Mahsulot sifatini boshqarish. Asosiy tushunchalar. Atama va tariflar


Sifat menejmenti tizimining “Rahbarning peshqadamligi” tamoyili



Yüklə 270,95 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü270,95 Kb.
#192205
1   2   3   4   5
SIFAT MENEJMENTI TIZIMI PRINSIPLARI0

Sifat menejmenti tizimining “Rahbarning peshqadamligi” tamoyili.
Rahbarning peshqadamligi
Rahbarlar tashkilotning maqsadi va faoliyati yoʻnalishini yagonaligini ta'minlaydi. Rahbarlar tashkilot oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishga xodimlarni jalb etish mumkin boʻladigan ichki muhitni yaratish va saqlashi lozim.
O’z DSt ISO 9000:2009
Sifat menejmenti tizimini samarali va natijaviy joriy etishning majburiy shartlaridan biri shaxsan joriy etayotgan rahbarlar va boʻlinma, boʻlim hamda jaryon rahbarlari boʻlib hsoblanadi. Rahbar tashkilot faoliyati yoʻnalishi va maqsadlarini yagonaligin ta'minlaydi, shuningdek, sifat menejmenti tizimini yaratish toʻgʻrisidagi strategik qarorni qabul qiladi va buning uchun muvofiq ravishda ichki muhitni yaratadi va qoʻllab-quvvatlab, tashkilotdagi masalalarni hal qilishda barcha ishchilarni toʻliq jalb etadi.
Sifatni boshqarish boʻyicha majburiyat barcha darajadagi ma'muriyatga, ammo, ularni boshqargan holda yuqori rahbariyat zimmasida boʻladi. Sifatni boshqarish tizimi sifatida - bu vosita, rahbariyat yordamida oʻzining javobgarligini bajarish yordamida amalga oshiriladi. Bizning asrimiz har qanday jidiy ishlarni peshqadamlarni jalb etmasdan va ularning vazifalaridan foydalanmasdan turib yanada samarali holda bajarib boʻlmaydi.
Sifatga umumiy rahbarlik (sifatni mamuriy boshqarish) – bu boshqaruvning umumiy vazifalarining shunday jihatlariki, bunda sifat sohasida siyosat, maqsadlar va javobgarliklar aniqlanadi, shuningdek, sifat tizimi doirasida sifatni rejalashtirish, sifatni boshqarish, sifatni taminlash va sifatni yaxshilash tariqasidagi vositalar yordamida ular amalga oshiriladi.
Yuqori rahbariyat sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha oʻzining burchlari dalillarini ta'minlashi lozim. Shuningdek, uning samaradorligini doimiy yaxshilash boʻyicha quyidagilar orqali:
a) qonunchlik va reglamentlochi talablarni hamda iste'molchilar talablarini bajarish muhimligini tushungan holda sifat sohasidagi siyosatni ishlab chiqishi;
b) sifat sohasidagi siyosatga muvofiq va oʻlchanishi mumkin boʻlgan sifat sohasidagi maqsadlarini ishlab chiqishni ta'minlashi;
v) sifatni boshqarish tizimi va tashkilot jarayonlari ularni xususan nazorat ostida joriy qilish toʻgʻrisidagi nizomlarni ishalb chiqishni tashkillashtirishi;
g) oʻzining vakilini boshqa majburiyatlaridan bogʻliq boʻlmagan holda va quyidagi majburiyatlarni biriktib tayinlash:
- SMT ishlab chiqish, joriy etish va ishchi holatda saqlashni ta'minlashda qoʻllaniadigan javobgarlik va vakolatlar;
- Sifat menejmenti tizimi ishchi holati va yaxshilash zraruriyati toʻgʻrisidagi tahlilni oʻkazish va hisobotni yuqori rahbariyatga taqdim qilish;
- Sifat tizimi talablari va qoidalarini tushunishini tashkilot boʻyicha barchaga etkazishni ta'minlash;
- Sifat menejmenti tizimiga taalluli masalalar boʻyicha tashqi tomonlar bilan aloqalarni saqlash;
d) sifat menejment tizimini joriy etish va ishchi holatda saqlash uchun zaruiy resurslar bilan ta'minlash, hamda iste'molchilar talablarini bajarish orqali iste'molchilar qanoatlinishini oshirishga yoʻnaltirilgan, samaradorlikni doimiy yaxshilashga taalluqli resurslar bilan ta'minlash;
e) rahbariyat tomonidan SMT natijaviyligi va samaradorligini doimiy tahlilini tshkillashtirish;
j) oʻz misolida xodimlar ishonchini ta'minlovchi boshqaruv usulini namoyon etish.
Rahbariyat tashkilotni umumiy boshqarish modeliga sifatni boshqarish tizimini birlashtirish lozim. Va oʻzining boshqaruv ta'sirlarini jarayonlarga rahbarlik pozisiyasini berishni ifodalovchi va bir xil ma'noli, sifatni boshqarishni ta'minlovchi muayyan boshqaruv qarorlari koʻrinishida amalga oshirishi lozim.
Sifat menejmenti tizimning “Rahbariyatning peshqadamligi” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.8-rasmda keltirilgan.
2 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. Hammadan oldin yuqori zveno rahbarlari sifatga shaxsiy qarashlari bilan oʻzining tarafdorligini namoyish etishi lozim.
Rahbariyatning vazifalari ishonchlilik muhitini va ishlardan qoʻrqmaslik, qiziqishi, tan olishi va odamlar qushadigan ulushini kengaytirish, ochiq va oydin oʻzaro munosabatni ta'minlashi boʻlib hisoblanadi. Bunday muhit sifat masalalarida shaxsiy qarorlari va xodimlarni ijodiy imkoniyatlarini masimal ochishi imkoniyatini beradi.
Rahbar doimiy ravishda xodimlarni oʻqitish va mutaxassislarni “oʻstirish” haqida qaygʻurishi va sifat masalalarida zaruriy resurslarni ta'minlaydi.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Rahbarlarning peshqadamligi” tamoyilining bogʻliqliqligi 4.3-jadvalda keltirilgan.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Rahbarning peshqadamligi” tamoyilining bogʻliqligi


т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

Юқори раҳбарият сифат соҳасидаги сиёсатни аниқлаши

5.1 б, 5.3

2

Бошқарувнинг барча даражадаги раҳбарлари сифат соҳасидаги мақсадларни қўйиши

5.1 в, 5.4.1

3

Бошқарувнинг барча даражадаги раҳбарлари СМТ яратишни режалаштириш ва ривожланишини амалга ошириш

5.4.2

4

СМТ жорий этиш ва қўллаб-қувватлашни таъминлаш учун ташкилот ишчиларининг жавобгарлига ва ваколатларини аниқлаш

5.5.1, 5.5.2

5

СМТ ишчи ҳоати ва маҳсулотга талабларни бажариш масалалари бўйича ходимларни хабардор қилиш тизимининг мажудлиги

5.1 а, 5.5.3

7

Бошқарувнинг барча даражаларида маълумотлар таҳлилини ўтказиш, уларнинг натижалари бўйича фаолиятларни амалга ошириш ва қарор қабул қилиш

8.4

8

СМТ жорий этиш ва ишчи ҳолатда сақлаш учун зарурий ресурсларни режалаштириш ва таъминлаш

5.1 д, 6.1

Sifat menejmenti tizimining “Xodimlarni jalb qilish” tamoyili.
Xodimlarni jalb qilish.
Barcha pogʻona xodimlari tashkilot asosini tashkil etadi va ularni ishga toʻliq jalb etilishi tashkilotga xodimlar qobiliyatlaridan unumli foydalanish imkonini beradi.
O’z DSt ISO 9000:2009
Barcha darajadagi ishchilar tashkilotning asosini tashkil etadi. Va ular sifat menementi tizimiga toʻliq jalb etilish, ularning qobilyatlari va layoqatligi tashkilotga foyda keltirish imkoniyatini beradi. Sifatni boshqarish tizimiga jalb qilingan qatnashchilar nafaqat rahbariyat vazifasini bajarishi balki, ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda qiziqqan qatnashuvchilari barcha darajadagi qatnashchilarga tashkilot rahbari sharoitni yaratadi.
Bunda rahbarlik usuli obroʻli ma'muriy korporativli, liberalli boshqaruvga almashinishi lozim, boshqa soʻz bilan aytganda, huquq kuchiga asoslangan boshqaruvdan qoida kuchlariga asoslangan boshqaruvga oʻtisha zarur. Bu shundan kelib chiqadiki, madaniy bazis boshqaruvi ma'muriy-guruhli tizimida – bu SMT joriy etishdan toʻliq olinadigan samarani ta'minlamayotganligi va xodimlarni yaxshi jalb etilishini ta'minlamaganligiga ularning javobgarligi va ayibdorligini qidirishgan asoslangan, jazo berish tariqasidagi boshqaruvdir.
Xodim tashkilotning eng katta boyligi deb qaraladi. Shuning uchun ularning ijodiy potensialini ochish va foydalanish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratiladi. Rahbariyat tashkilot maqsadlariga maksimal yaqinlashgan alohida xodimlarning maqsadalari, shartsiz ravishda ishlab chiqarish mehnatini oshirish va sifatli faoliyatiga moddiy va ma'naviy (nomoddiy) ragʻbatlantirishni aks ettirishiga intilishi lozim.
Sifatni boshqarish tizimida quyi darajadagi boshqaruv javobgarligi kattaligini inobatga olingan boʻlishi lozim. Bunda layoqatlilikni oshirish choralari boʻyicha vakolatlar va layoqatlarni berish va kengaytirish tamoylini saqlab turish muhim. Bu yangi layoqatlarni, javobgarlik va vakolatlarni oʻziga olish uchun xodim dastlabki tayyorlangan boʻlishi lozimligi anglatadi.
Bir qator xodimlarni javobgarliklarini oshirishda aks aloqaning roli oshib boradi, ya'ni tashkiotda axborot tizimini asosiy tarkib etuvchilari shakllanayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqarish, javobgarliklarni berish va kengaytirish jarayonida ijtimoiy va psixologik omillar – oʻz-oʻzini nazorat (tashkillashtirilgan shaklda boʻlishi lozim) va jamoa-qatnashchisi tomonidan tekshirish ish jarayonida rasmiy yuqoridan nazoratga nisbatan samarali ishlashida muhim oʻrin tutadi.
Sifat menejmenti tizimida tashkilotning barcha a'zolari jalb etiladi. Sifatni umumiy boshqarish (sifatni ma'muriy boshqarish) – bu boshqarishning umumiy vazifalarining jihatlari ya'ni sifat sohasidagi siyosat, maqsadlar va javobgarliklar aniqlanadi hamda sifat tizimi doirasida sifatni rejaashtirish, sifatni boshqarish, sifatni ta'minlash va sifatni yaxshilash sifatidagi vositalar yordami bilan amalga oshiriladi.
SMTga xodimlarni jalb etilishi – bu ishchilardan to yuqori menejerlargacha barcha vertikallari boʻyicha xodimlarni “SMT-fikrlashi” va “SMT-harakati”ga biriktirilishini anglatadi.
Menejmenti (boshqaruv) tashkilot sifat menejmenti boʻyicha xodimlarini oʻqitish hisobiga oʻzining qoʻl ostidagi xodimlarini sifatni yaratishga qodir ekanligini va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarni joriy qilish jarayonlarini toʻliq oʻzlashtirganligi, psixologik toʻsiqlarni bartaraf qilish va sifat menejmentining ahamiyatini tushunishini ta'minlashi lozim.
Rahbariyat xodimlarni ichki ishlab chiqarish oʻqitish muhitida sifat menejmenti tizimi asoslarini xodimlarga oʻqtishi tartibini shartsiz ta'minlashi lozim. Bunda oʻqitish markazlaridan jalb qilingan xodimlar yoki sifat menejmentini joriy etish uchun mahalliy qatnashchilar bilan rahbariyat ushbu mavzularda oʻqtishlarni oʻtkazishi lozim.
Sifat menejmenti tizimning “Ishchilarni jalb etish” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.9-rasmda keltirilgan.

3 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. Odamlar tashkilotni koʻproq qimmatli va muhim qismini tashkil qiladi va bu boʻyicha odamlar ikoniyatidan yaxshi foydalanish tashkilotga maksimal foyda keltirishi mumkin.


Sifat tizimi tashkilotning sifatni doimiy yaxshilash faoliyati, ishchilar qiziqishini, sifat muammolarida oʻzining javobgarligini, oʻzining faol ishtirokini, oʻzining bilish va mahoratini jamoaga berishi, oʻzining korxonasini iste'molchilarda va barcha qiziquvchi tomonlarda tasavvur qilishini uygʻotishni namoyon qilishi lozim.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Xodimlarni jalb qilish” tamoyilining bogʻliqliqligi 4.4-jadvalda keltirilgan.
4.4-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Xodimlarni jalb qilish” tamoyilining bogʻliqliqligi


т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

Жараён ва маҳулотга қонунчилик ва мажбурий талаблари, истеъмолчилар талабларини бажариш муҳимлиги тўғрисида ходимларни хабардор қилинишини таъминлаш ва тизимларининг мавжудлиги

5.1 а, 5.5.2 в

2

Ходимларни жавобгарлиги ва ваколатларини аниқлаш ва уларни хабардор қилиш

5.5.1

3

Сифат соҳасидаги Сиёсат ва мақсадларни барча хоимлар тушуниши ва етказилиши

5.3 г, 5.4.1

4

СМТ жорий этиш ва ишчи ҳолтда сақлаш билан алоқадор масалалар бўйича ходимларни хабардорлигини таъминлаш ва ички ахборот тизимининг мавжудлиги

5.5.3, 6.2.2 г

5

Ходимларни ўқитишдан ўказиш

6.2.2 б

Sifat menejmenti tizimining “Jarayonli yondashish” tamoyili.


Jarayonli yondashish.
Tashkilotning faoliyati va mavjud resurslar jarayon tarzida boshqarilganda kutilgan natija samarali boʻladi.
O’z DSt ISO 9000:2009
Jarayonli yondashish – bu tashkilotda jarayonlar tizimini hamda boshqaruv jarayonlarini ularni identifikasiyalash va oʻzaro faoliyatini qoʻllanilishidir.
Istalgan natija qachonki faoliyat va muvofiq resurslar bilan jarayon sifatida boshqarilsa samarali boʻladi. Jarayonli yondashishning afzalliklari doimiy boshqaruvning mavjudligi, ya'ni u alohida jarayonlar oraligʻida va ularni tizim doirasida, hamda ularning kombinasiyalashgan oʻzaro faoliyati ta'minlanadi.
ISO 9000 seriyali standartlar tizimi sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy etish va natijaviyligini yaxshilashda “jarayonli yondashish”ni qoʻllanilishini nazarda tutiladi. Shuning uchun jarayon davomi optimal holatda tashkillashtirilgan va jarayonning chiqishlari xususiyatlarni aniq qilib belgilash lozim.
Sifat tizimini qurishda jarayonli yondashish jarayonlarni chiqishlaridan biri keyingisining kirishlari boʻlib hisoblanishi va korxonaning barcha jarayonlarini domiy yaxshilash nazarda tutilgan. Buning uchun yuqori rahbariyat SMT ning barcha jarayonlarini doimiy tahlil qilishi, zaruriyat boʻlganda korxona rivojining dinamikasini rivojlantirish uchun tezkor tartibda toʻgʻrilashlar, eng muhimlarini joy-joyiga qoʻyishi, resurslarni qayta taqsimlashi lozim.
Tashkilotning funksional tuzilmasidan jarayonli boshqarishga bosqichma-bosqich oʻtish boshqaruv qarorlarini qabul qilish va hisobotlarni yuritish uchun axborotlar, resurslar, oʻzaro faoliyat va javobgarliklarini aniq va ravshan taqsimlanishi bilan mavjud boʻladi.
Amaliy biznesda jarayonli yondashish aniq koʻrinishda juda ham kam uchratiladi. Jarayon bir necha funksional boʻlanmalar orqali bajarilsa va bunda boʻlinmalar boshliqlari boʻlmasa, jarayon natijalari jarayon borishi uchun javobgarlikni oluvchi muayyan lavozimdagi shaxs mavjud boʻlgandagina haqaqatdan ham u oʻzida boshqaruvning matrisali xususiyatini namoyon etadi. Tashkilot tizimida jarayonlarning ketma-ketligi va oʻzaro faoliyatini aniqlash jarayonli yondashishning zaruriy shartlaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Sifat tizimining kelgusidagi samaradorli boʻlishi uchun jarayonlarni invertarizasiyadan oʻtkazish va identifikasiyalash, ularni ierarxiyasi va oʻzaro bogʻliqligi oʻta murakkab va hal etiluvchi boʻlib hisoblanadi.
Murakkablik shundan iboratki, bunda jarayonlar odatda, turli boʻlinmalar bilan aloqada boʻladi va ular tashkiliy tuzilma turli xil “kesim”larida ishtirok etadi. Haqiqatda, funksional boʻlinmalarni rahbarlari va jarayon borishi hamda natijalari uchun javobgarning deyarli hammasi muayyan lavozimdagi shaxs bilan toʻqnashuvlarni, boshqaruv madaniyati etishmasligi sababli, javobgarlik va resurslarni aniq taqsimlamaslik keyinchalik jabovgarlikdan qochish yoki resurslar uchun tortishuvni yuzaga keltiradi.
Bunday vaziyatlardan chiqib ketish uchun ISO seriyali standartlar bularni yaxshi boshqarish maqsadida jarayonga peshqadamlarni tayinlashni tavsiya etadi. Tavsiya etilayotgan tashkiliy boshqaruv shakli bunday “murakkab” jarayonlarga jarayon uchun peshqadamni tayinlab, ishchi guruhlar yaratiladi.
Buning uchun koʻnikmani, ananalarni, odatlarni oʻzgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. Asosan bu ishni prosedarlar, yoʻriqnomalar va qoidalarni oʻzgartirib ularni hujjatlashtirish kerak.
Jarayonlarni boqarish tizimini hujjatlashtirish boʻyicha ishlar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim:
- Loyiha guruhini yaratish va ularni tizim tamoyillari bilan oʻqitish;
- Tizimni yaratishda zaruriy resurslar boʻyicha ishlarni ta'minlash;
- Boʻlinma xodimlarini oʻqitishni tashkillashtirish;
- Dastlabki versiya hujjatlarini ishlab chiqish uchun guruhni yaratish (yaxshi hujjatlarni undan kim foydalansa, shularning oʻzi yaratishi mumkin);
- Loyihani amalga oshirish kalendar rejasini va uni amalga oshirishning har bir bosqichida baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- Loyihani amlaga orishi jarayonlarining monitoring tizimini yaratish.
Jarayonlarni boshqarishning prosedura hujjatlarini ishlab chiqishda har qanday ixtiyoriy ishlarni oʻzinig “kirish” va “chiqish”lari boʻyicha jarayon sifatida qarash lozim.
Sifat menejmenti tizimning “Jarayonli yondashish” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.10-rasmda keltirilgan.

4 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. ISO 9000 seriyali standartlar asosida sifat tizimini loyihalashtirishga oʻzaro bogʻliq jarayonlar majmui sifatida yondashish moʻljallangan. Bunda har bir jarayon boshlanishi bilan bu jarayon ketma-ketligi tizim sifatida qaraladi:


- kirish va jarayon natijalari aniq topilgan va oʻlchanadigan boʻlishi lozim;
- har bir jarayon iste'molchisi aniqlanadi, ular talablari identifikasiyalanadi va jarayon natijasidan qoniqqanligi oʻrganiladi;
- korxona vazifalari bilan ushbu jarayonning oʻzaro faoliyati oʻrnatiladi;
- har bir jarayon boshqarilish va jarayonni boshqarish uchun javobgarlik, vakolat hamda huquqlar oʻrnatilishi lozim;
- jarayonni loyihalashtirishda unga kerakli resurslarni ta'minlash kerak.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Jarayonli yondashish” tamoyilining bogʻliqligi tahlili 4.5-jadvalda keltirilgan.
4.5-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Jarayonli yondashish” tamoyilining bogʻliqligi



т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

Ташкилотда қўлланилиши учун зарурий СМТ жараёнларни аниқлаш

2.1, 4.1 а, 4.2.2 а, в

2

Ҳар бир жараённинг (жараёнларнинг ўзаро фаолияти ва кетма-кетлигини ўрнатиш учун) кириш чиқишлари аниқлаш

4.1 б,
4.2.2 в

3

Жараёнларни амалга ошириш ва уларни бошқариш учун зарурий маълумотлар ва ресурслар билан таъминлаш ва режалаштири

4.1 г, 6.1

4

Жараёнларни ҳужжатлаштириш ва керакли ҳужжатлаштириш даражасини аниқлаш

4.2.1

5

Жараёнларни режалаштиришни амалга ошириш

5.4.2, 7.1, 7.5.1

6

Жараёнларни амалга ошириш ва бошқариш мезонлари ва баҳолаш усулларининг мавжудлиги

4.1 в, 8.1

7

Жараёнларни таҳлил қилиш, баҳолаш ва мониторингини амалга ошириш

4.1 д, 8.2.2, 8.2.3, 8.4

8

Жараёнларни таҳлили натижалари бўйича тузатиш ва олдини олиш ҳаракатларини ўтказиш

8.5.2, 8.5.3

9

Субпудрат ташкилолари ўтказадиган жараёнларни бошқариш усуллари ва амалга оширишна аниқлаш

4.1

10

Навбатма-навбат ўлчаш ва мониторинги орқали натижаларни текшириш мумкин бўлмаган (“махсус жараёнлар”) жараёнларни бошқариш усуллари ва амалга оширлишини аниқлаш

7.5.2

Sifat menejmenti tizimining “Menejmentga tizimli yondashish” tamoyili


Menejmentga tizimli yondashish
Tizim sifatida oʻzaro bogʻliq jarayonlarning aniqlanishi, anglanilishi va menejmenti tashkilot oʻz maqsadlariga erishishida uning natijaliligi va samarasiga xissa qoʻshadi.
O’z DSt ISO 9000:2009
“Menejmentga tizimli yondashish” tamoyili sifat menejmentining “Jarayonli yondashish” tamoyili bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador. Tashkilotning maqsadlariga erishishda uni natijaviyli va samaradorli boʻlishida menejmentning oʻzaro bogʻliq jarayonlarini aniqlash va tushunishni tizim sifatida qaraladi.
Boshqaruvga tizimli yondashish – bu tashkilotni boshqarishda har qanday ixtiyoriy boshqaruv ta'sirlarining bir qismi boshqalarining qismiga ta'sir etuvchi oʻzaro bogʻliq jarayonlarni yagona tizimi sifatida koʻzda tutiladi. Qoʻyilgan maqsadlarga, tashkilotning natijaviyligi va samaradorligiga, tashkilot faoliyatining barcha jihatlarini muvofiqlashtirilishi, aniqrogʻi tizimli yondashish uchun oʻzaro bogʻliq jarayonlar tizimini boshqarish, tushunish va identifikasiyalash, talab etiladi. Hammasidan avval, bu tashkilotning vazifalari va rivojlanishining strategik maqsadlari bilan va sifat menejmenti tizimi talablariga rioya qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etilishi bilan aloqadordir.
4.11-rasm. Sifat menejmenti tizimini boshqa menejment tizimlari bilan bogʻliqligi.

“Menejmentga tizimli yondashish” tushunchasining oʻzini 4.11-rasmda keltirilgan boshqa boshqaruv tartiblari bilan sifatni boshqarish modelida kurish mumkin. ISO seriyali standartlarida boshqa menejment tizimlariga taalluqli muayyan tavsiyalar berilmagan, biroq, ular muvofiq menejment tizimlari bilan sifat menejmenti tizimini xususiy birlashtirish yoki tashkilot bilan bir toʻxtamga kelib kelishishda foydalaniladi va shunday qilib, sifat menejmenti tamoyillari barcha tashkilotlarda tizimli qoʻllanilishi mumkin.


Sifat menejmentiga tizimli yondashishning falsafiy rivojlanishini 4.12-rasmda keltirilgan “sifat yulduzi” yordamida koʻrishimiz mumkin. Yulduzning asosiga sifatni boshqarish tizimiga kiruvchi u yoki bu faoliyatga muvofiq aniqlangan konsepsiyalar kiradi. “Sifat yulduzi”ning beshta elementini sifat tizimi rivojlanishi jarayonida kelgusidagi asosiy oʻzgarishlar boʻlishi lozim boʻlgan turli xil sohalarga muvofiq: motivasiya tizimini oʻzgarishi, xodimlarni oʻqitish tizimida oʻzgarish, ta'minotchilar bilan munosabatlardagi oʻzgarish, iste'molchilar bilan munosabatdagi oʻzgarishlar hamda, sifat tizimi hujjatlarida oʻzgarishlar tashkil etadi. Sifat ta'minlash – bu oʻzida ikkita sifatni boshqarish tizimi va sifatni ta'minlash tizimlari majmuasini namoyon etuvchi va oʻz oʻrnida sifat tizimida sifat tizimi doirasida rejalashtiriladigan va amalga oshiriladigan faoliyat turlaridir.
Sifatni ta'minlash tizimining me'yoriy-huquqiy asosini tashkilotning ichki va tashqi me'yoriy va huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Buning uchun, yangi tzimni qurishdan oldin “sifat yulduzi poydevorini mustahkamlash” lozim, aniqrogʻi korxonaning tashkiliy poydevorini shakllantiruvchi hujjatlarni tahlilidan oʻtkazish va dolzarblikka qayta koʻrib chiqilishi kerak. Birlamchi bosqichida quyidagilarni tekshirish lozim:
- me'yoriy bazani toʻliqligi va toʻgʻri yuritilishini;
- ichki va tashqi me'yoriy hujjatlar talablariga texnikaviy hujjatlarni muvofiqligini;
- ichki va tashqi hujjatlar talablarini xodimlarning bajarish darajasini.
Hujjatlashtirilgan sifat tizimi – bu ISO seriyali xalqaro va davlat standartlari talablariga muvofiq korxona faoliyatini tavsiflovchi modeldir. Sifat boʻyicha hujjatlarga asosiy talablar bu ularni doimiy dolzarblikka qayta koʻrib chiqishdir.
Sifat boʻyicha hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- sifatni boshqarish jaranlariga talablardan iborat (Sifat sohasidagi siyosat, Sifat boʻyicha qoʻllanma, hujjtlashtirilgan boshqaruv proseduralari) sifatni boshqrish boʻyicha hujjatlar;
- sinash va nazorat qilish, ta'mirlash va texnik xizmat koʻrsatish, montaj, ekspluatasiya hamda tayyorlash jarayonlarini boshqaruv talablari, (ichki va tashqi me'yoriy-texnikaviy hujjatlar) sifatni ta'minlash boʻyicha hujjatlar;
- statistik qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ma'lumotlarni arxivlashni ta'minlanishi lozim va sifat toʻgʻrisida operativ hisobot ma'lumotlaridan tarkib topgan sifatni tasdiqlovchi hujjatlardir.
Aynan, sifatni xolisona tasdiqlovchi operativ hisobot ma'lumotlar boʻlib, quyidagilarni keltirsa boʻladi:
- rahbariyat tomonidan sifat tizimini tahlilini oʻtkazishda;
- sifat tizimining ichki va tashqi auditlarida;
- iste'molchilarning shikoyatlari va e'tirozlarini koʻrib chiqishda;
- hakamlik sudlarida iste'molchilar bilan tortishuvlarni hal etishda.
Shunday qilib, “Menejmentiga tizimli yondashish” tamoyilini amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida sifat tizimining natijaviyligi va samaradorligini doimiy yaxshilash hamda ishchi holatda saqlash, shuningdek, hujjatlashtirilgan boʻlishi lozim.
Sifatni boshqarish strategiyasida menejmentga tizimli yondashishni uchta evolyusion variantlari paydo boʻlib va ular quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- birinchi – ishlab chiqarish texnologiyasiga asosiy e'tibor qaritilgan mahalliy yondshuv;
- ikkinchi – mahsulot sifatiga bevosita ta'sir qiladigan boshqarish va ishlab chiqarishning texnik elementlari sifatiga asoslangan kompleks yondashish;
- uchinchi – birinchi darajada boshqaruv faoliyatining umumiy sifati keyin esa, ishlab chiqarish texnologiyasining sifati ta'minlavchi tizimli yondashish.
Xavfsizlik, ishonchlilik, texnik-iqtisoiy samaradorlikni oshirishga menejmentga tizimli yondashishdan foydalanibgina qolmay korxonaning reja-grafikdagi chora-tadbirlarni yagona tizim deb bajarilishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tizimli yondashishni ta'minlash maqsadida korxona faoliyatining maqsadlarga yoʻnaltirilgan menejmenti yillik ishlab chiqiladi va oʻzida mavjud resurslardan smarali foydalanish va natijaviylik hamda samaradrlikni oshirishni ta'minlovchi, mahsulot (xizmatlar) va jarayonlar sifatini ta'minlashga yoʻaltirilgan, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni mujassam etgan Sifatning kompleks rejasi tasdiqlanadi.
Sifat menejmenti tizimning “Menejmentga tizimli yondashish” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.13-rasmda keltirilgan.

5 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. U oldingi tamoyil bilan bogʻliq boʻlib va sifat tizimi toʻgʻrisida oʻzaro bogʻlangan jarayonlar majmui haqidagi tasavvurlanadi. Tizimli yondashish oʻlchash va baholash orqali tizimni doimiy yaxshilash koʻzda tutilgan. Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Menejmentga tizimli yondashish” tamoyilining bogʻliqligi 4.6-jadvalda keltirilgan.


4.6-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Menejmentga tizimli yondashish” tamoyilining bogʻliqligi


т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

СМТ жараёнларининг кетма-кетлиги ва ўзаро фаолиятини ўрнатиш

4.1 б,
4.2.2 в

2

СМТда маҳсулотнинг ҳаётий цикли жараёнлари, ўлчашлар, ресурслар билан таъминлаш, раҳбариятни бошқариш фаолиятлари жараёнларининг мавжудлиги

4.1

3

Сифат менежменти тизимини тавсифидан таркиб топган Сифат бўйича қўлланманинг мавжудлиги

4.2.2

4

СМТ жараёнларини уларнинг кетма-кетлиги ва ўзаро фаолиятини ҳисобга олиб ҳужжатлаштириш

4.2.1

5

Жараёнларнинг барча кирувчиларини ҳисобга олиб, СМТ яратишни режалаштириш ва ривожланишини амалга ошириш

5.4.2 а

6

Жаоаёнларни режалаштириш ва уларга ўзгартириш киртишда СМТ яхлитлигини қўллаб қувватлашни таъминлаш

5.4.2 б

7

СМТ ички текширувини ўтказишда уни ўрнатилган талабларга мувофиқлиги, ва шу билан бирга натижавийлиги ҳамда нечоғлик у ишчи ҳолатдалигини аниқлаш

8.2.2

8

СМТ таҳлилини ўтказиш

8.4, 5.6

9

СМТга тааллуқли тузатиш ва олдини олиш ҳаракатларини ўтказиш; уни доимий яхшилашни режалаштириш ва амалга ошириш

8.5

Sifat menejmenti tizimining “Doimiy yaxshlash” tamoyili.


O’z DSt ISO 9000:2009 Doimiy yaxshilash.
Tashkilotning faoliyatini doimiy yaxshilashga oʻzgarmas maqsad deb qaralishi lozim.
O’z DSt ISO 9000:2009

Sifat yoʻqolishini oldini olish va korxona menejmentining amalga oshirilmagan imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida SMT eng muhim tamoyili boʻlgan “sifatni doimiy yaxshilash” tamoyilini amalda qoʻllanilishini ta'minlash lozim. Ya'ni bunga korxona iste'molchilar va boshqa qiziquvchi tomonlar uchun, hamda korxona uchun va daromad olish uchun jarayonlar va faoliyatlarning natijaviyligi va samaradorligini oshirish maqsadida tashkilotning hamma joyida qabul qiligan chora-tadbirlarni amalga oshirish oqali erishiladi.


ISO 9000 seriyali standartlarning talablariga muvofiq “sifatni doimiy yaxshilash – bu iste'molchilar va boshqa qiziquvchi tomonlar uchun, hamda korxona uchun va daromad olish uchun jarayonlar va faoliyatlarning natijaviyligi va samaradorligini oshirish maqsadida tashkilotning hamma joyida qabul qiligan chora-tadbirlardir”.
Sifatni yaxshilash boʻyicha harakatlarga quyidagilar kiradi:
a) yaxshilash uchun sohalarni aniqlash uchun mavjud holatlarni tahlil qilish va baholash;
b) yaxshilash maqsadlarini oʻrnatish;
v) maqsadlarni yaxshilash boʻyicha mumkin boʻlgan masalalarni qidirish;
g) masalalarni tanlash va baholash;
d) tanlangan masalalarni bajarish;
e) maqsadlarga erishilganligini aniqlash uchun bajarilgan natijalarni baholash, oʻlchash, tekshirish va tahlil qilish.
Faoliyat natijalari ustidan ichki nazorat va ichki audit tizimi samarali boʻlganda sifatni ta'minlash tizimining ishchi holati natijaviyligi va samaraligiga erishish mumkin. Natijalar yaxshilash uchun kelgusida maqsadlarni oʻrnatish uchun tahlil qilinadi. Shu tarzda, doimiy harakat (faoliyat) yaxshilanish boʻlib hisoblanadi. Bunda, natijaviylik deganda - rejalashtirilgan natijalarga erishish va rejalashtirilgan faoliyatlarni amalga oshirilishi darajasi tushuniladi. Samaradorlik deganda esa, - erishilgan natijalar va foydalanilgan resurslarning oʻzaro bohliqligi tushuniladi.
ISO 9000 seriyali standartlarning talablariga binoan, sifat tizimi ichki auditida quyidagi ob'ektlar koʻriladi:
a) jarayonlarni natijaviy va samarali joriy etilishi;
b) doimiy yaxshilash imkoniyatlari;
v) statistik usullarni qoʻllanilishining natijaviyligi va samaradorligi;
g) axborot texnologiyalaridan foydalanish;
d) sifat uchun xarajatlar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar tahlili;
e) resurslardan foydalanishning natijaviyligi va samaradorligi;
j) mahsulot va jarayonlarning ishchi holati natijalari va kutilmalari;
z) oʻlchash faoliyatining mosligi va ishonchliligi;
i) yaxshilash boʻyicha faoliyati;
k) qiziquvchi tomonlar bilan munosabatlar.
Sifat tizimining ichki auditi boʻyicha hisobotda yaxshi ishlagan ishchilarni qayd etish va rahbariyatga taqdim etish tavsiya etiladi. Agarda rejalashtirilgan natijalarga erishilmaganigi aniqlansa, unda jarayonni va uning natijalarini yaxshilovchi tuzatishlar va tuzatish harakatlari qabul qilinadi.
ISO 9000 seriyali standartlar yuqori rahbariyatga oʻz-oʻzini baholash masalalarini koʻrib chiqishni tavsiya etadi. Oʻz-oʻzini baholash – sifat menejmenti tizimini etishib borish darajasini va tashkilotning natijaviyligi va samaradorligi toʻgʻrisida muhokama qilish yoki yakuniy fikr, odatda, tashkilot rahbariyatining oʻzi oʻtkazadigan sinchiklab baholash boʻlib hisoblanadi.
Oʻz-oʻzini baholashdan ushbu tur faoliyati boʻyicha xalqaro darajadagi koʻrsatkichlar va tashqi tashkilotlarning eng yaxshi erishmalariga oʻzining faoliyatini solishtirish uchun foydalanish mumkin.
“Doimiy yaxshilash” tamoyilini joriy etish takomillashtirishning eng yaxshi xususiyatlari va yangi usullarini qidirib topish va amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqaruv tizimini yaxshilash va sifatini oshirish boʻyicha mavjud vositalardan biri boshqa kompaniyalarning yaxshi tajribalarini aniqlash va ulardan foydalanish boʻlib hisoblanuvchi benchmarkingdir. Odatda, bu olingan natijalardan foydalanish, xulosalarni tahlil qilish va shakllantirish, boshqa kompaniyaning eng yaxshi tajribalarini oʻrganish, xususiya jarayonlarni modellashtirish, yaxshilash koʻzlangan va jarayonlarni aniqlashdan tarkib topgan faoliyatdir.
Sifat menejmenti tamoyillarini qoʻllash nafaqat bevosita foydalar olish, balki, xavf-xatarlar va xarajatlar menejmentida ham muhim hissa qoʻshadi. Tashkilot, uning iste'molchilari va boshqa qiziquvchi tomonlar uchun xavf-xatarlar va xarajatlar menejmenti, foydalar bilan bogʻliq mulohazalar muhimdir. Bundan kelib chiqadiki, sifatniboshqarish tizimini joriy qiluvchi tashkilotda har bir xodim majburiyati “oldingi erishilgan natijalardan oʻzini yaxshi tomonga uzluksiz yaxshilash”ga majbur boʻlib hisoblanishi kerak.
Tashkilot faoliyatini doimiy yashilash tushunchasiga umumiy olganda, uniga oʻzgarmas maqsad sifati qarash joizdir. Birinchi navbatda faoliyat natijalarini doimiy yaxshilash tamoyilini korxona qoʻllab rahbariyat va xodimlar oʻqib, oʻzlashtirsalar sifat tizimi samarali boʻladi. Biroq, ishlar sifatini oshirish jarayoni, oʻqishsiz – boʻsh tushuncha ekanligini tushunish lozim.
Sifatni oshirish va takomillashtirish zaruriyati kompaniya xodimlari va menejmenti uchun individualli va majmuiy sifatda boshqaruvdan yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Kasblar boshqaruvni shakllantiradi ya'ni asosiy ta'lim va faqat oʻzining amaliy tajribaga tayanilib qoʻshimcha bilimlar olmasdan, yaxshi natijalarga erishish mumkin emas, vaholanki, ishonchliligi, xavfsizligi va qurilma hamda ob'ektlarning texnik-iqtisodiy samaradorligi mustahkam boʻlgan va muhim boʻlib hisoblanadigan boshqaruv yoʻnalishlarida bularni oʻzlashtirmasdan natijalarga erishib boʻlmaydi.
Bu SMT doirasida bir vaqtni oʻzida birlashgan sifatni boshqarish tizimdan foydalanida korxonaning barcha tuzilma boʻlinmlari boʻyicha barcha ierarxik darajalarda muvofiqlashgan muhandislik faoliyati va sifat menejmenti bilan muvofiqlashish zaruriyatini aniq tasdiqlaydi.
Biroq, bunday birlashtirilish jarayoni SMT “doimiy yaxshilash” tamoyilini amalga oshirishda korxona menejmentining asosiy vazifalaridan biri boʻlib hisoblanib va boshqarish lozim.
Sifat menejmenti tizimning “Doimiy yaxshilash” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.14-rasmda keltirilgan.
6 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. Doimiy yaxshilash – korxonaning yagona maqsadlaridan biri.
Bu tamoyildan foydalanish hammadan oldin korxonaning har bir ishchisidan aniqlangan qayta qurishni yaratishni talab qiladi. Odatda, keng koʻlamli maqsadlarni quyish yoʻli bilan emas, balki, kichik qadamlar bilan, har joyda va doimiy qoida sifatida tamoyil amalga oshiriladi. Bunda barcha jarayonlar samaradorligi doimiy oshadi.
Doimiy yaxshilash tamoyili muvofiq usullarni va yondashishlarni, ya'ni Deming sikli, Pareto tahlili, nazorat xaritalari va boshqalarni bilishni va qoʻllashni talab qiladi. Tizimda jarayonlarni yaxshilashga qiziqishni oshirish uchun unga toʻgʻri muhit yaratilishi lozim.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Doimiy yaxshilash” tamoyilining bogʻliqligi 4.7-jadvalda keltirilgan.
4.7-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Doimiy yaxshilash” tamoyilining bogʻliqligi


т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

СМТнинг барча жараёнлари бўйича яхшиланишга эришилганлигини баҳолаш ва доимий яхшилаш тизимининг мавжудлиги

4.1 е

2

Доимий яхшилаш бўйича мажбуриятлар сифат соҳасидаги сиёсатда мавжудлиги

5.3 б

3

Яхшилаш зарурлиги тўғрисидаги маълумотлар юқори раҳбариятнинг ҳисоботларида мавжудлиги

5.5.2 б

4

Яхшилаш бўйича тавсиялар ва зарур бўлган тузатиш ҳамда олдини олиш ҳаракатлари тўғрисидаги маълумотларни раҳбарият томонидан таҳлил қилиш учун кириш маълумотларини мавжудлиги

5.6.2 г, ж

5

СМТ жараёнлари, маҳсулот ва яхлит тизимни яхшилаш бўйича фаолиятларни амалга ошириш ва қарорларни раҳбарият томонидан таҳлилнинг чиқиш маълумотларини мавжудлиги

5.6.3 а, б

6

Жараёнлар ва маҳсулотларни доимий яхшилашга эришиш учун зарурий ресурсларни аниқлаш ва таъминлаш

6.1

7

Доимий яхшилаш мақсадида СМТ натижавийлигини ўлчаш ва баҳолаш тизимларини мавжудлиги

8.1 в

8

Яхшилаш ва олдини олиш ҳаракатларини ўтказилиши зарур бўлган соҳаларни аниқлаш мақсадида маълумотларни таҳлилдан ўтказиш

8.4

9

Ташкилот СМТ амалда яхшиланишни мавжудлиги

8.5.1

10

СМТ ишчи ҳолатда тузатиш ҳаракатларини ўтказиш тизимини ташкиллаштириш ва мавжудлиги

8.5.2

11

СМТ ишчи ҳолатда олдини олиш ҳаракатларини ўтказиш тизимини ташкиллаштириш ва мавжудлиги

8.5.3




Yüklə 270,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin