Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Ho‘l yoki namakobda tuzlash usuli



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Ho‘l yoki namakobda tuzlash usuli. 
Bu usulda 
baliqlar namakobda saqlanadi. Bunda baliqlar kuch- 
li tuzlanmaydi. Sababi, baliqdan ajralib chiqadigan 
suv dastlab idishga solingan tuz konsentratsiyasini 
pasaytiradi. Issiq dudlash uchun mo‘ljallangan baliqlar 
asosan shu usul yordamida tuzlanadi. Bu usulda 
baliqning go‘shti juda kam o ‘zgaradi. U yumshoq 
va sersuv boiadi. Lekin tuzi kam boiganligi uchun 
mahsulotni uzoq saqlab boim aydi.
Aralash tuzlash usuli. 
Bunda baliqqa tuz va 
namakob aralashtirib sepiladi. Natijada tuz go'shtning 
orasiga tez va bir tekis singiydi. Suv va to‘yimli 
moddalar kamroq yo‘qoladi. Bu usul semiz baliqlami 
tuzlashda yaxshi natija beradi.
Sovutib tuzlash usuli. 
Bu usul yilning issiq 
kunlarida qo'llaniladi. Baliqlar tuzlashdan oldin muz 
bilan sovutiladi. Ba’zan tuzlash ishlari muzxonalarda 
olib borilishi mumkin.
Muzlatib tuzlash usuli. 
Bunda baliqlar oldin muz- 
latiladi. Natijada baliqning go‘sht qatlami va ichki 
organlari buzulmay qoladi. Namakob harorati -10°C 
bo‘lishi tavsiya etiladi. Baliqlaming sovutilgan to‘qi- 
masidagi tuz kam boMgani uchun, ulami sovutish va 
muzlatib tuzlanganda oddiy tuzlashga nisbatan yuqori 
sifatli mahsulot olinadi.
209
www.ziyouz.com kutubxonasi


Baliq go'shti nozik va kam tuzli bo‘ladi. Odatda 
yirik va semiz baliqlar sovutish va muzlatish usuli bilan 
tuzlanadi.
Ziravorli tuzlash usuli. 
Bu usul asosan seld va 
xamsa baliqlar uchun qo‘llaniladi. Bunda namakob 
tarkibiga tuzdan tashqari tayyor mahsulotga o‘ziga xos 
ta’m va hid beradigan qand (1-3% gacha), xushbo‘y 
o ‘simliklar: qalampir, lavr yaprog‘i, qalampirmunchoq, 
dolchin, 
zanjabil, 
muskat 
yong‘og‘i 
qo‘shiladi. 
Baliqlami tuzlash va saqlash vaqtida qand sut 
kislotasiga aylanib ketadi. Bu holat baliqlaming yaxshi 
yetilish imkonini beradi.
Sirkalash 
- seld, sig va boshqa tur baliqlar uc- 
hun qo‘llaniladi. Umuman, sirkalash uchun o ‘rtacha 
tuzlanadigan baliqlar ishlatiladi. Ortiqcha tuzni chiqarib 
tashlash uchun ular ivitiladi, sirka-tuz eritmasida qayta 
ishlanadi va qand hamda turli dorivori bo'lgan sirkali 
namakob quyiladi. Tuz kamroq qo'shiladi. Sirkalangan 
baliqlaming ta’mi odatdagicha tuzlangan baliqqa 
nisbatan nordonroq, konsistentsiyasi yumshoqroq va 
rangi tiniqroq bo‘ladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin