻyicha jazolar belgilagan.
Xitoy imperatorlari, ishlab chiqaruvchi shaxsi va tovarning keyingi harakati hamda qaerga ishlatilishi toʻgʻrisida iz qoldirilishini ta'minlash maqsadida, ishlab chiqaruvchilardan oʻz mahsulotlariga muhr bosishlarini talab qilganlar. Agar tovar belgilangan talablarga javob bermasa, ishlab chiqaruvchi va sotuvchiga iqtisodiy jazo qoʻllanilgan. Bu oʻziga xos standartlashtirishning ilk bor yorqin namunasidir.
Shu bilan birga ta'kidlash joizki, mahsulotlarning sifatiga boʻlgan talablar faqat mahalliy aholi tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarga emas, balki hamma uchun birdek amal qilardi.
Yillar, asrlar oʻtib insoniyat taraqqiy etishi bilan uning ehtiyojlari ortishi talablar oʻzgarishiga olib kelgan. Sifat masalalariga haqiqiy e'tibor XIX asrdan shakllana boshladi. Bu davrdan boshlab ishlab chiqaruvchilar oʻz tovarlariga tovar belgisi qoʻya boshlashgan. Sifat tushunchasi biron bir hujjatga bitilganidan va qoʻllanila boshlanganidan soʻnggina standartlar kelib chiqa boshlagan.
Mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha tashabbuslar tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlanishi bilan olgʻa surilgan va xayotga tadbiq etila boshlagan. Biz ulardan biri - "sifat toʻgaraklari"ni koʻrib chiqamiz.
Sifat toʻgaraklari ishchilar, muxandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yigʻilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqqan.
Sifat toʻgaraklari korxona xodimlari tomonidan oʻzlarining maqsadlari va vazifalarini aniq bilishga sharoit yaratadi, xodimlarni mahsulotning sifatini yuqori darajada ta'minlashga safarbar qiladi.
Sifat toʻgaraklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini ear bir hodimga etkazish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mehnatni va ishlab chiqarishni toʻgʻri tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan takliflarni joriy qilishdan iborat.
Toʻgaraklarda sifat nazorati sohasida ishlaydigan xodimlarning malakasini oshirish, sifat nazorati usullarini targʻibot qilish, har bir boʻlinma tsex miqyosida sifat nazoratini takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchlili va chidamliligini oshirish, yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish, kamchiliklarni va reklamatsiyalarni bartaraf etish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sur'atini koʻtarish, resurslarni tejamkorlik bilan sarflash kabi masalalar asosiy maqsad qilib belgilandi.
Dunyoning koʻpgina mamlakatlari oʻz mahsulotlarining sifatini oshirish uchun ma'lum tadbirlar, tajribalarga suyanib yutuqlarga erishgan.
Yaponiyada 60-yillarning boshida sifat toʻgaraklariga alohida e'tibor berila boshlagan. Aholisi zich, oʻzining er osti boyliklariga ega emas, sanoati asosan tashqaridan keltiriladigan hom ashyoga ixtisoslashgan, hududining 70 foizi togʻliklardan tashkil topgan bu davlat II-Jahon urushidan keyin oʻzining ichki resurslarni jalb qilishga majbur boʻldi.
Birinchi sifat toʻgaragi «Sharp» korxonasida tashkil etildi. U davrda firma grammofon uchun ignalar ishlab chiqarar edi. Mahsulotning sifatini oshirish va marketing tadqiqotlarni rivojlantirish natijasida korxona kengaydi va eksport uchun mahsulot chiqara boshladi.
1962 yildan boshlab Yaponiyada "Ustalar va brigadalar uchun cifatni boshqarish" jurnali chiqa boshladi. Jurnal sahifalarida bosilib chiqadigan maqolalar orqali sifatni boshqarish tizimidagi yangiliklarni keng ommaga, ayniqsa ishchilarga etkazishga, ba'zi koʻrsatmalarni tushunarli boʻlishini ta'minlashga harakat qilindi.
Natijada 1967 yilning iyun oyiga kelib 10 mingga yaqin toʻgaraklar qayd qilingan boʻlsa, 1969 yilda bu raqam 20 mingni, 1979 yilning iyunida 100 mingni tashkil qildi. 1987 yil mart oyida «sifat toʻgaraklari» oqimi oʻzining 25 yilligida 250 mingta toʻgaraklar borligini qayd etdi.
Toʻgaraklarning ishlari muntazam ravishda Hukumat tomonidan maxsus tuzilgan "Olimlar va muhandislar ittifoqi" deb atalmish tuzilma tomonidan kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Hozirga vaqtda sifat toʻgaraklari qator rivojlangan davlatlarda, jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Germaniya, Belgiya kabi Evropaning bir qancha mamlakatlarida, Xitoy Xalq Respublikasida ham faol ishlab turibdi.
AQShda ishlab chiqarishning ayrim qismlarida tajribaviy toʻgaraklar tashkil qilinib va ijobiy natijadan soʻnggina uni keng koʻlamda joriy qila boshlaydilar.
AQShda sifat toʻgaraklaridagi tashkiliy guruhlarga qoʻyiladigan talablar: toʻgarakda qatnashish ixtiyoriy boʻlishi, toʻgarak rahbarlari etarli malakaga ega boʻlmogʻi, hamma darajadagi mutaxassislar sifat toʻgaragi ishiga yordam berishga mas'ul, firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat toʻgaraklarining rejalarini himoya qilish kafolatlanadi. Toʻgarak a'zolari va ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolarni oʻzlari tanlaydilar. Toʻgarakda ma'muriyatga tegishli muammolar koʻrilmaydi.
«Toʻgarakchilar» statistik nazorat usullarining natijaviyligini oʻrganadilar, muammolarni hal qilish usullarini tahlil qilishadi. Bundan tashqari baxs oʻtkazish qoidalari, kelishmovchiliklarni hal qilish usullari, eshitishga oʻrgatish, janjalli sharoitlarni keltirmaslik kabilar toʻgarak rahbarlariga maxsus predmet tariqasida oʻrgatiladi.
Gʻarbiy Evropadagi toʻgaraklar oʻzlariga xos xususiyatlarga egadirlar: koʻproq oʻzaro tushunishni, sharoitlar va mehnat havfsizligini yaxshilash masalalariga koʻproq e'tibor berish asosiy oʻrinni egalladi.
Sifat toʻgaraklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda boshqarish apparatining ishlarini yaxshilash, ish yuritishni osonlashtirish, hujjatlar sonini kamaytirish va qarorlar qabul qilishni takomillashtirish masalalari bilan ham shugʻullanadi.
Belgiyada shunday toʻgaraklar tashabbuskorlari Sifat toʻgaragining amaliy uyushmasiga birlashgan. Mamlakat boʻylab 2000 sifat toʻgaraklari faoliyat koʻrsatayotganliklari qayd qilingan. Mamlakatdagi koʻpgina firmalar yalpi sifat nazoratini joriy qilishgan. Bu esa oʻz navbatida sifat toʻgaragining mavqeini birmuncha oshirdi.
1986 yili Italiya milliy uyushmasi sifat toʻgaraklarini tashkil qildi va hozirga kelib bu mamlakatda 4000 dan ortiq korxonalarda sifat toʻgaraklari mavjud.
Shvesiyaning Sifat toʻgaragi uyushmasi oʻz qatoriga 1100 korxonani birlashtirgan.
Xitoy Xalq Respublikasida 1980 yilda mamlakat boʻyicha 100 mingdan ortiq "Sifat toʻgaraklari" qayd qilingan. 1995 yilga kelib, ularning soni 500 mingdan oshdi. Xitoy toʻgaraklari muxandis-texnik xodimlarni, ishchilarni va boshqaruv boʻgʻinidagi xizmatchilarni birlashtiradigan toʻgaraklarni oʻz ichiga oladi.
Xitoy toʻgaraklarning faoliyatini rivojlantirish davlat istiqboli rejasiga kiritilgan. Shuning uchun sifat toʻgaraklarini yaratishda va takliflarni joriy qilishda ilmiy texnikaviy uyushma, Umumxitoy kasaba birlashmalarining uyushmasi, Kommunistik yoshlar Ittifoqi singari davlat va jamoa tashkilotlari faol qatnashmoqda.
Toʻgaraklarning umumiy rahbarligini va ularning ishlarini muvofiqlashtirishni sifat nazorati boʻyicha Xitoy uyushmasi amalga oshiradi.
Mahsulot sifatining yaxshilanishi sanoatni har taraflama rivojlanishiga, mustahkamlanishiga olib kelib, davlatning iqtisodiy qudratini oshirishga munosib hissa boʻlib qoʻshiladi.
Sifat menejmenti tizimi tamoyillari
Sifat menejmenti tizimi tamoyillari va ularning tavsiflari hamda ISO 9001 standarti talablari bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtmoqchimiz.
Hurmatli kitobxon, yodingizda boʻlsa, biz kitobning 2.5 bandida sifat menejmenti tizimi konsepsiyasi va umumiy qoidalari toʻgʻrisida ma'lumot bergan edik. Endi sizga taqdim etalayotgan ma'lumotlar oʻsha banddagi ma'lumotlarni toʻldirib keladi va bularni batafsil koʻrib chiqamiz.
Sifat menejmenti tizimining “Iste'molchiga moʻljallab ish qilish” tamoyili.
Iste'molchiga moʻljallab ish qilish.
Tashkilotlar oʻzining iste'molchilariga tobe boʻladi va shuning uchun ularning joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini tushunishi, ularning talablarini bajarishi va kutganidan ham ortiq yaxshi natijaga erishish lozim.
O’z DSt ISO 9000:2009
Tashkilot oʻzining iste'molchilariga tobe boʻladi va shuning uchun ularning joriy va kelgusidaga ehtiyojlarini tushunishi va ularning talablarini bajarishi va kutganlariga erishishini ta'minashi lozim. Buning uchun tashkilotning yuqori rahbariyati tashkilotda quyidagilar yordamida iste'molchilarga moʻljallangan muhitni yaratishi lozim:
A) menejmentga (boshqaruvga) duchor qilingan va natijaviyligi va samaradorligi nuqtai-nazardan yaxshilashni tushunish mumkin boʻlgan tizimi va jarayonlarni aniqlashi;
B) jarayonlarni boshqarish va bajarilishining natijaiyligi va samaradorligini, hamda tashkilotning faoliyatidan qanoatlanganligini aniqlash uchun ma'lumot va koʻrsatkichlarni ta'minlashi.
Iste'molchilarga ularni ehtiyojini va istagini qondirishi xususiyatlari mavjud boʻlgan mahsulot kerak. Bu ehtiyoj va istaklar odatda iste'molchilar talablari boʻlib hisoblanadi va mahsulotning texnikaviy shartlarida namoyon boʻladi. Talablarni tashkilotning oʻzi yoki iste'molchilarning kontraktlarida oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Ixtiyoriy holda ham mahsulot maqbulligini yakuniy natijada iste'molchi oʻrnatadi.
Madomiki, iste'molchilarning ehtiyoji va istaklari oʻzgarar ekan, tashkilot mahsulot sifatini va uning raqobatbardoshligini yanada yaxshilashga erishish maqsadida oʻz faoliyatini doimiy takomillashtirishi, texnikaning rivojlanishi va raqobatchilikga bogʻliq tazyiqlarni sinashi lozim. “Iste'molchiga moʻljallanganlik” tamoyilini qoʻllanilishi – bu (kontrakt) shartnomalarda qayd etilgan iste'molchi talablarini oddiygina rasmiy qanoatlantirish emas, balki, iste'molchilarning kelgusidagi hohishlari va aytmagan hohishlarini oʻylab topish va ularni bajarishga intilishdir.
“Iste'molchilarga moʻljallanganlik” tamoyili ISO 9000 seriyali standartlarida kelguda rivojlantirish tariqasida ifodalangan. Uzoq muddatli rejalashirilgan biznes va uni tashkillashtirishni muvaffaqiyatliligni ta'minlash maqsadda oltita qiziquvchi tashkilotlar: iste'molchilar, hissadorlar – biznes egalar, tashkilot ishchilari, ta'minotchilar, investorlar, davlat va jamiyat faoliyati natijalarida tavsiya etiladi.
Sifat menejmenti tizimning “Iste'molchilarga moʻljallanganlik” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.7-rasmda keltirilgan
1 - Tamoyilning qisqacha mazmuni. Ixtiyoriy korxonaning farovonligi ishlab chiqarayotgan mahsulotni ishlatilish hajmiga, ya'ni iste'molchilar oʻylagan (kutgan) va bu mahsulotga ehtiyojlarni muvofiqligiga bogʻliq boʻladi.
Iste'molchilar istagi (umidi) nafaqat mahsulot sifati bilan va balki, narxi, etkazib berish sharoiti va tartiblari, mahsulotni foydalanishda xizmat koʻrsatish sharoitlari va h.k.lar bilan bogʻliq boʻladi. Barcha qiziquvchi tomonlarning ehtiyojlari va iste'molchilarning soʻrovlariga tenglashtirilgan yondashishni ta'minlash zarur.
Tashkilotning barcha xodimlari iste'molchilar fikrini va ehtiyojini tushinishi hamda bilishi lozim.
Iste'molchilaring qoniqqanligi quyidagi aniqlangan shaklda baholanadi va oʻlchanadi, balki, zaruriy holatlarda tuzatish harakatlarini tanlash mexanizmi sifat tizmida tarkib topishi lozim
Ўз-ўзини баҳолаш натижалари
Dostları ilə paylaş: |