ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish yo‘llari obyektiv ochib berildi.
Хорнгрен Ч.Т., Фостер Дж. (2004) Бухгалтерский учет. Управленческий аспект. М.: Финансы и статистика nomli kitoblari mantiqiy izchillik va asosiy manba sifatida
tadqiq qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya
hisobi sohasidagi ish vaqtlarining deyarli 90 foizini boshqaruv hisobini tashkil etish
va yuritishga sarflaydilar. Rossiya Federatsiyasi Savdo va iqtisodiy rivojlanish
Vazirligi qoshida boshqaruv hisobi masalalari bo‘yicha kengash tashkil etilganligi,
AQSHning Bufallo shahrida 1919 yildan buyon professional tashkilot Xarajatlar
hisobi bo‘yicha mutaxassislar milliy assotsiatsiyasining
(National Association of Cost Accountants) faoliyati ushbu sohaning rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi
1
.
Xarajatlarning boshqaruv mexanizmini me’yorlarga asosan tashkil etmay
korxonalarni samarali rivojlantirib bo‘lmaydi. Boshqaruv mexanizmlarining asosiy
vazifalaridan biri sifatning maqbul darajasini saqlab qolgan holda, ishlab chiqarishda
har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon
beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan
samarali foydalanishdir.
1
Management And Accounting Web URL: http://maaw.info/AccountingHistoryDatesAndEvents.
Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences