Page 633 -sifatni boshqarish bo`yicha qaror qabul qilish va ob’yektga ta'sir etish usulini
tayyorlash;
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish;
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish natijasida ob’yektdagi sifatning
o`zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
NATIJA Dastavval, bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini
aniqlash va uni o`rganish bo`limining xodimlari tomonidan olinadi. Bunda shu
mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu mahsulotga munosabati
inobatga olinadi [3]. Bunday ma'lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash-
konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va
mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo`ladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o`xshash buyumlarning sifatini hamda
ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta'mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak
[4].
Bu ma'lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilishi
natijasida boshqaruvchi idoraga o`zining muayyan boshqaruvchilik ta'sirini o`tkazadi.
Bu ta'sir mahsulotning har qanday bosqichiga- ishlab chiqishga, ishlatilishiga
ta’lluqlidir.
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasiida avtomatlashtirilgan
tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga
hamda me'yoriy hujjatlarga nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi
yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa
bosqichlardagi uni sifat tahliliga ishlov beradi [5].
XULOSA Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo`lib – sifat darajasiga
topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti- vaqti bilan sifat holatini
rejalashtirilganiga nisbatan bajralishini qiyoslash; har qanday og`ishlar bo`lgan taqdirda
o`zgartirishlar kirgazish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq bo`lsa, turli
xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash muammolarni tezkorlik bilan hal
qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi
vazifani bajaradi.
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki
har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida
me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va
texnologik intizomi hal qiluvchi rol o`ynaydi.