Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi



Yüklə 496,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü496,64 Kb.
#91920
1   2   3   4
mahsulot-sifatini-oshirish-va-boshqarish-tizimi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 632
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni 
boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini 
boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida 
bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. 
Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda 
ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda 
ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir. 
Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga 
o`zgartmalar kiritishdan iborat [2]. 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va 
boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va 
axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi. 
MUHOKAMA
Shuning uchun bu tizim o`zaro bog`langan mahsulot sifatini boshqarishni 
ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig`indisi 
sifatida ko`zda tutilgan bo`lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot 
sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi. 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o`z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy 
qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini 
boshqarish o`zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini 
mujassamlashtiradi: 
-oldindan aytib berish va rejalashtirish; 
-ishlarni tashkil qilish; 
-o`zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish
-faol harakatga keltirish va rag’batlantirish; 
-nazorat, hisob- kitob va tahlil qilish. 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo`linadi: 
- ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o`tkazuvchi (mahsulotning deyarli 
yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o`zlashtirishni ta'minlovchi); 
- ishlab chiqarish tizimidagi turqg`unlikni ushlab turish va o`zlashtirilgan mahsulot 
ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta'minlash. 
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan 
quyidagi ishlardan tashkil topadi: 
- boshqarish rejasini ishlab chiqish; 
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish; 
- mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob’yekt (buyum, jarayon)ning holati haqida 
axborotlar olish va tahlil qilish



Yüklə 496,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin