Mahsulot sotish hajmi va uning dinamikasini tahlili reja: I. Kirish II. Asosiy qism


-rasm. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlil ob’ektlari. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot manbalari



Yüklə 279,39 Kb.
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü279,39 Kb.
#207989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
MAHSULOT SOTISH HAJMI VA UNING DINAMIKASINI TAHLILI111111

1-rasm. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlil ob’ektlari.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot manbalari sifatida tashkilotlar biznes-rejasi, operativ reja-grafiklar, 1-S shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to’g’risida”, 1-S shakliga ilova - “Sanoat korxonalarining 2014 yilda mahsulot etkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan so’rov”, 1-korxona shakli - “Tashkilot xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida”, 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”, Tayyor mahsulot harakati haqida ma’lumotnoma va birlamchi hisobga olishning ayrim ma’lumotlari hamda mahsulot etkazib berish bo’yicha shartnomalardan foydalaniladi.


2.2. Ishlab chiqarishning turli tahlili
Korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot natural, shartli-natural va qimmat ko’rsatkichlari yordamida o’lchanadi.
Natural ko’rsatkichlar tahlil uchun qulay va korxona tomonidan bajarilgan ishlar hajmini nisbatan aniq tavsiflaydi. Lekin natural ko’rsatkichlar qo’llanilishi chegaralangan, chunki aksariyat korxonalar bir emas, balki bir necha turdagi mahsulotlar tayyorlaydi, bu esa turli mahsulotlarni jamlashni istisno etadi. Natural ko’rsatkichlarni qo’llash cheklanganligi shartli-natural ko’rsatkichlar paydo bo’lishiga olib keldi. Masalan, yigirish ishlab chiqarishida mahsulotlar hisobi kilo-nomerlarda, to’qimachilik ishlab chiqarishida – hisob kalavada olib boriladi va hokazo.
Tahlilda qimmat ko’rsatkichlardan yalpi va tovar mahsulotlari ko’proq qo’llaniladi, ular mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilish darajasini tavsiflaydi.
Yalpi mahsulot tarkibiga asosiy va qo’shimcha tsexlar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar, o’zlari ishlab chiqargan yarimfabrikatlar, tashqariga chiqarilgan sanoat xarakteridagi ish va xizmatlar, o’z asbob-uskunalarini kapital ta’mirlash, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’zgarishi, maxsus mo’ljallangan instrumentlar va o’z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar kiritiladi. Yalpi mahsulotdan farqli o’laroq tovar mahsulotlar tarkibiga buyurtmachilar xom ashyosi qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’zgarishi, o’z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar va instrumentlar kiritilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’sishi yoki kamayishi faqatgina korxonalar qatoridava ishlab chiqarishning uzoq tsikli bilan hisobga olinadi.
Tahlil mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o’rganish, bazis va zanjirli o’sish sur’ati hamda ko’payishni hisoblash bilan boshlanadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda ifodalanishi lozim, uning asosi sifatida esa bazis davr narxlari qabul qilinadi. Masalan, i-davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmini bazis davr narxida aniqlash uchun uning miqdorini n oldingi davrlar uchun narxlar indeksi ko’paytmasiga bo’lish lozim:
215000:1,30=165384
220000 : (1,35. 1,30)=125356 i t.d.
O’sishning bazis sur’ati har bir keyingi darajani dinamik qatorning birinchi yiliga nisbati bilan, zanjirli sur’ati – oldingi yilga nisbati bilan aniqlanadi.

Yüklə 279,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin