Baliq go'shti nozik va kam tuzli bo‘ladi. Odatda
yirik va semiz baliqlar sovutish va muzlatish usuli bilan
tuzlanadi.
Ziravorli tuzlash usuli.
Bu usul asosan seld va
xamsa baliqlar uchun qo‘llaniladi.
Bunda namakob
tarkibiga tuzdan tashqari tayyor mahsulotga o‘ziga xos
ta’m va hid beradigan qand (1-3% gacha), xushbo‘y
o ‘simliklar: qalampir, lavr yaprog‘i, qalampirmunchoq,
dolchin,
zanjabil,
muskat
yong‘og‘i
qo‘shiladi.
Baliqlami tuzlash va saqlash vaqtida qand sut
kislotasiga aylanib ketadi.
Bu holat baliqlaming yaxshi
yetilish imkonini beradi.
Sirkalash
- seld, sig va boshqa tur baliqlar uc-
hun qo‘llaniladi. Umuman, sirkalash uchun o ‘rtacha
tuzlanadigan baliqlar ishlatiladi. Ortiqcha tuzni chiqarib
tashlash uchun ular ivitiladi,
sirka-tuz eritmasida qayta
ishlanadi va qand hamda turli dorivori bo'lgan sirkali
namakob quyiladi. Tuz kamroq qo'shiladi. Sirkalangan
baliqlaming ta’mi odatdagicha tuzlangan baliqqa
nisbatan nordonroq, konsistentsiyasi
yumshoqroq va
rangi tiniqroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: