Mahsulot sifatini boshqarish. Asosiy tushunchalar. Atama va tariflar


Sifat menejmenti tizimining “Dalillarga asoslanib qarorlar qabul qilish” tamoyili



Yüklə 270,95 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü270,95 Kb.
#192205
1   2   3   4   5
SIFAT MENEJMENTI TIZIMI PRINSIPLARI0

Sifat menejmenti tizimining “Dalillarga asoslanib qarorlar qabul qilish” tamoyili
Faktlarga asoslangan qarorlar qabul qilish
Samarali qarorlar ma'lumotlarni va axborotlarni tahlil etishga asoslanadi.
O’z DSt ISO 9000:2009

Qarorning samaradorligi doimo jarayonlar holati va uning natijalari haqiqatda aks ettiruvchi axborotlar va ma'lumotlar mantiqiy va hissiy tahlillarga asoslangan. Koʻroq, toʻliq bu dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish bilan bogʻliq jarayonlarni boshqarishda va ishlab chiqarish jarayonlari sifatida modellashtirish usuli bilan hal etiladi. Ushbu tamoyil, shartsiz oldinga tajriba, yuzaga kelgan, oʻxshash, takliflar “tuygʻular” asosidaga qaror qabul qilish xususiyati bilan koʻpincha amaliyotda muqobili boʻlib hisoblanadi. Agar keladigan axborot ma'lumotlarga asoslangan va sifat nazorati natijalari boʻyicha olinadigan mavjud ma'lumotlar tahliliga asoslansa qaror yanada samaraliroq boʻladi. Bunday ma'lumotlarning manbalari sifat tizimini ichk va tashqi tekshiruvi natijalari, iste'molchilar va boshqa qiziquvchi tomonlarning takliflari va shikoyatlari, tuzatish va oldini olish harakatlarining natijalari hamda tashkilot xodimlaridan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan kelib tushuvchi gʻoya va takliflar tahliliga asoslangan ma'lumotar boʻlishi mumkin.


Sifat – boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahlil va nazorat usullarini mosligini talab etuvchi, murakkab iqtisodiy toifadir. Sifatni boshqarishda “dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish” tamoyiliga muvofiq: “sifat funksiyasini strukturalash”, “buzilishlar sababi va ketma-ketligi tahlili”, “statistik usullar”, “Omilli tahlil usuli”, “AVS-usul”, “ekspert tizimlar usuli” va boshqalar kabi usullardan foydalaniladi.
Statistik usullarda foydalanish oʻzgaruvchan va galma-galliklarni tushunishga, natijaviylik va samaradorlikni oshirish va muammoni hal qilinishida menejmentga yordam berish mumkin. Bu usullar qarorlarni qabul qilishda yordam koʻrsatish uchun haqiqatdagi mavjud ma'lumotlardan yaxshilarin qoʻllash imkonini beradi. Statistik usullar miqdoriy ma'lumotlarni nisbatan chegaralashda, koʻplab turdagi faoliyat natijalari va ularni bajarilishida muhim oʻringa ega boʻlgan oʻzgaruvchanlikni modellashtirish va sharhlash, tahlil qilish, tavsiflash va oʻlchashlarda yordam berishi mumkin.
Sifat menejmenti tizimida statistika va statistik usullar boshqarilayotgan ob'ekt hamma tomonlama tavsiflarini olishga yordam berishi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik yondashishdan foydalanish, masalan, asosiy ishlab chiqarish fondi holatini baholashda, qurilma ishining ishonchligni oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni rejalashtirishning birinchi bosqichidayoq yuzaga keladi. Bu erda statistika hozircha buzilishlar profilaktik texnik xizmat koʻrsatish yoki ta'mirlash turlari boʻyicha qarorlarni qbul qilish zaruriyatini aniqlovchi alomatlardan biri bu kritik momentini oʻylab topish vazifasini bajaradi. Biroq, tahlillar shuni koʻrsatadiki resurslardan samarasiz foydalanish, asossiz ta'mirlashdan tashqari yoki navbatdagi ta'mirlashga qismlarni buziluvchanligi kritik momentini aniqlashga kengroq yondoshishni koʻratadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondini saqlab turishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida statistik usulning asosiy maqsadi – omilli tahlil va mantiqiy ehtimollikdan foydalanish hisobiga xulosalarning asoslanganligini oshirish hisobida ekanligi, ya'ni bevosita kuzatuvlardan yoshirin, kritik momentlar ular hayotiy siklida statistik alomatlar va omillarga asoslanganligi hisobga olish lozim.
Omilli tahlil yordamida sifat uchun: kritik tahlil, ahamiyatli yoki kam ahamiyatsiz xavflar darajasida turtkilar bilan qaralayotgan ketma-ketlikdan, jarayonda nomuvofiqlik yoki eyilishi va nuqsonligi uchun ishonchlilikni oʻzgarishi asosida turadigan asosiy omillarni aniqlash va bularni bogʻliqligi choralari aniqlanadi va, biroq, omillar (sabablar) va holatlar (shkastlanishlar) aloqadorligi oddiygina oʻrnatilmaydi.
Ekspert usullarining mohiyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishda malakaviy qoʻllab-quvvatlash sifatida foydalanish mumkin va ularning xoʻjalik faoliyatini muayyan ekspertlar bilimlariga asoslangan ekspert-axborot tizimi koʻrinish boʻyicha rasmiylashtiriladi, ular muayyan xoʻjalik sohasida va jarayonida qarorlarni qabul qilishda ekspert qarashlar modellashtiriladi.
Korxona rahbarlari va ularning tuzulmaviy boʻlinmalari nazorat mexanizmlari harakatlarini yaratishi lozim, xamda texnologik jarayon yoki qurilmalar ishida ogʻishlar yoki amaldagi xavf-xatarlar tahdidi yuzaga kelsa, hes qachon sifat boʻyicha talablar buzilada yoki rioya etilmaydi, “qizil chiroq yondi” va muayyan xavf-xatar sohasi toʻsildi, kelishish va nazorat sxemasi moslandi.
Bunday nazorat tizimining imkoniyati va samaradorligi mos boʻlmagan faoliyat turlarini ajratish, muvofiq hujjalarni rasmiylashtirish va arxivlashtirish, samarali hujjatlar tuzilmasi, texnikaviy jarayonlar nazoratini tashkillashtirish va ishlab chiqish hisobiga oshishi mumkin.
Bunda ekspert tizimiga asoslangan ichki nazorat har bir korxonada markaziy apparati menejmenti muhandisligi tomonidan tekshiriladigan boʻlishi lozim, va bu yuqori turuvchi boshqaruv e'tiborida doimo turishi lozim.
Sifat menejmenti tizimning “Dalillarga asoslanib qarorlar qabul qilish” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.15-rasmda keltirilgan.

7 - Tamoyil tahlili. Ushbu tamoyil sezish, his qilish yoki oldingi usullar asosida muqobil qarorlarni qabul qilish boʻlib hisoblanadi. Qarorlar, agar ma'lumotlar va xabarlar tahliliga asoslangan boʻlsa yuqori samarali boʻladi.


Tamoyildan foydalanish, avvalom bor, notipik ya'ni tipik boʻlmagan vaziyatlarda statistik, maxsus usullar yordami bilan aniq va ishonchli ma'lumotlarni yigʻish va oʻlchashni talab qiladi.
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish” tamoyilining bogʻliqligi 4.8-jadvalda keltirilgan.
4.8-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha
ISO 9001 talablari va “Dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish” tamoyilining bogʻliqlik tahlili


т\р

Талаблар

ISO 9001:2008 банди

1

СМТ таҳлили ва унинг натижаси бўйича қарор қабул қилиш учун маълумотлар рўйхатини аниқлаш

8.4, 4.2.4

2

Маълумотларни бошқариш ва бошқариш воситаларини аниқлаш

4.2.4

3

СМТ ишчи ҳолати масалалари бўйича ахборотларни йиғиш ва узатиш тизимларининг мавжудлиги

8.4, 5.5.3

4

СМТ ишчи ҳолати ва яхшилаш зарурияти тўғрисидаги ҳисоботларнинг мавжудлиги

5.5.2 б

5

Истеъмолчиларни қаноатланишини баҳолаш бўйича маълумотларни мавжудлиги

8.2.1

6

Маҳсулотни ўлчаш ва назорат қилиш бўйича маълумотларни мавжудлиги

7.1 г, 8.2.4

7

Жараёнларни ўлчаш ва назорат қилиш бўйича маълумотларни мавжудлиги

7.1 г, 8.2.2, 8.2.3

8

СМТ ишчи ҳолати ва унинг жараёнлари йиғилган амалдаги маълумотларга асосланиб таҳлили ҳамда баҳолашни ўтказиш

5.6, 8.4

Sifat menejmenti tizimining “Etkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar” tamoyili

Etkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar
Tashkilotlar va ularning etkazib beruvchilari oʻzaro bogʻliq boʻladi va oʻzaro manfaatli munosabatlar ikkala tomonning moddiy boylik yaratish imkoniyatlarini oshiradi.
O’z DSt ISO 9000:2009

Tashkilot va uning ta'minotchilari va oʻzaro manfaatli munosabatlari ikkala tomonga ham ahamiyat (qiymat) yaratadi. Ta'minotchi deganda mashsulot: xom-ashyo, qurilma, materiallar, ishlar va xizmatlar taqdim etuvchi tashkilot va shaxs tushuniladi.


Agarda ta'minotchi bilan munosabat oʻzaro manafaatlar asosida shakllansa, ular ikkala tashkilotlar imkoniyatlarini kengaytirishadi. Sifat tizimining ushbu tamoyildan foydalanish asosiy ta'minotchilarni identifikasiyalash, aniq va ochiq (ikkala tomonning uzoq muddatli maqsadlari va qisqa muddatli balansga asoslangan) munosabatlarni tashkillashtirish, kelgusidagi rejalar va axborot almashinuvi, iste'molchilar ehtiyojlarini aniq tushunish boʻyicha birgalikdagi ishlari, jarayonlar va mahsulotlarni yaxshilash va birgalikdagi ishlanmalarini talab etadi.
Agarda ta'minotchilar bilan oʻzaro munosabatlar mustahkam boʻlsa, unda uzoq muddatli kontraktlarga oʻtishga ma'noga ega – aniqki bunday shartnomalarni tuzishga ta'minotchida ham ehtiyoj mavjud.
ISO 9000 seriyali standartlar tashkilot rahbariga qiymat yaratuvchi, jarayonlarning natijaviyligi va samaradorligini oʻzaro oshirish maqsadida axborotlar almashnuvini engillashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun hamkorlar va ta'inotchilar bilan oʻzaro faoliyatlarni oʻrnatishni tavsiya etida. Tashkilotga oʻzining hamkorlari va ta'minotchilari bilan ishlar vositasida qiymatlarni oshirishning turli xil imkoniyatlari mavjud, maslan:
a) hamkorlar va ta'minotchilar miqdorini optimallashtirish;
b) soʻrovlar yoki uzoq muddatlarga keyinga surishni bartaraf qilish va muammoni zudlik bilan hal qilish uchun ikkala tashkilot muvofiq darajada ikki tomonli aloqalarrni oʻrnatish;
v) jarayonlar va ularni validatlash imkoniyatlarida ta'minotchilar bilan hamkorlik;
g) ta'minotchining ortiqcha verifikasiyalashni bartaraf qilish maqsadida mos mahsulotlarni etkazish monitoringini olib borish;
d) yaxshilash boʻyicha boshqa hamkorlikdagi qiziqishlarda qatnashishga qabul qilish va doimiy yaxshilash faoliyati dasturini bajarishga ta'minotchilarni rahbartlantirish;
e) mos mahsulotni etkazish va hayotiy sikli jarayonlarini natijaviyligi va samaradorligini yaxshilash, bilimlarni almashinish maqsadida ishlab chiqish va loyihalashtirish boʻyicha tashkilot faoliyatida ta'minotchilarni jalb etish;
j) hamkorlikdagi strategiyani ishlab chiqishga va sotib olishda ehtiyojlarni aniqlashda hamkorlarni jalb qilish;
z) maqsadga erishgan hamkorlar va ta'minotchilar tan olish, baholash va mukofotlashni kuchaytirish.
Ta'minotchilar bilan oʻzaro munosabatlarning muhim qismi hamkorlikda kontrakni (uning turli bosqichlarida) tahlil qilish boʻlib hisoblanadi. Kontraktlarda taqdim etilayotgan mahsulot, ishlar yoki xizmatlar narxi va muddati sifat sohasidagi talablari ikki ma'noli boʻlishi oldi olinib bir xil tushuncha va toʻqtamlarga kelishilishi lozim.
Tashkilot sotib olish uchun oʻrnatilgan talablarga muvofiq mahsulot, ish yoki xizmatlarni stib olinishini ta'minlashi lozim. Ta'minotchiga va uning mahsulotiga qoʻllaniladigan boshqarish darajasi va turi tashkilot mahsuloti va jarayonlarning navbatdagi sifatiga mahsulot (ishlar, xizmatlar) ta'siridan aloqador boʻlishi lozim.
Tashkilot, tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan talablarga muvofiq mahsulotni etkazish imkoniyatlari asosida ta'minotchilarni tanlashi va baholashi lozim.
Amaldagi me'yoriy va qonuniy aktlar hamda me'yoriy-texnikaviy hujjatlar asosida ta'minotchilarni (shuningdek, materialli resurslar, qurilmalar, ehtiyot qismlar, yonilgʻi va xizmatlarni olishlarda sotib olishga konkurs kommisiyasini yaratish va faoliyatni tashkillashtirish) tanlash, saralash, baholash va qayta baholash mezonlarini ishlab chiqish lozim.
Tashkilot sotib olnayotgan mahsulot (ishlar, xizmat)larni verifikasiyalash maqsadida xaridga talablarni oʻrnatuvchi sotib olinayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar muvofiqligini ta'minlash maqsadida nazoratni yoki boshqa faoliyatni ishlab chiqishi va amaga oshiriri lozim. Agarda ta'minotchi korxonaga verifikasiya boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga toʻgʻri kelsa, ta'minotchidan mahsulotni ishlab chiqarish usuli va tekshirsh boʻyicha qoʻllaniladigan chorlar sotib olishga ma'lumotlarni oʻrnatishi shart.
Mahsuloni baholashning koʻplab yondashishlaridan xizmat (ish)larni baholash uchun qoʻllanilishi mumkin. Vaholangki xizmatlar oʻziga xos boʻlgan bir turga mansub boʻlmagan va katta farqlarga ega boʻlgan mehnat mahsulotlarining turidir. Bu esa, xizmatlarning sifat koʻrsatkichlarini toʻliq sinflashga imkon yatratmay. Xizmatlarning sifat koʻrsatkichlarning asosiy xususiyati xizmat koʻrsatish jarayonida uning sifatni baholash oʻziga xos (spesifik)ligi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ta'minochi xizmatlarini yoki bajargan ishlarini baholash masalasi murakkab jarayon boʻlib hisoblanadi, ya'ni bunday mahsulot turlari maxsus algoritm boʻyicha baholanadi.
Sifat menejmenti tizimning “Ta'minotchilar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar” tamoyilini ISO 10014:2006 “Sifatni boshqarish – moliyaviy va iqtisodiy foydalar olish boʻyicha koʻrsatma” xalqaro standartiga muvofiq qoʻllash boʻyicha sxemasi 4.16-rasmda keltirilgan.

8 – Tamoyilning qisqacha mazmuni. Tashkilot bilan uning ta'minotchilari oʻzaro bogʻliqligi, oʻz-oʻzidan va shak-shubhasizki, oʻzaro manfaatdorlilik ikkala tomonga yaxshi imkoniyat munosabatlarini ta'minlaydi. Tashkillashtirishda aniq va ochiq aloqani, kelgusidagi rejalar va ma'lumot almashinuvini, iste'molchilar ehtiyojini aniq anglash boʻyicha birgalikdagi ishlarni, hamkorlikda ishlanmalarga qiziqishini talab qiladi.


Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Etkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar” tamoyilining bogʻliqligi 4.9-jadvalda keltirilgan.
4.9-jadval
Sifat menejmenti tizimi jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha ISO 9001 talablari va “Etkazib beruvchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar” tamoyilining bogʻliqligi

t\r Talablar ISO 9001:2008 bandi
1 Subpudratchilar (ta'minotchilar) amalga oshiradigan jaryonlarni aniqlash va subpudratchilar (ta'minotchilar) bilan oʻzaro faoliyatni hamda bunday jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish 4.1
2 Mahsulot hayotiy sikli jarayonlarini rejalashtirishda subpudratchilar (ta'minotchilar) amalga oshiradigan jarayonlar hisobi 7.1 b
3 Sotib olish bilan bogʻliq (subpudrat ishlari) mahsulotlarni loyihalashtirish va ishlab chiqish axborotlari boʻyicha chiqish ma'lumotlarining mavjudligi 7.3.3 b
4 Ishlab chiqilgan mezonlarga asoslangan ta'minotchilarni tanlash va baholashning ishchi holatdagi prosedurasining mavjudligi 7.4.1
5 Sotib olinayotgan mahsulotlar ta'minochisini chuqur boshqarish va usullarini aniqlash 7.4.1
6 Ta'minotchi-korxona yoki ishlab chiqaruvchi jarayonlari va mahsulotlariga talablarni kerakli hajmda buyurtma berishda oʻrnatish 7.4.2
7 Sotib olinayotgan mahsulotni nazorat qilish usullari va muhimligini aniqlash 7.4.3
8 Ta'minotchi-korxonada mahsulotni tekshirish boʻyicha choralarni aniqlash 7.4.3

Sifat menejment tizimidagi boshqa muhim tamoyillari “mahsulotli” yondoshish, deb aytish mumkin, korxonada sifat menejmenti tizimi oʻz ichiga mahsulotning hayotiy siklining barcha bosqichlarida sifat menejmenti amalga oshirish va muayyan turdagi (bir turdagi) sifatni ta'minlovchi tizim osti tizimlarni olishi va bu menejment “universal” boʻlishi kerak.


Sifat menejmenti faqatgina mahsulotga taalluqli emas, uni hamma joyda jumladan, xoʻjalikning barcha tarmoqlarida va butun jamiyatda, hukumat boshqaruv ijroya tarmoqlarida amalga oshirish mumkin. Hukumat ijroya tuzilmasining boshqaruv idoralarida boshqarishga intilish emas, balki ijro etish, xizmatlar (axborot, ma'orif, taqsimlash, huquqiy, sogʻliqni saqlash) koʻrsatish talablariga muvofiq boshqariladigan tizimda bajarilishi lozim.
Sifat menejmenti tizimida muhim tomoni - mahsulot, xizmat va ishlarni sifatini ta'minlash va oshirishda novatorli ishtirok etuvchi har bir mehnat qiluvchining qiziqishi, faolligi, anglashi eng muhim boʻlib hisoblanadi.
Bunda, ayniqsa menejmentning turli zvenosi (tarkibiy qismi)da birinchi shaxslarga, mahsulotning sifatini va uning raqobatbardoshligini strategik qat'iy talab deb qabul qilishi lozim. Ushbu tamoyilni bajarish sifat menejmentining muhim vazifasidir. Buning uchun mumkin boʻlgan barcha moddiy va ma'naviy ragʻbarlantirish usullaridan foydalanish kerak.
Keltirib oʻtilgan tamoyillardan istalgan har qandayini etarli bilimsiz va kasbiy qobiliyatsiz sifatni oshirishni ta'minlashda va boshqarishda amalga oshirib boʻlmaydi. Bu koʻproq uzliksiz va doimiy tayyorgarlikni, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarni ham ta'lim olishini va malakasini oshirishini talab qiladi.
Korxonada sifat menejmenti tizimi tamoyillarini amalga oshirish sifat sohasida va mahsulotni yanada yuqori raqobatbardoshligini ta'minlash dastlabki faollikni kuchaytirish zamin yaratib, ishlab chiqarishda ishbilarmonlik faoliligi sifatida mantiqiy ravishda chambarchas oʻzaro ta'sir va aloqadorligi inobatga olingan. Sifat menejmenti tizimida sifat sohasida faollik soʻzsiz tizimlilikka, mustaqil sifatni oshirish holatiga olib kelib, va u xuddi ishlab chiqarishning ishbilarmon faolligidek oʻxshash siklga ega. Sifatni oshirishda faollik sikli qonunan oldindan belgilab olinadi va ishlab chiqarishda ishbilarmonlik faolliginidan darak beradi. Sifatni oshirish faollik siklini maqsadli yoʻnaltirib boshqarvuning barcha darajalarini tartibga solish kerak.
Shu munosobat bilan nafaqat korxonaning alohida darajasida, balki, boshqaruv tizimining barcha darajasidagi ierarxiyasida koʻp darajali sifat menejmenti xolisona vijudga keladi.
Yuqori aytib oʻtilgan tamoyillarni amalga oshirishda ish etikasiga rioya qilish kerak, chunki bozor munosobati sharoitida sifat menejmenti –bu, avallom bor, barcha insonlar bilan (korxonada ishlovchi, v iste'molchilar bilan ham) ishlashdir. Namuna misolida chet el firmalarining ishlashi, barcha istiqbolli tajribalarini keltirish mumkin.
Mahsulot sifati menejmenti uning hayotiy siklining barcha bosqichlarida va boshqaruvning darajasi ierarxiyasida birinchi navbatda xom-ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ta'minotchilari, sotish, savdo, tashish, servis va boshqa tashkilotlari bilan tizimning barcha tuzilmalari darajasiga muvofiq oʻzaro faoliyat zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunday oʻzaro faoliyatda, asosan muayyan mahsulot hayotiy siklini ta'minlovchi, korxonalarni sifatni boshqarish tizimlari oʻzaro bogʻliqlik asosida maqsadga muvofiq amalga oshirish, sifatni boshqarish integrativ boʻlishi lozim. Sifat menejmenti sifat uchun umumiy jamoat va individual javobgarlikni qoʻshishni talab etib, ammo bunda koʻproq javobgarlikni boshqaruvning bosh zvenosi olmogʻi lozim. Bu zamonaviy sifat menejmentining asosiy muhim boʻlgan tamoyillaridan biridir. Oʻrnatilgan talablardan (eng muhimi asosiy va qat'iylik) ogʻishlar yuzaga kelganda barcha boshqariluvchi ta'sirlar faqat ilgarilanma va ogohlantiruvchi tavsifga ega boʻlgan sifat menejmenti sohasida samaraga erishish mumkin. Albatta, bu inkor etmaydi, aksincha, samaradorlik boʻlmaganda bunday ta'sir talab qilinadi (“% “da sifatni boshqarishda priventiv ta'sir) paydo boʻlganda kamchiliklar (ogʻishlar)ni maksimal tez va operativ bartaraf qilish lozim.
Sifat menejmentini tuzish va ishchi holati sifat sohasida uning elementlari, talablari, nizomi, funksiyalarni taqsimlanishi, javobgarlik, huquqlarni va majburiyatlarni boʻlinmalarning oʻzaro faoliyatini rasmiylashtirilishi, sifat menejmenti tashkiliy, uslubiy, huquqiy va normativ hujjatlari asosli boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu kompleks hujjatlar oʻzida sifat menejmenti tizimini me'yoriy-uslubiy ta'minlashini ifodalab, metrologiya, standarlashtirish va reglamentlarni boshqarishda foydalanish kerakligini va imkoniyatni belgilaydi.
Shunday qilib, bozor munosobatlari barcha ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarining hamma bosqichlarida amalga oshirishda xolisona umumiy sifatni boshqarish — TQM “diktaturasida” zarurligini yuzaga keltiradi. Bunda davlat, iste'molchilar, mustaqil tashkilotlar va jamiyat doimo sifat menejmenti umumiy tashkillashtirish va sifat nazoratiga e'tibor berishi kerak. Sifat menejmentining tizimli va jarayonli yondoshish tamoyili muhim va ahamiyatli hisoblanadi.
Sifat menejmentiga tizimli yondoshish mos holda uyidaglar nazarda tutilgan:
 sifatni boshqarishni korxona doirasida yaxlit tizim sifatida nisbatan alohida oʻzaro faoliyatdagi va oʻzaro bogʻliq elementlardan tarkib topgan tizim ostining oʻziga xos xususiyatlari bilan koʻrib chiqish;
 sifat menejmenti tizimini ochiq koʻp maqsadli tizim sifatida aniqlangan mavjud “doira”da oʻzaro faoliyatdagi boshqaruv va tizim ostini boshqarish, ichki va tashqi muhit, ichki va tashqi maqsadlar, har bir tizim osti quyi maqsadi, strategik maqsadlarga erishishni va h.k. koʻrib chiqish. Har qanday tizim ostidagi elementning bittasini oʻzgarsa, dialektik yondashishga muvofiq oʻzaro aloqada va oʻzaro bogʻliq barcha tabiat va jamiyat hodisalarni paydo boʻlishiga tizim osti va boshqa elementlarning oʻzgarishini keltirib chiqaradi;
 faqatgina alohida xususiyatlarni har tomonlama oʻrganish emas, balki, oʻzaro faoliyatdagi va oʻzaro bogʻliq tizimlarning tarkibiy qismini, uning ichki va tashqi muhitini, yuzaga kelayotgan tizimining yangi sinergetik xususiyatini ham oʻrganish;
 vaqt davomida tizimni ishchi holati koʻrsatkichlarini va parametrlarini oʻrganish, tashkilot ichidagi jarayonlarni moslashuvini, oʻz-oʻzini boshqarish, oʻz-oʻzini tashkil qilish, bashoratlash va rejalashtirish, muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish va x.k. tekshirishni talab qiladi.
Sifat menejmenti metodologiyasi tizimdan tashqari boshqa yondashishlardan xususan, jarayonli, maqsadli, situasion, parametrli, normativ, optimalashni va boshqalardan foydalanishga moʻljallangan.
Hammaga ma'lumki, u yoki bu yondashishdan birini qoʻllash uning klassik koʻrinishda tizimni boshqarish uchun amaliyotda imkoni mavjud emas va muhim samara bermaydi. Bu erda integrativ balanslashganlik zaruriyati sababli turli xil metodologik yondashuvlardan foydalanish yuzaga keladi. Ushbu yondashuvni aynan oʻziga xos jihatli yuzaga kelishi sifatida, oʻz ichiga birinchi navbatda jarayonli va boshqa yondashuvlarni oluvchi tizim sifatida qonunan sharhlash lozim (4.17-rasm).
Koʻpincha jarayonlarda bir jarayonning “chiqish”i boshqasi uchun “kirish” boʻlib hisoblanadi. Oʻz navbatida, butunligicha sifat menejmenti jarayoni barcha aloqador bajariladigan ishlarning yigʻindisi bilan aniqlanadi. Sifat menejmenti tizimining barcha jarayonlari boʻyicha doimiy amlaga oshiriladigan majmuiga moʻljallangan, ularni identifikatlanishi va oʻzaro bogʻliq umumiy menejerlik vazifalar, “kirish”ni “chiqish”ga oʻzgartiradi va sifat menejmenti tizimida jarayonli yondashuvni namoyon etadi.
Sifat menejmenti jarayonini amalga oshirish uchun prosedura (ketma-ketlik tartiblari) xizmat qilib, bu jarayon bajarilishi natijasi esa mahsulot (xizmatlar, texnik va dasturiy vositalar, qayta ishlanadigan mahsulot va xom-ashyo va h.k) boʻlib hisoblanadi. Qoida boʻyicha proseduralar rasmiylashtirilishi kerak. Hozirgi vaqtda sifat menejmenti tizimida amaldagi ISO 9000 seriyali modeli amalda qoʻllanilib va toʻrtta blokli jarayonlarga asoslangan (4.18-rasm).
Bunda korxona ushbu tizim doirasida:
 sifat menejmenti tizimida foydalanilgan jarayonlarni aniqlaydi;
 sifat menejenti jarayonlarining oʻzaro faoliyatini va ketma-ketlikda bajarilishini aniqlaydi;
 sifat menejmenti jarayonlarining natijaviyligini ta'minlash maqsadida boshqarish, baholash mezonlari va usullarini ishlab chiqadi;
 jarayonlarni bajarish va monitoringi uchun moddiy, moliyaviy, axborot va boshqa resurslar bilan ta'minlash va tarkibini shakllantiradi;
 sifat menejmenti jarayonlarini oʻlchash, tahlil qilish va monitoringini oʻtkazish va tartibini oʻrnatadi;
 sifat menejmenti jarayonlarini yaxshilash tizimli amalga oshirish va sifat sohasida qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun zaruriy chora-tadbirlar roʻyxatni aniqlaydi;
 rejalashtirilgan natijalarga va bu jarayonlarni doimiy yaxshilashga erishish.
Shartli belgilar:
Qiymat, qoʻshuvchi faoliyat
Ma'lumot oqimi
4.18-rasm. Jarayonli yondashishiga asoslangan sifat menejmenti tizimining modeli.

Bundan tashqari, korxona har doim sifat menejmenti jarayonlarining tarkibini, ularning mazmunini, iste'molchilarning talabini, tanlangan strategiya va faoliyat yoʻnalishini hisobga olgan holda koʻrib chiqishi lozim. Jaryonli yondoshishning afzaligi uzliksizligi va menejer ishlarini oʻtkazish bilan oʻzaro bogʻliq va uzliksizlikdan iborat. Bu quyidagilarni ta'minlaydi:


 sifat sohasida sinergetik samarali natijalarni olish;
 sifat sohasida koʻproq toʻliq talablarni bajarish;
 sifat menejmenti jarayonlarini doimo yaxshilash.
Hozirgi va kelajak davr vaqti uchun sifat menejmentiga quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
 yuqori sifat — asosiy yutuq omili;
 yuqori sifatni ta'minlash uchun yuqori sifatli xom-ashyo, material zarur;
 sifatni yaxshilash, ta'minlash va saqlash muamosini pisand etmaslik ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin;
 insonga chuqur hurmat va chin e'tibor boʻlish “shaxsiy madaniyat”i va “ruhiy madaniyat”i orqali yuqori sifat ta'minlanadi, saqlanadi va takomillashtiriladi, ular qachonki, insonga chin e'tibor va chuqur hurmat bilan munosabatda boʻlganda namoyon boʻladi;
 sifat raqobatbardoshlikni kafolati boʻlib hisoblanadi, u siz bozor munosobatlarida samarali ishtirok etishning imkoni yoʻq;
 talab qilinayotgan sifat va raqobatbardoshlikni ta'minlash uchun sifat menejmenti tizimi va boshqa birlashgan (integralashgan) tizimlarni yaratish.


Yüklə 270,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin